Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.2021 12.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2420-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 12.06.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2420-1
Kuchga kirish sanasi
16.06.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 18.11.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 12-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2420-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 15 noyabrdagi 19-mh-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, yuridik-texnik jihatdan rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3333, 18.11.2021-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 1-fevraldagi 29-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2420, 2013-yil 1-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 65-modda) bilan tasdiqlangan Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (O. Hakimov) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Saʼdullayev) ushbu buyruqni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir N. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 12-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 12-iyundagi 158-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy-hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagi mazmundagi 201-band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“201. Loyihada uning rasman eʼlon qilingandan soʻng yoxud boshqa kechroq muddatda kuchga kirishi toʻgʻrisida band kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjud boʻlgan loyihalarga, rasman eʼlon qilingandan uch oy oʻtgach kuchga kiritilishi toʻgʻrisida band kiritiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 69-banddagi “oʻn kun” degan soʻzlar “uch kun” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 72-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashlarining loyihalari 2 ish kuni ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagi mazmundagi 741 band bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“741. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga tegishli loyiha unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjudligi boʻyicha oʻrganiladi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 84-bandning ikkinchi xatboshisidagi “4 va 5-ilovalarida” degan soʻzlar “4, 41 va 5-ilovalarida” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yoʻriqnomaga 4-ilovaning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ushbu qaror qabul qilingandan soʻng rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi, rasmiy veb-saytda joylashtirilishi (rasman eʼlon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay), Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1856, 2008-yil 10-sentabr) muvofiq 3 kun ichida davlat hisobiga olish uchun qogʻoz va elektron shakllarda adliya boshqarmasiga taqdim qilinishi lozimligi maʼlumot tariqasida maʼlum qilinadi.”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq mazmundagi 41-ilova bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
41-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Namuna‎

‎‎

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎ADLIYA VAZIRLIGI


‎SIRDARYO VILOYAT ADLIYA BOSNQARMASI ‎

MINISTRY OF JUSTICE OF TNE REPUBLIC OF UZBEKISTAN


‎DEPARTMENT OF JUSTICE OF SYRDARYA REGION ‎

‎120100, Guliston shahri, Al-Xorazmiy koʻchasi, 24-uy. Tel: (3672) 25-00-93, Faks: 225-09-69. Elektron pochta: sirdaryo @minjust.gov.uz 24, Al-Norazmy Street, Gulistan city, 120100 Phone: (3672) 25-00-93, Fax: 225-09-69 e-mail: sirdaryo @minjust.gov.uz
2014-yil 9-yanvar 02/2166-son

Sirdaryo tuman hokimi
‎B. Suvonovga ‎

Sizning 2014-yil 7-yanvardagi
‎1-98-sonli xatingizga

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi “Tuman aholisining bandligini taʼminlash dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Sirdaryo tuman xalq deputatlari Kengashi qarori loyihasini qonun hujjatlariga va qonunchilik texnikasi qoidalariga nomuvofiqligini bildiradi.

Qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha xulosada koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklar bartaraf etilgandan soʻng sessiya muhokamasiga kiritilishi lozim.

Ushbu qaror qabul qilingandan soʻng rasmiy nashrlarda eʼlon qilinishi, rasmiy veb-saytda joylashtirilishi (rasman eʼlon qilingandan keyin ikki kundan kechikmay), Oʻzbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlarining davlat hisobi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 1856, 2008-yil 10-sentabr) muvofiq 3 kun ichida davlat hisobiga olish uchun qogʻoz va elektron shakllarda adliya boshqarmasiga taqdim qilinishi lozimligi maʼlumot tariqasida maʼlum qilinadi.

Ilova: qaror loyihasi, huquqiy ekspertiza natijalari boʻyicha xulosa ___ varaqda.
Boshqarma boshligʻi‎

A. TOShQULOV”

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 24-son, 297-modda)