Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida
1. 1-ilovaga* muvofiq xalqaro shartnomalar tasdiqlansin.
2. Mazkur shartnomalarni amalga oshirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari 2-ilovaga* muvofiq belgilansin.
*1- va 2-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
3. Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yuborsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan soʻng Oʻzbekiston respublikasi tomonidan majburiyatlarning bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2010-yil 5-avgust,
PQ-1385-son