Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 09.07.1997 yildagi PF-1816-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
AYLANMA MABLAGʻLARNING SAQLANIShI VA OʻZ VAQTIDA TOʻLDIRILIShI UChUN JAVOBGARLIKNI OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Soliq va moliya organlari tomonidan oʻtkazilayotgan tekshirishlar shuni koʻrsatmoqdaki, respublikaning baʼzi vazirliklari, idoralari, korxonalarida moliyaviy ahvol qoniqarsizligicha qolayapti, oʻz aylanma mablagʻlarini saqlashga masʼuliyatsizlarcha munosabatda boʻlish, talaygina mablagʻlarni debitorlik qarziga jalb etish, tayyor mahsulotning normativdan ortiqcha qoldiqlarida ishlatmay qoʻyish faktlari mavjud.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz aylanma mablagʻlarini saqlash va toʻldirishga masʼuliyatsizlarcha munosabat xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasida kooperatsiya asosidagi aloqalarning buzilishiga, toʻlanmagan qarzlarning koʻpayishiga, budjet toʻlovlari boʻyicha majburiyatlarning bajarilmasligiga olib kelmoqda va umuman ijtimoiy keskinlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aylanma mablagʻlarning saqlanishini va oʻz vaqtida toʻldirilishini taʼminlash uchun vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, konsernlar, uyushmalar, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining javobgarligini oshirish, shuningdek toʻlov intizomini mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, aylanma mablagʻlarning saqlanishi, maqsadli foydalanilishi va oʻz vaqtida toʻldirilishi uchun vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, xolding kompaniyalari hamda boshqa korxonalarning ixtiyoriy birlashmalarida — rahbar va uning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar darajasida esa — korxona (tashkilot) direktori, uning iqtisodiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari va bosh buxgalteri shaxsan javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Nazorat qiluvchi organlar, mulkchilik shakllaridan qatʼiy nazar korxona va tashkilotlarda aylanma mablagʻlardan maqsadli foydalanilmaganligi va tugatib yoʻq qilinganligi faktlarini aniqlagan hollarda shularga oid hujjatlar ularning bankrotligi va 1-bandda koʻrsatilgan shaxslarni amaldagi qonunlarda oʻrnatilgan tartibda javobgarlikka tortish boʻyicha ishlarni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqish uchun tegishli organlarga kiritilishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Istiqbolsiz va toʻlovga qurbsiz korxonalar hamda tashkilotlarni aniqlash, ular boʻyicha zarur choralarni koʻrish borasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi korxonalarning iqtisodiy nochorligi ishlari boʻyicha qoʻmitaning ishi yetarli emasligi qayd etib oʻtilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Respublika xalq xoʻjaligida hisob-kitoblarni takomillashtirish boʻyicha hamda korxonalar bankrotligi va sanatsiyalash masalalari boʻyicha hukumat komissiyalari (Oʻ.T. Sultonov) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Prokuraturasi bilan birga bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlar va hududlar boʻyicha debitorlik-kreditorlik qarzlari hosil boʻlish sabablarini puxta tahlil etib, oʻz vakolati doirasida hisob-kitob va toʻlov intizomini mustahkamlash hamda aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitoblar holatini normallashtirish borasidagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritib, bunda qarzdorlikning koʻpayishi — aylanma mablagʻlarni tugatib yoʻq qilish, ulardan maqsadli foydalanmaslik, tayyor mahsulotning normativdan ortiqcha zaxiralariga va tugallanmagan qurilishga aktiv aylanma mablagʻni jalb etish sabablarini bartaraf qilishga alohida eʼtiborni qaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrotlik bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish va ular yuzasidan qarorlar qabul qilishni tezlashtirish yuzasidan qoʻshimcha chora-tadbirlar ishlab chiqsin. Iqtisodiy nochor korxonalar va bankrot korxonalar boʻyicha ishlarning ahvoli matbuot va televideniye orqali keng yoritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Markaziy banki vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar, xolding kompaniyalari va alohida korxonalar bilan birga 1997-yilning 1-yarmi yakunlari boʻyicha respublika iqtisodiyoti tarmoqlarida aylanma mablagʻlarning holatini koʻrib chiqsinlar, aylanma mablagʻlarning saqlanishi va maqsadli foydalanilishi ustidan, ularni toʻldirish manbalari ustidan qattiq nazoratni taʼminlash chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqib taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirliklar, idoralar, konsernlar, korporatsiyalar, uyushmalar xolding kompaniyalari va alohida korxonalar bir oy muddatda aylanma mablagʻlarning saqlanishi va oʻz vaqtida toʻldirilishi ustidan qattiq nazorat oʻrnatish borasidagi chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqib, tasdiqlasinlar, buning uchun oʻzlarining real manbalarini aniqlab olsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda xoʻjalik-moliya faoliyati bilan bogʻliq amaldagi normativ hujjatlarga belgilangan tartibda oʻzgartirishlar kiritib, ularda aylanma mablagʻlarning saqlanishi va oʻz vaqtida toʻldirilishi uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlarning javobgarligini oshirish choralarini, hatto jinoiy javobgarlik choralarini koʻzda tutsin. Amaldagi qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar talab etilgan hollarda oʻz takliflarini Oliy Majlisga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1997-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-1816-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 7-son, 183-modda)