Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2019 29.12.2012 yildagi 371-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.06.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oliy taʼlim muassasalari reytingini baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 467-sonli “Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oliy taʼlim muassasalarining ilmiy hamda pedagogik faoliyati darajasi va sifatini oshirishni, ular tomonidan yuqori, tegishli xalqaro mezonlar va standartlarga, oliy oʻquv yurtlarining professor-oʻqituvchilar tarkibining ilmiy salohiyatidan foydalanish koʻrsatkichlariga erishishni, oʻqitishning hamda iqtisodiyotning real tarmoqlarida talab katta boʻlgan yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishni ragʻbatlantirish, shuningdek taʼlim sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, tarkibida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarning 2013-yildan boshlab oliy taʼlim muassasalari reytingini ilovaga muvofiq baholash tizimini joriy etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika oliy taʼlim muassasalari reytingini tuzish va uni baholash funksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga yuklansin, quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy oʻquv yurtlarining ilmiy-pedagogik faoliyati darajasi va sifatini xarakterlovchi maʼlumotlarni tizimli ravishda toʻplash va maʼlumotlar bazasini shakllantirish, olingan koʻrsatkichlarni ishlab chiqilgan mezonlarga muvofiq baholash asosida respublika oliy taʼlim muassasalari reytingini har yili tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspertlar va ish beruvchilardan soʻrovlar natijalari asosida, yetakchi xalqaro reyting tashkilotlarining ilgʻor tajribasini, respublikaning oliy taʼlim tizimini rivojlantirish ustuvorliklarini hisobga olgan holda oliy taʼlim muassasalari reytingini tuzish metodikasini yanada takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyting baholari asosida respublikada oliy taʼlimni rivojlantirishning holati toʻgʻrisida har yilgi tahliliy axborotni tayyorlash va uni oliy taʼlim muassasalarining ilmiy-pedagogik faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish, uning samaradorligini, yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash darajasi va sifatini oshirish boʻyicha aniq takliflar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalari reytingi natijalarini har yili 1-martgacha chop etish va ommaviy axborot vositalarida keng yoritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda qoʻshma qaror bilan Oliy taʼlim muassasalari reytingini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2013-yilgi respublika oliy taʼlim muassasalari reytingini baholash yakunlari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan Nizomga, uni amaliyotda sinash natijasida toʻplangan tajribani hisobga olgan holda zarur oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2013-yildan boshlab, Davlat budjetining har yilgi parametrlarini shakllantirishda asoslangan hisob-kitoblar boʻyicha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markaziga oliy taʼlim muassasalari reytingini tuzish va uni chop etish chora-tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.I.Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 29-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
371-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 371-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalari reytingi tuzilmasi*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Reytingni tuzuvchi — Davlat test markazi ‎‎

Reytingni tuzishning davriyligi — har yili, natijalarini ommaviy axborot vositalarida chop etgan holda‎‎

T/r‎

Koʻrsatkich‎

Koʻrsatkichning umumiy reytingdagi salmogʻi‎

Yakuniy reyting
shu jumladan: ‎
100%‎
I. Oʻqitish sifati darajasining indeksi‎ 35%‎
1.1. ‎

Xorijiy oliy taʼlim muassasalari darajasiga (PhD) ega boʻlgan, jahondagi 300 ta eng yaxshi oliy oʻquv yurtlari jumlasiga kiradigan professor-oʻqituvchilar tarkibi (POʻT) ulushi (umumiy soniga nisbatan % hisobida) ‎

7%‎
1.2‎.

Oʻqitish sifati darajasi (oliy oʻquv yurti talabalaridan soʻrov natijalari boʻyicha)‎

7%‎‎
1.3‎.

Yil mobaynida oliy oʻquv yurtlari oʻqituvchilari tomonidan nashr etilgan darsliklar va oʻquv qoʻllanmalari soni (100 nafar POʻT hisobiga)‎

5%‎
1.4.‎

Xorijiy oʻqituvchilar va xorijiy talabalar ulushi (tegishli ravishda umumiy soniga nisbatan % hisobida)‎

4%‎
1.5‎

Xorijiy oliy oʻquv yurtlari bilan almashish dasturlari soni‎

4%‎
1.6.‎

Xorijiy tilda oʻqitiladigan taʼlim (mutaxassisliklar) yoʻnalishlari boʻyicha soni (umumiy soniga nisbatan % hisobida)‎

3%‎
1.7.‎

POʻTning xorijiy tillarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini bilish darajasi ‎

3%‎
1.8.‎

Oʻquv jarayonida laboratoriya va yordamchi uskunalardan foydalanish ‎

2%‎
II. Talabalar va bitiruvchilar malakasining indeksi‎ 20%‎
2.1.‎

Bitiruvchilar malakasini ish beruvchilardan soʻrov natijalari boʻyicha baholash‎

10%
2.2.‎

Xalqaro va respublika olimpiadalarida va nufuzli tanlovlarda mukofotlar (diplomlar) va sovrinli oʻrinlar bilan taqdirlangan talabalar soni‎

5%‎
2.3‎.

Oʻqishni tugatgandan keyin 6 oy mobaynida mutaxassislik boʻyicha ishga joylashgan bitiruvchilar ulushi‎

5%‎
III. Oliy oʻquv yurtining ilmiy salohiyati‎
3.1.‎

Xalqaro indekslar maʼlumotlari boʻyicha oliy oʻquv yurtining POʻT tomonidan chop etilgan materiallardan iqtiboslar darajasi ‎

8%‎
3.2‎.

Yil mobaynida xorijiy referatsiyalanadigan ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalar va intellektual mulk obyektlariga olingan sertifikatlar (patentlar) soni (1 nafar POʻT hisobiga)‎

7%‎
3.3. ‎

Oliy oʻquv yurti xodimlari tomonidan himoya qilingan doktorlik dissertatsiyalari va chop etilgan monografiyalar soni (100 nafar POʻT hisobiga)‎

4%‎
3.4.

Ilmiy-tadqiqot faoliyatidan olingan mablagʻlar (1 nafar POʻT hisobiga), shu jumladan:‎

16%‎

xorijiy ilmiy fondlar va tadqiqot markazlarining grantlari va buyurtmalari hisobiga olingan mablagʻlar (1 nafar POʻT hisobiga);‎

7%‎

iqtisodiyot tarmoqlari buyurtmalari boʻyicha oʻtkazilgan tadqiqotlardan, shuningdek davlat grantlari hisobiga olingan mablagʻlar (1 nafar POʻT hisobiga)‎

9%‎
IV. Boshqa koʻrsatkichlar‎
4.1.‎

Axborot-resurs markazining oʻquv adabiyotlari, shu jumladan elektron kitoblar bilan taʼminlanganligi, elektron resurslardan masofadan foydalanishning mavjudligi (1 nafar talaba va 1 nafar POʻT hisobiga fondlar soni) ‎

4%‎
4.2.‎

Oʻquv jarayonida va ilmiy-tadqiqot ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanish darajasi (kompyuter texnikasi, multimediy uskunasi, Internetdan foydalanish) ‎

3%‎
4.3.‎

Internetda oliy oʻquv yurti toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish (oliy oʻquv yurti veb-saytining sifati, oliy oʻquv yurti toʻgʻrisida zarur axborotning chop etilgan maqolalar va materiallarning, foydalanuvchilarning elektron soʻrovlari uchun bogʻlanish maʼlumotlarining mavjudligi, saytning yangilab borilishi) ‎

2%‎
4.4.‎

Oliy oʻquv yurtining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi muassasalarida oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazayotgan POʻT soni‎

1%‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Izoh: oliy oʻquv yurtlari faoliyatini baholash mezonlari oliy taʼlimni rivojlantirish ustuvor yoʻnalishlarini hisobga olgan holda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2013-y., 1-son, 10-modda)