Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 12.10.2010 yildagi PQ-1418-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil hosili uchun shudgorlash ishlarini oʻtkazishning tashkiliy chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil hosili uchun shudgorlash ishlarining oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishni taʼminlash yuzasidan zarur tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasining 2011-yil hosili uchun shudgorlash hajmi va muddatlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan takliflari ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzagromashservis” uyushmasining rahbarlari zimmasiga quyidagilar yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnika taʼmirlanishini nihoyasiga yetkazish, mashina-traktor parklari va fermer xoʻjaliklarining buyurtmanomalari boʻyicha haydov agregatlari uchun ehtiyot qismlarni tayyorlash va yetkazib berish hamda 2010-yilning 25-oktabridan kechiktirmay barcha joylarda shudgorlashni boshlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan agrotexnologiya normalaridan kelib chiqib, shudgorlashning zarur chuqurligi va bir tekisligiga, mineral va organik oʻgʻitlar solinishiga alohida eʼtiborni qaratgan holda, shudgorlash sifatini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi shudgorlash ishlarining mazkur qarorga muvofiq tasdiqlangan hajm va muddatlarda olib borilishi ustidan nazorat oʻrnatsin. Hisobotni buzib koʻrsatish va boshqa qoidabuzarlik faktlari aniqlangan hollarda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qatʼiy javobgarlik choralari koʻrilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzagromashservis” uyushmasi bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kun muddatda shudgorlashning borishi va sifatini nazorat qiluvchi hududiy komissiyalar tuzish va ularga shudgorlash ishlarini olib borishda har bir tuman boʻyicha xoʻjaliklar va mashina-traktor parklarining alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlariga birinchi, ikkinchi va uchinchi oʻrinlar uchun ragʻbatlantiruvchi mukofotlar joriy etish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda, yer resurslaridan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda, tumanlar va xoʻjaliklar boʻyicha shudgorlashni oʻtkazish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnika va ustaxonalarning ikki smenada toʻlashni, ishlashini tashkil qilish, shudgorlash ishlarida qatnashayotgan mexanizator hamda operatorlarga maishiy va boshqa zarur shart-sharoitlarning butun kompleksini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shudgorlash ishlarini oʻtkazish uchun haydov traktorlari va koʻchma taʼmirlash ustaxonalarini jalb etish boʻyicha mintaqalarda joylashgan sanoat, qurilish korxonalari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjaliklar va mashina-traktor parklari buyurtmanomalariga asosan ehtiyot qismlarni yetkazib berish, shuningdek koʻchma taʼmirlash ustaxonalarining uzluksiz ishlashini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalarga muvofiq shudgorlash davrida mineral oʻgʻitlar solinishini taʼminlaydigan muddatlarda respublikaning barcha mintaqalariga oʻgʻitlar bir maromda yetkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda ularni shudgorlashda ishtirok etuvchi qishloq xoʻjalik korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 12-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1418-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 10-son, 397-modda)