Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025 23.05.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2565-1
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 23.05.2014 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2565-1
Kuchga kirish sanasi
01.06.2014
Hujjat kuchini yo‘qotgan 09.10.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2014-yil 23-mayda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2565-1]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-son “Oʻzbekiston Respublikasida investitsiya iqlimi va ishbilarmonlik muhitini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) va Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (D. Ibragimova) ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq 2014-yil 1-iyundan kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruqning ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi oʻrinbosari M. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir N. YOʻLDOSHEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 23-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 23-maydagi 138-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 19-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi unda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan normalar mavjudligi boʻyicha oʻrganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan masalalar mavjud yoki mavjud emasligi yuzasidan shubha paydo boʻlgan taqdirda, vazirlik va idoralar tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 100-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish jarayonini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi yuridik majburiyatlar yuklatishni nazarda tutadigan, shuningdek tadbirkorlik subyektlariga yuridik javobgarlikning yangi choralarini belgilaydigan idoraviy normativ-huquqiy hujjat rasman eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kamida uch oy oʻtgach kuchga kiritiladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 126-band quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilinmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga javobgarlik choralarini qoʻllash taqiqlanadi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 21-son, 253-modda)