Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2021 16.07.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2378
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 16.07.2012 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2378
Kuchga kirish sanasi
26.07.2012
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.08.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki BOShQARUVIning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MIKROKREDIT TAShKILOTLARI TOMONIDAN AKTIVLAR SIFATINI TASNIFLASh, AKTIVLAR BOʻYIChA EHTIMOLIY YOʻQOTIShLARNI QOPLASh ZAXIRALARINI YaRATISh VA ULARDAN FOYDALANISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2378 ]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2021-yil 2-apreldagi 5/10-sonli “Mikrokredit tashkilotlari va lombardlar faoliyatini muvofiqlashtirish va tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3300, 07.05.2021-y.) asosan 2021-yil 8-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda) va “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-son “2011—2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mikrokredit tashkilotlari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 23-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19/3-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2012-yil 23-iyundagi 19/3-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrokredit tashkilotlari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda) qonunlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 26-noyabrdagi PQ–1438-son “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 48-son, 442-modda) muvofiq, mikrokredit tashkilotlari tomonidan aktivlar sifatini tasniflash, aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aktivlar boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxirasi (keyingi oʻrinlarda aktivlar boʻyicha zaxira deb yuritiladi) — mikrokredit tashkiloti kredit portfeli va balansdan tashqari majburiyatlari yuzasidan koʻrilishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplash uchun tashkil etiladigan zaxira;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus zaxira — “substandart”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflangan aktivlar boʻyicha yuzaga kelishi mumkin boʻlgan zararlarni qoplashga moʻljallangan zaxira;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muddati oʻtgan ssudalar (aktivlar) — kredit shartnomasida koʻrsatilgan mikroqarz, mikrokredit va mikrolizingning asosiy qismini qaytarish va (yoki) unga doir hisoblangan foizlarni toʻlash jadvali boʻyicha muddati kechiktirilgan va toʻlanmagan ssudalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartlari qayta koʻrib chiqilgan (restrukturizatsiya qilingan) ssudalar (aktivlar) — qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashishi sababli toʻlovning dastlabki shartlari oʻzgargan (foiz stavkasining kamaytirilishi yoki hisoblangan foizlarning undirib olinmasligi, jami asosiy qarzning kamaytirilishi yoki undan voz kechilishi, kreditni toʻlash muddatining kechiktirilishi yoki uzaytirilishi, foizlarga doir toʻlovlarning bir qismi yoki umumiy miqdoridan voz kechish, kreditni restrukturizatsiyalash zarurligi natijasida qilinishi mumkin boʻlgan boshqa imtiyozlar) ssudalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mikrokredit tashkilotining hisobotlarida aktivlar sifati toʻgʻri aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mikrokredit tashkiloti aktivlarni oʻz vaqtida va toʻgʻri tasniflashi hamda ular boʻyicha zaxira tashkil etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Aktivlar sifatini tasniflash tizimi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mikrokredit tashkilotining xavf-xatarga ega boʻlgan barcha aktivlari, shu jumladan koʻrsatiladigan mikromoliyaviy xizmatlar, boshqa kredit tashkilotlaridagi barcha mablagʻlari, investitsiyalari, qarzdorlarga berilgan aktivlarning oʻrniga garovga qoʻyilgan mol-mulklari, balansdan tashqari majburiyatlari (kafolati, kafilligi va boshqa majburiyatlari) tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib, doimiy ravishda tasniflanishi va ularga lozim darajada aktivlar boʻyicha zaxira yaratilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda zaxiralar “yaxshi”, “substandart”, “shubhali” va “umidsiz” deb tasniflanadigan aktivlar boʻyicha toifalarga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. ”Yaxshi” deb tasniflangan aktivlar boʻyicha zaxira tashkil etish talab qilinmaydi. “Substandart” aktivlar boʻyicha — 25 foiz, “shubhali” aktivlar boʻyicha — 50 foiz, “umidsiz” aktivlar boʻyicha — 100 foiz miqdorda zaxira yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aktivlarning tasniflanishi va ularga belgilangan miqdorda zaxira yaratilishi ushbu aktivlarning qoldiq summasi hisob-kitobi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qaytmaslik xavfi boʻlmagan aktivlar “yaxshi” deb tasniflanadi. Muddati oʻtgan va shartlari qayta koʻrib chiqilgan (restrukturizatsiya qilingan) ssudalar (aktivlar) “yaxshi” aktiv sifatida tasniflanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ssudalarni (aktivlarni) qaytarish grafigiga asosan, asosiy qarz summasi va (yoki) u boʻyicha hisoblangan foizlar 30 kundan ortiq muddatga kechiktirilganda “substandart” aktiv sifatida, asosiy qarz summasi va (yoki) u boʻyicha hisoblangan foizlar 60 kundan ortiq muddatga kechiktirilganda “shubhali” aktiv sifatida hamda asosiy qarz summasi va (yoki) u boʻyicha hisoblangan foizlar 90 kundan ortiq muddatga kechiktirilganda yoki shartnoma boʻyicha oxirgi qaytarish muddati oʻtganda “umidsiz” aktiv sifatida tasniflanadi va belgilangan miqdorda zaxiralar tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Aktivlar boʻyicha zaxiralarni yaratish va ulardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Aktivlar boʻyicha zaxiralarning yaratilishi davriy ravishda har oyning soʻnggi sanasiga qadar kamida bir marta har bir aktiv boʻyicha amalga oshirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aktivlar boʻyicha yaratilgan zaxiralar Foyda va zararlar toʻgʻrisidagi hisobotda aks ettirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Aktivning hisobdan chiqarilishi aktivning qisman yoki toʻliq qaytarilishi mumkinligini inkor etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki aktivlar mikrokredit tashkiloti tomonidan mazkur Nizom talablari asosida tasniflanib, yetarli darajada zaxira yaratilmagan hollarda, aktivlar boʻyicha zaxiralarni yaratish boʻyicha qoʻshimcha ajratmalar ajratilishini talab qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Aktivlar boʻyicha zaxirani yaratishga oid buxgalteriya oʻtkazmalari qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Mikrokredit tashkilotining ijro etuvchi organi aktivlar boʻyicha zaxiralarning yetarlilik darajasini doimiy ravishda ushlab turishning taʼminlanishi uchun javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. ”Umidsiz” aktivlar tegishli zaxiralarni kamaytirish hisobiga mikrokredit tashkilotining yuqori boshqaruv organi qaroriga asosan hisobdan chiqarilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mikrokredit tashkiloti ijro etuvchi organi moliyaviy yil yakuni boʻyicha mikrokredit tashkiloti ishtirokchilari (aksiyadorlari) umumiy yigʻilishida “umidsiz” aktivlarni undirish boʻyicha qoʻllangan chora-tadbirlar haqida hisobot berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 29-son, 340-modda)