Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2023 07.01.2014 yildagi 1-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 31.10.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 578-sonli “Yer resurslarining holati boʻyicha milliy hisobotni yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish, koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish bilan bogʻliq tartibotlar sonini va muddatlarini qisqartirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga muvofiq vakolatli organlar, vazirliklar va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasining hududiy organlariga axborot tizimlari kompleksidan foydalangan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilgan koʻchmas mulk bilan bogʻliq bitimlar toʻgʻrisida — notarial idoralar tomonidan, bitim rasmiylashtirilgandan soʻng ikki kun mobaynida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buzib tashlanishi lozim boʻlgan uy-joylar, shuningdek boshqa binolar va inshootlar toʻgʻrisida — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining hududiy organlari tomonidan, tegishli davlat organining uy-joylar, shuningdek boshqa binolar va inshootlar buzib tashlanishi toʻgʻrisidagi qarori qabul qilingandan soʻng ikki kun mobaynida;
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 14-iyundagi 498-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkni oʻzgaga oʻtkazishga taqiqlar va unga nisbatan qoʻyilgan xatga olishlar toʻgʻrisida — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, prokuratura, ichki ishlar va Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan, tegishli qaror qabul qilingandan soʻng ikki kun mobaynida;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-maydagi 396-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulk soligʻi va yer soligʻi (yagona yer soligʻi) boʻyicha soliq qarzdorligining holati toʻgʻrisida — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan, axborotdan real vaqt rejimida foydalanishni cheklash boʻyicha belgilangan talablarga rioya qilgan holda axborot taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda — ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan vakolatli organlar, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda, maʼlumotlarni axborot tizimi kompleksidan foydalangan holda taqdim etish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka boʻlgan roʻyxatdan oʻtkazilgan huquqlar hamda ular bilan bogʻliq bitimlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar va koʻchmas mulk toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasida mavjud boʻlgan boshqa maʼlumotlar manfaatdor vazirliklar va idoralarga taqdim etilishini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yilning 1-iyuligacha Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi bilan birgalikda amaldagi “bir oyna” prinsipi boʻyicha koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha amaldagi dasturiy taʼminotni ushbu qaror talablariga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er kadastri daftarini yuritish boʻyicha maʼlumotlar bazasi muntazam yangilanib borishini taʼminlovchi dasturiy taʼminot ishlab chiqsin va uni 2015-yil 1-yanvardan boshlab joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda — mutaxassislarni koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish va yer kadastri daftarini yuritishning ushbu qaror bilan belgilangan tartibidan foydalangan holda oʻqitish guruhlar boʻyicha seminarlar oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda — Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan birgalikda ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va isteʼmol tovarlari masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 7-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi 1060-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 7-yanvardagi 1-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom “Davlat yer kadastri toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq yer kadastri daftarining tuzilishi, mazmunini hamda uni tumanlarda va viloyatga boʻysunuvchi shaharlarda yuritish tartibini belgilaydi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tuman (shahar) yer kadastri daftari (keyingi oʻrinlarda yer kadastri daftari deb ataladi) yerlarni hisobga olish va ularni baholash boʻyicha asosiy hujjat boʻlib, u yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun zarur maʼlumotlarni, yer uchastkasining joylashgan oʻrnini, qaysi maqsadda foydalanish moʻljallanganligini, unga egalik qilish, undan foydalanish, uni ijaraga olish huquqlarini va unga boʻlgan mulk huquqini hamda ushbu maʼlumotlarning oʻzgarishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi, yer uchastkasining miqdor va sifat holati toʻgʻrisidagi axborot manbai hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer kadastri daftari shakllarini toʻldirish tartibi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yer kadastri daftari maʼlumotlari yerlardan foydalanish, ularni tiklash va muhofaza qilish, yerlarni berish (sotish) va olib qoʻyish, yer uchun haq toʻlash miqdorini aniqlashda, yer tuzishda, xoʻjalik faoliyatini baholashda hamda yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshirishda foydalanilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yer kadastri daftari “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan davlat budjeti hisobiga yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yer kadastri daftarida asosiy hisob tariqasida oldingi yil maʼlumotlari qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari (keyingi oʻrinlarda yerdan foydalanuvchilar deb ataladi) yer kadastri maʼlumotlari oʻzgargandan keyin oʻn kun muddatda “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli tuman (shahar) boʻlinmalariga yer uchastkalarining huquqiy holati, yerlarning miqdor va sifat boʻyicha holati, yerlardan foydalanilishi, ularning baholanishidagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida axborot berishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zaxira va aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning oʻzgarishi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlinmalari tomonidan mavjud hujjatlar va materiallar asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tuman (shahar) boʻlinmalari yerdan foydalanuvchilardan yer uchastkalarining huquqiy holati, tarkibi va foydalanilishi oʻzgarganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oladilar va ularni uch kun muddatda joyida tekshirgandan keyin joriy oʻzgarishlarni yer kadastri daftariga kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yer kadastri daftari maxsus dasturiy mahsulot boʻyicha ishlab chiqilgan elektron shaklda yuritiladi. Yer kadastri daftarining maʼlumotlari qogʻoz shaklida foydalanish va saqlash uchun nusxasi bosib chiqariladi, tegishli imzolar bilan rasmiylashtiriladi va maxsus yigʻmajildga tikib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yil 1-yanvardan boshlab yer kadastri daftari faqat Milliy geoaxborot tizimida elektron shaklda yuritiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 7-sentabrdagi PQ-4819-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.09.2020-y., 09/20/4819/1263-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yer kadastri daftari maʼlumotlari umuman tuman (viloyatga boʻysunuvchi shahar) boʻyicha oʻtgan yil boʻyicha yerlarning hajmi va ulardan foydalanish toʻgʻrisida har yilgi hisobotni tuzishga asos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Yer kadastri daftari quyidagi boʻlimlardan tashkil topadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerdan foydalanuvchilar toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erlarning miqdorini hisobga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yerlarning sifatini hisobga olish (tuproqlarning bonitirovkasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
erlarning qiymatini baholash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Yerdan foydalanuvchilar va yer uchastkalariga boʻlgan huquqni davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi umumiy maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yer fondi maʼlumotlarini har xil koʻrsatkichlar boʻyicha dasturiy mahsulot asosida tahlil qilish imkonini taʼminlash maqsadida yer kadastri daftariga ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yuridik shaxslarning yer toifalari boʻyicha yer uchastkalari toʻgʻrisidagi asosiy maʼlumotlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Yerdan foydalanuvchilarning yer uchastkalariga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni va ular bilan bitimlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yerlarning miqdorini hisobga olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yerlarning miqdori har bir yerdan foydalanuvchi tomonidan foydalanilayotgan yer uchastkalarining maydonlari toʻgʻrisida aniq maʼlumotlarni olish maqsadida yerlarning toifalari boʻyicha ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olinadi. Bunda yerlarni toifalarga taqsimlash, ularning xususiyatlarini hisobga olib, ham qishloq joylardagi yerlar, ham aholi punktlarining yerlari uchun yagona tamoyil boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Yerlarning maydoni 0,001 gektargacha aniqlikda hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yerlarning miqdori yer uchastkalaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar boʻyicha yer uchastkalariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi yoki oʻtkazilmaganligidan qatʼi nazar, ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Fuqarolarga dehqon xoʻjaligini (shaxsiy yordamchi) xoʻjalikni yuritish, yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish, shuningdek jamoat bogʻdorchiligi va uzumchiligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yerdan foydalanuvchilar sifatida alohida satrda umumiy soni va ular tomonidan foydalanilayotgan maydonlar koʻrsatilib, har bir fuqaro boʻyicha hisobga olish asosida 3-ilovaga muvofiq yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Fuqarolarga dehqon xoʻjaligini (shaxsiy yordamchi xoʻjalikni) yuritish va yakka tartibda uy-joy qurish uchun qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi va boshqa tashkilotlarning yerlari berilgan yer uchastkalari ushbu tashkilotlarning yerlari tarkibidan chiqariladi va dehqon xoʻjaligini (shaxsiy yordamchi xoʻjalikni) yuritish va yakka tartibda uy-joy qurish uchun berilgan yerlar tarkibida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Aholi punktlarining yerlari ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq yerlarning toifalariga taqsimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tashkilotlarning aholi punktlarida joylashgan yer uchastkalari tegishli yer toifalari va kichik toifalari boʻyicha aks ettiriladi. Aholi punktlari yerlari tarkibida faqat uy-joy qurilishi yerlari aks ettiriladi. Umumiy yer fondining toifalar va turlarga taqsimlanishi toʻgʻrisidagi hisobotda qoʻshimcha axborot tariqasida aholi punktlari ekinzorlari maydonlarining soni, umumiy maydoni va tarkibi keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yerlarning miqdori hisobi quyidagi toifalar va kichik toifalar boʻyicha yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkatlarning) yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Fermer xoʻjaliklarining yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Yordamchi qishloq xoʻjaliklarining yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.5. Boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.6. Dehqon xoʻjaliklarining (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklarning) yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.7. Jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligini yurituvchi fuqarolarning yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.8. Yakka tartibda bogʻdorchilik, sabzavotchilik va chorvachilikni yurituvchi fuqarolarning yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.9. Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan yerlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalarning va qishloq aholi punktlarining) yerlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Shaharlar va posyolkalarning yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Qishloq aholi punktlarining yerlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Uy-joy qurilishi yerlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.1. Koʻp qavatli uylar bilan band boʻlgan yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3.2. Yakka tartibdagi uylar bilan band boʻlgan yerlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlari va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Sanoat yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Temir yoʻllar yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.3. Avtomobil yoʻllari yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.4. Quvur transporti yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Aloqa yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Mudofaa yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya yerlari va tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.3. Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.4. Tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻrmon fondi yerlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Oʻrmon xoʻjaliklari yerlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Boshqa oʻrmon xoʻjaligi tashkilotlari yerlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Suv fondi yerlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Zaxira va umumiy foydalanishdagi yerlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.1. Zaxira yerlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7.2. Aholi punktlarining umumiy foydalanishdagi yerlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yuridik va jismoniy shaxslarning har xil maqsadlarga moʻljallangan yer uchastkalari mavjud boʻlganda, ushbu yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar tegishli toifa va kichik toifalar boʻyicha keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekinzorlarining umumiy maydoni amaldagi holati boʻyicha keltiriladi, sugʻoriladigan yerlarning maydoni alohida satrlarda keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yuridik va jismoniy shaxsning foydalanishida bir nechta yer uchastkasi mavjud boʻlsa, u holda maʼlumotlar ushbu yer uchastkalarining har biri boʻyicha keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Yer kadastri daftarini yuritishda har bir yer uchastkasiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kadastr raqami beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Yerlarni hisobga olish asosiy va joriy turlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerlarni asosiy turda hisobga olishda yer kadastri daftariga yuridik va jismoniy shaxslarning joriy yilning 1-yanvaridagi holatiga koʻra barcha yerlari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu daftarga vakolatli organlar tomonidan tugatilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan yuridik shaxslar ham kiritiladi, agar ular keyingi yilning 1-yanvarigacha korxona va tashkilotlarning yagona davlat registridan chiqarilmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobot yilining 1-yanvarigacha boshqa yuridik shaxslarni qayta tashkil etish natijasida yangi tashkil etilgan yuridik shaxslar hisobga olishning asosiy turi tariqasida hisobga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaroga yer uchastkasi berilgan, keyinchalik u ushbu yer uchastkasida qurilgan bino va inshootlar bilan birgalikda xususiy korxona yoki boshqa tashkiliy-huquqiy shakldagi korxona tashkil etgan hollarda ushbu yer uchastkasi yer kadastri daftarida tashkil etilgan yuridik shaxsga tegishli yer uchastkasi sifatida yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerlarni joriy hisobga olishda yer kadastri daftarida faqat yangi tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek hisobot yilining 1-yanvaridan keyin nomida, yer uchastkasining umumiy maydoni va ekinzorlarida oʻzgarishlar yuz bergan yuridik va jismoniy shaxslar aks ettiriladi. Bunda maydonlar yuz bergan oʻzgartirishlar hisobga olingan holda ekinning barcha turlari boʻyicha keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Yerdan foydalanuvchilar va ekinzorlar tarkibidagi joriy oʻzgartirishlar yer kadastri daftariga muntazam ravishda ham yuridik va jismoniy shaxslarning maʼlumotlariga, ham “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli tuman (shahar) boʻlinmalari ixtiyorida boʻlgan hujjatlarga asosan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy oʻzgarishlar yerlarni hisobga olishni yuritishga masʼul boʻlgan shaxsning imzosi bilan, oʻzgartirishlar uchun asoslarni, oʻzining lavozimini, familiyasini va oʻzgartirish kiritilgan sanani koʻrsatib tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muhofaza zonalariga kiritilgan yer uchastkalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, ularni belgilash toʻgʻrisida davlat organlarining qabul qilingan qarorlariga asosan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerlarning miqdorini hisobga olish maʼlumotlari boʻyicha tuman (shahar), Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hamda umuman Oʻzbekiston Respublikasining ekinzorlari toifalari va turlari boʻyicha umumiy yer fondi va alohida sugʻoriladigan yerlar fondi toʻgʻrisida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklga binoan hisobotlar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Yer kadastri daftari bilan bir vaqtning oʻzida tuman (shahar)ning yer kadastri navbatchi xaritasi belgilangan tartibda, elektron shaklida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer kadastrining navbatchi xaritasiga barcha yer uchastkalarining chegaralari, ularning tarkibida yuz berayotgan oʻzgartirishlar muntazam ravishda kiritiladi va u yer kadastri boʻyicha geoaxborot tizimini tashkil etish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yerlarning sifati hisobga olinishini yuritish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Yerlarning sifatini hisobga olish qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻoriladigan va lalmi yerlar tuproqlarining unumdorligi (bonitet ballarida), ularning tavsifi toʻgʻrisida har bir yerdan foydalanuvchi boʻyicha aniq maʼlumotlar olish maqsadida ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerlarning sifatini hisobga olish shakli alohida mazkur Nizomning 18-bandida belgilangan yerlarni toifalar va kichik toifalarga boʻlgan holda sugʻoriladigan va lalmi yerlarga alohida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Sugʻoriladigan va lalmi yerlarning sifatini hisobga olish shaklida tuproqlarning bonitet ballari tuproq bonitirovkasi natijalari va yerlarning tavsifi boʻyicha sinflarga boʻlinib, yerlarning agronomik, ekologik va texnologik xususiyatlarining tavsifi boʻyicha aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yerlarning sifatini hisobga olish asosiy va joriy turlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerlarning sifatini hisobga olishning asosiy turi sifatida yer kadastri daftariga joriy yilning 1-yanvaridagi mavjud maʼlumotlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuproqlarning yangi bonitirovkasi amalga oshirilganda ushbu maʼlumotlar hisobga olishning asosiy turi sifatida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yerlarning sifatini joriy hisobga olishda yer kadastri daftarida faqat yangi tashkil etilgan yuridik v jismoniy shaxslar hamda hisobot yilining yanvaridan keyin yerlarning tarkibi, maydoni va sifatida oʻzgarish yuz bergan yuridik va jismoniy shaxslar aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Yerlarning sifatida yuz bergan joriy oʻzgarishlar yer kadastri daftariga muntazam ravishda ham yuridik va jismoniy shaxslarning maʼlumotlariga, ham “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli tuman (shahar) boʻlinmalari ixtiyorida boʻlgan hujjatlarga asosan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy oʻzgartirishlar yerlarni hisobga olishni yuritishga boʻlgan shaxsning imzosi bilan, oʻzgartirishlar uchun asoslarni, oʻzining lavozimini, familiyasini va oʻzgartirish kiritilgan sanani koʻrsatib tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yerlarning qiymatini baholashni hisobga olish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Yer kadastri daftarida yerlarning qiymatini baholash sifatida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarining qishloq xoʻjaligi yerlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlangan normativ qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining meʼyoriy qiymatini hisobga olish har bir yerdan foydalanuvchi boʻyicha ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq shaklga binoan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatini hisobga olish ushbu Nizomning 18-bandida nazarda tutilgan yerlar toifalari va kichik toifalariga boʻlingan holda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olish shaklida qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining maydonlari turlari boʻyicha 1 gektar erning oʻrtacha normativ qiymati va ekinzorlarining umumiy normativ qiymati aks ettiriladi, xoʻjalikning qishloq xoʻjaligi ekinzorlari boʻyicha yakun chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymatini hisobga olish asosiy va joriy turlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobga olishning asosiy turi sifatida yer kadastri daftariga joriy yilning 1-yanvaridagi mavjud qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymati yangidan aniqlangan holatlarda, ushbu maʼlumotlar hisobga olishning asosiy turi sifatida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekinzorlarning normativ qiymatini hisobga olishning joriy turida yer kadastri daftarida faqat yangi tashkil etilgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda hisobot yilining 1-yanvaridan keyin qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining tarkibi va maydoni oʻzgargan yuridik va jismoniy shaxslar aks ettiriladi. Bunda normativ qiymat qishloq xoʻjaligi ekinzorlari har bir turining oʻrtacha normativ qiymatidan kelib chiqib ularning normativ qiymatini qayta hisoblab chiqqan holda qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining barcha turlari boʻyicha keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Qishloq xoʻjaligi ekinzorining normativ qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning joriy oʻzgartirishlari hisobga olish shakliga muntazam ravishda ham yuridik va jismoniy shaxslarning maʼlumotlariga, ham “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli tuman (shahar) boʻlinmalari ixtiyorida boʻlgan hujjatlarga asosan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy oʻzgartirishlar yerlarni hisobga olishni yuritishga masʼul boʻlgan shaxsning imzosi bilan, oʻzgartirishlar uchun asoslarni, oʻzining lavozimini, familiyasini va oʻzgartirish kiritilgan sanani koʻrsatib tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining tegishli tuman (shahar) boʻlinmalari yer kadastri daftarining aniq va muntazam yuritilishi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari toʻgʻrisida umumiy
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAʼLUMOTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tartib raqami

Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining nomi

STIR

Kadastr raqami

Joylashgan joyi (manzili)

Huquq turi

Yer uchastkasining asosiy foydalanish maqsadi ‎‏

Yer uchastkasiga huquqni tasdiqlovchi hujjat

Yer uchastkasiga boʻlgan huquqning cheklanishi mavjudligi

Servitutlar mavjudligi

Yer uchastkasiga huquqning davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi ‎‏

Yer uchastkasidan foydalanish muddati

Umumiy maydon, ga‎‎

hujjatlar boʻyicha

amalda‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

‎‎Asosiy maʼlumotlar

‎‎20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra

Joriy maʼlumotlar‎‎

‎‎(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Shakl ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq yerlarning toifalari va kichik toifalari boʻyicha yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari boʻyicha toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. STIR (soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami) tuman (shahar) davlat soliq xizmati organlarining maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
_____________________ tumani (shahri) yer fondining yer uchastkalari egalari,
foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlariga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAQSIMLANIShI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tartib raqami

‎‏Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari,
‎ijarachilari va mulkdorlarining nomi

Kadastr raqami

Umumiy maydon, ga‎‎

Ekin yerlari

Shu jumladan issiqxonalarda

Koʻp yillik daraxtlar

Boʻz yerlar

Pichanzorlar

Yaylovlar

hujjatlar boʻyicha

amalda‎‏

hammasi

Shu jumladan

hammasi

sh. j. suv bilan taʼminlangan
‎yaylovlar‎‏

bogʻlar‎

uzumzorlar

tutzorlar

boshqalar

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

‎‎Asosiy maʼlumotlar

‎‎20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra

‎‎Joriy maʼlumotlar

‎‎(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2-ilovaning davomi‎‎

‎‏
‎‏Qishloq
‎xoʻjaligi
‎ekinzorlari maydonlari
‎(gr. 6 + 8 + 13 + 14 + 15)

Meliorativ
‎tayyorlash holatidagi
‎erlar

Oʻrmonlar‎‎

Butazorlar

Suv ostidagi yerlar‎‎

Yoʻllar, soʻqmoqlar
‎va chorva yoʻllari

Koʻchalar, maydonlar‎‏

‎‏
‎‏Bino va hovlilar

Boshqa yerlar

hammasi‎‏

shu jumladan

hammasi‎‏

shu jumladan‎‎

ihota daraxtzorlari

terakzorlar

daryolar,
‎soylar, irmoqlar‎

koʻllar

suv omborlari va havzalari

kanallar, kollektor va zovurlar

17‎

18‎

19‎

20‎

21‎

22‎

23‎

24‎

25‎

26‎

27‎

28‎

29‎

30‎

31‎

‎‎Asosiy maʼlumotlar

‎‎20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra

‎‎Joriy maʼlumotlar

‎‎(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: shakl ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq yerlarning toifalari va kichik toifalari boʻyicha yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari boʻyicha toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
____________________ tumanining (shahrining) umumiy yer fondini
toifalar va turlar boʻyicha taqsimlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOBOT
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Toifa ‎va
‎kichik toifalar
‎raqami

Yer fondining toifalari va kichik toifalari‎‏

‎‏Satrlar
‎raqami

Soni

‎‏Umumiy
‎maydon

Ekin
‎erlari

Koʻp yillik daraxtlar‎‎

hammasi

shu jumladan‎‎

bogʻlar

uzumzorlar

tutzorlar

boshqalar

1‎

‎2

3‎

‎4

‎5

‎6

‎7

‎8

‎9

‎10

‎11

1.‎ Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar‎
1.1.‎ Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlar) yerlari‎ 1‎
1.2.‎ Fermer xoʻjaliklari yerlari‎ 2
1.3.‎ Qishloq xoʻjaligi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oʻquv-tajriba xoʻjaliklarining yerlari‎ 3‎
1.4.‎ Yordamchi qishloq xoʻjaliklari yerlari‎ 4
1.5.‎ Boshqa qishloq xoʻjaligi tashkilotlarining yerlari‎ 5‎
1.6.‎ Dehqon xoʻjaliklari (shaxsiy yordamchi xoʻjaliklar)ning yerlari‎ 6‎
1.7.‎ Jamoa bogʻdorchiligi va uzumchiligini yuritadigan fuqarolarning yerlari ‎ 7‎
1.8.‎ Yakka tartibda bogʻdorchilik, sabzavotchilik va chorvachilik yurituvchi fuqarolarning yerlari‎ 8‎
1.9.‎ Yuridik va jismoniy shaxslarga berilmagan yerlar ‎ 9‎
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarning jami (1 + 2 + 3 + 4 + 5 + 6 + 7 + 8 + 9-satrlar) ‎
2.‎ Aholi punktlarining yerlari‎ 10‎
2.1.‎ Shahar va posyolkalarning yerlari (maʼlumot tarzida keltiriladi)‎ 11
2.2.‎ Qishloq aholi punktlarining yerlari (maʼlumot tarzida keltiriladi)‎
2.3.‎ Shahar va posyolkalarning uy-joy qurilishi yerlari‎ 12
2.3.1.‎ Koʻp qavatli uylar bilan band boʻlgan yerlar ‎ 13‎
2.3.2.‎ Yakka tartibdagi uylar bilan band boʻlgan yerlar‎ 14‎
Uy-joy qurilishi yerlarning jami (13 + 14-satrlar)‎ 15‎ ��

3-ilovaning davomi, ikkinchi varaq‎‎

3.‎ Sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlari va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar‎
3.1.‎ Sanoat yerlari‎ 16‎
3.2.‎ Temir yoʻllar yerlari‎ 17‎
3.3.‎ Avtomobil yoʻllari yerlari‎ 18‎
3.4.‎ Quvur transporti yerlari‎ 19‎
3.5.‎ Aloqa yerlari‎ 20‎
3.6.‎ Mudofaa yerlari‎ 21‎
3.7.‎ Boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlar‎ 22‎
Sanoat, transport, aloqa, mudofaa yerlari va boshqa maqsadlarga moʻljallangan yerlarning jami (16 + 17 + 18 + 19 + 20 + 21 + 22-satrlar)‎ 23‎
4.‎ Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-madaniy maqsadlarga �oʻljallangan yerlar‎
4.1.‎ Tabiatni muhofaza qilish maqsadlariga moʻljallangan yerlar‎ 24‎
4.2.‎ Sogʻlomlashtirish maqsadlariga moʻljallangan yerlar‎ 25‎
4.3.‎ Rekreatsiya maqsadlariga moʻljallangan yerlar‎ 26‎
4.4.‎ Tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlar‎ 27‎
Tabiatni muhofaza qilish, sogʻlomlashtirish, rekreatsiya va tarixiy-madaniy maqsadlarga moʻljallangan yerlarning jami (24 + 25 + 26 + 27-satrlar) ‎ 28‎
5.‎ Oʻrmon fondi yerlari‎
5.1.‎ Oʻrmon xoʻjaliklarining yerlari‎ 29‎
5.2.‎ Boshqa oʻrmon xoʻjaliklari tashkilotlarining yerlari‎ 30‎
Oʻrmon fondi yerlarining jami (29 + 30-satrlar)‎ 31‎
6‎. Suv fondi yerlari ‎ 32‎
7.‎ Zaxira va umumiy foydalanishdagi yerlar‎
7.1.‎ Zaxira yerlar‎ 33‎
7.2.‎ Umumiy foydalanishdagi yerlar‎ 34‎
Jami zaxira va umumiy foydalanishdagi yerlar (33 + 34-satrlar)‎ 35‎
Tuman (shahar) yerlarining jami (10 + 15 + 23 + 28 + 31 + 32 + 35-satrlar)‎ 36‎
Tuman (shahar) chegarasidan tashqarida foydalanilayotgan yerlar‎ 37‎
Boshqa tumanlarning (shaharlarning) yerdan foydalanuvchilari tomonidan foydalanilayotgan yerlar ‎ 38‎
Tuman (shahar) maʼmuriy chegarasidagi yerlarning jami (36 – 37 + 38-satrlar) ‎ 39‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

3-ilovaning davomi, uchinchi varaq‎‎

Boʻz yerlar

Pichanzorlar

Yaylovlar‎‎

Qishloq xoʻjaligi
‎ekinzorlar ‎maydonlarining
‎jami ‎(6 + 7 + 12 +
‎13 + 14-ustunlar)

Meliorativ
‎tayyorlash
‎holatidagi
‎erlar

Oʻrmonlar‎‎

Butazorlar

Boshqa yerlar
‎(5 – 16 – 17 –
‎18 – 21-ustunlar)

‎‏jami

‎‏shu jumladan
‎suv bilan
‎taʼminlangan
‎ yaylovlar

hammasi‎‏

shu jumladan‎‎

ixota
‎daraxtzorlari

terakzorlar

12‎

13‎

14‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19‎

20‎

21‎

22‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻoriladigan va lalmi yerlarning sifati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tartib raqami ‎‏
‎‏

Yer uchastkalari
‎egalari, foydalanuvchilari,
‎ijarachilari va
‎mulkdorlarining nomi

Sugʻoriladigan qishloq
‎xoʻjaligi ekinzorlari
‎maydoni, ga‎‏

Shu jumladan bonitet sinflari boʻyicha

I‎

II‎

III‎

IV‎

V

VI‎

VII

VIII‎

IX‎

X‎

‎‏Baholanmagan
‎erlar

0 — 10‎

11 — 20‎

21 — 30‎

31 — 40‎

41 — 50‎

51 — 60‎

61 — 70

71 — 80

81 — 90

91 — 100

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

‎‎Asosiy maʼlumotlar

‎‎20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra

‎‎Joriy maʼlumotlar

‎‎(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

4-ilovaning davomi‎‎

Oʻrtacha ball
‎boniteti ‎

Suv bilan
‎taʼminlanganligi, % ‎

Oʻzlashtirilgan
‎davr ‎

Madaniylashganligi‎

Eroziyaga duchor
‎ boʻlish darajasi ‎

Toshloqlik
‎d‎arajasi ‎

Shoʻrlanish
‎darajasi ‎

Yer osti suvining
‎chuqurligi, m ‎

Yerlarning
‎ifloslanishi ‎

15‎

16‎

17‎

18‎

19‎

20‎

21‎

22‎

23‎

‎‎Asosiy maʼlumotlar

‎‎20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra

‎‎Joriy maʼlumotlar

‎‎(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: shakl ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq yerlarning toifalari va kichik toifalari boʻyicha yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari boʻyicha toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) yer kadastri daftarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi ekinzorlarining normativ qiymati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tartib raqami

Yer uchastkalari
‎egalari,
‎foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlarining
‎nomi

Ekin yerlari

Bogʻlar

sugʻoriladigan‎‎

lalmi ‎‎
‎‎

sugʻoriladigan‎

lalmi

maydoni, ga

1 ga erning qiymati, ming soʻm

umumiy qiymati, ming soʻm

maydoni, ga

1 ga erning qiymati, ming soʻm

umumiy qiymati, ming soʻm

maydoni, ga

1 ga erning qiymati, ming soʻm ‎

umumiy qiymati, ming soʻm ‎

maydoni, ga

1 ga erning qiymati, ming soʻm

umumiy qiymati, ming soʻm

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

13‎

14‎

‎‎Asosiy maʼlumotlar

‎‎20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra

‎‎Joriy maʼlumotlar

‎‎(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎5-ilovaning davomi, ikkinchi varaq

Uzumzorlar‎‎

Boshqa daraxtzorlar‎‎

sugʻoriladigan‎‎

lalmi ‎

sugʻoriladigan ‎‎

lalmi ‎‎

maydoni, ga

1 ga erning
‎qiymati,
‎ming soʻm

umumiy
‎qiymati,
‎ming soʻm

maydoni, ga

1 ga erning
‎qiymati,
‎ming soʻm

umumiy
‎qiymati,
‎ming soʻm

maydoni, ga

1 ga erning
‎qiymati,
‎m‎ing soʻm

umumiy
‎qiymati,
‎ming soʻm

maydoni, ga

1 ga erning
‎qiymati,
‎ming soʻm

umumiy
‎qiymati,
‎ming soʻm

15‎

16‎

17‎

18‎

19‎

20‎

21‎

22‎

23‎

24‎

25‎

26‎

‎‎Asosiy maʼlumotlar

‎‎20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra

‎‎Joriy maʼlumotlar

(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsning lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎5-ilovaning davomi, uchinchi varaq

Boʻz yerlar‎‎

Pichanzor va yaylovlar‎‎

‎‎‎‏Jami
‎‎‎

sugʻoriladigan ‎‎

lalmi

sugʻoriladigan‎

sugʻorilmaydigan ‎‎

maydoni, ga

1 ga erning qiymati,
‎ming soʻm

umumiy qiymati,
‎ming soʻm

maydoni, ga

1 ga erning qiymati,
‎ming soʻm

umumiy qiymati,
‎ming soʻm

maydoni, ga

1 ga erning qiymati,
‎ming soʻm

umumiy qiymati,
‎ming soʻm

maydoni, ga

1 ga erning qiymati,
‎ming soʻm

umumiy qiymati,
‎ming soʻm

maydoni, ga

umumiy qiymati, ming soʻm

27‎

28‎

29‎

30‎

31‎

32

33‎

34‎

35‎

36‎

37‎

38‎

39‎

40‎

‎‎Asosiy maʼlumotlar

‎‎20__ yil 1-yanvardagi holatiga koʻra

‎‎Joriy maʼlumotlar

‎‎(Oʻzgartirishlar kiritish uchun asos, oʻzgartirish kiritgan shaxsn�ng lavozimi, familiyasi, imzosi, sana)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: shakl ushbu Nizomning 18-bandiga muvofiq yerlarning toifalari va kichik toifalari boʻyicha yer uchastkalarining egalari, foydalanuvchilari, ijarachilari va mulkdorlari boʻyicha toʻldiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 19-modda, 23-son, 269-modda, 46-son, 551-modda; 2015-y., 1-son, 9-modda; 2016-y., 2-son, 13-modda, 38-son, 449-modda; 2017-y., 9-son, 131-modda, 33-son, 864-modda, 35-son, 931-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son, 24.05.2018-y., 09/18/370/1253-son, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 29.12.2018-y., 09/18/1060/2405-son, 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 07.09.2020-y., 09/20/4819/1263-son)