Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.07.2013 yildagi 190-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-2015-yillarda “Jizzax” maxsus industrial zonasining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jizzax” maxsus industrial zonasini tashkil etish toʻgʻrisida” 2013-yil 18-martdagi PF–4516-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda yangidan tashkil etilgan maxsus industrial zonaga xorijiy va mahalliy investitsiyalarni jalb etish, ichki va jahon bozorlarida raqobatbardoshli, yuqori qoʻshilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy va yuqori texnologiyali investitsiya loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashadigan va shu asosda yangi ish oʻrinlari tashkil etishni taʼminlaydigan ishonchli ishlab chiqarish, transport va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini shakllantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda ishlab chiqilgan 2013 — 2015-yillarda “Jizzax” maxsus industrial zonasining transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasini jadal rivojlantirish dasturi (keyingi oʻrinlarda Dastur deb ataladi) maʼqullansin, Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jizzax” maxsus industrial zonasi uchun avtomobil yoʻllari va temir yoʻl infratuzilmasi uchastkalarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*2 va 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jizzax” maxsus industrial zonasi uchun suv taʼminoti, irrigatsiya va kanalizatsiya tizimini rivojlantirish tadbirlari 4-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*4-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jizzax” maxsus industrial zonasi uchun elektr taʼminoti va gaz taʼminoti tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish tadbirlari 5 va 6-ilovalarga* muvofiq.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*5 va 6-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari, boshqa manfaatdor tashkilotlar rahbarlari zimmasiga Dasturga kiritilgan loyihalar boʻyicha maqsadli koʻrsatkichlar va tadbirlarning toʻliq hajmda va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi, shu jumladan loyiha hujjatlarining sifatli ishlab chiqilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Jizzax” maxsus industrial zonasining Maʼmuriy kengashiga, “Jizzax” maxsus industrial zonasi hududida yangidan tashkil etilayotgan quvvatlarni transport, ishlab chiqarish va muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi bilan taʼminlash ustuvorliklaridan kelib chiqib, tasdiqlangan Dasturga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi taqdimnomalari boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Dasturga kiritilgan “Jizzax” maxsus industrial zonasining infratuzilma obyektlarini, shuningdek “Jizzax” maxsus industrial zonasi hamda “Angren” maxsus industrial zonasi maʼmuriy binolarini, loyiha-smeta hujjatlarini ayni bir vaqtda ishlab chiqqan holda, moliyalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilishni 2014-yil 1-yanvargacha amalga oshirishga istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Jizzax” maxsus industrial zonasi Maʼmuriy kengashining “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasini — “Jizzax” maxsus industrial zonasining bosh rejasini ishlab chiqish, shu jumladan uning ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha bosh loyiha tashkiloti etib belgilash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Jizzax” maxsus industrial zonasi Direksiyasi bir oy muddatda “OʻzshaharsozlikLITI” davlat unitar korxonasiga texnik topshiriqni bersin hamda texnik va ekologik talablardan kelib chiqib, sohalar boʻyicha taqsimlagan holda birinchi navbatdagi sanoat klasterlari ajratilishini nazarda tutadigan “Jizzax” maxsus industrial zonasining bosh rejasini ishlab chiqish uchun shartnoma tuzilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi joriy yilda “Jizzax” maxsus industrial zonasi Direksiyasiga hamda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklariga 2013-yilgi kapital qoʻyilmalar limitlarini qayta taqsimlash hisobiga “Jizzax” maxsus industrial zonasining infratuzilma obyektlari bosh rejasini va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishga zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya qoʻmitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda “Jizzax” maxsus industrial zonasi qatnashchilarining buyurtmanomalariga binoan, kelgusida loyihalar tashabbuskorlari tomonidan suv taʼminoti vertikal quduqlari qurish uchun suv resurslarining sanoat zaxiralari boʻyicha maʼlumotlarning taqdim etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 2014-yil va keyingi yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda ularga Dasturda koʻrsatilgan investitsiya loyihalari kiritilishini belgilangan tartibda nazarda tutsinlar, bunda quyidagilarni hisobga olsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jizzax” maxsus industrial zonasining Maʼmuriy kengashida ishlab chiqarish infratuzilmasi va transport kommunikatsiyalarini joylashtiriladigan yangi ishlab chiqarishlar bilan uzviy bogʻliq holda jadal rivojlantirish boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiyalarni jalb etish va respublika mintaqalarida sanoat zonalarini qurish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, “Jizzax” maxsus industrial zonasining infratuzilma obyektlarini qurishga maxsus ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshirish taklif etiladigan loyihalar roʻyxatini aniqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda bajarilayotgan loyihalash va qurilish-montaj ishlarining sifati, shuningdek Dasturga kiritilgan loyihalar doirasida shartnomaviy majburiyatlarga va obyektlarni qurish muddatlariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Iqtisodiyot vazirligi Jizzax va Sirdaryo viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Dasturning amalga oshirilishi yuzasidan tizimli monitoring oʻrnatsin va natijalari boʻyicha har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 1-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 27-son, 353-modda)