Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2018 30.01.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2419
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 30.01.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2419
Kuchga kirish sanasi
04.02.2013
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.07.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 30-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2419]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2018-yil 14-iyundagi 01-02/12-47-sonli “Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida” qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2419-3, 05.07.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 328-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartibotlarni liberallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 2-son, 24-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi Z. DUSANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yil 28-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-02/12-10-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2013-yil 28-yanvardagi 01-02/12-10-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Import qilinadigan tovarlarni bojxonada rasmiylashtirishda davriy bojxona deklaratsiyasini taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF–4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-yil, 29-son, 328-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 30-dekabrdagi 379-son “Tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirish bilan bogʻliq tartibotlarni liberallashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-yil, 2-son, 24-modda) muvofiq davriy bojxona deklaratsiyasidan foydalangan holda “erkin muomalaga chiqarish” (keyingi oʻrinlarda – import deb yuritiladi) bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarni deklaratsiyalash tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir xil tovarlar — ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi (TIF TN) boʻyicha tovar kodining oʻnta belgili darajasi bir xil boʻlgan tovarlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayni bir shaxs tomonidan doimiy olib oʻtish — bir xil tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan koʻp marta bitta yuk joʻnatuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib oʻtilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati boʻyicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan joʻnatilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan bitta jismoniy shaxsning qoʻl yukida va bagajida olib oʻtilayotgan tovar yoki uning bir qismi.
(1-bandning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Davriy bojxona deklaratsiyasi (keyingi oʻrinlarda — DBD deb yuritiladi) bir xil tovarlarni import bojxona rejimida ayni bir shaxs tomonidan doimiy olib oʻtishda rasmiylashtiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida DBDning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi hududiga import qilinishi taqiqlangan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) litsenziyalar boʻyicha import qilinadigan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) vakolatli organlarning ruxsatnomasi talab qilinadigan (muvofiqlik, gigiyena, veterinariya sertifikatlari va karantin ruxsatnomasi bundan mustasno).
(3-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2014-yil 14-noyabrdagi 01-02/12-25-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-1, 24.11.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 48-son, 574-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Deklarantda bojxona toʻlovlaridan qarzdorlik va ular boʻyicha penyalar, ushbu toʻlovlar boʻyicha kechiktirib va boʻlib-boʻlib toʻlash imtiyozi berilganligi uchun foizlar hamda bojxona qoidalarini buzganligi uchun jarimalar mavjud boʻlgan holatlarda davriy bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tovarlarning davriy bojxona rasmiylashtiruvi bojxona postida ikki bosqichda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi bosqichda DBD rasmiylashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi bosqichda toʻliq bojxona yuk deklaratsiyasi (keyingi oʻrinlarda – BYuD deb yuritiladi) rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Davriy bojxona rasmiylashtiruvida transport va tovar kuzatuv hujjatlari deklarant tomonidan bojxona postiga DBDda koʻrsatilgan har bir tovarlar turkumi uchun bojxona koʻrigi boshlanishidan oldin taqdim etiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. DBDda rasmiylashtirilgan tovarlarning qolgan turkumi DBD rasmiylashtirilgan bojxona postiga taqdim etiladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. DBDni rasmiylashtirishning birinchi bosqichi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Davriy bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun DBD bilan birga bojxona organlariga tovarlarni rasmiylashtiruv davomida taqdim qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar deklarant tomonidan bojxona postiga tovarlarning dastlabki turkumini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish paytida taqdim etiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatlar bojxona postiga “Tovarlarni elektron deklaratsiyalash” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli organlar va bojxona rasmiylashtiruvi mutaxassisi tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron koʻrinishda ham taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. DBD olib kelingan dastlabki tovarlar turkumining shartnomada koʻrsatilgan umumiy miqdoriga BYuD blanklarida yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda DBDda koʻrsatilgan tovarlarning toʻliq miqdori uchun bojxona toʻlovlari toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. DBDda koʻrsatilgan tovarlarning har bir turkumi import bojxona rejimi asosida tovarga nisbatan vakolatga ega boʻlgan shaxsning toʻla ixtiyoriga berilishi ularni bojxona koʻrigidan oʻtkazilgandan soʻng amalga oshiriladi. Kelgusida har bir tovarlar turkumining nazorati va hisobini yuritish uchun bojxona koʻrigi dalolatnomasi, transport va tovar kuzatuv hujjatlarining nusxalari, tegishli sertifikatlar (sertifikatlanishi majburiy boʻlgan tovarlar uchun) va ruxsatnomalar bojxona posti yigʻma jildida saqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tovarlarni bojxona koʻrigini amalga oshiruvchi bojxona postining mansabdor shaxsi DBDning 1 va 4-nusxalarining orqa qismida DBD boʻyicha tovarning tartib raqami, TIF TN kodi, miqdori va bojxona koʻrigi dalolatnomasi tartib raqami boʻyicha maʼlumotlarni qayd etib boradi. Mazkur yozuv bojxona posti mansabdor shaxsining shaxsiy raqamli muhri va bojxona postining tegishli shtampi bilan tasdiqlanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. DBD import bojxona rejimiga asosan BYuDni toʻldirish tartibiga muvofiq, quyidagi xususiyatlarni inobatga olgan holda toʻldiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) DBDning 1-ustuni birinchi qismida “PE” harfli belgi koʻrsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 44-ustunida 8-raqam bilan “Tovarlar KK.OO.YYgacha taqdim etiladi” degan qoʻshimcha yozuv yoziladi, bunda KK.OO.YY – (kun, oy va yilning oxirgi ikki raqami) tovarni bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiradigan bojxona postiga taqdim etishning oxirgi sanasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 50-ustunda “Taqdim etilgan maʼlumotlar uchun javobgarlik ...” degan soʻzlardan keyin “BYuDni “20__” yil “___”_______gacha taqdim etish majburiyatini olaman” degan soʻzlar bilan toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. DBDni rasmiylashtirishning ikkinchi bosqichi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. DBDda koʻrsatilgan muddat tugagunga qadar deklarant tomonidan toʻliq BYuD taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Toʻliq BYuDni taqdim etish muddati DBD rasmiylashtirilgan sanadan 60 (oltmish) kalendar kunidan oshmasligi lozim. DBD rasmiylashtirgan bojxona posti toʻliq BYuDni taqdim etish muddatini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Olib kirilayotgan tovarlarning umumiy miqdori DBDda koʻrsatilgan miqdordan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bojxona toʻlovlari summasini hisoblashda, toʻliq BYuDda DBD qabul qilingan kunda amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari va xorijiy valyutalar kursi qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarga aniqlik kiritish natijasida hisoblangan bojxona toʻlovlari summasi DBDda koʻrsatilgan toʻlovlar summasidan ortadigan boʻlsa ular qoʻshimcha toʻlanadi, kamayish holatlarida esa bojxona organi oʻrtadagi farqni toʻlovchiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi yoki toʻlovchining xohishiga koʻra uni keyingi toʻlovlar hisobiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Toʻliq BYuD quyidagi hollarda rasmiylashtirilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DBDda koʻrsatilmagan tovarlar kelganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qolgan tovarlar turkumi olib kirilganda dastlabki tovarlar turkumini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazishda koʻrsatilmagan, iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilishiga taʼsir koʻrsatuvchi hujjatlar taqdim etilgan taqdirda;
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki tovarlar turkumini rasmiylashtirishda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilishiga asos boʻlgan hujjatlarni qolgan turkum tovarlarni olib kirishda taqdim etmaganda.
(17-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur holatlarda yangi BYuD Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 261-moddasida belgilangan 15 kunlik muddat ichida taqdim etilishi shart.
(17-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Toʻliq BYuDni rasmiylashtirishda quyidagi xususiyatlar inobatga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) BYuDga aynan DBDga berilgan tartib raqam qoʻyiladi va ular bir-biridan ajralmas qismlar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) BYuDning 44-ustunida 8-raqam bilan “PE dan keyingi deklaratsiyalash” degan soʻzlar yoziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Toʻliq BYuDning “D” ustunida bojxona postining mansabdor shaxsi tomonidan tovarlarni haqiqatda rasmiylashtirilgan sanasi qoʻshimcha yoziladi (DBDda koʻrsatilgan tovarlarning oxirgi turkumining rasmiylashtiruv sanasi).
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 1-apreldagi 01-02/12-17-sonli qarori (roʻyxat raqami 2419-2, 07.04.2016-y.) tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 14-son, 138-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bojxona rasmiylashtiruvida taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarning haqqoniyligi uchun deklarant javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 5-son, 64-modda; 2014-y., 48-son, 574-modda; 2016-y., 14-son, 138-modda)