Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Turizm faoliyatini amalga oshirish va litsenziyalash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Turizm faoliyatini litsenziyalash va amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish, kichik biznes subyektlarining tadbirkorlik faoliyati uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Vazirlar Mahkamasining Turizm faoliyatini litsenziyalash komissiyasi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi uch oy muddatda:
ushbu qaror kuchga kirgunga qadar berilgan litsenziyalarni xatlovdan oʻtkazsinlar va ular yangi namunadagi litsenziyalar bilan almashtirilishini taʼminlasinlar;
turizm faoliyati subyektlari bilan birgalikda litsenziya bitimlarini Turizm faoliyatini litsenziyalash toʻgʻrisidagi nizomga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga muvofiqlashtirsinlar.
3. “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi ikki hafta muddatda:
turizm tashkilotlarining xodimlariga va gidlarga (ekskursovodlarga) malaka sertifikati berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
turizm xizmatlarini sertifikatlash qoidalarini;
turizm xizmatlari koʻrsatish qoidalarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2014-yil 13-mart,
60-son
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 13-martdagi 60-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 189-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 231-modda)
2. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 7-yanvardagi 6-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 1-son, 3-modda) bilan tasdiqlangan Yakka tartibdagi tadbirkorlar yuridik shaxs tashkil etmasdan shugʻullanishi mumkin boʻlgan faoliyat turlari roʻyxatiga quyidagi mazmundagi 75-pozitsiya qoʻshilsin:
|
“ |
75. |
Ekskursiya xizmatlari koʻrsatish boʻyicha turizm faoliyati | ”. |
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 12-son, 138-modda; 2017-y., 14-son, 231-modda)