Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 04.02.2009 yildagi 34-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlari aholisini sifatli ichimlik suv bilan taʼminlashni yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar atrofidagi hududlarda (Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlarida) yashaydigan aholisi suv taʼminoti ahvolining tahlili aholiga nomuntazam va sifatsiz xizmat koʻrsatilayotganligini, bunday holatning:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv quvurlari tarmoqlarining eskirganligi sababli suvning belgilangan normalardan ortiqcha isrof boʻlayotgani, berilgan suv uchun mablagʻlar yigʻilishi darajasining pastligi (30 foiz);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizimli xatlovdan oʻtkazish va isteʼmolchilarni shartnomalar bilan qamrab olish, berilayotgan suv hajmlarini va abonentlarni (aholini, kichik korxonalarni, boshqa ulgurji isteʼmolchilarni) hisobga olish ishlarining zarur darajada tashkil etilmaganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobi va hisoboti ishlarining sust yoʻlga qoʻyilganligi, tumanlarning suv taʼminoti korxonalari faoliyati natijalarining zarar koʻrishdan iborat boʻlayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv taʼminoti korxonalari rahbar kadrlarining qoʻnimsizligi (2002-yildan boshlab ular ishlagan eng kam muddat — bir oydan kamni va eng koʻp muddat — 22 oyni tashkil qilgan) bilan bogʻliqligini koʻrsatdi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlarning suv taʼminoti korxonalari ishida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar natijasida ushbu tumanlarda ichimlik suv yetkazib beruvchi (Zangiota tumanida suv yetkazib berish 80 foizdan ortiq) “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasidan qoplashning real manbalari bilan mustahkamlanmagan ancha miqdordagi kreditorlik qarzlar va, tegishli ravishda, elektr energiyasidan foydalanganlik uchun “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasining toʻlov muddati oʻtgan kreditorlik qarzlari vujudga keldi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, 2007-yilda Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari tomonidan tashkil etilgan “Musaffo obihayot” masʼuliyati cheklangan jamiyat tumanlararo suv taʼminoti korxonasi Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlari hududining muayyan qismida yashaydigan va “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasi yetkazib beradigan suvdan foydalanadigan aholi suv taʼminotini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholini kecha-kunduz suv bilan taʼminlash, suv tarmoqlarini mukammal taʼmirlash va avariyalar sonini keskin qisqartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻtkazilgan yalpi xatlov asosida barqaror moliyaviy faoliyatni taʼminlash, barcha abonentlar bilan suv taʼminoti xizmatlari yuzasidan shartnomalar tuzish, pul mablagʻlari yigʻilishini 90 foizgacha koʻpaytirish hisobiga tubdan yaxshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati aholisini sifatli suv va kanalizatsiya xizmatlari bilan uzluksiz taʼminlash, shuningdek Toshkent viloyatidagi “Toshvilsuvoqava” ochiq aksiyadorlik jamiyatini va Toshkent shahridagi “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasini moliyaviy sogʻlomlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent viloyati va Toshkent shahar hokimliklarining 2009-yil 1-fevraldan boshlab Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlarining shahar tarmoqlariga toʻgʻridan toʻgʻri ulanadigan suv taʼminoti korxonalarining suv quvurlari va kanalizatsiya tarmoqlarining bir qismini, shuningdek suv koʻtarish nasos stansiyalarini, suv yuborish va tozalash inshootlarini “Musaffo obihayot” masʼuliyati cheklangan jamiyat balansiga tasarruf etish huquqisiz boshqarish va foydalanish uchun 1-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha berish toʻgʻrisidagi takliflariga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Toshkent viloyatining Qibray va Zangiota tumanlaridagi ilgari jamiyat balansiga berilgan 2-ilovaga* muvofiq roʻyxat boʻyicha suv quvurlari, kanalizatsiya tarmoqlari va suv koʻtarish nasos stansiyalari tasarruf etish huquqisiz “Musaffo obihayot” masʼuliyati cheklangan jamiyat boshqaruvida va foydalanishida qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Toshkent viloyatining Qibray, Toshkent va Zangiota tumanlari aholisini sifatli suv bilan uzluksiz taʼminlashga, suvdan tejamli foydalanishga hamda Toshkent shahri va Toshkent viloyatining suv taʼminoti korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga yoʻnaltirilgan kompleks tadbirlar 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Toshkent shahar va Toshkent viloyati hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan kompleks tadbirlarning “Suvsoz” tresti davlat unitar korxonasi, “Toshvilsuvoqava” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “Musaffo obihayot” masʼuliyati cheklangan jamiyat tomonidan bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv taʼminoti korxonalari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar hajmlarini, isteʼmolchilarni zarur darajada hisobga olinishi va moliya hisobotlarining yoʻlga qoʻyilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv taʼminoti korxonalari tomonidan aylanma mablagʻlarning ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar uchun jalb etilishiga, debitorlik qarzlarning undirib olinishiga va kreditorlik qarzlarning qisqartirilishiga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan taʼsirchan nazorat oʻrnatsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida 2010-yil 1-yanvargacha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 4-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-son