Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 04.09.1990 yildagi PF-52-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyati Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
JUMHURIYAT YoShLARINI ARMIYAGA ChAQIRIShNI VA ULARNING HARBIY XIZMATNI OʻTAShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORALARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Haqiqiy harbiy xizmatga chaqirilayotgan Oʻzbekiston SSJ fuqarolarining huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, ularning oilalari manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek jumhuriyat yoshlarini harbiy xizmatga chaqirishni va xizmatni oʻtashni takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1990-yil kuzgi chaqiriqdan boshlab jumhuriyat yigitlarini Oʻzbekiston SSJdan tashqarida joylashgan harbiy qurilish qismlariga chaqirish toʻxtatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Bundan buyon yoshlarni SSSR Qurolli Kuchlariga jumhuriyat Hukumati Ittifoq idoralari bilan tuzadigan shartnomalarga muvofiq chaqirish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi 1991-yil bahorgi chaqiriqqa qadar tegishli Ittifoq idoralari bilan chaqiriluvchilar sonini, ularning harbiy xizmatni oʻtash shartlarini, ularning xavfsizligi hamda muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga kafolatlarni belgilab beradigan shartnomalar tuzsin. Chaqiriluvchilarni harbiy qismlarga kuzatib borish va ularni doimiy istiqomat joylariga qaytarish koʻzda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tinch davrda harbiy xizmat burchini bajarish chogʻida akasi yoki ukasi halok boʻlgan yigitlarni muddatli harbiy xizmatga chaqirish taʼqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Shikast yetishi natijasida hozirgi vaqtda nogiron boʻlib qolgan muddatli xizmatdagi harbiy xizmatchilarga, shuningdek harbiy xizmatni oʻtash davrida halok boʻlganlarning oilalariga jumhuriyat mablagʻi hisobidan qoʻshimcha nafaqa belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi mazkur qoʻshimcha nafaqalarni ajratish tartibi va shartlarini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Farmonning 1, 2, 3-bandlarini bajarilishini taʼminlash, shuningdek armiyaga chaqiriluvchilar harbiy xizmatni oʻtashida konstitutsion normalarga soʻzsiz rioya qilinishi uchun tegishli idoralarning masʼuliyatini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston SSJ Harbiy komissarligiga jumhuriyat idorasi maqomi berilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyati harbiy komissarligini tashkil etish uchun jumhuriyat budjetidan mablagʻ ajratilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jumhuriyat harbiy komissarligi toʻgʻrisidagi Nizom Oʻzbekiston Oliy Kengashi koʻrib chiqishi uchun taqdim etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi armiyaga chaqirilish yoshidagi yigitlarning salomatligini mustahkamlash, chaqiriq komissiyalarida qattiq nazoratni taʼminlash ishlarini tashkil etish uchun qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston SSJ Sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari lavozimini joriy etsin hamda Qoraqalpogʻiston MSSJ Sogʻliqni saqlash vazirligiga, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi sogʻliqni saqlash boshqarmalari (boʻlimlari)ga bittadan shtat ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoraqalpogʻiston MSSJ Vazirlar Kengashi, viloyat ijroiya qoʻmitalari va Toshkent shahar ijroiya qoʻmitasi kasaba uyushmalari va komsomol tashkilotlari bilan birgalikda Oʻzbekiston SSJdan chaqirilgan yigitlar xizmat qilayotgan harbiy qismlarga otalik qilish ishlarini kuchaytirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamoatchilik, urush va mehnat veteranlari vakillari, madaniyat va sanʼat arboblari, badiiy havaskorlarning harbiy boʻlinmalarga muntazam borib turishi tashkil etilsin, jumhuriyat hayotini yorituvchi kitoblar, davriy nashrlar, kinofilmlar yuborib turilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ofitsyerlar sostavini tayyorlash maqsadida tub millatga mansub yigitlarni tanlash va ularni harbiy oʻquv yurtlariga yuborish yuzasidan sobitqadamlik bilan ish olib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston SSJ Vazirlar Kengashi quyi harbiy komissarliklar oʻzbek tilini va mazkur joyda yashovchi aholi koʻpchiligining tilini bilgan xodimlar bilan mustahkamlashda jumhuriyat harbiy komissarligiga zarur yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston SSJdan saylangan SSSR xalq deputatlari, Oʻzbekiston SSJ Oliy Kengashining qoʻmitalari va komissiyalari SSSR Oliy Kengashida boʻlajak harbiy islohot loyihasini koʻrib chiqish chogʻida jumhuriyat manfaatlari va mamlakatning mudofaa qobiliyatiga asoslanib, faol ishtirok etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ommaviy axborot vositalari qismlarda harbiy intizomni buzish faktlarini va aybdorlarga nisbatan koʻrilgan choralarni keng yoritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Jumhuriyatining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1990-yil 4-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-52-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1990-y., 25-27-con, 330-modda)