Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.05.1994 yildagi 241-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Qozogʻiston Respublikasi Hukumati oʻrtasidagi madaniyat, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, taʼlim-tarbiya, turizm va sport sohasidagi aloqalarni chuqurlashtirish toʻgʻrisidagi Bitimga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1994-yil 23-maydan 27-maygacha Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlari oʻtkazilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qozogʻiston Respublikasi Kunlarining tantanali ochilishi “Turkiston” saroyida oʻtkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkilot qoʻmitasi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkilot qoʻmitasi Qozogʻiston vazirliklari va idoralari bilan birgalikda 5 kun muddatda Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga oid dastur va tadbirlar rejasini ishlab chiqsin hamda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari oʻz hududlarida tashkilot qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan Qozogʻiston Respublikasi Kunlarini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan tadbirlarning bajarilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Apparatining Ishlar Boshqarmasi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi Toshkent shahriga keladigan Qozogʻiston Respublikasi Kunlari qatnashchilarini “Doʻrmon” hamda “Oʻzbekiston” mehmonxonalariga joylashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlarning hokimliklari mehmonxonalarni belgilasinlar va Qozogʻiston Respublikasidan keladigan mehmonlarning joylashtirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qozogʻiston Respublikasi Kunlari qatnashchilarining mehmonxonada yashaganliklari uchun toʻlovlarni soʻm-kuponlarda va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan narxlarda qabul qilishga ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi va Oʻrta Osiyo Temir yoʻl boshqarmasi Qozogʻiston Respublikasi Kunlari qatnashchilarining respublikamiz ichkarisida harakat qilishlarida, toʻlovlarni soʻm-kuponlarda qabul qilgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan tariflar boʻyicha avia va temir yoʻl chiptalari bilan taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi respublikamiz ichki havo yoʻllarida, zaruriyat boʻlganda, qoʻshimcha qatnovlar joriy etishni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzavtotrans” davlat korporatsiyasi va “Toshshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi Qozogʻiston Respublikasi Kunlari qatnashchilarini tashkilot qoʻmitasi va hokimliklarning buyurtmanomalari boʻyicha avtomobil transporti bilan taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi hamda Qishloq xoʻjaligi vazirligi Qozogʻiston Respublikasi Kunlarini oʻtkazish dasturiga muvofiq sport tadbirlarini oʻtkazish uchun otchoparning tayyor qilib qoʻyilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi Qozogʻiston Respublikasi Kunlari qatnashchilarini sifatli ovqatlantirish masalalari hal etilishini, milliy esdalik sovgʻalari, maishiy buyumlar va tovarlarning xilma-xil turlari bilan savdo qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi bir hafta muddatda tashkilot qoʻmitasining buyurtmanomasi boʻyicha zarur reklama materiallari, prospektlar va taklifnomalarni tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Mahalliy sanoat” davlat uyushmasi tashkilot qoʻmitasining buyurtmasi boʻyicha esdalik sovgʻalari va nishonlarini tayyorlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Toshkent shahar hokimligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharning bayramona bezatilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirlar oʻtkaziladigan joylarda zarur obodonlashtirish ishlarini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tashkilotlarni, ularning buyurtmanomalarini hisobga olgan holda, Qozogʻiston Respublikasi Kunlari dasturi boʻyicha oʻtkaziladigan konsertlar, spektakllar va sport musobaqalarida tomosha oʻrinlari bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi, gazeta va jurnallarning tahririyatlari Oʻzbekiston va Qozogʻiston xalqlarining tarixan shakllangan doʻstona va madaniy aloqalarini, Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlariga tayyorgarlik koʻrishning borishi va uning oʻtishini keng yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasining buyurtmanomasi boʻyicha eshittirishlar translyatsiya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat kinokompaniyasi Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlari toʻgʻrisida hujjatli film yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qozogʻiston Respublikasi Kunlari qatnashchilariga tibbiy xizmat koʻrsatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlari tadbirlari oʻtkaziladigan joylarda jamoat tartibini va qatnashchilarga xizmat qiluvchi transport harakatining xavfsizligini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Oʻzekspomarkaz” savdo-koʻrgazma markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qozogʻiston Respublikasidan keladigan texnika guruhi aʼzolarini mehmonxonaga joylashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qozogʻiston Respublikasi Milliy fanlar akademiyasi, Qozogʻistonning konversiya texnologiyalari va sanoat korxonalarining tashkil etiladigan koʻrgazmalarini zarur ekspozitsiya maydonlari va uskunalar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, sanoat uyushmalari, konsernlar, birlashmalar va korxonalar tajriba almashish, ilmiy va ijodiy aloqalarni rivojlantirish hamda ularni chuqurlashtirish uchun respublikamiz xalq xoʻjaligi tarmoqlarining olimlari, muhandislari va mutaxassislarini Qozogʻiston Respublikasining ilm-fan va konversiya texnologiyalari yutuqlari koʻrgazmasi bilan keng tanishtirishni taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent shahrida Oʻzbekistonda Qozogʻiston Respublikasi Kunlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga oid xarajatlar respublika budjeti mablagʻlari hisobiga Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda esa — mahalliy budjet mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning birinchi oʻrinbosari I.H. Joʻrabekov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 6-maydagi 241-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida Qozogʻiston Respublikasi Kunlariga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha tashkilot qoʻmitasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I.H. Joʻrabekov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, tashkilot qoʻmitasi raisi‎
E.H. Xalilov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi, tashkilot qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
M.B. Umurzoqov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi, tashkilot qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
M.Q. Qoraboyev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkilot qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
M.3. Usmonov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkilot qoʻmitasi raisining oʻrinbosari‎
Y.Sh. Shodimetov‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining boʻlim mudiri, tashkilot qoʻmitasining masʼul kotibi‎

‎‎Tashkilot qoʻmitasi aʼzolari

X.R. Joʻrayev‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi‎
Sh.H. Abdulazizov‎ —‎ Vazirlar Mahkamasining boʻlim mudiri‎
B.A. Abdugʻaniyev‎ —‎ Oʻzbekbirlashuv Boshqaruvi raisi‎
P. Abdurahmonov‎ —‎ Samarqand viloyati hokimi‎
A.A. Aydarqulov‎ —‎ Navoiy viloyati hokimi‎
3.A. Almatov‎ —‎ Ichki ishlar vaziri‎
L.A. Ahmetov‎ —‎ “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi raisi‎
S.A. Ahrorov‎ —‎ “Oʻzdavkinokompaniya” raisining birinchi oʻrinbosari‎
T.N. Guskova‎ —‎ Moliya vazirining birinchi oʻrinbosari‎
V.M. Jeltouxov‎ —‎ “Oʻrta Osiyo Temir yoʻl” boshqarmasi boshligʻi‎
Jamol Kamol‎ —‎ Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasining raisi‎
M.Y. Islomov‎ —‎ Fargʻona viloyati hokimi‎
M.B. Ikromov‎ —‎ Toshkent viloyati hokimi‎
A.K. Komilov‎ —‎ Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari‎
Sh.I. Karimov‎ —‎ Sogʻliqni saqlash vaziri‎
B.P. Qayumov‎ —‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎
V.K. Mixaylov‎ —‎ Kommunal xizmat koʻrsatish vaziri‎
R.R. Muhamedov‎ —‎ Prezident Apparati Ishlar Boshqaruvchisining oʻrinbosari‎
A. Oripov‎ —‎ shoir‎
Q.Gʻ. Obidov‎ —‎ Andijon viloyati hokimi‎
Gʻ.M. Rafiqov‎ —‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori‎
B.R. Rapigaliyev‎ —‎ Namangan viloyati hokimi‎
K.R. Rahimov‎ —‎ Aloqa vaziri‎
M.R. Rahmonov‎ —‎ Buxoro viloyati hokimi‎
K.R. Rasulov‎ —‎ Milliy madaniy markaz direktori‎
S.S. Roʻziyev‎ —‎ Davlat sport qoʻmitasi raisi‎
O.U. Salimov‎ —‎ Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri‎
M.S. Salohiddinov‎ —‎ Fanlar akademiyasining Prezidenti‎
A.X. Toshkenboyev‎ —‎ Jizzax viloyati hokimi‎
A.T. Teshaboyev‎ —‎ Oʻzbekiston Yoshlar Ittifoqi MQ birinchi kotibi‎
O.K. Ukuboyev‎ —‎ Prezident Apparatining yetakchi konsultanti‎
A.I. Fozilbekov‎ —‎ Toshkent shahar hokimi‎
3.A. Fayziyev‎ —‎ “Oʻzbeksavdo” davlat uyushmasi raisi‎
R. Fayzullayev‎ —‎ “Tashshaharyoʻlovchitrans” davlat uyushmasi raisi‎
E.Q. Haitboyev‎ —‎ Madaniyat ishlari vaziri‎
M.H. Hazratqulov‎ —‎ Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori‎
Gʻ.B. Hasanov‎ —‎ Sirdaryo viloyati hokimi‎
R.Sh. Shogʻulomov‎ —‎ Davlat matbuot qoʻmitasi raisi‎
R.Y. Yoʻldoshev‎ —‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi‎
J.G. Yoʻldoshev‎ —‎ Xalq taʼlimi vaziri‎
N.R. Yusupbekov‎ —‎ Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi‎
Sh.G. Yahyoyev‎ —‎ “Oʻzdavteleradio” kompaniyasi raisi‎
N.N. Yoqubov‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasining Qozogʻistondagi elchisi‎
O.O. Yoqubov‎ —‎ Oʻzbekiston xalq yozuvchisi‎