Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 16.03.2011 yildagi 76-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari va ularning oila aʼzolarini uy-joy bilan taʼminlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda xodimlari va ularning oila aʼzolarini uy-joy bilan taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati, Toshkent shahar hokimligi hamda Davlat mulki qoʻmitasining Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 20-dahada joylashgan, Toshkent shahar hokimligi Binolardan foydalanish departamenti balansidagi 19/5-uy manzilidagi foydalanilmayotgan toʻqqiz qavatli binoni (keyingi oʻrinlarda “bino” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati balansiga tasarruf etish huquqisiz bepul oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent shahar hokimligi mazkur qarorning 1-bandida koʻrsatib oʻtilgan binoning belgilangan tartibda topshirilishini, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati uning qabul qilib olinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati qabul qilib olingan binoda xodimlar va ularning oila aʼzolari yashashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratgan holda undan maqsadli foydalansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, mazkur binoni taʼmirlash xarajatlari Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati uchun har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahar hokimligining munitsipal mulk obyektlarini sotish jarayonlarini jadallashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 30-avgustdagi 253-son qaroridan 77-satr chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 16-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76-son