Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 23.08.1994 yildagi 432-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yilgi paxta hosili yigʻim-terimini uyushqoqlik bilan oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligini rivojlantirishni iqtisodiy ragʻbatlantirish choralari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq, paxta hosili yigʻim-terimini qisqa muddatlarda uyushqoqlik bilan oʻtkazish, paxtakorlarning paxta yalpi hosilini koʻpaytirish va uning sifatini yaxshilashdan moddiy manfaatdorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Moddiy-texnikaviy bazani paxta hosilini yigʻib-terib olishga tayyorlashni oʻz vaqtida tugallash va yigʻim-terim mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazish, texnikadan toʻliq foydalanish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklarining, respublika dehqonchilik sanoati majmui vazirliklari va idoralarining eng muhim vazifasi hisoblansin. Paxta hosilini mashinada terish topshirigʻi 1-ilovaga* muvofiq belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Paxta hosili yigʻim-terimida moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish uchun xoʻjaliklarga paxta hosili terimi uchun quyidagi miqdorlarda haq toʻlash tavsiya etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki qatorli paxta terish mashinasi bilan terilgan konditsion vazndagi bir tonna paxta hosili uchun — kamida 8.0 soʻm, toʻrt qatorli mashinada terilgani uchun — 6,5 soʻm, qoʻlda terilgan 1 kilogramm paxta hosili uchun — kamida 40 tiyin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻim-terim ishlarida band boʻlganlar bilan hisob-kitoblar har besh va oʻn kunda oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank, “Oʻzdehqonchiliksanoatbank” va “Oʻzsanoatqurilishbank” terimchilar bilan hisob-kitoblarni oʻz vaqtida oʻtkazish uchun xoʻjaliklarni naqd pul bilan taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 1994-yilgi paxta hosilining sorti va tiplari boʻyicha xarid narxlari 2-ilovaga* muvofiq bir tonna paxta tolasi uchun 3750 soʻm hisobidan tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi oʻn kun muddatda paxta hosilining yangi xarid narxlari preyskurantlarini nashr etsin hamda manfaatdor vazirliklar va idoralarga yetkazsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, davlat buyurtmasidan ortiqcha ishlab chiqarilgan paxta tolasi, lint, oʻlik paxta va chigit (topshiriqdagining 33 foizi va topshiriqdan ortiqchasining hammasi) erkin bozor narxlari boʻyicha xoʻjaliklar tomonidan mustaqil ravishda sotiladi. Ushbu mahsulotlarni erkin sotish huquqi faqat paxta tayyorlash hajmi va sifati boʻyicha topshiriqlarni bajargan xoʻjaliklarga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Qayumov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari “Oʻzkimyosanoat” uyushmasi bilan birgalikda xoʻjaliklarga defoliantlar yetkazib berishni hamda gʻoʻzalar defoliatsiyasini 3-ilovaga* muvofiq hajmlarda va muddatlarda oʻtkazishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi (Rafiqov) “Oʻzagrokimyoservis” uyushmasi talabnomalariga binoan gʻoʻzalarni defoliatsiya qilish uchun zarur miqdorda samolyot va vertolyotlar ajratsin, zarur yonilgʻi zaxiralari tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qishloq xoʻjaligi vazirligi (Qayumov), “Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” (Husanov) shu yilning 1-sentabrigacha paxta yigʻim-terimi texnikasi, yuklash-tashish vositalarini toʻliq tayyorlasinlar, yigʻim-terim-transport otryadlarini mexanizatorlar va tuzatuvchi-xizmat koʻrsatuvchilar bilan taʼminlasinlar. Xoʻjaliklarda va tuzatish korxonalarida dvigatellar, uzellar, agregatlar, boshqa zarur materiallarning almashtirish fondlari tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzmashsanoat” uyushmasi (Sobirov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzqishloqxoʻjaliktaʼminottuzatish” talabnomalariga muvofiq va xoʻjaliklar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri aloqalar boʻyicha ehtiyot qismlar va texnika yetkazib berishni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta yigʻim-terim mavsumi davrida mashinasozlik korxonalari kuchi bilan, shartnomalar asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Jizzax, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlari xoʻjaliklariga hamda tuzatish korxonalariga texnikaviy yordamni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzdavneftmahsulot” birlashmasi (Tojiyev) belgilangan limitlar hisobidan 1994-yilning ssntabr — noyabrida qishloq xoʻjaligiga yigʻim-terim ishlarini uzluksiz oʻtkazishni taʼminlaydigan hajmlarda yonilgʻi-moylash materiallari yetkazib berishni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekbirlashuv, “Oʻzbeksavdo” uyushmasi, “Oʻzdonmahsulot” korporatsiyasi, “Oʻzoziqovqatsanoat” konserni qishloq aholisini va paxta yigʻim-terimi qatnashchilarini un, guruch, qand-shakar, oʻsimlik yogʻi, boshqa eng zarur tovarlar bilan belgilangan tartibga muvofiq taʼminlash masalalarini oʻz vaqtida hal etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sogʻliqni saqlash vazirligi (Karimov) yigʻim-terim mavsumining barcha qatnashchilariga tibbiy xizmat koʻrsatishga doir zarur chora-tadbirlarni koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
432-son