Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 01.07.2014 yildagi 175-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquv muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Barkamol avlod-2014” sport musobaqalari oʻtkazilishi yakunlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etilsinki, respublikada Olimpiya oʻyinlari qoidalari va talablari boʻyicha oʻtkaziladigan yoshlarning “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” uzluksiz sport musobaqalarining 3 bosqichli tizimi tashkil etilgan va samarali faoliyat koʻrsatmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoshlarni sportga jalb etish boʻyicha amalga oshirilayotgan tizimli va aniq maqsadga yoʻnaltirilgan ishlar natijasida sport bilan shugʻullanish uchun barcha mintaqalarda teng qulay shart-sharoitlar yaratilgan, bolalarni sport toʻgaraklari va seksiyalari bilan qamrab olish kengaydi, musobaqalar ishtirokchilari orasida sport mahorati va sport raqobati darajasi oʻsdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tadbirlarni amalga oshirish doirasida shu yil 29 — 31-mayda Namangan shahrida oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida “Barkamol avlod-2014” sport musobaqalari boʻlib oʻtdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Musobaqalarning yakunlovchi bosqichida sportning 16 turi boʻyicha 996 nafar sportchi qatnashdi. Toshkent shahri, Namangan va Samarqand viloyatlari jamoalari musobaqalarda eng yaxshi natijalarga erishdi. Bu ularga “Barkamol avlod-2014” oʻyinlari yakunlari boʻyicha yetakchilik qilish imkonini berdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, orqada qolgan jamoalar (Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi) natijalarining tahlili ushbu mintaqalarda yoshlarni sport bilan shugʻullanishga jalb etish ishlari zarur darajada tashkil etilmaganligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumladan, sport obyektlaridan mavjud imkoniyatlar toʻliq ishga tushirilmasdan hali yetarlicha samarali foydalanilmayapti. Sport obyektlarining bandligi respublika boʻyicha bir kunda 9,5 soat boʻlgani holda ushbu koʻrsatkich Sirdaryo viloyatida bir kunda 8,8 soatni, Jizzax viloyatida 9,0 soatni, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 9,3 soatni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalar sport obyektlarini trenerlar, ayniqsa ayol trenerlar bilan butlash ishlari yetarlicha olib borilmayapti. Ayol trenerlarning ulushi respublika boʻyicha oʻrtacha 25,4 foiz boʻlgani holda ushbu koʻrsatkich Jizzax viloyatida 18,4 foizni, Qoraqalpogʻiston Respublikasida 23,5 foizni tashkil etadi. Oliy maʼlumotli trenerlarning respublika oʻrtacha koʻrsatkichi 46,6 foiz boʻlgani holda ular ulushi Sirdaryo viloyatida 25,2 foizni, Jizzax viloyatida 41,3 foizni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishga jalb etish ishlarini yanada takomillashtirish, bolalar sport obyektlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, ularning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, shuningdek “Barkamol avlod-2014” sport oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish yakunlarini chiqarish, shu jumladan natijali faoliyatni ragʻbatlantirishning aniq chora-tadbirlarini va ushbu ishda qoniqarsiz koʻrsatkichlar uchun shaxsiy masʼuliyatni belgilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Bolalarning sport mashgʻulotlari bilan qamrab olinishini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, sport inshootlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha tizimli ishlar tashkil etilganligi, shuningdek “Barkamol avlod-2014” sport oʻyinlarining yakunlovchi bosqichida tegishli jamoalarning ishtiroki natijalari boʻyicha erishilgan yuqori sport koʻrsatkichlari uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahri hokimi R.J. Usmanovga, Namangan viloyati hokimi B.T. Yusupovga va Samarqand viloyati hokimi Z.T. Mirzayevga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Barkamol avlod-2014” musobaqalarida yuqori natijalarga erishishga ulush qoʻshgan 1-ilovaga* muvofiq oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining hududiy boshqarmalari va madaniyat va sport ishlari boshqarmalari rahbarlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquvchilari va tarbiyalanuvchilari “Barkamol avlod-2014” musobaqalarida eng yaxshi natijalar koʻrsatgan 2 va 3-ilovalardagi* akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari rahbarlariga, shuningdek mintaqaviy jamoalarning trenerlariga tashakkurnoma bildirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi hamda Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan 1, 2, 3-ilovalarda koʻrsatilgan madaniyat va sport ishlari boshqarmalari, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi hududiy boshqarmalari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining rahbarlarini, shuningdek mintaqaviy jamoalar trenerlarini moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sport obyektlaridan foydalanishning yetarlicha samaradorligi taʼminlanmaganligi, bolalar sport obyektlarini trenerlar bilan butlash masalalaridagi kamchiliklar, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi tizimining taʼlim muassasalarida sportni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarning darajasi pastligi va jamoalarning qoniqarsiz yakuniy natijalari uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi B.Y. Yangiboyevga, Sirdaryo viloyati hokimi O.Sh. Ashurmatovga va Jizzax viloyati hokimi S.U. Ismailovga hayfsan eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish tadbirlarini taʼminlash masalalarida yetarlicha ish olib borilmaganligi, shuningdek “Barkamol avlod-2014” yoshlar oʻyinlarining boshlangʻich bosqichlariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazishdagi nuqsonlar va kamchiliklar uchun Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktori U.Z. Salimov ogohlantirilsin, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi direktorining birinchi oʻrinbosari X.F. Zikrillayevga esa hayfsan eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo (B. Ismatov) va Jizzax (M. Yusupov) viloyatlari madaniyat va sport ishlari boshqarmalari boshliqlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirining oʻrinbosari (D. Kalxurozov), shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmasi boshligʻi (D. Izzatullayev) egallab turgan lavozimidan ozod qilinganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sirdaryo (N. Egamberdiyev) va Jizzax (Sh. Turdiyev) viloyatlari oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi boshqarmalari boshliqlariga hayfsan eʼlon qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ikki hafta muddatda terma jamoalar sportchilarining ishtiroki yakunlarini batafsil va puxta tahlil qilish asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” yoshlar oʻyinlarining tayyorgarlik va yakunlovchi bosqichlari tashkil etilishi va zarur darajada oʻtkazilishi, shuningdek ushbu musobaqalarda oʻz jamoalari ishtirokining aniq yakunlari uchun mintaqalar rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” yoshlar oʻyinlarining boshlangʻich (tuman, tumanlararo va viloyat) va yakunlovchi bosqichlarini oʻtkazish uchun moliyalashtirish va homiylik mablagʻlarini jalb etish masalalariga alohida eʼtibor qaratishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sport federatsiyalari va Milliy olimpiya qoʻmitasi bilan birgalikda “Barkamol avlod-2014” oʻyinlari yakunlari boʻyicha eng past natijalar qayd etilgan sport turlarini takomillashtirish va rivojlantirish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar rejalari ishlab chiqilishini nazarda tutuvchi tadbirlar dasturini ishlab chiqsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalarni jismoniy tarbiya va sport bilan tizimli shugʻullanishga jalb etishni yanada kengaytirish (60 foizgacha), ayniqsa qishloq joylarda va qizlarning shugʻullanishini kengaytirish (kamida 45 foizgacha), respublikaning yetakchi sportchilari, jahon chempionatlari, Olimpiada va Osiyo oʻyinlari, xalqaro turnirlarning gʻoliblari va sovrindorlarining respublika mintaqalarida mahorat darslarini doimiy asosda tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maktablar, akademik litseylar, kasb-hunar kollejlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy sport anjomlari va inventar bilan jihozlash, trenerlar, tarbiyachilar tarkibi, yuqori malakali mutaxassislar bilan (ayol trenerlar ulushini kamida 30 foizgacha yetkazgan holda) butlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlim muassasalari oʻquvchilarini bolalar va oʻsmirlarning sport maktablariga keng jalb etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi Milliy olimpiya qoʻmitasi va sport federatsiyalari bilan birgalikda Olimpiya oʻyinlarida yuqori natijalarga erishgan mamlakatlarning xalqaro tajribasidan keng foydalangan, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida maqsadli tayyorlash uchun har bir viloyatdan har yili tanlab olish koʻrsatkichini 100 kishigacha yetkazgan holda sport seksiyasi va maktab darajasidan boshlab iqtidorli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimi takomillashtirilishini taʼminlasin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30-dekabrdagi 731-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarning sport inshootlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, shuningdek akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari oʻquvchilarini sport seksiyalarida shugʻullanishga jalb etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha birgalikdagi ishlarni kuchaytirsinlar.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda Xorazm viloyatida “Umid nihollari-2015” musobaqalariga tayyorgarlik koʻrish maqsadida, eng avvalo, oʻquvchilarni oʻyinlarning boshlangʻich (tuman, tumanlararo va viloyat) bosqichlari tashkil etilishiga yuqori darajada jalb etish, shuningdek “Umid nihollari-2015” oʻyinlarining yakunlovchi bosqichida ishtirok etish uchun isteʼdodli bolalarni terma jamoalarga tanlash masalalari boʻyicha tahliliy va tashkiliy ishlarni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 1-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 27-son, 328-modda; 2017-y., 20-son, 367-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2018-y., 09/18/508/1477-son; 13.08.2020-y., 09/20/480/1168-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.12.2022-y., 09/22/731/1141-son)