Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 01.08.2014 yildagi PQ-2221-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014 — 2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish borasidagi Davlat dasturi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib oʻtilsinki, “Sogʻlom ona – sogʻlom bola” onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish Milliy modelini, “Sogʻlom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish doirasida respublikada aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasida tibbiy yordam koʻrsatayotgan tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini kuchaytirishga, zamonaviy tashxis usullarini joriy etish, ayollar, bolalar va oʻsmirlar kasalliklarining oldini olish va davolashga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009 — 2013-yillarda respublikada homilador va tugʻadigan xotinlarga tibbiy yordam koʻrsatuvchi 227 ta muassasa zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlandi, Andijon, Navoiy, Samarqand, Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Fargʻona va Xorazm viloyatlarida zamonaviy perinatal markazlari tashkil etildi, qishloq joylardagi 1,5 mln dan ortiq homilador ayollar Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan polivitamin komplekslari bilan taʼminlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Natijada, keyingi 5 yil mobaynida nonormal rivojlangan bolalar tugʻilishi 1,3 barobarga kamaydi. 6 — 15 yoshgacha boʻlgan bolalar oʻrtasida oʻtkir respirator virus infeksiyalari bilan kasallanish — 9,7 %ga, pnevmoniya bilan — 49,1 %, bronxit bilan — 32,8%, skolioz bilan kasallanish —32,7 %ga pasaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, tugʻma va irsiy kasalliklarning oldini olish boʻyicha profilaktika va davolash-diagnostika kompleks chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish, ayniqsa, qishloq joylarda onalar va bolalar salomatligi patronaj tizimini takomillashtirish, pediatriya va tugʻruqqa tibbiy yordam koʻrsatuvchi muassasalarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash talab etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sogʻlom bola yili” Davlat dasturini amalga oshirish yuzasidan hamda homilador va tugʻadigan xotinlarga tibbiy yordam koʻrsatish, onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, oʻsib kelayotgan sogʻlom avlodni kamol toptirishda sogʻliqni saqlash tizimining roli va masʼuliyatini oshirish boʻyicha mamlakatimizda doimiy ravishda oʻtkazib kelinayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2014 — 2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha quyidagilarga yoʻnaltirilgan Davlat dasturi 1-ilovaga* muvofiq maʼqullansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻliqni saqlash tizimining barcha bosqichlarida onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha sifatli tibbiy xizmatlardan keng va bir xil foydalanishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nonormal rivojlangan bolalarni tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya qilish sifatini oshirish, nogiron bolalar va oʻsmirlarni sogʻlomlashtirish, ularning jamiyat hayotida toʻlaqonli qatnashishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy yordam koʻrsatishning barcha bosqichlarida, ayniqsa, sogʻliqni saqlash tizimining birlamchi boʻgʻin muassasalarida onalik va bolalikni muhofaza qilish sohasidagi tibbiy kadrlar salohiyatini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onalar, bolalar va oʻsmirlarga malakali, maxsus va yuqori texnologik tibbiy yordam koʻrsatish borasida zamonaviy infratuzilmani yanada rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini onalar, chaqaloqlar, bolalar va oʻsmirlarni parvarishlash boʻyicha oʻtkazilayotgan tadbirlar va dasturlarda ishtirok etishga faol jalb etish, sogʻlom turmush tarziga amal qilish, sogʻlom va ahil oila qurish afzalliklarini targʻib qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlashning axborot tizimini takomillashtirish, aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishda idoralararo hamkorlik va faoliyatni muvofiqlashtirish, monitoring qilish va baholash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, barcha vazirliklar, idoralar va ijro etuvchi tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirish yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom avlodni shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 13-apreldagi PQ-1096-sonli qarori bilan tashkil etilgan Hukumat komissiyasi Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha Davlat dasturini amalga oshirish Hukumat komissiyasi etib qayta tashkil etilsin va uning tarkibi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1 va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hukumat komissiyasining zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir viloyat, tuman va aholi punktida Davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek ularning soʻzsiz bajarilishi ustidan muntazam nazorat oʻrnatish va monitoring olib borishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi, eng avvalo yoshlar orasida tibbiyot va taʼlim muassasalari, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va Xotin-qizlar qoʻmitasi, ommaviy axborot vositalari bilan birgalikda sogʻlom oilani shakllantirish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalalari boʻyicha “Sogʻlom ona – sogʻlom bola” maqsadli vazifalarini amalga oshirish doirasida keng targʻibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish va olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlarning tizimli, sobitqadam va samarali amalga oshirilishini taʼminlashda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlari faoliyatini monitoring qilish va muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014 — 2018-yillarda Oʻzbekistonda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish Davlat dasturining har bir viloyatda, shahar va tumanlarda bajarilishi holati va uning borishi toʻgʻrisidagi hisobotlarni har chorakda tinglash va natijalari boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflar kiritish vazifasi yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, kompaniyalar, uyushmalar va Davlat dasturini amalga oshirishda ishtirok etayotgan boshqa tashkilotlar, ikki hafta muddatda aholining reproduktiv salomatligini yanada mustahkamlash, onalar, bolalar va oʻsmirlar sogʻligʻini muhofaza qilish boʻyicha hududiy va tarmoq dasturlarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Mahalla” jamgʻarmasi, “Kamolot” Yoshlar ijtimoiy harakati bir oy muddatda aholi, ayniqsa nikohdan oʻtadigan ayollar va yoshlar orasida sogʻlom oila qurish, sogʻlom farzandlar tugʻish va tarbiya qilish masalalari boʻyicha tizimli asosda tushuntirish ishlarini tashkil etish boʻyicha aniq chora-tadbirlarning qoʻshma dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi ommaviy axborot vositalarini, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarini keng jalb qilgan holda, tasdiqlangan Davlat dasturining maqsad va vazifalarini keng yoritish, uning amalga oshirilishini, tegishli davlat boshqaruvi organlari va uning hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining onalar va bolalar sogʻligʻini muhofaza qilishga, oʻsib kelayotgan avlodning jismonan sogʻlom tugʻilishi va maʼnaviy yetuk boʻlib tarbiyalanishiga qoʻshayotgan aniq hissasini muntazam yoritib borishni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom avlodni shakllantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 13-apreldagi PQ-1096-sonli qarorining 2-bandi va uning ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 1-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2221-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 32-son, 397-modda; 2017-y., 2-son, 25-modda)