Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024 20.02.2014 yildagi 31-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2024
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaharning tarixiy qismidagi madaniy meros obyektlarini ehtiyotlab saqlash va ulardan zamonaviy foydalanishni oqilona tashkil etish yoʻli bilan Shahrisabz shahrining bosh rejasi amalga oshirilishini taʼminlash, uning tarixiy-arxitekturaviy, ijtimoiy-madaniy va turizm salohiyatini rivojlantirishga har tomonlama koʻmaklashish, aholi yashashi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) tasdiqlansin, Dastur quyidagi tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-ilovaga* muvofiq yoʻl-transport infratuzilmasi obyektlarini qurish va rekonstruksiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-ilovaga* muvofiq shahar atrofida yangi zamonaviy avtobus stansiyalari qurish va mavjudlarini mukammal taʼmirlash, shuningdek avtobus parkining harakatdagi tarkibini yangilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-ilovaga* muvofiq kommunikatsiyalar tizimlarini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-ilovaga* muvofiq arxitekturaviy-rejalashtirish qiyofasini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-ilovaga* muvofiq tarixiy-madaniy meros obyektlarini restavratsiya qilish va ularning holatini yaxshilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-ilovaga* muvofiq zamonaviy mehmonxonalar qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-ilovaga* muvofiq yakka tartibdagi va koʻp qavatli uy-joylarni loyihalash va ularni qurish uchun yer uchastkalari ajratish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1—7-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish hamda ularning bajarilishi monitoringini olib borish boʻyicha 8-ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi komissiya (keyingi oʻrinlarda Ishchi komissiya deb ataladi) tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya (R.S. Azimov)ga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturga kiritilgan obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilish ishlarining amalga oshirilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshirish, shuningdek ularning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini taʼminlashga doir zarur chora-tadbirlar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturga kiritilgan obyektlar boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish, ularni ekspertizadan oʻtkazish, qurilish-montaj ishlarini moliyalashtirishni oʻz vaqtida ochish, shuningdek mablagʻlardan qatʼiyan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur ishlar koʻlamini sifatli tayyorlagan holda Shahrisabz shahrining bosh rejasiga muvofiq, avariya holatidagi va eskirgan uy-joylarning belgilangan tartibda oʻz vaqtida buzib tashlanishini taʼminlash chora-tadbirlarini amalga oshirish yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruhga, zaruriyat boʻlganda, Dasturga vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalarining Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi, Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari bilan kelishilgan asoslangan takliflari boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik birlashmalari hamda Dasturni amalga oshirish doirasida faoliyat koʻrsatuvchi tijorat banklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda — Dasturga kiritilgan tadbirlar va loyihalarning loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishning tarmoq jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan chora-tadbirlarning Dasturda nazarda tutilgan parametrlar va muddatlarga qatʼiy muvofiq ravishda toʻliq bajarilishini taʼminlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paydo boʻladigan muammoli masalalarni tezkorlik bilan hal etish boʻyicha zarur tashkiliy va amaliy chora-tadbirlarni koʻrgan holda, Dastur parametrlarining bajarilishi yuzasidan doimiy monitoring olib borsinlar ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning bajarilishi toʻgʻrisida har oyda Ishchi komissiyaga axborot taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Qashqadaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda 2015-yil va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturini hamda Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ularga, belgilangan tartibda asoslangan va tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari mavjud boʻlgan taqdirda, Dastur doirasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan loyihalarning kiritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qashqadaryo viloyati va Shahrisabz tumani hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maqbul yer uchastkalari ajratishda, shuningdek turizmni va boshqa biznesni tashkil etish uchun zarur boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazish tartibotlarini amalga oshirishda loyihalar tashabbuskorlariga har tomonlama koʻmaklashishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Shahrisabz shahrining madaniy meros obyektlarini saqlash ishlarini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini taʼminlasinlar.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-maydagi 270-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 19-son, 345-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi loyihalash ishlarining ekspertizadan oʻtkazish bilan birgalikda amalga oshirilishini va Dasturga kiritilgan obyektlarda qurilish-montaj ishlari sifati yuzasidan zarur darajadagi davlat nazoratini taʼminlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tijorat banklariga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachilarga hamda Dasturga kiritilgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashni amalga oshirish uchun jalb etilgan pudrat tashkilotlariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan stavkalar boʻyicha kreditlar ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shahrisabz shahrining tarixiy maydonida qurilgan tadbirkorlik obyektlarini sotib olish uchun tadbirkorlar va hunarmandlarga 15 yil muddatga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasidan yuqori boʻlmagan foiz stavkalari boʻyicha kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 13-sentabrdagi 294-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 37-son, 431-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 20-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-fevraldagi 31-son qaroriga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida obyektlarni qurish va rekonstruksiya qilishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish hamda ularning bajarilishi monitoringini olib borish boʻyicha Ishchi komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Azimov R.S.‎ —‎

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Ishchi komissiya rahbari ‎

Zakirov B.I.‎ —‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi komissiya rahbarining oʻrinbosari ‎

Ibragimov Gʻ.I.‎ —‎‎

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Ishchi komissiya rahbarining oʻrinbosari ‎

Roʻziyev Z.Sh.‎ —‎‎ Qashqadaryo viloyati hokimi ‎
Xojimatov M.M.‎ —‎‎ Madaniyat vaziri ‎
Kamalov A.S.‎ —‎‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
Turdiyev D.R.‎ —‎‎ Iqtisodiyot vazirining oʻrinbosari ‎
Abdullayev M.R.‎ —‎‎ Moliya vazirining oʻrinbosari ‎
Toxtayev A.R.‎ —‎‎ “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Mirzaxidov X.M. ‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri
Arabov S.A.‎ —‎‎ “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi raisi ‎
Gafarov S.X.‎ —‎‎

Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎

Mansurov R.‎

—‎

Madaniyat vazirligining bosh boshqarmasi boshligʻi ‎
Mustafayev U.M.‎ —‎‎ Markaziy bank raisining birinchi oʻrinbosari ‎
Xolmuxamedov U.O.‎

—‎‎‎

“Oʻzkommunxizmat” agentligining bosh direktori ‎
Shukurov J.M.‎ —‎‎

Respublika yoʻl jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori ‎

Abduvaliyev A.A.‎ —‎‎ “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi ‎
Basidov I.S.‎ —‎‎ “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi‎
Eshmuradov B.B.‎ —‎‎ “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi bosh muhandisi ‎
Norov F.Y.‎ —‎‎ Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani hokimi ‎
Abdullayev B.U.‎ —‎‎ “OʻzshaharsozlikLITI” DUK direktori ‎
Qurbonov Sh.T.‎ —‎‎ Qashqadaryo viloyati arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi
Avazov N.N.‎ —‎‎ Shahrisabz tumani bosh arxitektori‎
Boqiyev F.X.‎ —‎‎ Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Yigʻma ATD mudiri, Ishchi komissiya kotibi ‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan shaxslar yoxud zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 8-son, 82-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 37-son, 431-modda; 2017-y., 19-son, 345-modda, 33-son, 863-modda)