Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022 10.04.1999 yildagi 168-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.07.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda kurash boʻyicha birinchi jahon chempionatini oʻtkazish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-iyuldagi 396-sonli “Qonunchilik bazasini yanada tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbek kurashining xalqaro miqyosda eʼtirof etilayotganligini inobatga olib hamda uning ommaviyligini oshirish va rivojlantirishni davlat tomonidan har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi taʼsis kongressining qaroriga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Kurash Milliy federatsiyasining 1999-yil 29-aprel — 3-may kunlari Toshkent shahridagi “Jar” sport majmuida kurash boʻyicha birinchi jahon chempionatini oʻtkazish haqidagi takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Kurash boʻyicha birinchi jahon chempionatini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish tashkiliy qoʻmitasi tarkibi 1-ilovaga, sarf-xarajatlar smetasi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashkiliy qoʻmita jahon chempionatini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish tadbirlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va amalga oshirishga kirishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi 2-ilovadagi sarf-xarajatlarning 10 million 550 ming soʻmi Vazirlar Mahkamasining zaxira jamgʻarmasi hamda qolgan qismi homiylar va Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasining xarajatlar smetasida nazarda tutilgan mablagʻlar hisobidan qoplanishini nazarda tutgan holda mablagʻ ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki homiylik mablagʻlarini belgilangan tartibda erkin muomaladagi valyutaga almashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki belgilangan tartibda valyuta mablagʻlarining naqd berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent shahar hokimligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Kurash Milliy Federatsiyasi bilan birgalikda “Jar” sport majmuini kurash boʻyicha birinchi jahon chempionatini oʻtkazishga tayyorlash, musobaqalarni oʻtkazish chogʻida jamoat tartibini saqlash, chempionat ishtirokchilari va mehmonlari xavfsizligini taʼminlash choralarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi kurash boʻyicha birinchi jahon chempionati ishtirokchilari va mehmonlarini Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi buyurtmasiga muvofiq soʻmda haq olgan holda aviachiptalar bilan taʼminlasin hamda ularga Toshkent aeroportining VIP zali orqali haq olmasdan xizmat koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi taqdim etadigan roʻyxat asosida chempionatning xorijiy ishtirokchilari va mehmonlariga viza berish masalalarini haq olmasdan hal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzbeksavdo” uyushmasi chempionat oʻtkaziladigan joyda ovqatlanish va savdo xizmatlarini tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi buyurtmasiga muvofiq chempionat ishtirokchilari va mehmonlarini mehmonxonalarga joylashtirsin hamda “Interkontinental” mehmonxonasining konferens-zalida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining navbatdagi kongressini oʻtkazishga sharoit yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi va “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi buyurtmasi asosida zarur miqdorda transport vositalari ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Toshkent shahar hokimligi shahar koʻchalarini va chempionat tadbirlari oʻtkaziladigan joylarni obodonlashtirish va bezatish masalalarini hal qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi jahon chempionati ishtirokchilariga bepul tibbiy xizmat koʻrsatishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Sovplastital” qoʻshma korxonasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi buyurtmasiga koʻra 1999-yil 20-aprelgacha esdalik sovgʻalarini tayyorlab bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzteleradio”, OʻzA va boshqa ommaviy axborot vositalariga kurash boʻyicha birinchi jahon chempionatiga tayyorgarlikning borishini va uning oʻtishini keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzteleradio”, OʻzA va Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Jahon” axborot agentligi kurash boʻyicha birinchi jahon chempionati musobaqalarining chet el teleradiotarmoqlari va boshqa ommaviy axborot vositalari orqali yoritilishiga erishish yuzasidan ular bilan amaliy hamkorlik oʻrnatish choralarini koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 10-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-apreldagi 168-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrida Kurash boʻyicha birinchi jahon chempionatini oʻtkazish yuzasidan tashkiliy qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Karomatov H. S.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, tashkiliy qoʻmita raisi‎
Maxsitov B. M.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari‎
Yusupov K. T.‎ —‎ Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Prezidenti, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari‎
Komilov Oʻ. T.‎ —‎ Oʻzbekiston Kurash Milliy Federatsiyasi Prezidenti, tashkiliy qoʻmita raisi oʻrinbosari‎
Azimov R. S.‎ —‎ Moliya vaziri‎
Almatov Z. A.‎ —‎ Ichki ishlar vaziri‎
Abdullayev Q. Sh.‎ —‎ Mudofaa vazirining oʻrinbosari‎
Abdullayev R.‎ —‎ Davlat soliq qoʻmitasi raisi oʻrinbosari‎
An G. Y.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki raisining oʻrinbosari‎
Begmatov Sh. R.‎ —‎ Qashqadaryo viloyati hokimi‎
Bobojonov I. O.‎ —‎ Xorazm viloyati hokimi‎
Joʻrayev X. R.‎ —‎ Madaniyat ishlari vaziri‎
Kucherskiy N. I.‎ —‎ “Qizilqumnodirmetalloltin” konserni raisi‎
Kristich A. N.‎ —‎ “Foton” ishlab chiqarish birlashmasi bosh muhandisi‎
Melkumov A. N.‎ —‎ “Sovplastital” qoʻshma korxonasi bosh direktori‎
Mustafoyev E. M.‎ —‎ Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari‎
Muhamedov R. S.‎ —‎ Tashqi iqtisodiy aloqalar vaziri oʻrinbosari‎
Noraliyev J. N.‎ —‎ Surxondaryo viloyati hokimi‎
Polvonov E.‎ —‎ “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy avia-kompaniyasi bosh direktori oʻrinbosari ‎
Rahimov S. B.‎ —‎ Markaziy bank raisi oʻrinbosari‎
Sidiqnazarov K. M.‎ —‎ “Oʻzavtotrans” korporatsiyasi raisi‎
Toʻlaganov K. N.‎ —‎ Toshkent shahar hokimi‎
Fayziyev Z. O.‎ —‎ “Oʻzbeksavdo” kompaniyasi raisi‎
Ergashev B. Q.‎ —‎ “Oʻzbekyengilsanoat” uyushmasi raisi‎
Husanboyev B. M.‎ —‎ “Oʻzbekturizm” milliy kompaniyasi raisi‎