Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023 20.05.2014 yildagi 126-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) bilan tasdiqlangan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat mulkini tadbirkorlik subyektlariga, ular tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilish sharti bilan, ijara toʻlovining eng kam stavkasi boʻyicha, tegishli koeffitsiyentlarni belgilamagan holda, ijaraga berishni nazarda tutuvchi namunaviy ijara shartnomasini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 20-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126-son

Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-maydagi 126-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “yuridik shaxslarning mulki” soʻzlaridan keyin “(shu jumladan texnopark hududidagi davlat mulki)” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnopark — kamida 10 000 kv.m tutash hududdan, davlat mulki (binolar va inshootlar)dan hamda mahalliy davlat hokimiyati organi qaroriga muvofiq tashkil etilgan (oʻz faoliyatini oʻzini oʻzi mablagʻ bilan taʼminlash tamoyili boʻyicha va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat raqobat qoʻmitasi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiyot vazirligining tegishli hududiy organlari bilan kelishilgan biznes-reja asosida amalga oshiradigan) yuridik shaxsga ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish uchun tasarruf etish huquqisiz berilgan zarur infratuzilmadan iborat boʻlgan mulkiy kompleks”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 7-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Texnopark hududidagi davlat mulkini ijaraga berishning eng koʻp muddati, davlat mulkini ijaraga berishning ilgari tuzilgan shartnomalari boʻyicha majburiyatlar oʻz vaqtida va toʻliq bajarilgan taqdirda ushbu muddatni uzaytirish imkoni bilan oʻn yilni tashkil qiladi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi mazmundagi 71-bandi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“71. Texnopark hududidagi davlat mulki tadbirkorlik subyektlariga ijara shartnomasi asosida, ular tomonidan investitsiya majburiyatlari qabul qilinishi sharti bilan ijaraga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya majburiyatlari va ularni tadbirkorlik subyektlari tomonidan bajarish shartlari ijara shartnomasida belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi toʻrtinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Texnopark hududidagi davlat mulki tadbirkorlik subyektlariga, tegishli koeffitsiyentlar belgilanmasdan, ijara toʻlovining eng kam stavkasi boʻyicha beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 12-bandning sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijaraga oluvchi ijara shartnomasi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida yozma ravishda murojaat qilgan taqdirda shartnoma muddati, ushbu ijara obyekti boʻyicha majburiy tartibda eʼlon berilmasdan, ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan, tegishli ravishda davlat mulkini ijaraga berishning eng koʻp muddatlaridan oshmaydigan muddatlarga belgilangan tartibda uzaytiriladi. Ushbu eng koʻp muddatlar tugagach davlat mulki ijaraga umumiy asoslarda beriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 21-son, 246-modda)