Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023 06.09.2013 yildagi 18-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.02.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 2-sonli “Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud amaliyotida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabanda uchun javobgarlikka oid qonunchilikni qoʻllashda masalalar kelib chiqqanligi munosabati bilan, “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 5-moddasi va “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonunning 3-moddasi mazmuniga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi (bundan buyon matnda bojxona chegarasi) Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi bilan ustma-ust tushadi. Bojxona chegarasiga qonunda erkin bojxona zonalari va erkin omborlar tegralari (perimetrlari) ham kiritilgan.
(1-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududini uning butkul davlat hududi tashkil etadi, erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududlari bundan mustasno (agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tovarlar va transport vositalarini bojxona chegarasidan oʻtkazish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi (bundan buyon matnda – BK) va boshqa qonun hujjatlari bilan qatʼiy belgilangan. Tovarlar va transport vositalarini belgilangan tartibni buzgan holda bojxona chegarasidan har qanday tarzda oʻtkazish qonunga xilof hisoblanadi va maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish uchun javobgarlik turini bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazilayotgan tovar yoki boshqa qimmatliklar miqdori bilan bogʻlagan boʻlib, bu miqdor ularning huquqbuzarlik sodir etilgan kundagi qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan koʻp miqdorgacha oʻtkazganlik uchun har doim, shaxs aynan shunday huquqbuzarlik uchun bir yil davomida bir necha marta maʼmuriy javobgarlikka tortilganligidan qatʼiy nazar, maʼmuriy javobgarlik kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (bundan buyon matnda — JK) 182-moddasining birinchi qismi boʻyicha jinoiy javobgarlik tovar va transport vositalarini koʻp miqdorda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortilgan (Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 22721-moddasi, 22722- moddasining birinchi qismi) shaxs maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan soʻng bir yil davomida yana aynan shunday huquqbuzarlikni koʻp miqdorda sodir etgan holdagina kelib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JK 182-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan kvalifikatsiya belgilari mavjud boʻlganda, jinoiy javobgarlik shaxs tovar yoki boshqa qimmatliklarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazganlik uchun ilgari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan-tortilmaganligidan qatʼiy nazar, kelib chiqadi. Bunda JK 182-moddasi ikkinchi qismining “b”, “v” va “g” bandlari boʻyicha jinoiy javobgarlik faqat bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik koʻp miqdorda buzilgan holdagina kelib chiqadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar, jumladan, JK 182-moddasida nazarda tutilgan jinoyat predmeti hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona chegarasidan oʻtkazilayotgan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasi, valyuta qimmatliklari va boshqa qimmatli qogʻozlar;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr, issiqlik energiyalari va energiyaning boshqa turlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositasi (BK 13-moddasi toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan transport vositalari bundan mustasno);
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
intellektual mulk obyektlari (foydali modellar, sanoat namunalari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
madaniy boyliklar – moddiy dunyoning milliy, tarixiy, badiiy, ilmiy-maʼrifiy, maʼnaviy-axloqiy va boshqa madaniy ahamiyatga molik koʻchar ashyolari (“Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 3-moddasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimlik va hayvonot dunyosi obyektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. JK 182-moddasi mazmuniga koʻra, tovarlar yoki boshqa qimmatliklar (bundan buyon matnda — tovarlar) qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazish tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish yoki mazkur hududdan olib chiqish tarzidagi harakatni quyidagi usullardan biri orqali sodir etishda ifodalanadi:
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona nazoratini chetlab oʻtish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona nazoratidan yashirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deklaratsiya qilmasdan yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegarani buzib oʻtish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tovarlarni bojxona nazoratini chetlab oʻtkazish ularni Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlaridan tashqari yoki bojxona nazorati oʻtkazish vaqtidan tashqari olib kirish yoki mazkur hududdan olib chiqishdan iborat har qanday qasddan sodir etilgan harakatda ifodalanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tovarlarni bojxona nazoratidan yashirish deganda, ularni topishni qiyinlashtirish, bojxona nazoratidagi tovarlarni almashtirib qoʻyish yoxud ularning asl xususiyati yoki miqdorini yashirish (masalan, ayrim bir tovarlarga boshqasining koʻrinishini berish, tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazish uchun maxsus tayyorlangan yoki moslashtirilgan xufya joylardan (chemodanlar, sumkalar, transport vositalari, konteynerlar va boshqa tashish vositalarining konstruksiyaviy (tuzilish) xususiyatiga koʻra, ashyolarini saqlash yoki tashishga moʻljallanmagan boʻshliqlari, devorlari (ramalari) oralaridan foydalanish, jinoyat predmetlarini odam, hayvon tanasida va h.k. yashirish)ga qaratilgan har qanday harakatlar tushuniladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanish deganda, jumladan, bojxona organlariga quyidagilarni taqdim etish tushunilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bila turib qalbaki hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bila turib yolgʻon maʼlumotlar kiritilgan hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunga xilof ravishda olingan yoki boshqa tovarlarga tegishi hujjatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
haqiqiy boʻlmagan hujjatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qalbakilashtirilgan bojxona identifikatsiyalash vositalaridan (plombalar, muhrlar, tamgʻalar bosish, identifikatsiyalash belgilari, shtamplar va BK 197-moddasida nazarda tutilgan boshqa identifikatsiyalash vositalari) yoki boshqa tovarlarga tegishli haqiqiy identifikatsiyalash vositalaridan foydalanish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlarning eʼtibori shunga qaratilsinki, tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazishning har bir tartibi uchun qonunchilikda bojxona organlariga taqdim etilishi lozim boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning alohida roʻyxati nazarda tutilgan (BK 18-19-moddalari). Shundan kelib chiqib, mazkur roʻyxatlarda nazarda tutilmagan hujjatlar va maʼlumotlarni bojxona organlariga taqdim etmagan shaxsning harakatlari qonunga xilof deb qaralishi mumkin emas.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tovarlarni deklaratsiya qilmasdan bojxona chegarasidan oʻtkazish tovarlarni olib kirish yoki olib chiqish (chiqarish), ularni tanlangan bojxona rejimi ostiga joylashtirish, bojxona toʻlovlarini hisoblash va undirish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun zarur boʻlgan tovarlar haqidagi maʼlumotlarni bojxona deklaratsiyasida qasddan bayon qilmaslikni nazarda tutadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazish deganda, bojxona deklaratsiyasida yoki deklaratsiyalashning boshqa belgilangan shaklida tovarlar (nomlanishi, sifati va xususiyatlarini oʻzida aks ettiruvchi maʼlumotlar, shu jumladan ularning TIF TN kodlari) toʻgʻrisida bila turib yolgʻon maʼlumotlarni aks ettirish tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tushuntirilsinki, bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasini tekshirish, tovarlarni koʻzdan kechirish va bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlar notoʻgʻriligi aniqlangunga qadar bojxona deklaratsiyasida yoʻl qoʻyilgan xatolarning deklarant tomonidan mustaqil tuzatilishi (BK 265-266-moddalari) maʼmuriy va jinoiy javobgarlikni istisno etadi.
(9-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 182-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning tugallanish payti har bir muayyan ish boʻyicha tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazish usulidan (bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib) kelib chiqqan holda aniqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirgan holda tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazish jinoyati tovarlar bilan bojxona chegarasini amalda kesib oʻtgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalangan holda tovarlarni bojxona chegarasidan oʻtkazish jinoyati bojxona organlari tomonidan tegishli hujjatlar roʻyxatga olingan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi (BK 264-moddasi).
(10-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazilayotgan tovarlar miqdorini aniqlashda, ushbu tovarlarning jinoyat sodir etilgan vaqtdagi bozor qiymatidan kelib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtgan tovarlar amalda mavjud boʻlmagan (erkin muomalaga chiqarilgan, sotib yuborilgan va h. k.) hollarda, ularning qiymati sifatida bojxona rasmiylashtiruvi paytida Oʻzbekiston Respublikasining BK 44-bobiga muvofiq aniqlangan bojxona qiymati tan olinadi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlar qiymatini aniqlashning imkoniyati boʻlmagan hollarda (masalan, qalbakilashtirilgan spirtli ichimliklar, kontrafakt tovarlar) ularning qiymati baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda oʻtkazilayotgan tovarlar miqdorini aniqlashda, faqat, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib, yoxud bojxona hujjatlari yoki qiyoslash vositalaridan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib oʻtkazilgan tovarlar qismining qiymati inobatga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agar shaxs bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish bilan bir qatorda qonunga xilof ravishda chet elga chiqish yoki Oʻzbekiston Respublikasiga kirish jinoyatini sodir etsa, uning harakatlari JK 182 va 223-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatning qalbaki ekanligini bila turib, uni bojxona organlariga haqiqiy hujjat sifatida taqdim etgan shaxs harakatlari JK 182-moddasi bilan kvalifikatsiya qilinadi va qoʻshimcha ravishda 228-moddasi bilan kvalifikatsiya qilishni talab qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sudlarga tushuntirilsinki, agar jinoyat bojxona chegarasini buzib oʻtish yoʻli bilan sodir etilgan boʻlsa, shaxsning harakatlari JK 182-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunda buzib oʻtish deganda, jumladan, bojxona postiga hujum qilish, bojxona organlarining qonuniy faoliyatiga boshqacha faol qarshilik koʻrsatish (masalan, bojxona chegarasi rejimi talablariga ochiqdan-ochiq boʻysunmaslik, oʻzining xizmat vazifasini bajarishdan voz kechishga majbur qilish), bojxona xizmati texnik vositalariga shikast yetkazish yoki ularni ishdan chiqarish va h. k. yoʻli bilan bojxona chegarasini kesib oʻtishda ifodalangan harakatlar tushunilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bojxona chegarasini buzib oʻtish paytida aybdor tomonidan shaxs badaniga qasddan ogʻir shikast yetkazilgan yoki u qasddan oʻldirilgan boʻlsa, qilmish JK 182-moddasi ikkinchi qismining “b” bandi va tegishlicha JK 97 yoki 104-moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar majmui boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim. Bunday holatlarda qasddan badanga yengil yoki oʻrtacha ogʻirlikdagi tan jarohati, shuningdek hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatish JK 182-moddasi ikkinchi qismi dispozitsiyasi bilan qamrab olinadi va tegishlicha JK 105, 109, 173 va 219-moddalari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilinishini talab etmaydi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazish uyushgan guruh tomonidan sodir etilgan deb topilgan hollarda, JK 182-moddasi ikkinchi qismining “v” bandi boʻyicha nafaqat tovarlarni bevosita bojxona chegarasidan oʻtkazgan, balki barcha uyushgan guruh aʼzolarining (masalan, Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududiga qonunga xilof ravishda olib kirish maqsadida chet elda tovar xarid qilgan, bojxona nazorati punktida uni oʻtkazishda koʻmaklashgan yoki bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida taqdim etilgan hujjatlarni qalbakilashtirgan, yukning qonunga xilofligini bila turib, transport ekspeditori sifatida qatnashgan uyushgan guruh aʼzolari) harakatlari kvalifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Jinoyatni oʻz xizmat lavozimidan foydalangan holda sodir etgan mansabdor shaxs (JK 182-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi) deb, xizmat burchiga koʻra bojxona chegarasi orqali oʻtkazilayotgan tovarlar ustidan bojxona nazoratini (hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish, ogʻzaki soʻrov, bojxona koʻrigi, bojxona identifikatsiyalashi, tovarlar hisobini yuritish) amalga oshirishga majbur shaxs topilishi lozim. Bunday shaxslar jumlasiga, shuningdek, bojxona nazoratining muayyan shakllaridan BK 50-moddasiga asosan ozod etilgan va oʻz xizmat lavozimidan tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasida oʻtkazish uchun foydalangan mansabdor shaxslar ham kiradi.
(15-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni oʻz xizmat lavozimidan foydalangan holda qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazgan mansabdor shaxslarning harakatlari JK 182-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi va Jinoyat kodeksining hokimiyat yoki mansab vakolatini suiisteʼmol qilish (JK 19211, 205-moddalari) yoxud hokimiyat yoki mansabdor vakolati doirasidan chetga chiqish (JK 206-moddasi) jinoyatlari uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi moddalari bilan qoʻshimcha kvalifikatsiya qilishni talab etmaydi.
(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni qonunga xilof ravishda bojxona chegarasidan oʻtkazishda oʻz xizmat lavozimidan foydalangan mansabdor shaxsning (jinoyat tashkilotchisi, dalolatchisi, yordamchisining) harakatlari JK 28-moddasi va JK 182-moddasi ikkinchi qismining “g” bandi boʻyicha kvalifikatsiya qilinadi (uyushgan guruh aʼzolarining harakatlari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Shaxsning valyutani qonunga xilof ravishda bojxona chegarasida oʻtkazishda aybdorligi masalasini hal etishda sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, Oʻzbekiston Respublikasiga erkin olib kiriladigan va olib chiqib ketiladigan naqd xorijiy va milliy valyuta miqdori quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi naqd valyutasi va naqd chet el valyutasini Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib kirish va olib chiqib ketish qoidalari bilan belgilangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga bir vaqtning oʻzida olib kiriladigan yoki olib chiqib ketiladigan naqd valyutaning faqat bir qismi deklaratsiya qilingan boʻlsa, shaxsning harakatlari naqd valyutaning deklaratsiya qilinmagan qismi miqdoridan kelib chiqqan holda kvalifikatsiya qilinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, JK 246-moddasiga muvofiq, bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalanib, deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, kuchli taʼsir qiluvchi zaharli, zaharlovchi, portlovchi moddalar, radioaktiv materiallar, portlatish qurilmalari, qurol-yarogʻ, oʻqotar qurol yoki oʻq-dorilarni shuningdek, giyohvandlik vositalari ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni yoki diniy ekstremizm, separatizm va aqidaparastlikni targʻib qiluvchi materiallarni, yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirgʻin qurolining boshqa turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon boʻlgan material va moslamalar, radioaktiv materiallarni (bundan buyon matnda — kontrabanda ashyolari) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan oʻtkazish boshqa jinoyat — kontrabanda tarkibini tashkil etadi.
(17-bandining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2020-yil 3-iyuldagi 12-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona chegarasi orqali JK 246-moddasining birinchi qismida qayd etilgan kontrabanda predmetlarini oʻtkazishda ifodalangan harakatlarni kvalifikatsiya qilishda kontrabanda predmetlari miqdori huquqiy ahamiyat kasb etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shaxs JK 182-moddasi taʼsiriga tushuvchi tovarlarni bojxona chegarasi orqali oʻtkazish bilan bir qatorda kontrabanda jinoyatini sodir etsa, uning harakatlari JK 182 va 246-moddalarda nazarda tutilgan jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar shaxs kontrabanda jinoyatini sodir etish bilan bir qatorda kontrabanda ashyolarining noqonuniy muomalasi bilan boshqa jinoyatlarni (JK 247, 248, 273-moddalari va h.k.larni) sodir etsa, uning harakatlari jinoyatlar majmui bilan kvalifikatsiya qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Diniy materiallar bojxona chegarasidan qonunga xilof ravishda olib oʻtilgan har bir holatda shaxsning harakatlarini toʻgʻri kvalifikatsiya qilish uchun ularda diniy ekstremizm, separatizm, aqidaparaslik gʻoyalari targʻiboti mavjud yoki mavjud emasligi masalasini aniqlash maqsadida sud-dinshunoslik ekspertizasi tayinlanishi lozim. Agar ekspertiza natijalariga koʻra diniy mazmundagi materiallarda diniy ekstremizm, separatizm, aqidaparaslik gʻoyalari targʻiboti mavjudligi aniqlansa, shaxsning harakatlari JK 246-moddasi boʻyicha kvalifikatsiya qilinishi lozim.
(171-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. JPK 211-moddasiga muvofiq hukm, jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisida ajrim (qaror) chiqarish paytida sud ish boʻyicha ashyoviy dalil deb topilgan predmetlar, shu jumladan transport vositalari toʻgʻrisidagi masalani hal etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur masalani koʻrib chiqish chogʻida sudlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2012-yil 13-dekabrdagi “Jinoyat ishlari boʻyicha ashyoviy dalillarga oid qonunchilikni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorida berilgan tushuntirishlarga amal qilishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona chegarasi orqali qonunga xilof ravishda oʻtkazilgan, ashyoviy dalil deb topilgan predmetlar egaligi yuzasidan nizolar fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibida hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Shuni nazarda tutish lozimki, bojxona chegarasi orqali tovar yoki boshqa qimmatliklarni noqonuniy olib oʻtishda (JK 182-moddasi) foydalanilgan transport vositalari (konteynerlar) faqat tovar va boshqa qimmatliklar bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib olib oʻtilgan holdagina jinoyat quroli deb topiladi.
(181-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2016-yil 29-iyuldagi 13-sonli qaroriga asosan kiritilgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish va kontrabandaga oid ishlarni koʻrishda sudlar, bunday jinoyatlar sodir etilishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlashlari hamda ularga xususiy ajrimlar chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudlar bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilishiga doir har bir ish boʻyicha chiqarilgan sud qarorining bir nusxasini maʼmuriy yoki jinoiy ishni qoʻzgʻatgan organga mazkur sohada yoʻl qoʻyilgan huquqbuzarliklar hisobini yuritish va tahlil qilish uchun yuborishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik va kontrabandaga doir ishlar boʻyicha sud amaliyotini vaqti-vaqti bilan umumlashtirishlari va yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlarini oʻz vaqtida bartaraf etish choralarini koʻrishlari lozim.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1996-yil 27-fevraldagi “Kontrabanda va bojxona qonunlarini buzish toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sud amaliyoti haqida”gi 2-sonli va 1998-yil 28-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1997-yil 26-dekabrda tasdiqlangan Bojxona kodeksining qabul qilinishi munosabati bilan sud amaliyotida vujudga kelgan ayrim masalalar toʻgʻrisida”gi 30-sonli qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi B. MUSTAFAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Plenum kotibi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi A. USMANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 6-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-son