Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Chetdan olib kirishda bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy texnika, tibbiy texnikaga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida
(qarorning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
Qarorning nomiga kiritilgan oʻzgartirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qaroriga asosan 2017-yilning 1-iyulidan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va uni rivojlantirish davlat dasturini amalga oshirishning asosiy yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2007-yil 19-sentabrdagi PF-3923-son Farmoniga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2011-yil 28-noyabrdagi PQ-1652-son qaroriga muvofiq, shuningdek tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Chetdan olib kirishda 2018-yil 1-yanvargacha bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinadigan yangi tibbiy texnika, tibbiy texnikaga butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va sarflash materiallari roʻyxati ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 185-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 14-son, 228-modda)
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Vazirlar Mahkamasining “Chetdan olib kirishda bojxona toʻlovlaridan ozod qilinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar roʻyxatini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 8-maydagi 94-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2013-yil 31-dekabr,
356-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 2-son, 18-modda; 2017-y., 14-son, 228-modda)