14.01.2011 yildagi 12-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xodimlari va ularning oila aʼzolari yashash sharoitlarini yaxshilash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ichki ishlar idoralari xodimlari va ularning oila aʼzolarini yashash sharoitlarini yaxshilash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Toshkent shahar hokimligining Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 20-dahada joylashgan Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi balansidagi 19/6 hamda 19/7-uy manzildagi toʻqqiz qavatli binolarni Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan binolarni belgilangan tartibda topshirilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qabul qilib olinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi qabul qilib olingan binolarda ichki ishlar idoralari xodimlari va ularning oila aʼzolari yashashlari uchun shart-sharoit yaratgan holda ulardan maqsadli foydalansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, binolarni rekonstruksiya qilish uchun xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 30-avgustdagi “Toshkent shahar hokimligining munitsipal mulk obyektlari sotilishi jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha choralar toʻgʻrisida”gi 253-son qarorining ilovasidagi 83- va 84-satrlar chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 14-yanvar,

12-son