Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
OLIY TAʼLIM MUASSASALARI TALABALARIGA STIPENDIYALAR TAYINLASh VA TOʻLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI YOʻRIQNOMAGA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 7-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1339-3]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligining 2020-yil 11-martdagi 8-2020, 11-sonli “Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1339-6, 27.03.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 20-iyuldagi “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 341-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2004-y., 7-son, 69-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 23-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi 553-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1992-y., 12-son, 37-modda), shuningdek oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibini yanada takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. 2004-yil 10-martdagi 2-P va 43-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi qarori bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 1339, 2004-yil 16-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 15-son, 184-modda) Oliy taʼlim muassasalari talabalariga stipendiyalar tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga ilovaga* muvofiq qoʻshimchalar kiritilsin.
*Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. Mazkur qaror 2012-yil 1-sentabrdan boshlab kuchga kiradi.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri B. XODIYEV
Toshkent sh.,
2012-yil 2-avgust,
5-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2012-yil 2-avgust,
56-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 32-son, 380-modda)