23.10.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2395
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining qarori, 23.10.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2395
Kuchga kirish sanasi
02.11.2012
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT GEOLOGIYA VA MINERAL RESURSLAR QOʻMITASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
GEOLOGIYA-QIDIRUV ISHLARI QIYMATINI JORIY NARXLARDA HISOB-KITOB QILISH TARTIBI TOʻGʻRISIDA YOʻRIQNOMANI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2395]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son “Geologiya-razvedka ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 35-36-son, 301-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-iyundagi 165-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 235-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais v.b. I. TOʻRAMUROTOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 3-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasining 2012-yil 3-sentabrdagi 5-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi va uning tizimidagi tashkilotlar, “Navoiyuran” davlat korxonasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ tomonidan amalga oshiriladigan geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2023-yil 16-iyundagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2395-1, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi Bilan kelishilgan geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturiga kiritiladigan obyektlarga oid loyiha-smeta hujjatlarini tuzishda qoʻllaniladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2023-yil 16-iyundagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2395-1, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan va Geologiya-qidiruv ishlarining yillik dasturlarini Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning (roʻyxat raqami 2662, 2015-yil 2-aprel) 3-bandida koʻrsatilgan geologiya-qidiruv ishlarining turlariga tatbiq etiladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2023-yil 16-iyundagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2395-1, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa manbalardan moliyalashtiriladigan geologiya-qidiruv ishlari uchun ushbu Yoʻriqnoma tavsiya xususiyatiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Yoʻriqnomadan foydalanishda geologiya-qidiruv ishlarining tegishli turlari boʻyicha Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan tasdiqlangan, materiallar xarajati normalari, mehnat xarajatlari normalari, har bir ish turi uchun zarur asbob-uskunaning roʻyxati keltirilgan smeta normalari qoʻllaniladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2023-yil 16-iyundagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2395-1, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilishning asosi boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlariga oid smeta normalaridan foydalanilgan holda xarajatlarni hisob-kitob qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sarfi qiymatini baholash uchun Statistika hisoboti shakllarining (roʻyxat raqami 3401, 2022-yil 12-dekabr) 43-ilovasiga muvofiq shakldagi Mehnat hisobotiga (bundan buyon matnda 1-T hisoboti deb yuritiladi) muvofiq oʻtgan yil uchun ishlab chiqarish xodimlarining oʻrtacha ish haqini qoʻllash;
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2023-yil 16-iyundagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2395-1, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moddiy resurslarga oid amaldagi mavjud narxlar kataloglarini yuritish va smetani tuzish chogʻidagi hisob-kitoblarda ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasiga oid xarajatlarni hisob-kitob qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Smeta normalarida yoki boshqa hujjatlarda koʻzda tutilmagan geologiya-qidiruv ishlari qiymatini yangi smeta normalari chiqqunga qadar belgilangan tartibda buyurtmachi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan loyiha tarkibida koʻzda tutiladigan ish tarkibiga, shunga oʻxshash ish turi yoki xarajatlar asoslangan holda hisob-kitob qilish boʻyicha loyihalashtiriladiganiga yaqin boʻlgan ishlar turi uchun tasdiqlangan normalar boʻyicha belgilash mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Geologiya-qidiruv ishlariga geologiyaga oid axborot beradigan barcha turdagi ishlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qoʻshimcha ishlar va xarajatlarga vaqtinchalik dala bazalarini jihozlash, yuklar va xodimlarni transportda tashish xarajatlari va qoplanadigan xarajatlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Geologiya-qidiruv ishlari obyektlaridagi vaqtinchalik dala bazalarini jihozlashning joriy narxlardagi smeta qiymati, ushbu ishlar hajmlaridan va ularni bajarishga oid smeta narxlaridan kelib chiqqan holda loyihani amalga oshirish vaqtiga belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Loyiha maʼlumotlariga koʻra konstruksiyalarni, binolar va inshootlarni buzib tashlash natijasida takroran qoʻllash uchun yaroqli boʻlgan konstruksiyalar, materiallar va buyumlar olish koʻzda tutiladigan hollarda smetalar yakuni boʻyicha mablagʻlar miqdorini kamaytiradigan “qaytarma materiallar” maʼlumot uchun keltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bajarilgan ishlarga oid dalolatnoma tuzishda bunday konstruksiyalar, materiallar va buyumlar qiymati komissiya tomonidan eskirishini chegirishni, shuningdek ularni foydalanish uchun yaroqli holga keltirishga doir xarajatlarni hisobga olgan xolda belgilanadi. Komissiya buyurtmachi tomonidan uning rahbari (rahbar oʻrinbosari) yoki bosh muhandisi raisligida ijrochining ishtirokida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya tarkibiga buyurtmachining masʼul mutaxassislari, buxgalteriya xodimlari va moddiy javobgar shaxslari kiritilishi lozim. Komissiya buyurtmachi rahbarining buyrugʻi bilan tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Binolar va inshootlarni qurishda va qismlarga ajratishdagi (buzib tashlashda) ishlarning qishki qimmatlashishiga oid xarajatlar smetaga alohida satr bilan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Kompleks ishlab chiqarish-texnik va sanitariya-maishiy ehtiyojlar, shuningdek smeta normalarida koʻzda tutilgan asbob-uskunalar toʻplamiga kirmaydigan, burgʻulash brigadasi ish joyini berkitish uchun foydalaniladigan mobil binolar va inshootlarning amortizatsiyasiga oid xarajatlar loyiha tarkibida tasdiqlanadigan tegishli hisob-kitob bilan belgilanadi va dala ishlari qiymatiga loyihaning amal qilish muddatiga qoʻshimcha xarajatlar sifatida alohida satr bilan kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Koʻchki, surilma va sel xavfi boʻlgan hududlarda geologiya-qidiruv ishlarini olib borishni taʼminlaydigan chora-tadbirlarga oid xarajatlar loyiha bilan asoslangan ishlar hajmlaridan hamda joriy narxlardagi smeta hisob-kitoblarni tuzishdan kelib chiqqan holda belgilanadi. Ushbu chora-tadbirlarga, xususan, dambalarni, koʻchki toʻsqichlarini, ogohlantiruvchi belgilarni, serpantinlarni, pana joylarni, toshli devorlarni, gʻovlarni barpo etish, koʻchki, surilma va sel hosil boʻlishi yuzasidan muntazam kuzatuvlar olib borish, koʻchkilarni sunʼiy ravishda portlatish va akustik usullar yordamida bartaraf etish, toshqinlarni oldini olishga doir ishlarni bajarish va boshqalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vaqtinchalik yoʻllarni tiklashga, yoʻllar, aerodromlar (qordan tozalashdan tashqari), soʻqmoqlarni, daryolar farvaterlarini va ishlab chiqarish maqsadidagi boshqa qurilish obyektlarini foydalanishga yaroqli holda saqlashga oid xarajatlar smeta normalari boʻyicha belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Yordamchi ishlar va xarajatlarga alohida satrlar bilan loyiha tarkibida tasdiqlanadigan barcha xarajatlar asoslangan holda hisob-kitoblar bilan belgilanadigan quyida sanab oʻtiladigan xarajatlar ham kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishlar smetasiga kirmaydigan asbob-uskunalarni montaj qilish va ishga tushirish-sozlash ishlariga, shu jumladan mavjud qoʻshimcha va yordamchi asbob-uskunalarni hisobga olgan holda hisoblash komplekslariga oid asbob-uskunalarni oʻrnatish va montaj qilishga doir xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kon-shaxta uskunalarini almashtirishga doir ishlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yuklar va ishlab chiqarish xodimlarini ish joyiga olib borish va qaytarib kelish, texnikani boshqa joyga koʻchirishga oid xarajatlarning joriy narxlardagi smeta qiymati oxirgi yildagi ushbu ishlarga boʻlgan amalda qilingan xarajatlarning dala ishlarining umumiy qiymatiga oʻzaro nisbati boʻyicha belgilanadi. Alohida ish turlariga oid texnologik va maxsus transport xarajatlari smeta normalari boʻyicha hisob-kitob qilingan hollarda umumiy transport xarajatlarini hisob-kitob qilishda ular chiqarib tashlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoplanadigan xarajatlarga qonunchilikda koʻzda tutilgan hamda amalda qilingan xarajatlar (xizmat safarlari, dala taʼminoti va yerdan foydalanuvchilarning zararlarini qoplash) boʻyicha ishlarni bajaruvchilarga qaytariladigan xarajatlar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Maqsadiga koʻra xizmat safarlari quyidagilarga boʻlinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish (geologiya-qidiruv ishlarini loyihalash hamda tematik va boshqa ishlarni bajarish uchun materiallar toʻplash, loyiha boʻyicha ish jarayonida olingan geologik natijalarni himoyalash boʻyicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning vazifalariga bogʻliq yigʻilishlarda, konferensiyalarda, anjumanlarda, shu jumladan xorijdagi, qatnashish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xizmat safarlariga oid smeta xarajatlari qonunchilikda belgilangan limitlar doirasida xizmat safarlarining soni va davomiyligidan, borish manzillaridan, yoʻlkira qiymati va xizmat safarlari xarajatlari miqdoridan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilish orqali belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Yer uchastkalarini olib qoʻyish yoki vaqtinchalik band qilish natijasida yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, yer uchastkalari ijarachilariga va mulkdorlariga yetkazilgan zararlar boʻyicha xarajatlar qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Materiallar, asbob-uskunalar va ishlab chiqarish xodimlarining soʻnggi yil uchun oʻrtacha ish haqi darajasiga oid narxlarning oʻzgarishiga qarab ikkinchi va keyingi har bir yil uchun smeta qiymatiga umumiy smeta qiymati qayta tasdiqlangan holda smeta ishlari qoldiqlarini bevosita qaytadan hisob-kitob qilish orqali tuzatishlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Smetaga foiz hisobida kiritiladigan xarajatlar rasmiylashtirilgan (rahbar va bosh buxgalterning imzosi va muhri bilan), va oxirgi yil uchun geologiya-qidiruv ishlarini bajarayotgan tashkilotning (yoki uning tuzilmaviy boʻlinmalarining) amaldagi xarajatlari asosida tuzilgan maʼlumotnomalar boʻyicha asoslanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish uslubiyoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Geologiya-qidiruv ishlariga oid smetalarni tuzish uchun quyidagi koʻrsatkichlardan dastlabki maʼlumotlar sifatida foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xodimlarining ish haqi miqdorlarini belgilash uchun amaldagi mehnat sarfi normalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muayyan ish turiga oid qabul qilingan oʻlchov birliklarida materiallarning amaldagi xarajat normalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir ish turini bajarishda qoʻllaniladigan asosiy vositalar turlari hamda ularga oid amortizatsiya ajratmalar toʻgʻrisida amaldagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Joriy narxlardagi smetalarni tuzishda xarajatlarning har bir qismi smetani tuzish paytida amaldagi narxlarga, meʼyoriy hujjatlarga va qonunchilik hujjatlariga muvofiq hisob-kitob qilinadi.
(23-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya-qidiruv ishlari birligi qiymati ishlab chiqarish xarajatlaridan, davr xarajatlaridan va ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan 10 % gacha miqdordagi foydadan tashkil topadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ishlab chiqarish xarajatlari quyidagi xarajatlar turlarini oʻz ichiga oladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish moddiy xarajatlar (qaytariladigan chiqitlar qiymati chiqarib tashlangan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xususiyatiga ega boʻlgan mehnatga haq toʻlash xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishga tegishli boʻlgan ijtimoiy sugʻurtaga ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy fondlar va ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega boʻlgan boshqa xarajatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Davr xarajatlari va foyda koeffitsiyenti geologiya-qidiruv ishlarining har bir turi uchun ishlab chiqarish xarajatlariga nisbatan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Geologiya-qidiruv ishlari birligining joriy narxlardagi qiymati quyidagi formula boʻyicha belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S = (Szp+Sm+Sa+Sp) x Krp.p, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
S — geologiya-qidiruv ishlari birligining joriy narxlardagi qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Szp — yagona ijtimoiy toʻlovlar (bundan buyon matnda YAIT deb yuritiladi) ajratmalarini, geologiya-qidiruv ishlari birligini hisobga olgan holda ish haqiga oid xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sm — geologiya-qidiruv ishlari birligining smeta normalarida hisobga olingan materiallarga, shu jumladan yoqilgʻi, moylash materiallari, elektr energiyasi, siqilgan havoga oid xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sa — har bir ish turi boʻyicha asosiy vositalar roʻyxatiga kiritilgan mashinalar, mexanizmlar, asbob-uskunalarning amortizatsiyasiga oid xarajatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sp — quyidagi formula boʻyicha belgilanadigan ishlab chiqarish tavsifidagi boshqa xarajatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sp = Szp x Kpr/100, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kpr — mazkur Yoʻriqnomaning 32-bandida oʻrnatilgan tartibda aniqlanadigan ishlab chiqarish tavsifidagi boshqa xarajatlar koeffitsiyenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Krp.p — quyidagi formula boʻyicha belgilanadigan davr xarajatlari va foyda koeffitsiyenti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Krp.p = 1+U/100, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
U — mazkur Yoʻriqnomaning 34-bandida belgilangan tartibda aniqlanadigan davr xarajatlari va foyda darajasi (miqdori).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. YAIT ajratmalarini hisobga olgan holda ish haqiga oid xarajatlar kishi-soatlardagi normativ mehnat sarfi smeta normalarining tegishli jadvallari boʻyicha joriy bir kishi soat qiymatiga (soʻmda) hamda quyidagi formula boʻyicha YAIT ajratmalari miqdorini hisobga oladigan koeffitsiyentga koʻpaytirish orqali belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Szp = T x Sch x Kss, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T — kishi-soatlardagi tegishli smeta normasi boʻyicha ishlarning normativ mehnat sarfi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sch — ishlab chiqarish xodimlari birligining oʻrtacha soatdagi ish haqi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kss — quyidagi formula boʻyicha aniqlanadigan YAIT ajratmalarining koeffitsiyenti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kss = (1+ YAITstavkasi/100).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oʻrtacha soatdagi ish haqi quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sch = Zms / F / Ch, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zms — oʻtgan yil uchun ishlab chiqarish xodimlarining oʻrtacha oylik ish haqi (ishlab chiqarish xodimlari va maʼmuriyatga ajratgan holda 1-T hisoboti), smeta tarkibiga alohida satrda kiritilgan dala taʼminoti va xizmat safarlari boʻyicha kompensatsiya toʻlovlari bundan mustasno. Geologiya-qidiruv ishlarini bajarayotgan va yuridik shaxs boʻlmagan boʻlinmalar uchun yuqori turuvchi tashkilotga (kon-metallurgiya kombinatiga) taqdim etiladigan, ishlab chiqarish xodimlari va maʼmuriyatga ajratgan holda 1-T hisoboti qabul qilinadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligining oʻtgan yil uchun maʼlumotlari boʻyicha soatlardagi oʻrtacha oylik ish vaqtining fondi;
(28-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2023-yil 16-iyundagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2395-1, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ch —Oʻtgan yil uchun ishlab chiqarish xodimlarining oylik oʻrtacha soni.
(28-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2023-yil 16-iyundagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2395-1, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Materiallar, shu jumladan yoqilgʻi, moylash materiallari, elektr energiyasi, siqilgan havo qismi boʻyicha xarajatlar materiallarga oid smeta normalari va narxlarga muvofiq har bir ish turi boʻyicha materiallar xarajatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Materiallarning joriy narxlardagi qiymati konyunkturani (yaʼni talab va takliflarni) hisobga olgan holda ichki va tashqi bozorlardagi mavjud narxlarning umumiy darajasidan kelib chiqqan holda quyidagi formula boʻyicha belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mn — material sarfining normasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Si — 1 dona materialning joriy narxlardagi birlik narxi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Joriy narxlar ishlab chiqaruvchi tashkilotlarning va materiallarni yetkazib beruvchilarning sotish narxlari, birja narxlari, Oʻzbekiston Respublikasi hududida qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishda qoʻllaniladigan moddiy-texnika resurslarining joriy narxlari katalogi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobi Milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”ning (roʻyxat raqami 3259, 2020-yil 30-iyun) 52-bandiga muvofiq belgilanishi mumkin.
(30-band Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2023-yil 16-iyundagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2395-1, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Amortizatsiya qismi boʻyicha xarajatlar ushbu ish turida foydalanilayotgan muayyan uskunaning qiymati asosida, qayta baholashni, undan foydalanish vaqtini, loyihada asoslangan amortizatsiyaga oid normalar va usullarni hisoblashni hisobga olgan holda dastlabki qiymati boʻyicha aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amortizatsion ajratmalarini aniqlash Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) va Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining Milliy standarti (5-son BHMS) “Asosiy vositalar”ga (roʻyxat raqami 1299, 2004-yil 20-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 3-son, 35-modda) muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mavsumiy geologiya-qidiruv ishlarini bajarishda amortizatsiya smeta normalariga tuzatish koeffitsiyentlarini qoʻllash orqali mavsumiy ish davridan qatʼi nazar, butun yilga umumiy norma boʻyicha hisob-kitob qilish orqali belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisob-kitoblarda rezerv uskuna amortizatsiyasi faqat loyihada tegishli asos mavjud boʻlgandagina koʻzda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Ishlab chiqarish tavsifidagi boshqa xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq xarajatlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishlab chiqarish tavsifidagi boshqa xarajatlar koeffitsiyenti (Kpr) oʻtgan yildagi ishlab chiqarish tavsifidagi boshqa xarajatlar miqdorini ushbu davr uchun YAIT ajratmalarini hisobga olgan holda ish haqi xarajatlari miqdoriga nisbatan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish uchun davr xarajatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Davr xarajatlariga bevosita ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan xarajatlar va sarflar, yaʼni xoʻjalik yurituvchi subyektning boshqarish boʻyicha xarajatlari, umumxoʻjalik maqsadidagi boshqa xarajatlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha-smeta hujjatlarini tuzishda geologiya-qidiruv ishlari qiymati joriy narxlarda qoʻllaniladigan davr xarajatlari va foyda miqdori Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son “Moliyaviy hisobot shakllari va ularni toʻldirish boʻyicha qoidalarni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻining (roʻyxat raqami 1209, 2003-yil 24-yanvar) 2-son shakldagi moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot — 2-shakl, 1-T hisoboti va Statistika hisoboti shakllarining (roʻyxat raqami 3401, 2022-yil 12-dekabr) 96-ilovasiga muvofiq shakldagi tashkilot xoʻjalik faoliyatining asosiy koʻrsatkichlari toʻgʻrisida hisoboti, shuningdek hisobot koʻrsatkichlarining tahlili asosida oʻtgan yil uchun amaldagi maʼlumotlar boʻyicha hisob-kitob qilinadi.
(33-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2023-yil 16-iyundagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2395-1, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davr xarajatlari miqdorini belgilashda foydani hisob-kitob qilishda hisobga olinayotgan xarajatlar roʻyxatiga kiruvchi qismlarni hisobdan chiqarish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Davr xarajatlari va foyda darajasi (miqdori) geologiya-qidiruv ishlarining ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan foizlarda, quyidagi formula boʻyicha aniqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
U = (Srp + P) / Spr x 100, bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
U — davr xarajatlari va foydaning tegishli bazis davrida (oxirgi yil) oʻz kuchi bilan bajarilgan geologiya-qidiruv ishlarining ishlab chiqarish tannarxiga nisbatan foizlardagi darajasi (miqdori);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Srp – tegishli bazis davrida qabul qilingan davr xarajatlari (geologiya-qidiruv ishlariga oid qiymat koʻrsatkichi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
P — ishlab chiqarish tannarxining 10 % oshmaydigan miqdorda tegishli bazis davrida qabul qilingan foyda (geologiya-qidiruv ishlariga oid qiymat koʻrsatkichi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Spr — buxgalteriya hisobotining maʼlumotlariga koʻra oʻz kuchlari bilan tegishli bazis davrida (oxirgi yil) bajarilgan geologiya-qidiruv ishlarining ishlab chiqarish tannarxi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish uchun foyda hisobiga qilinadigan xarajatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Loyiha-smeta hujjatlarini tuzishda foyda hisobiga qilinadigan hamda geologiya-qidiruv ishlarining joriy narxlardagi qiymatiga kiritiladigan xarajatlar roʻyxati etib, quyidagilar hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda oʻrnatilgan stavkalarda yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi, shuningdek oʻzga soliq va yigʻimlar boʻyicha qilingan xarajatlar;
(35-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2023-yil 16-iyundagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2395-1, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning bevosita ishlab chiqarishdagi ishtiroki bilan bogʻliq boʻlmagan sogʻliqni saqlash va dam olishni tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarga oid xarajatlar (davolanish va dam olish, ekskursiyalar va sayohatlarga, sport seksiyalarida, toʻgaraklarida, klublarida shugʻullanish uchun ajratiladigan yoʻllanmalar, madaniy-koʻngilochar va jismoniy tarbiya (sport) tadbirlariga borish, obuna boʻlish va boshqa shunga oʻxshash toʻlovlar), xodimlarning ovqatlanish va yoʻlkira xarajatlarini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoa shartnomasiga muvofiq pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga bir martalik nafaqalar (faqat boshqaruv xodimlariga toʻlovlar hisobga olinadi, chunki ishlab chiqarish xodimlariga toʻlovlar geologiya-qidiruv tashkilotining 1-T hisobotiga oid qabul qilinayotgan asosiy ish haqida hisobga olinadi*);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sogʻliqni saqlash obyektlarini, qariyalar va nogironlar uylarini, sogʻlomlashtirish oromgohlarini, madaniyat va sport obyektlarini, xalq taʼlimi muassasalarini, shuningdek uy-joy fondini saqlashga oid xarajatlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy sugʻurtaga oid ajratmalarni hisobga olgan holda xodimlarga jamoa shartnomasi boʻyicha qonunchilikda koʻzda tutilganidan tashqari qoʻshimcha taʼtillar, ular boʻyicha kompensatsiyalar toʻlash (faqat boshqaruv xodimlariga toʻlovlar hisobga olinadi, chunki ishlab chiqarish xodimlariga toʻlovlar geologiya-qidiruv tashkilotining 1-T hisobotiga oid qabul qilinayotgan asosiy ish haqida hisobga olinadi*);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy sugʻurtaga oid belgilangan ajratmalarni hisobga olgan holda jamoa shartnomasi doirasida xodimlariga moddiy yordam toʻlashga oid xarajatlar (bunda faqat boshqaruv xodimlari boʻyicha hisobga olinadi, chunki ishlab chiqarish xodimlari boʻyicha ular geologiya-qidiruv tashkilotining 1-T hisoboti maʼlumotlari boʻyicha qabul qilinayotgan asosiy ish haqlarida hisobga olinadi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Geologiya-qidiruv ishlarini olib borayotgan va yuridik shaxslar hisoblanmaydigan boʻlinmalar uchun (ishlab chiqarish xodimlari va maʼmuriyatga ajratgan holda) yuqori turuvchi tashkilotga (kon-metallurgiya kombinatiga) taqdim etiladigan 1-T hisoboti taqdim etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Geologiya-qidiruv ishlarining umumiy qiymatiga geologiya-qidiruv ishlari qiymatining asosiy narx belgilovchi komponentlariga prognoz qilinayotgan narxlarni oʻsish indeksidan kelib chiqib aniqlanadigan tavakkalchilik koeffitsiyenti qoʻllanadi. Tavakkalchilik koeffitsiyenti buyurtmachi va ijro etuvchi oʻrtasida kelishilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi maʼlumotlari boʻyicha navbatdagi yilga “Yer osti boyliklari geologiyasi va qidiruvi” sohasi boʻyicha prognoz qilinayotgan inflyatsiya darajasida qabul qilinadi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining 2023-yil 16-iyundagi 5-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2395-1, 27.06.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Geologiya-qidiruv ishlari qiymatini joriy narxlarda hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK va “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-avgust 2012-y.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vaziri G.SAIDOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-avgust 2012-y.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. ZOKIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-avgust 2012-y.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK Bosh direktori K. SANAQULOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-avgust 2012-y.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” OAJ Bosh direktori A.FARMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-avgust 2012-y.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 43-son, 498-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 04.07.2023-y., 10/23/2395-1/0444-son)