Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 23.07.1999 yildagi PF-2342-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KORXONALAR BANKROTLIGI VA SANATSIYASI MEXANIZMINI TAKOMILLAShTIRISh TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy nochor korxonalarni tugatish jarayonini tezlashtirish, vaqtincha iqtisodiy qiyinchilikka duch kelgan, biroq moliya-xoʻjalik faoliyatini sogʻlomlashtirish uchun haqiqiy imkoniyatga ega boʻlgan korxonalarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi masalalari boʻyicha hukumat komissiyasining yangi tarkibi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova berilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 19-iyuldagi PF-3626-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 28-29-son, 204-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashqi boshqaruvchilar va tugatuvchi boshqaruvchilarga qarzdor korxonalar yoki ularning mulkini sotishda kreditorlar yigʻilishi (qoʻmitasi) roziligi bilan quyidagilarga ruxsat berilsin:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 8-yanvardagi PF-3376-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridorga xizmat koʻrsatadigan tijorat banki tegishli kafolatni taqdim qilgan taqdirda korxona yoki mulkni bir yildan ortiq boʻlmagan muddatga haqini boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arzon-garov va tez ishlatib boʻlinadigan mulkni, shuningdek xom-ashyo va tayyor mahsulotning qolgan qismini kim oshdi savdosi oʻtkazmasdan, oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha sotish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiy sudlar bankrot korxonalarni tugatuvchi boshqaruvchilar tomonidan debitorlik qarzini majburiy tarzda undirib olish boʻyicha taqdim etilgan materiallarni davlat boji toʻlanmasdan turib ham bu bojni aybdor tomondan keyinchalik undirib olinishini belgilagan holda koʻrib chiqishni taʼminlasin.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 11-sentabrdagi PF-5187-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 980-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 6-noyabrdagi PF-3675-sonli Farmoniga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2005-y., 45-son, 337-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Korxonalar bankrotligi va sanatsiyasi boʻyicha hukumat komissiyasi, Iqtisodiy nochor korxonalar ishi boʻyicha qoʻmita va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddat ichida Vazirlar Mahkamasiga Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda boshqa qonun hujjatlarini mazkur Farmon asosida oʻzgartirish va ularga qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonning bajarilishi boʻyicha qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 23-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-2342-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-y., 7-son, 170-modda; 2003-y., 8-son, 121-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda; 2005-y., 28-29-son, 204-modda; 2005-y., 45-son, 337-modda; 2017-y., 37-son, 980-modda)