Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2018 22.04.2013 yildagi O‘RQ-351-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.10.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil 15-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2013-yil 28-martda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 15-oktabrdagi OʻRQ-499-sonli “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) saylovi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 29-aprelda qabul qilingan “Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi 609–II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 5, 78-modda) oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinadi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 22-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ—351-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(yangi tahriri)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi, ovullardagi mahalla fuqarolar yigʻini (bundan buyon matnda fuqarolar yigʻini deb yuritiladi) raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish va oʻtkazish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etish huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) ishtirok etishi ixtiyoriy hamda erkindir. Fuqarolarga ularni saylovda ishtirok etishga yoki ishtirok etmaslikka majbur qilish maqsadida, shuningdek ularning oʻz xohish-irodasini erkin bildirishiga taʼsir koʻrsatishga hech kim haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash huquqiga saylov kuni oʻn sakkiz yoshga toʻlgan hamda shaharcha, qishloq, ovul, shuningdek shahardagi, shaharchadagi, qishloqdagi, ovuldagi mahalla hududida (bundan buyon matnda tegishli hudud deb yuritiladi) doimiy yashovchi fuqarolar ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolarning fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida ishtirok etishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolarning ishtirok etish huquqlarini biron-bir tarzda bevosita yoki bilvosita cheklash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish oshkoralik, muqobillik va teng saylov huquqi prinsiplari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda oshkoralik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish ochiq va oshkora amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi tashkil etilayotganda hamda oʻtkazilayotganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida fuqarolar voqif etiladi, fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar haqida, ovoz berish yakunlari toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish qanday borayotganligi ommaviy axborot vositalari tomonidan yoritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining muqobillik asosida oʻtkazilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga ikki va undan koʻp nomzod koʻrsatgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazishda teng saylov huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar, teng saylov huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillari yigʻilishining) har bir ishtirokchisi bir ovozga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) va uning maslahatchilarini saylash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari fuqarolar yigʻini tomonidan, fuqarolar yigʻinini chaqirish imkoni boʻlmagan taqdirda esa, fuqarolar vakillarining yigʻilishi tomonidan ikki yarim yil muddatga saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga koʻmaklashadi, zarur hollarda esa ularni binolar, transport va aloqa vositalari bilan taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazish muddatlarini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazish muddatlari saylov boshlanishidan kamida ikki oy oldin Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik tadbirlarini oʻtkazish muddatlari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyasi (bundan buyon matnda Senat Kengashining komissiyasi deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish davriga tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat Kengashi komissiyasining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini qonun hujjatlariga toʻla muvofiq holda tashkil etish hamda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari (bundan buyon matnda komissiyalar deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiyalar saylovni samarali oʻtkazish uchun zarur boʻladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar bilan taʼminlanishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini oʻtkazish masalalari yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish qanday borayotganligi ommaviy axborot vositalarida yoritilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari boʻyicha fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
saylov yakunlari toʻgʻrisida tegishli komissiyalar tomonidan taqdim etilgan axborotni umumlashtirish va koʻrib chiqish, bu axborotni keng jamoatchilik eʼtiboriga yetkazish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Senat Kengashining komissiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi komissiyalarni tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishda fuqarolar yigʻinlariga amaliy yordam koʻrsatish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar hududida tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar komissiyalari tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, tegishli xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashi qarori bilan tuziladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar komissiyalari fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish davriga tuziladi. Tumanlar va shaharlar komissiyalari fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi eʼlon qilinganidan keyin oʻz faoliyatini tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalar tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻinlarining, davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarning vakillari kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar komissiyaga aʼzo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan koʻrsatilgan taqdirda, ular komissiya tarkibidan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Komissiyalarning vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalar oʻz vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining ijrosini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruhlarning (bundan buyon matnda ishchi guruh deb yuritiladi) faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari boʻyicha aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hovlilar, uylar, koʻchalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi normasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruhlardan keyinchalik tegishli tuman, shahar hokimlari bilan kelishish uchun fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni qabul qilib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga doir hujjatlarning namunalarini tasdiqlaydi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadigan byulletenlar namunalari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruhlarning fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari bilan bogʻliq axborotini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqaradi hamda Senat Kengashining komissiyasiga axborot taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish bilan bogʻliq hujjatlarning arxivga yoki idoraviy arxivga topshirilishini taʼminlaydi.
(13-moddaning birinchi qismi oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyalar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha ishchi guruh tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) qarori bilan ishchi guruh tuziladi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining navbatdagi saylovi eʼlon qilinganidan keyin ishchi guruh oʻz faoliyatini tugatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh tarkibiga, qoida tariqasida, fuqarolar yigʻinining, tegishli hududda joylashgan nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning vakillari, shuningdek xalq deputatlari tegishli tuman (shahar) Kengashining deputati kiritiladi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yigʻini organlarining boshqa xodimlari, shuningdek fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning, fuqarolar yigʻini organlari boshqa xodimlarining yaqin qarindoshlari ishchi guruh tarkibiga kiritilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar ishchi guruhga aʼzo shaxslar yoxud ularning yaqin qarindoshlari orasidan koʻrsatilgan taqdirda, ular ishchi guruh tarkibidan chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Ishchi guruhning vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) oʻtkaziladigan sana, vaqt va joyni belgilaydi hamda uni oʻtkazishdan kamida besh kun oldin bu haqda tegishli hududda yashovchi fuqarolarni xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hovlilar, uylar, koʻchalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi boʻyicha umumiy yigʻilishlarini tashkil etadi va oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hovlilar, uylar, koʻchalar hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisi umumiy yigʻilishining ishtirokchilarini roʻyxatga oladi hamda fuqarolarning saylangan vakillari haqidagi maʼlumotlarni koʻrsatgan holda aholining umumiy yigʻilishi bayonnomasini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikrini hisobga olgan holda tegishli komissiyaga taqdim etish uchun fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalari yuzasidan aholi oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarining takroriy saylovi, shuningdek boʻshab qolgan oʻrinlarga fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi oʻtkazilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish masalalariga doir fuqarolarning murojaatlarini koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlar koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar koʻrsatish tegishli hududda doimiy yashovchi fuqarolarning fikri inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni tayyorlaydi va tuman yoki shahar hokimi bilan kelishish uchun tegishli komissiyaga saylovdan kamida oʻn kun oldin taqdim etadi. Hujjatlarga fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning oʻz nomzodi koʻrsatilishiga yozma roziligi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman yoki shahar hokimi fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini koʻrib chiqadi va oʻzining ushbu nomzodlar boʻyicha asoslantirilgan xulosalarini keyinchalik ishchi guruhlarga topshirish uchun tegishli komissiyalarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh tuman yoki shahar hokimining xulosasini olganidan keyin fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga kelishilgan nomzodlar haqidagi axborotni saylovdan kamida besh kun oldin fuqarolar yigʻini binosiga va guzarlarga osib qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari boʻlishi, qoida tariqasida, oliy maʼlumotga ega boʻlishi, bevosita saylovga qadar kamida besh yil tegishli hududda doimiy yashayotgan boʻlishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, davlat organlarida yoki nodavlat notijorat tashkilotlarda yoxud tadbirkorlik va boshqa xoʻjalik faoliyati sohasida ish tajribasiga, shuningdek hayotiy tajribaga va aholi oʻrtasida obroʻ-eʼtiborga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan, ogʻir yoxud oʻta ogʻir jinoyatlarni sodir etganlik uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar, shuningdek sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan, haqiqiy harbiy xizmatdagi shaxslar, diniy tashkilotlarning professional xizmatchilari fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga saylanish uchun nomzod etib koʻrsatilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining miqdor tarkibini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilarining miqdor tarkibi hovlilar, uylar, koʻchalardan hamda shaharchalardagi, qishloqlardagi va ovullardagi mahallalardan fuqarolarning vakilligi inobatga olingan holda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) maslahatchilari lavozimlariga nomzodlar tegishli hududda doimiy yashaydigan fuqarolarning fikrlari inobatga olingan holda ishchi guruh tomonidan koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtkazish uchun fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) chaqirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda chaqiriladi va oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar vakillari yigʻilishiga hovlilar, uylar, koʻchalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi. Tarkibida mahallalar mavjud boʻlgan shaharchalar, qishloqlar va ovullar fuqarolar vakillarining yigʻilishiga mahallalardan fuqarolarning vakillari yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakillik normasini tegishli komissiya belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Fuqarolar yigʻinini (fuqarolar vakillarining yigʻilishini) oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) ishchi guruhning rahbari raisligida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) kun tartibiga, qoida tariqasida, quyidagi masalalar kiritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoq komissiyasini saylash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisini (oqsoqolini) saylash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) maslahatchilarini saylash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillari yigʻilishining) ish reglamenti, shu jumladan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning maʼruzalari, ularning muhokamasi, savollar va javoblar uchun vaqt belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi boʻyicha ovoz berish natijalarini aniqlash uchun fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan kamida uch kishidan iborat tarkibda sanoq komissiyasi saylanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni eʼlon qiladi. Shundan soʻng fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning har biriga soʻz beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarning maʼruzasi alifbo tartibida oʻtkazilib, nomzodlar oʻzining kelgusi faoliyat dasturini eʼlon qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylashda ovoz berish shakllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilarini saylash ochiq yoki yashirin ovoz berish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berish shakli toʻgʻrisidagi qaror fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Ovoz berishni oʻtkazish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi ochiq ovoz berish orqali oʻtkazilayotganda ovoz berish har bir nomzod boʻyicha qoʻl koʻtarish yoʻli bilan oʻtkaziladi. Bunda fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzodlar boʻyicha ovoz berish oʻtkazilganidan keyin, fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) raislik qiluvchi fuqarolar yigʻini raisining (oqsoqolining) maslahatchilari lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi yashirin ovoz berish orqali oʻtkazilayotganda fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) ishtirokchilariga sanoq komissiyasi tomonidan saylov byulletenlari (bundan buyon matnda byulleten deb yuritiladi) beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byulletenga fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilarini saylashda byulletenlarni berish bevosita ovoz berishdan oldin boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byulleten ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasida yoki xonasida toʻldiriladi. Ovoz beruvchi byulletenning oʻng tomonida oʻzi yoqlab ovoz berayotgan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchisi lavozimiga nomzodning familiyasi qarshisida joylashgan boʻsh kvadratga belgi-krestik qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz beruvchi toʻldirilgan byulletenni saylov qutisiga tashlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Saylov qutilari ovoz berish tugaganidan keyin sanoq komissiyasi tomonidan ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Byulletenlarning namunalari va shakllari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Ovozlarni sanab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlar sanoq komissiyasi tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga har bir nomzod boʻyicha sanab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Sanoq komissiyasining bayonnomasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovozlarni sanash natijalari boʻyicha sanoq komissiyasi tomonidan bayonnoma tuziladi va bayonnoma sanoq komissiyasining raisi hamda aʼzolari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoq komissiyasining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) ishtirokchilarining umumiy soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovoz berishda qatnashgan fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) ishtirokchilarining soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashirin ovoz berish oʻtkazilganida byulleten olgan fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) ishtirokchilarining soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga har bir nomzodni yoqlab berilgan ovozlar soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yashirin ovoz berish oʻtkazilganida haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar soni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sanoq komissiyasining bayonnomasi sanoq komissiyasining raisi tomonidan oʻqib eshittiriladi va fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi yakunlarini chiqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning yarmidan koʻprogʻi ovozini olgan nomzod fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchisi lavozimiga saylangan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi yakunlari boʻyicha qaror qabul qiladi, mazkur qaror fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) raislik qiluvchi tomonidan oʻqib eshittiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bayonnomasi ikki nusxada tuzilib, bir nusxasi saylov yakunlarini umumlashtirish uchun tegishli tuman va shahar komissiyasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli tuman va shahar komissiyalari fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovi yakunlariga doir umumlashtirilgan maʼlumotlarni yuqori turuvchi komissiyaga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini oʻtmagan yoki haqiqiy emas deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida fuqarolar yigʻinida ishtirok etuvchilar roʻyxatiga kiritilgan fuqarolarning yarmidan kamrogʻi ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb topiladi. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi fuqarolar vakillarining yigʻilishlarida oʻtkazilgan taqdirda, agar yigʻilishda hovlilar, uylar, koʻchalardan hamda shaharchalar, qishloqlar va ovullar mahallalaridan fuqarolar vakillarining uchdan ikki qismidan kami ishtirok etgan boʻlsa, saylov oʻtmagan deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylovi davomida yoki ovozlarni sanab chiqishda yoʻl qoʻyilib, ovoz berish yakunlariga taʼsir qilgan qoidabuzarliklar tufayli saylov sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovida takroriy ovoz berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga ikki nafardan ortiq nomzod koʻrsatilgan va ulardan birontasi ham saylanmagan boʻlsa, fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) eng koʻp ovoz olgan ikki nomzod boʻyicha takroriy ovoz berishni oʻtkazish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Takroriy ovoz berish ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroriy ovoz berish chogʻida ovoz berishda ishtirok etgan fuqarolarning ovozini boshqa nomzodga nisbatan koʻproq olgan nomzod fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga saylangan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovi quyidagi hollarda oʻtkaziladi, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avvalgi saylov oʻtmagan yoki haqiqiy emas deb topilgan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
takroriy ovoz berish fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari saylanganligini aniqlash imkonini bermasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolar yigʻinida (fuqarolar vakillarining yigʻilishida) fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari lavozimiga koʻpi bilan ikki nafar nomzod koʻrsatilgan hamda ulardan birontasi ham saylanmagan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari takroriy saylovi ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda bir oylik muddatdan kechiktirmasdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Boʻshab qolgan oʻrinlarga fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) yoki uning maslahatchilari vakolatlari muddatidan ilgari tugatilgan taqdirda, tegishli fuqarolar yigʻinlarida ushbu Qonunning talablariga rioya etilgan holda yangi saylov oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari ustidan shikoyat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻinining (fuqarolar vakillari yigʻilishining) fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari boʻyicha qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari boʻyicha fuqarolar yigʻini organlarini shakllantirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi natijalari boʻyicha fuqarolar yigʻini (fuqarolar vakillarining yigʻilishi) bir oy ichida fuqarolar yigʻini kengashini shakllantiradi, fuqarolar yigʻini faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalarni va taftish komissiyasini saylaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 17-son, 220-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)