Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2025 08.01.2014 yildagi 5-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.11.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoatda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini pasaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakat korxonalari tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshliligini yanada oshirish, mahsulot ishlab chiqarish hamda uni ichki va tashqi bozorlarda sotish hajmini koʻpaytirish va eksport salohiyatini oʻstirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xoʻjalik birlashmalari va yirik korxonalar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda 2014-yilda ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirishga va mahsulot tannarxini pasaytirishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin, ular birinchi navbatda quyidagilar hisobiga amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
energiya resurslari isteʼmolini qisqartirish va ishlab chiqarishning energiya samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish yoʻli bilan texnologik jarayonlarni va moddiy-xom ashyo resurslari sarfi, foydalanish va noishlab chiqarish xarajatlari normalarini ratsionalizatsiyalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat unumdorligini oʻstirish, boshqaruv va sanoat-ishlab chiqarish xodimlari sonini maqbullashtirish, boshqa omillar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xoʻjalik birlashmalari va yirik korxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishilgan xoʻjalik birlashmalarida va yirik korxonalarda ilovaga* muvofiq yigʻma parametrlar boʻyicha ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va mahsulot tannarxini oʻrtacha 10 foizga pasaytirish, shu jumladan ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish hisobiga 8,3 foizga pasaytirish boʻyicha takliflari maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar, idoralar, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalar va boshqa xoʻjalik birlashmalari rahbarlari ushbu qaror bilan maʼqullangan tarmoq boʻyicha tannarxni pasaytirishning yigʻma parametrlaridan kelib chiqib oʻn kun muddatda oʻz tarkibiga kiradigan sanoat korxonalari uchun tannarxni pasaytirishning maqsadli parametrlarini tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, respublika vazirliklari, idoralari, aksiyadorlik kompaniyalari, uyushmalari va boshqa xoʻjalik birlashmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalarda mahsulot tannarxini pasaytirish yuzasidan koʻrilayotgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi yuzasidan har choraklik monitoring oʻrnatsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib boriladigan monitoring yakunlari boʻyicha zarurat boʻlganda mahsulot tannarxini pasaytirish boʻyicha parametrlarga erishishning toʻliqligi va samaradorligidan kelib chiqib korxonalarning rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish yoki shaxsiy javobgarligini oshirish choralarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, tasdiqlangan normativ-texnik hujjatlar doirasida texnologik jarayonlarni ratsionalizatsiyalashtirish va moddiy-xom ashyo va energiya resurslari sarfi normalarini maqbullashtirish, xarid qilinadigan xom ashyo, materiallar va butlovchi buyumlar qiymatini pasaytirish, foydalanish xarajatlari va yuklama xarajatlarni qisqartirish, xodimlar sonini maqbullashtirish hisobiga mahsulot tannarxini pasaytirish natijasida mahalliylashtirish darajasining pasaytirilishi 2014-yilda Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 21-iyuldagi 154-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat kooperatsiyasi asosida tayyor mahsulot, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni buzish deb hisoblanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 8-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 23-modda)