Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimining
Qarori
TRAKTORLAR, OʻZIYuRAR ShASSILAR, MELIORATIV YOʻL-QURILISh MAShINALARI VA TRAKTOR TIRKAMALARINI MAJBURIY TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Surxondaryo viloyati Denov tumani hokimining 2014-yil 23-yanvardagi 26-sonli “Tumandagi qishloq xoʻjaligi va meliorativ texnikalarni, shuningdek mashina-traktor parklari, ustaxonalar va servis punktlarining asbob-uskunalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2004-yil 15-noyabrdagi 248-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom (roʻyxat raqami 1432, 2004-yil 17-noyabr)ga asosan 2013-yilda yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan barcha traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini (keyingi oʻrinlarda “Mashinalar” deb yuritiladi) majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazishni tashkil qilish maqsadida qaror qilaman:
1. Barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan va belgilangan tartibda tuman “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasida roʻyxatdan oʻtkazilgan barcha mashinalarning 2013-yilda majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazilishi taʼminlansin.
2. “Oʻzdavtexnazorat” organlarida roʻyxatda oʻtkazilgan yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan mashinalarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tuman “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi (A. Yakubov) zimmasiga yuklatilsin.
3. Mashinalar texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun quyidagi yigʻimlar undirilsin:
traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalariga — eng kam oylik ish haqining 0,08 foizi;
traktor tirkamalariga — eng kam oylik ish haqining 0,04 foizi;
birinchi texnik koʻrikdan nosoz deb topilgan mashinalar takroriy texnik koʻrikdan oʻtkazilganligi uchun belgilangan miqdorda yigʻim qayta undirilishi belgilab qoʻyilsin.
4. Texnik koʻrikni oʻtkazishda:
barcha mashinalarning texnik holati va jihozlari standart talablariga, yoʻl harakati va texnika xavfsizligi qoidalari hamda normalariga mos kelishi;
texnik koʻrik boshlangunga qadar barcha diagnostika apparatlari tekshirilishi, maxsus mashinalar, harakatlanuvchi taʼmirlash va tuzatish ustaxonalarining jihozlanganligiga alohida eʼtibor qaratilsin.
5. 2013-yilda texnik koʻrikni uyushqoqlik bilan sifatli oʻtkazish, mashinalarning texnik holati, ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishi ustidan samarali nazoratni tashkil etish maqsadida, tuman hokimligining harakat xavfsizligini taʼminlash komissiyasi tuzilsin.
Komissiya aʼzolarining, tarkibi 1-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*1-ilova berilmaydi.
6. Tuman “Oʻzdavtexnazorat” inspeksiyasi (A. Yakubov)ga har bir korxona, tashkilot va muassasalarda transport vositalarini texnik koʻrikdan oʻtkazilishi boʻyicha 2-ilovaga asosan tasdiqlangan reja jadvalni tashkilotlar rahbarlariga yetkazish hamda oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuklatilsin.
7. Tumandagi har bir oʻziyurar mashina hamda traktorlar tirkamalari egalari zimmasiga texnik koʻrik boʻyicha tuman “Davtexnazorat” inspeksiyasiga kerakli hujjatlarni oʻz vaqtida va toʻliq taqdim qilish yuklatilsin.
8. Tumandagi barcha traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ yoʻl-qurilish mashinalari va traktor tirkamalaridan tushadigan majburiy sugʻurta badalini undirish sugʻurta tashkilotlari rahbarlari zimmasiga yuklatilsin.
9. Tuman hokimining 2012-yil 28-apreldagi 181-son qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilsin.
10. Mazkur qaror rasmiy nashrda eʼlon qilinganidan boshlab kuchga kirishi belgilab qoʻyilsin.
11. Ushbu qaror ijrosini nazorat qilish tuman hokimining birinchi oʻrinbosari A. Ismoilov zimmasiga yuklatilsin.
Hokim B. MAMATQULOV
Denov sh.,
2012-yil 22-dekabr,
451-son
Denov tuman hokimining 2012-yil 22-dekabrdagi 451-sonli qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Traktorlar, oʻziyurar shassilar, meliorativ, yoʻl qurilish mashinalari va traktor tirkamalarini yillik majburiy texnik koʻrikdan oʻtkazish
grafik jadvali
| T/r |
Hududlar nomi |
Texnik koʻrikdan oʻtkazish vaqti | Mashinalar soni |
| 1 | Mirzaqulov Davron A.MMTP | 04.03.2013 | 85 |
| 2 | Nazarov E.O. MMTP | 05.03.2013 | 26 |
| 3 | Ibroxim-Imron Fayz MMTP | 06.03.2013 | 20 |
| 4 | Denov Xolchayon MMTP | 07.03.2013 | 20 |
| 5 | Surxon Zarafshon Koʻrki MMTP | 08.03.2013 | 23 |
| 6 | Aloviddin Sharofiddin MMTP | 09.03.2013 | 20 |
| 7 | Denov Bobur MMTP | 11.03.2013 | 23 |
| 8 | M. Mirali MMTP | 12.03.2013 | 20 |
| 9 | Gʻalla urugʻchiligi xoʻjaligi | 13.03.2013 | 47 |
| 10 | Kamoliddin Sharofiddin MMTP | 14.03.2013 | 40 |
| 11 | Ximoyiddin Asomiddin MMTP | 15.03.2013 | 44 |
| 12 | Denov Xazarbogʻ Mingbogʻ MMTP | 16.03.2013 | 109 |
| 13 | Jamoliddin-Ximoyiddin MMTP | 18.03.2013 | 10 |
| 14 | Ergash Shukur MMTP | 19.03.2013 | 19 |
| 15 | Mustaqillik MMTP | 20.03.2013 | 5 |
| 16 | Navruz MMTP | 22.03.2013 | 10 |