Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.06.2011 29.08.1995 yildagi 986-I-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.06.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY MAJLISI KENGAShINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

OLIY MAJLISNING INSON HUQUQLARI BOʻYIChA VAKILI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Kengashining va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2011-yil 15-iyundagi 300-II/191-II-sonli “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha komissiya toʻgʻrisida”gi Qoʻshma qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1995-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
986-I-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
1995-yil 29-avgustdagi 98b-I-sonli qarori bilan
TASDIQLANGAN

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakilini* Oliy Majlis deputatlar orasidan tegishli chaqiriqning vakolat muddati davriga saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Bundan buyon matnda “Vakil” deb yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vakil boshqa institutlar bilan bir qatorda Oʻzbekiston Respublikasining inson huquqlari masalalariga doir qonun hujjatlariga rioya etilishini hamda ular xalqaro huquq normalariga muvofiq tarzda takomillashtirilishini, inson huquqlari sohasidagi hamkorlik rivojlanishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vakil Oliy Majlis oldida hisobdor boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, xalqaro huquqning umum eʼtirof etgan qoidalari va normalariga, Oʻzbekiston Respublikasi ishtirok etgan xalqaro shartnomalarga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vakil oʻz faoliyatida inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning mavjud vositalarini toʻldirib boradi, huquq va erkinliklarning himoya qilinishini hamda buzilgan huquq va erkinliklarning tiklanishini taʼminlovchi boshqa organlarning vakolatlarini bekor qilmaydi va qayta qurilishiga olib kelmaydi. Vakil davlatning boshqa organlari va mansabdor shaxslari vakolatiga taalluqli harakatlarni amalga oshirish va qarorlar qabul qilishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vakil oʻz vakolat muddati davomida siyosiy partiya aʼzosi yoki siyosiy harakat qatnashchisi boʻlishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vakil Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining, shuningdek respublika hududida boʻlib turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning huquq va erkinliklari davlat organlarining, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va ular mansabdor shaxslarining harakati (harakatsizligi) yoki qarorlari tufayli buzilganligi yoki ularga lozim darajada rioya etilmaganligi xususidagi shikoyatlarni koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyat, shuningdek uchinchi shaxslar yoki ustavda koʻrsatilgan maqsadi inson huquqlarini himoya qilishdan iborat boʻlgan nohukumat tashkilotlari tomonidan ham berilishi mumkin, lekin bunda arizachining fikricha huquq va erkinliklari buzilgan shaxsning roziligi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil hokimiyat vakillik organlarining harakatlari va qarorlari ustidan berilgan shikoyatlarni koʻrib chiqmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar oʻrtasidagi huquqiy munosabatlar bilan bogʻliq boʻlgan nizolarga doir shikoyatlar ham, qoʻshinlarni tezkor boshqarish va ularning harbiy tayyorgarligini bevosita taʼmin etish munosabati bilan harbiy boshqaruv organlari va mansabdor shaxslar tomonidan qilingan harakatlar va qarorlar ustidan berilgan shikoyatlar ham koʻrib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vakil, qoida tariqasida, yozma shaklda bayon etilgan, huquqlar buzilgan yoki huquqlar buzilganligi arizachiga maʼlum boʻlgan vaqtdan boshlab yoxud arizachi oʻz huquqlarini himoya qilishning boshqa vositalaridan foydalangan-u, ammo shikoyati boʻyicha qabul qilingan qarorlardan qoniqmagan boʻlsa, ana shu qarorlarning soʻnggisi qabul qilingan kundan boshlab bir yil ichida berilgan arizalarni koʻrib chiqish uchun qabul qilib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shikoyatda arizachining familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili, harakati (harakatsizligi) yoki qarori ustidan shikoyat qilinayotgan organ yoki mansabdor shaxsning manzili va nomi koʻrsatilishi, arizachining fikricha, uning huquqlarini buzgan harakatlar (harakatsizliklar) yoki qarorlarning mazmuni bayon etilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakil shikoyatlarni koʻrib chiqish chogʻida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizachiga u oʻz huquq va erkinliklarini himoya qilishi uchun qaysi vositalardan foydalanishga haqli ekanligini tushuntirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatni mohiyatan hal etishga vakolatli boʻlgan davlat organiga yoki mansabdor shaxsga topshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va mansabdor shaxslardan shikoyatni tekshirish uchun zarur boʻladigan har qanday maʼlumotlar, hujjatlar hamda materiallarni talab qilish va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va muassasalariga moneliksiz kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyatda bayon etilgan faktlarni mustaqil tarzda yoki vakolatli organlar va mansabdor shaxslar bilan birgalikda tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shikoyat tushganligi munosabati bilan aniqlashtirish lozim boʻlgan masalalar boʻyicha mansabdor shaxslardan tushuntirishlar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aniqlanishi kerak boʻlgan masalalar yuzasidan ekspert tadqiqotlari oʻtkazishni, xulosalar tayyorlashni vakolatli davlat muassasalariga topshirish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vakil shikoyatni tekshirish natijalariga koʻra:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizachiga uning huquqlari buzilganligi aniqlanmaganligini maʼlum qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organi yoki mansabdor shaxsning xatti-harakatlarida inson huquq va erkinliklarini buzish alomatlari aniqlanganligi hamda buzilgan huquqlarni tiklash uchun imkon beradigan va zarur boʻlgan choralarni koʻrishga taalluqli tavsiyanomalar bayon etilgan oʻz xulosasini chiqarishi va uni tegishli davlat organi yoki mansabdor shaxsga yuborishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar sudlov ishini yuritish davomida inson huquqlarining buzilishi qabul qilingan sud qarorlariga taʼsir etgan boʻlsa, qonuniy kuchga kirgan sud qarorlarini tekshirish toʻgʻrisidagi xat bilan tegishli bosqichdagi sud idorasiga murojaat etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vakil shikoyatni koʻrib chiqish jarayonida arizachini davlat organlari va mansabdor shaxslar taqdim etgan materiallar bilan tanishtirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vakil inson huquqlari buzilganligini aniqlagan hollarda tekshiruv natijalari yuzasidan uzil-kesil qaror qabul qilingunga qadar buzilgan huquqlarni tiklashga qaratilgan chora-tadbirlar koʻrishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Inson huquqlari ommaviy tarzda yoki qoʻpol ravishda buzilganligi toʻgʻrisida maʼlumot mavjud boʻlganida yoxud himoyaning huquqiy vositalaridan mustaqil tarzda foydalanishga qodir boʻlmagan shaxslarning himoyasi yoʻlida Vakil faktlarni tashabbusi bilan tekshirishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil shikoyatni tekshirish jarayonida arizachi yoki boshqa kishilarning shaxsiy hayoti toʻgʻrisida oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni ularning roziligisiz oshkor etishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vakil ayrim masalalarni tayyorlash uchun olimlar va mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vakilning xatini olgan davlat organi yoki mansabdor shaxs bir oy muddat ichida xatni koʻrib chiqishi va Vakilga javob yoʻllashi shart. Agar Vakilning tavsiyalarini bajarishni iloji boʻlmasa, mansabdor shaxs buning sabablarini asoslab berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Vakilning oʻz vazifalarini bajarishiga monelik qilish qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oliy Majlis Vakil huzurida jamoatchilik asosidagi fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga rioya etilishi komissiyasini tuzadi. Komissiya Vakil raisligida ushbu Nizomga muvofiq faoliyat koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Komissiyaning asosiy vazifasi Vakil zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga koʻmaklashishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakilning topshirigʻiga binoan Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakil nomiga kelayotgan materiallarni, fuqarolar va tashkilotlardan tushgan murojaatlarni oʻrganadi hamda tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlariga rioya etilishiga doir maʼruzalarning loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlariga doir qonun hujjatlarini aholi oʻrtasida tushuntiradi va targʻib qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
inson huquqlari masalalari yuzasidan xalqaro shartnomalar ishlab chiqishda hamda xalqaro tashkilotlarga maʼruzalar tayyorlashda ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaning takliflari Vakil uchun tavsiya tusida boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Komissiya aʼzolari Vakilning topshiriqlarini bajarish chogʻida davlat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga moneliksiz kirishga hamda ulardan qonunda belgilangan tartibda zarur maʼlumotlarni olishga haqlidirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Vakilga hamda komissiya aʼzolariga belgilangan nusxadagi xizmat guvohnomasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Vakil faoliyatining moliyaviy va moddiy-texnikaviy taʼminoti Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kotibiyati tomonidan amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 9-son, 216-modda)