Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2019 16.09.2013 yildagi 250-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.03.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 26-martdagi 254-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 10-yanvardagi PF-5624-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzurida davlat muassasalari shaklidagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi (keyingi oʻrinlarda Markazlar deb ataladi) tashkil etilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirishning strategik yoʻnalishlarini, shu jumladan jahon tendensiyalarini hamda xorijiy mamlakatlar tajribasini tahlil va tadqiq qilish asosida ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hukumatni rivojlantirish va davlat xizmatlarining sifatini oshirish uchun marketing va innovatsion tadqiqotlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqamli iqtisodiyotni tartibga solish sohasidagi vakolatlarni rivojlantirish boʻyicha uslubiy asos, shuningdek, elektron tijorat sohasidagi tadbirkorlikni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvida raqamli platformalar va elektron boshqaruv texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, innovatsion raqamli texnologiyalarni sinov tariqasida ishga tushirish va Oʻzbekiston Respublikasi sharoitida ularni keng joriy etish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud jarayonlarni oʻrganish va tahlil qilish, shuningdek funksional va operatsion jarayonlarni optimallashtirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish uchun ilgʻor yutuqlar va ijobiy xorijiy tajribalarni doimiy oʻrganish va tahlil qilish, hozirgi holatni tahlil qilish, Oʻzbekiston Respublikasida “Aqlli shahar” texnologiyalarini istiqbollarini prognozlash va joriy etish, salohiyatini baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimini samarali amalga oshirish uchun huquqiy va meʼyoriy bazani takomillashtirish boʻyicha maqsadli tahlil oʻtkazish va takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼlumotlarni doimiy yigʻish va tahlil qilish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasida AKT loyihalarini joriy qilish holatini monitoring qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasidagi loyihalarni amalga oshirishning maqsadli indikatorlari va koʻrsatkichlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron tijorat subyektlari milliy reyestrini shakllantirish, yuritish va yanada takomillashtirish.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-iyuldagi 583-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining xodimlarining cheklangan soni 150 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 23 nafar boʻlgan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining amaldagi tuzilmalariga xodimlarning tasdiqlangan soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnika taʼminoti:
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan smeta doirasida Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish fondi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlarning begʻaraz texnikaviy koʻmagi (grantlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik faoliyatidan, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan tushadigan mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan jalb etiladigan, “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish loyihalarini hamda tadbirlarini amalga oshirishni moliyalashtirishga yoʻnaltiriladigan begʻaraz texnikaviy koʻmak (grantlar)dan, xalqaro moliya institutlarining imtiyozli kreditlaridan foydalanish boʻyicha masʼul muvofiqlashtiruvchi etib belgilansin.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, xalqaro moliya institutlaridagi Oʻzbekiston Respublikasidan boshqaruvchilar manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda donor mamlakatlar, xalqaro va xorijiy hukumat va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar bilan “Elektron hukumat” tizimini joriy etish va rivojlantirish hamda uning axborot xavfsizligini taʼminlash loyihalari va tadbirlarini moliyalashtirish uchun begʻaraz texnikaviy koʻmak (grantlar) va imtiyozli kreditlar mablagʻlarini jalb etish masalalari boʻyicha ishlarni faollashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazi ustavlari bir oy muddatda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini, shuningdek ularning belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazini hamda Axborot xavfsizligini taʼminlash markazini zarur yoʻnalishdagi malakali kadrlar bilan taʼminlash, shuningdek Markazlarning moddiy-texnika bazasini shakllantirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 516-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 699-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-iyuldagi 516-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 29-son, 699-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi, Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 16-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 16-sentabrdagi 250-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi huzuridagi “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuzilmasi
(1-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-iyundagi 171-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 26-son, 338-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 17-oktabrdagi 838-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 38-son, 492-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2017-y., 29-son, 699-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 09/17/838/0130-son, 27.07.2018-y., 09/18/583/1582-son)