1.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.72.00 (Кучини йукотган) Oliy taʼlim (bakalavriat va magistratura);
2.13.00.00.00 Taʼlim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Taʼlim / 13.01.83.00 (Кучини йукотган) Taʼlim muassasalariga qabul qilish, oʻqishini koʻchirish, oʻqishdan chetlashtirish va qayta tiklash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 26-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2491]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 5-oktabrdagi 477-mh-sonli “Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2491-2, 05.10.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ–1990-sonli “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 372-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-iyuldagi 206-sonli “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent davlat yuridik universitetining magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari Q. Togʻayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir N. YOʻLDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 26-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2013-yil 26-iyuldagi 223-mh-sonli buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 28-iyundagi PQ–1990-sonli “Yuridik kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 29-son, 372-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 23-iyuldagi 206-sonli “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq, Toshkent davlat yuridik universiteti (bundan buyon matnda TDYU deb yuritiladi) magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon (bundan buyon matnda yozma imtihon deb yuritiladi) oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yozma imtihon “Mutaxassislik fanlari” boʻyicha oʻtkaziladi va abituriyentlarda tahlil, tafakkur, huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash hamda huquqiy masalalar boʻyicha xulosalarni ifoda etish borasida qobiliyatlarni aniqlashga qaratilgan.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-avgustdagi 208-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2491-1, 12.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 32-son, 395-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yozma imtihonda TDYU magistraturasiga qabul qilishda test sinovlari (bundan buyon matnda test sinovlari deb yuritiladi) oʻtkaziladigan har bir fan uchun belgilangan maksimal ballning 55 foizidan koʻp ball toʻplagan abituriyentlar ishtirok etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yozma imtihon TDYU rektorining buyrugʻi bilan tashkil etilgan komissiya (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan oʻtkaziladi. Komissiya tarkibiga TDYU xodimlari bilan bir qatorda boshqa tashkilotlar vakillari ham ularning rahbarlari bilan kelishilgan holda kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yozma imtihonni tashkil etish va uni adolatli oʻtkazish uchun tegishli oʻquv yili uchun tashkil etilgan TDYU qabul komissiyasi masʼul kotibi (bundan buyon matnda masʼul kotib deb yuritiladi), uning TDYU magistraturasiga qabul qilish ishlari boʻyicha oʻrinbosari (bundan buyon matnda masʼul kotib oʻrinbosari deb yuritiladi), Komissiya aʼzolari, auditoriya rahbarlari, kuzatuvchilar va tegishli mutaxassisliklarga muvofiq huquq sohalari mutaxassislaridan iborat tarkibda tuzilgan maxsus komissiya (bundan buyon matnda Maxsus komissiya deb yuritiladi) aʼzolari masʼuldir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Yozma imtihonlar har yili avgust oyining 3 — 15-sanalari oraligʻida, biroq test sinovlari natijalari eʼlon qilingandan soʻng 3 kundan kechiktirmay oʻtkaziladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-avgustdagi 208-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2491-1, 12.08.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 32-son, 395-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yozma imtihon oʻtkaziladigan kun test sinovlari natijalari eʼlon qilingandan soʻng 24 soat ichida TDYU rektorining buyrugʻi bilan belgilanadi. Bunda yozma imtihonda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan abituriyentlar roʻyxati mazkur buyruqqa ilova qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Yozma imtihonlarni oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yozma imtihonni oʻtkazish bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish boʻyicha TDYU qabul komissiyasining ish rejasi TDYU qabul komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma imtihon oʻtkazish jarayonining xolisona va adolatli oʻtishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
abituriyentlarga ularning huquq va majburiyatlarini tushuntirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma imtihonni oʻtkazish bilan bogʻliq barcha zarur sharoitlarni yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yozma imtihon natijalari boʻyicha abituriyentlarga toʻliq maʼlumotlar berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya yozma imtihonlarni oʻtkazish uchun yozma imtihonlar oʻtkaziladigan bino va auditoriyalarni mazkur Nizomning III bobi 1-paragrafida belgilangan tartibda tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Yozma imtihon jarayoni videotasvirga tushiriladi. Yozma imtihon tugagach, 1 soat ichida videotasvirlar Komissiya raisiga topshiriladi. Videotasvirdan nusxa koʻchirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Test sinovlari natijalari olingandan soʻng, masʼul kotib oʻrinbosari darhol mazkur natijalarni eʼlonlar taxtasiga test sinovlaridan muvaffaqiyatli oʻtib, yozma imtihonda ishtirok etish huquqiga ega boʻlgan abituriyentlar roʻyxatini koʻrsatgan holda joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test sinovlari natijalari bir vaqtning oʻzida TDYUning Internetdagi rasmiy veb-saytiga ham joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Test sinovlari natijalariga koʻra, yozma imtihonda ishtirok etish huquqidan mahrum boʻlgan abituriyentga appelatsiya komissiyasi qaroriga asosan qoʻyilgan qoʻshimcha ball abituriyentga yozma imtihonga kirish huquqini taqdim etsa, ushbu abituriyentga oid tegishli maʼlumotlar ham masʼul kotibning yozma koʻrsatmasiga asosan, eʼlonlar taxtasiga va TDYUning Internetdagi rasmiy veb-saytiga joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya yozma imtihon oʻtkaziladigan kuni soat 7.00 gacha nazorat xizmati postlariga TDYU rektorining buyrugʻi bilan tasdiqlangan Bino hududiga kirishga ruxsat berilgan shaxslar roʻyxatini topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Yozma imtihonlarni oʻtkazish va ularning natijalarini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Binolar va auditoriyalarni yozma imtihonlar oʻtkazish uchun tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yozma imtihon, qoida tariqasida, TDYUga tegishli binolarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihon oʻtkaziladigan binolar va auditoriyalarni tayyorlash boʻyicha javobgarlik masʼul kotib oʻrinbosari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Har bir binoda abituriyentlarni tartibli va oʻz vaqtida kiritish uchun kirish eshigi oldida nazorat xizmati postlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan binolar va auditoriyalar yozma imtihonlar oʻtkazish jarayonini vakolatli shaxslar tomonidan nazorat qilish uchun bir-biriga yaqin joylashgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan binoda savollarni tarqatish va ularning natijalarini yigʻib olish uchun moʻljallangan maxsus xona (bundan buyon matnda Shtab deb yuritiladi) tayyorlanishi va u hujjatlarni imtihon jarayonida saqlash uchun seyflar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan bino va auditoriyalar sanitariya va yongʻin xavfsizligi qoidalariga toʻliq javob berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Har bir auditoriyadagi oʻtirish oʻrinlari bir-biridan kamida 80 sm oraliq masofada abituriyent uchun moʻljallangan boʻlishi hamda auditoriyalar yetarli miqdorda stol-stullar hamda savollarni tarqatish va qabul qilish uchun alohida stol bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Har bir auditoriya kamida 15 ta koʻpi bilan 30 ta abituriyentni joylashtirish imkoniga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Auditoriyalarni tayyorlashda yorugʻlik tushish, shamollatish, abituriyentni tikka tushuvchi quyosh nuridan himoyalash imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Auditoriyalar xonadan-xonaga oʻtiladigan boʻlmasligi va bir nechta shartli auditoriyalarga boʻlinmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Barcha auditoriyalardagi abituriyentlarning oʻtirish oʻrinlari raqamlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Auditoriyalarning eshiklariga guruh mutaxassisligi shifri va mutaxassislik nomi yozilgan koʻrsatkichlar ilib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan har bir binoda imtihon jarayoni uchun zarur boʻlgan axborot, texnik, tibbiy va maishiy sharoitlar yaratilgan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Har bir auditoriya soat, boʻr yoki marker, yozuv taxtasi (doska) va yelim bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Auditoriyalarda yozma imtihonlar oʻtkaziladigan fanlarga taalluqli boʻlgan koʻrgazmali vositalar boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan barcha binolarda nusxa koʻchirish vositalari saqlanadigan va yozma imtihon oʻtkazilmaydigan auditoriyalar hamda qavatlarning kirish-chiqish eshiklari 1 kun oldin masʼul kotib oʻrinbosari ishtirokida yopib chiqilishi va muhrlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan auditoriyalar sifatida oshxona, yoʻlak (koridor) va shunga oʻxshagan xonalardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Auditoriyaga 1 nafar auditoriya rahbari va 15 nafar abituriyent uchun 1 nafar hisobida kuzatuvchi biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yozma imtihonlar savollarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Yozma imtihonlarning savollarini tuzish uchun ekspert guruhi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ekspert guruhi aʼzolari yurisprudensiya sohasining tegishli fanlari boʻyicha malakali mutaxassislar orasidan shakllantiriladi. Ekspert guruhi ishiga TDYU rektori rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Yozma imtihon savollari TDYUning tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Savollar har bir mutaxassislik boʻyicha nazariy savollar va muammoli masalalar koʻrinishida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Savollarni tuzishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollarning abituriyentlarda tahlil, tafakkur, huquqiy manbalar bilan mustaqil ishlash hamda huquqiy masalalar boʻyicha xulosalarni ifoda etish qobiliyatini aniqlashga qaratilganligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollarning tegishli fan sohasi boʻyicha oʻquv dasturlariga muvofiq tarzda tuzilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli soha boʻyicha qabul qilingan qonun hujjatlari va ularga kiritilgan oxirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollarning mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlarning maqsadlari va vazifalarini aks ettirishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollarning loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollarda foydalanilgan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonun hujjatlarida va tegishli fan sohasida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllanilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savollarning orfografik, stilistik va grammatik jihatdan toʻgʻri bayon etilishiga hamda boshqa muhim masalalarga alohida eʼtibor berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tuziladigan savollarning sifati va mazmuni boʻyicha ekspert guruhi aʼzolari masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihonlarning savollari yozma imtihonlar oʻtkazilishidan 10 kun oldin toʻliq ishlab chiqiladi va test sinovlari natijalari eʼlon qilinib, yozma imtihon biletlari shakllantirilgunga qadar TDYU rektorida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Savollar tuzilib, saqlash uchun TDYU rektoriga topshirilgan vaqtdan boshlab ekspert guruhi oʻz ishini yakunlagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tuzilgan savollar yozma imtihon oʻtkaziladigan kundan bir kun oldin yozma imtihon biletlarini shakllantirish uchun Komissiya raisi tomonidan qabul qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir bilet tegishli mutaxassislik boʻyicha 1 ta nazariy savol va 2 ta muammoli masalani, jami 3 ta savolni oʻz ichiga olishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tayyorlangan biletlar tegishli mutaxassisliklar boʻyicha auditoriyalar sonini hisobga olgan holda alohida paketlarga solinib muhrlanadi va Shtabda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Yozma imtihonlarni oʻtkazishda auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilarining vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan auditoriyada imtihonni mazkur Nizom talablariga qatʼiy rioya etgan holda toʻgʻri va adolatli oʻtkazilishini taʼminlash boʻyicha shaxsiy javobgarlik auditoriya rahbari zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuvchilarning faoliyati auditoriya rahbari tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan kuni auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar oʻzlari biriktirilgan TDYU binosiga soat 7.30 dan kechikmasdan pasporti bilan yetib kelishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Auditoriya rahbari va kuzatuvchilar tomonidan yozma imtihon oʻtkaziladigan binoga aloqa vositalari, kitob, shpargalka va boshqa ortiqcha buyumlarni olib kirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Auditoriya rahbarlari va kuzatuvchilar yozma imtihonlar oʻtkaziladigan kuni soat 7.30 dan 7.50 gacha Shtabdan tegishli ruxsatnomalarni olib, biriktirilgan auditoriyaga boradi hamda oʻzlarining ismi, otasining ismi va familiyalarini yozuv taxtasi (doska)ga yozib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kuzatuvchilar soat 7.50 dan 8.00 gacha auditoriyaning imtihonlarga tayyorligini tekshiradi, imtihon jarayoniga salbiy taʼsir etuvchi omillar aniqlanganda, zudlik bilan ularni bartaraf etish choralarini koʻradi. Auditoriyadagi oʻtirish oʻrinlari raqamlanganligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Auditoriya rahbari soat 8.00 dan 8.15 gacha Shtabda Komissiya raisidan abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxati, muhrlangan paketda guruh abituriyentlari uchun imtihon biletlari joylashtirilgan konvertlarning muhri buzilmaganligini tekshirib, qabul qiladi hamda Komissiya aʼzolaridan birining ishtirokida auditoriyaga olib keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Kuzatuvchilar soat 8.30 gacha auditoriya rahbaridan abituriyentlarning guruh boʻyicha roʻyxatini oladi hamda abituriyentlarni pasport bilan abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxati asosida tekshirib, auditoriyaga kiritadi. Abituriyent abituriyentlarning guruhlar boʻyicha roʻyxatida koʻrsatilgan joyga borib oʻtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihonga kelmagan abituriyentlarning oʻrni yozma imtihon oʻtkazish jarayonida boʻsh qoldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Kuzatuvchilar imtihon biletlari solib muhrlangan konvertlarni hamda savollarga javob yozish uchun moʻljallangan qatʼiy hisobda turuvchi raqamlanib muhrlangan daftarlarni abituriyentlarga tartib bilan tarqatadi. Bunda daftarlarning varaqlari almashtirish imkonini istisno qiladigan tarzda TDYU rektorida saqlanadigan muhr va Komissiya raisining imzosi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auditoriya rahbari abituriyentlarga daftarning muqovasiga oʻzining familiyasi, ismi va otasining ismini yozish, shuningdek daftar varaqlarini bukmaslik, unga har xil belgilar qoʻymaslik, yozuvlarning tagiga chizmaslik, koʻk havorang sharikli ruchkadan boshqa rangdagi ruchkada yozmaslik kerakligini tushuntiradi hamda ushbu talablarga rioya qilmaslik yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzish deb hisoblanishi haqida ogohlantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Kuzatuvchilar soat 9.00 gacha abituriyentlarga daftar olganligini tasdiqlovchi imzo qoʻydiradi va uning yoniga abituriyent olgan daftarning tartib raqamini yozib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihonlarga kelmagan abituriyentlar haqida abituriyentlarning auditoriyalar boʻyicha roʻyxatiga “qatnashmadi” degan yozuv kiritiladi. Kuzatuvchilar ikki nafar abituriyent guvohligida imtihon savollari joylashtirilgan konvertlarning muhrlanganligiga ishonch hosil qilib, konvertni ochadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Auditoriya rahbari soat 9.00 da yozma imtihon boshlanganligini eʼlon qiladi hamda yozma imtihonning boshlanish va tugash vaqtini doskaga yozib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Auditoriya rahbari soat 11.00 da yozma imtihon savollariga javob yozish uchun ajratilgan vaqt tugaganligini eʼlon qiladi va abituriyentlarni oʻrinlaridan turishlarini talab qiladi hamda kuzatuvchilarga abituriyentlardan daftarlarni yigʻib olish boʻyicha koʻrsatma beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Daftarlar yigʻib olingandan soʻng, auditoriya rahbari ularning varaqlari bukilmaganligini, har xil belgilar qoʻyilmaganligini, yozuvlarning tagiga chizilmaganligini, koʻk havorang sharikli ruchkadan boshqa rangdagi ruchkada yozilmaganligini tekshirib, abituriyentlarga auditoriyadan chiqishga ruxsat beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Barcha daftarlar, imtihon oʻtkazish vaqtida foydalanilmay qolgan daftarlar, yozma imtihondan chetlashtirish boʻyicha tuzilgan dalolatnomalar tegishli daftarlarga yelimlangan holda alohida-alohida qutiga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Auditoriya rahbari soat 11.15 dan kechikmay barcha qutilarni Komissiya raisiga topshiradi hamda ushbu materiallarni topshirgan vaqtini tasdiqlatib, ruxsatnomasining tegishli joyiga imzo qoʻydiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Yozma imtihonlarni oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Abituriyentlar yozma imtihon oʻtkaziladigan binoga pasporti bilan videokuzatuv orqali tartibli ravishda kiritiladi. Abituriyentlar auditoriyalarga mutaxassisliklar turiga qarab kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Yozma imtihonlar ertalab soat 9.00 da boshlanadi va 2 soat davom etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Abituriyentlar yozma imtihon oʻtkaziladigan kuni bino hududiga soat 8.00 gacha, auditoriyaga soat 8.30 gacha pasporti bilan kiritiladi. Soat 8.30 dan keyin abituriyent auditoriyaga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Yozma imtihonlarga kelmagan abituriyentlar uchun qoʻshimcha imtihon oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Yozma imtihonlar boshlangandan keyin hech kim auditoriyaga kiritilmaydi va imtihon biletlari boʻyicha abituriyentlar bilan savol-javob qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Javoblar daftarga havo rang pastali sharikli ruchkada tushunarli husnixat bilan yozilishi lozim. Yozishda qisqartma soʻzlardan foydalanish, soʻzlarning osti yoki ustiga chizish, daftarning turli nuqtalariga, xususan, hoshiya qismiga tushunarsiz belgilar qoʻyish, shuningdek berilgan savollarning javobi bilan bogʻliq boʻlmagan soʻzlarni yozish, yozma imtihon materiallarini boshqa abituriyentga uzatish, boshqa abituriyentlarga yordam berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Abituriyent tomonidan yozma imtihon oʻtkaziladigan auditoriyaga uyali telefon yoki boshqa aloqa vositalarini olib kirish va foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Yozma imtihonlar oʻtkaziladigan binoga kirishda jadval, kitob, uyali telefon, kompyuter, telekommunikatsiya vositalari va shpargalkalar olib kirishga harakat qilgan yoki olib kirgan, imtihon jarayonida imtihon materiallarini boshqa abituriyentga uzatgan, boshqa abituriyentlarga yordam bergan, imtihon materiallarini topshirmagan abituriyent yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Yozma imtihon oʻtkazilayotgan vaqtda abituriyentning auditoriyadan chiqishi taqiqlanadi, oʻzboshimchalik bilan auditoriyadan chiqqan abituriyentlar yozma imtihon oʻtkazish tartibini buzgan hisoblanadi, sogʻligʻining yomonlashishi va boshqa shu kabi uzrli holatlarda imtihon materiallarisiz kuzatuv ostida auditoriyadan chiqish hollari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Yozma imtihon oʻtkazishning mazkur Nizomda belgilangan tartibini buzgan abituriyentlar yozma imtihonning qaysi bosqichi ekanligidan qatʼi nazar, yozma imtihondan chetlashtiriladi. Yozma imtihondan chetlashtirish boʻyicha mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Yozma imtihondan chetlashtirilgan abituriyentlarning ishlari baholanmaydi va ular yozma imtihonda ishtirok etmagan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Auditoriya rahbari tomonidan yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugaganligi eʼlon qilinganda abituriyentlar savollarga javob yozishni toʻxtatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Abituriyentlar yozma imtihon savollariga javoblar yozishni belgilangan muddatdan oldin tugatgach yoki yozma imtihon uchun ajratilgan vaqt tugagach mazkur Nizomning 48-bandida nazarda tutilgan tartibda imtihon materiallarini topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Komissiya raisi abituriyentlarning yozma imtihon savollariga javoblari yozilgan daftarlar solingan qutilarni auditoriya rahbarlaridan qabul qilib olgach, daftarlarning muqovasi va birinchi varagʻiga maxsus shifrlar qoʻyib, daftar muqovasini uning boshqa varaqlariga shikast yetkazmagan holda yirtib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻyilgan shifrlarning sir saqlanishi uchun Komissiya raisi shaxsan javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Yozma imtihon natijalarini aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Abituriyentlarning yozma imtihon javoblari adolatli tekshirilishi va baholanishi uchun tegishli Maxsus komissiya javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Maxsus komissiya yozma imtihonlar oʻtkazilishidan bir kun oldin tuziladi. Maxsus komissiya raisi TDYU rektorining tavsiyasiga koʻra adliya vaziri tomonidan, maxsus komissiyaning boshqa aʼzolari TDYU rektorining buyrugʻi bilan tayinlanadi. Maxsus komissiya aʼzolarining soni har bir mutaxassislik boʻyicha yozma imtihonda ishtirok etishi rejalashtirilayotgan abituriyentlarning umumiy sonidan kelib chiqqan holda TDYU rektori tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Maxsus komissiya aʼzolari yozma imtihon oʻtkaziladigan kuni soat 10.00 dan kechikmay tegishli mutaxassislik boʻyicha yozma imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan va video kuzatish tizimi bilan jihozlangan xonaga oʻz pasportlari bilan yetib kelishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan imtihon natijalarini tekshirish va baholash uchun ajratilgan xonaga uyali telefonlar va boshqa aloqa vositalarini olib kirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Maxsus komissiya raisi imtihon javoblari yozilgan daftarlar solingan qutilarni Komissiya raisidan qabul qilib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Maxsus komissiya raisi abituriyentlarning javoblari yozilgan daftarlar solingan qutilarni Maxsus komissiya aʼzolari ishtirokida ochib, barcha daftarlarning muqovalari ajratilganligi va shifrlanganligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muqovasi ajratilmagan, shifrlanmagan yoki abituriyentning ismi, otasining ismi, familiyasi yoki uning shaxsini aniqlash imkonini beruvchi boshqa belgilari mavjud boʻlgan daftarlar aniqlangan taqdirda, dalolatnoma tuziladi va bunday ishlar tekshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Maxsus komissiya raisi imtihon natijalari yozilgan daftarlarni tegishli magistratura mutaxassisliklari boʻyicha komissiya aʼzolariga taqsimlab beradi. Har bir savol tegishli fan boʻyicha mutaxassis tomonidan tekshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Yozma imtihon javoblari Maxsus komissiya aʼzolari tomonidan mazkur Nizomning 2-ilovasida nazarda tutilgan baholash mezonlariga muvofiq tekshirilib, baholanadi va xulosa yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir savol boʻyicha qoʻyilgan ballar qoʻshilib, 3 ga boʻlinadi va hosil boʻlgan qiymat abituriyentning yozma imtihondan olgan yakuniy balli hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Maxsus komissiya tomonidan yozma imtihon ballari tegishli shifr raqamlaridan iborat boʻlgan qaydnomaga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihon javoblari yozilgan daftarlar va qaydnoma qutilarga solinadi hamda Maxsus komissiya raisi tomonidan Komissiya raisiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Abituriyentlarning test sinovlari va yozma imtihonda toʻplagan umumiy ballarini aniqlash va eʼlon qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Komissiya tomonidan abituriyentlarning ismi, otasining ismi va familiyasi hamda daftarlari muqovasidagi shifr raqamlari koʻrsatilgan qaydnomaga yozma imtihon ballari kiritiladi. Yozma imtihon natijalariga koʻra 55 ball yoki undan kam ball toʻplagan abituriyentlar yozma imtihondan oʻtmagan hisoblanadi va TDYU magistraturasiga qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Abituriyentlarning test sinovlari boʻyicha olgan ballari roʻyxatining keyingi ustuniga qaydnoma asosida ularning yozma imtihon savollariga yozgan javoblari boʻyicha olgan ballari kiritiladi hamda yakuniy ballari chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Barcha maʼlumotlar kompyuterga kiritilgandan soʻng, abituriyentlar roʻyxati har bir mutaxassislik boʻyicha toʻplangan eng yuqori balldan boshlab kamayib borish tartibida joylashtiriladi. Bunda davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida qabul qilish uchun tavsiya etilgan abituriyentlar roʻyxati alohida-alohida ajratib koʻrsatilgan holda chop etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Abituriyentlarning test sinovlari va yozma imtihonda toʻplagan umumiy ballari yozma imtihonlar oʻtkazilgan kunning ertasi kuni soat 9.00 gacha Qabul komissiyasi tomonidan eʼlonlar taxtasiga, shuningdek TDYUning Internetdagi rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Qabul natijalarini aks ettiruvchi roʻyxat eʼlon qilingandan soʻng, yozma imtihon jarayoni nihoyasiga yetgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Apellatsiyalarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Yozma imtihon natijasidan norozi boʻlgan abituriyent yozma imtihon natijasi eʼlon qilingan kundan boshlab 2 ish kuni ichida TDYUda tashkil etiladigan apellatsiya komissiyasiga yozma tartibda apellatsiya shikoyati berish huquqiga ega. Apellatsiya qabul qilinganligi toʻgʻrisida abituriyentga xabarnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Yozma imtihon natijasidan norozi boʻlgan abituriyentlarning shikoyatlarini koʻrib chiqish uchun TDYUda apellatsiya komissiyasi tuziladi. Apellatsiya komissiyasi TDYU rektorining buyrugʻi bilan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Apellatsiya komissiyasi tarkibiga TDYUning professor-oʻqituvchilari va fanlar boʻyicha ekspertlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda, apellatsiyani koʻrib chiqish jarayoniga Maxsus komissiya aʼzolari hamda auditoriya rahbari va kuzatuvchilari ularga tegishli masalalar boʻyicha jalb qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Apellatsiya shikoyati tushgan kuni masʼul kotib oʻrinbosari tomonidan apellatsiya shikoyati yozgan abituriyentning yozma imtihon materiallari apellatsiya komissiyasiga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Apellatsiya bergan shaxs xabarnomada nazarda tutilgan vaqtda apellatsiya komissiyasiga pasporti bilan kelishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Apellatsiyani koʻrib chiqish jarayonida apellatsiya beruvchiga yozma imtihon savollariga javoblar yozgan daftari uning soʻroviga asosan berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Abituriyent oʻz eʼtirozlarini yozib, unga berilgan materiallar bilan birga apellatsiya komissiyasiga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Abituriyentning shikoyati apellatsiya komissiyasi tomonidan 2 kun ichida koʻrib chiqilishi va natijasi boʻyicha qaror qabul qilinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Apellatsiya komissiyasi tomonidan qabul qilingan qaror toʻgʻrisida apellatsiya shikoyati muallifiga maʼlumot taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Apellatsiyada koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topmagan boʻlsa, apellatsiya komissiyasi yozma imtihon natijalarini oʻzgarishsiz qoldirish va apellatsiyani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Apellatsiyada koʻrsatilgan vajlar oʻz tasdigʻini topgan taqdirda abituriyentning yozma imtihon ishiga apellatsiya komissiyasi tomonidan uzil-kesil ball qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Apellatsiya komissiyasining apellatsiyani koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilgan qarori yuzasidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 25-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti rektori E. KANYaZOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 25-iyul
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yozma imtihondan chetlashtirish toʻgʻrisida DALOLATNOMA
20____ yil “_____” ______________
Biz, quyida imzo chekuvchilar shuni tasdiqlaymizki, abituriyent
Abituriyent tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning __-bandlari talablari buzildi.
1. Auditoriya rahbari
________________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
2. Kuzatuvchi
________________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
3. Kuzatuvchi
________________________
_____________
(F.I.O.)
(imzo)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: ushbu dalolatnoma abituriyentga berilgan daftarga yelimlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga qabul qilishda yozma imtihon oʻtkazish va uning natijalarini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Abituriyentlarning yozma imtihon savollari boʻyicha yozgan javoblarini
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BAHOLASh MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir savolga berilgan javoblar quyidagi mezonlar asosida 100 ballgacha baholanadi:
mazmunan aniq yoritilgan, mohiyati toʻliq ochib berilgan, mantiqiy izchil ifodalangan; qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslangan holda toʻgʻri javob berilgan; mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan hamda ularning samaralari va natijalari boʻyicha mustaqil ijodiy fikr yuritilgan; tegishli masalalar boʻyicha rivojlangan xorijiy mamlakatlar tajribasi eʼtiborga olingan; fikr mantiqiy ketma-ket bayon etilgan, savol boʻyicha tegishli xulosalar chiqarilgan; huquqiy atamalardan toʻgʻri foydalanilgan.
zarur boʻlgan barcha normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan; normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs, normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sana va uning havola qilingan normasi aniq koʻrsatilgan; qonun hujjatlariga kiritilgan oxirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalar ularning mazmuni va amaliy ahamiyatidan kelib chiqib tahlil qilingan; mazkur sohada qabul qilinishi koʻzda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari xususida yetarlicha maʼlumotga ega.
71 balldan 86 ballgacha
mazmunan yoritilgan, mohiyati ochib berilgan, izchil ifodalangan; qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslangan holda yaxshi javob berilgan; mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilingan; tegishli masalalar boʻyicha xorijiy mamlakatlar tajribasiga murojaat qilingan; fikr ketma-ket bayon etilgan, savol boʻyicha xulosalar chiqarilgan; huquqiy atamalardan toʻgʻri foydalanilgan.
zarur boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan; normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs, normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sana koʻrsatilgan; qonun hujjatlariga kiritilgan oxirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalar eʼtiborga olingan; mazkur sohada qabul qilinishi koʻzda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari xususida qisman maʼlumotga ega.
55 balldan 71 ballgacha
mazmunan qoniqarli darajada yoritilgan; qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga yetarlicha asoslanmagan holda javob berilgan; mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar eʼtiborga olinmagan; savol boʻyicha toʻliq boʻlmagan xulosalar chiqarilgan; ayrim huquqiy atamalar notoʻgʻri qoʻllanilgan.
ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga murojaat qilingan; normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilgan organ yoki mansabdor shaxs, normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan sana koʻrsatilmagan yoki notoʻgʻri koʻrsatilgan; qonun hujjatlariga kiritilgan oxirgi oʻzgartirish va qoʻshimchalar eʼtiborga olinmagan; mazkur sohada qabul qilinishi koʻzda tutilayotgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari xususida maʼlumotga ega emas.
0 balldan 55 ballgacha
26 balldan 55 ballgacha: qonun hujjatlariga va nazariy bilimlarga asoslanmagan holda javob berilgan; mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarga umuman eʼtibor qaratilmagan;
normativ-huquqiy hujjatlarga havolalar mavjud emas yoki mavjud havolalar ham nooʻrin qoʻllanilgan.
1 balldan 25 ballgacha: huquqiy atamalar notoʻgʻri qoʻllanilgan; savol boʻyicha aniq tasavvurga ega emas;
0 ball: notoʻgʻri javob berilgan yoki umuman javob yozilmagan oʻquv adabiyotlaridan va qonun hujjatlaridan soʻzma-soʻz koʻchirilgan.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 30-son, 406-modda; 2016-y., 32-son, 395-modda)