Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 14.08.2012 yildagi 245-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QIShLOQ XOʻJALIGI TEXNIKASI, MAShINALARI VA ASBOB-USKUNALARINING “UZBEKISTAN AGROTECHMASH EXPO-2012” XALQARO IXTISOSLAShTIRILGAN KOʻRGAZMASINI OʻTKAZIShNI TAShKIL ETISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2012 — 2016-yillarda Qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yanada modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida” 2012-yil 21-maydagi PQ–1758-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek qishloq xoʻjaligini jahon talablariga va standartlariga javob beradigan, mamlakatimizda ishlab chiqarilgan zamonaviy, yuqori unumli qishloq xoʻjaligi texnikasi va texnologik asbob-uskunalar bilan taʼminlash darajasini tubdan oshirish, qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash uchun xorijiy investitsiyalarni, eng avvalo, yetakchi chet el kompaniyalarining toʻgʻridan toʻgʻri investitsiyalarini keng jalb etish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-maydagi PQ–1758-son qarori bilan tashkil etilgan Idoralararo komissiyaning (keyingi oʻrinlarda Idoralararo komissiya deb ataladi), Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligining “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazma markazining koʻrgazma maydonlari negizida 2012-yil 10-oktabrdan 12-oktabrgacha Qishloq xoʻjaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining “Uzbekistan AGROTECHMASH EXPO-2012” xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasini (keyingi oʻrinlarda koʻrgazma deb ataladi) oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarining “Uzbekistan AGROTECHMASH EXPO-2012” xalqaro ixtisoslashtirilgan koʻrgazmasini oʻtkazishning tematik rejasi 1-ilovaga muvofiq*;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har kunlik tematik seminarlarni oʻtkazishning namunaviy ssenariysi 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 2-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, “Oʻzekspomarkaz” Milliy koʻrgazma markazining koʻrgazma maydonlari ishtirokchilarga 3-ilovaga* muvofiq imtiyozli shartlarda beriladi, koʻrgazma stendlarini qurish va qoʻshimcha koʻrgazma uskunalarini taqdim etish va xizmatlar koʻrsatish belgilangan normativlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*3-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi mahalliy davlat hokimiyati organlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari, agrofirmalar va fermer xoʻjaliklari rahbarlarining koʻrgazmaga tashrifini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Idoralararo komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda yetakchi qishloq xoʻjaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalari ishlab chiqaruvchilarni, shu jumladan mahalliy ishlab chiqaruvchilarni koʻrgazmada qatnashishga jalb etish yuzasidan faol reklama-axborot ishlarini va tashkiliy ishlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlariga koʻrgazmada tuzilgan kontraktlar boʻyicha qishloq xoʻjaligi texnikasi, mashinalari va asbob-uskunalarini tender savdolari oʻtkazmasdan xarid qilishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan birgalikda koʻrgazmaning sifatli oʻtkazilishini va koʻrgazma doirasida tuzilgan kontraktlarning roʻyxatga olinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Idoralararo komissiya Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan birgalikda koʻrgazma natijalariga koʻra ishlab chiqarish va qishloq xoʻjaligiga yetkazib berish uchun eng yaxshi jahon namunalariga mos keladigan hamda xalqaro talablar va standartlarga javob beradigan texnikaning zamonaviy va yuqori unumli turlarini tanlab olish yuzasidan 2012-yil 31-oktabrgacha boʻlgan muddatda Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi hamda qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarining buyurtmanomalariga koʻra koʻrgazmaning xorijiy ishtirokchilariga kirish vizalarining konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirmasdan tezkorlik bilan rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi koʻrgazma oʻtkaziladigan, shuningdek koʻrgazma ishtirokchilari yashaydigan joylarda jamoat tartibi va yongʻin xavfsizligini toʻlov undirmasdan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent” aeroportida koʻrgazma ishtirokchilarini kutib olishni va kuzatib qoʻyishni, ularga transport xizmati koʻrsatishni tashkil etish boʻyicha faoliyat koʻrsatayotgan shtabning ishlari muvofiqlashtirilishini taʼminlasin, uning zarur miqdorda tashkiliy texnika va aloqa vositalari bilan jihozlashni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrgazma ishtirokchilariga manfaatdor vazirliklar va idoralarning oʻz vaqtida taqdim etilgan buyurtmanomalariga koʻra aviachiptalar band qilib qoʻyilishini va sotilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Toshkent” aeroportida koʻrgazma ishtirokchilariga CIP zali orqali xizmat koʻrsatilishini, shuningdek koʻrgazma yuklarining yuklab-tushirilishini toʻlov undirmasdan taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aeroport binosi xonalarining koʻrgazmani tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tomonidan taqdim etilgan koʻrgazma reklamalari bilan bezatilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, koʻrgazmada ishtirok etadigan qishloq xoʻjaligi mashinasozligi korxonalarining buyurtmanomalariga koʻra koʻrgazmaga yuborilayotgan koʻrgazma yuklarining belgilangan stavkalarning kamida 30 foizi miqdorida chegirma bilan maxsus imtiyozli tariflar boʻyicha tashilishini, toʻlov undirmasdan yuklarning belgilangan manzilga yetkazib berilishi va koʻrgazmaga temir yoʻlda olib kelinayotgan yuklarni tushirish uchun vagonlarning oʻz vaqtida qoʻyilishi tezkor kuzatib turilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi koʻrgazma ishlarining ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari U.U.Rozuqulov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 14-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 33-34-son, 392-modda)