“Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni va Vazirlar Mahkamasining “Temir yo‘lda tashish xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2011-yil 30-noyabr, 314-son qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining ichki yo‘nalishlarida temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashishning yagona tartibini belgilash, shuningdek vokzallarda va yo‘lovchi poyezdlarida yo‘lovchilarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. “O‘zdavtemiryo‘lnazorat” davlat inspeksiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda:
o‘n kun muddatda O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashish qoidalarini so‘zsiz bajarilishiga qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
1. Mazkur Qoidalar ichki temir yo‘l yo‘nalishlarida temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, qo‘l yuki, bagaj va yuk bagajini tashish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatilishida tashuvchi va yo‘lovchi, yuk jo‘natuvchi va yuk qabul qiluvchi o‘rtasida yuzaga keluvchi munosabatlarni tartibga soladi.
2. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha umumiy foydalanish temir yo‘llarida temir yo‘l transporti bilan yo‘lovchilar, qo‘l yuki, bagaj va yuk bagaj tashishlariga tatbiq etiladi.
3. O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘yicha umumiy foydalanish temir yo‘llarida xalqaro temir yo‘l aloqalari yo‘lovchilar poyezdlari va boshqa davlatlar temir yo‘l tashuvchilariga tegishli bo‘lgan vagonlar bilan yo‘lovchilar tashishda, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari me’yorlariga amal qilinadi.
4. Barcha foydalanuvchilarga xizmatlar ko‘rsatishda bir xil xizmat ko‘rsatish va to‘lovlar shartlari taqdim qilinadi. Xizmatlardan foydalanuvchi ayrim toifalarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun qonun hujjatlariga binoan to‘lovning boshqa shartlari berilishi mumkin.
5. Tashuvchilar, yo‘lovchilar, bagaj, yuk bagaj jo‘natuvchilar va qabul qiluvchilar mazkur Qoidalarga hamda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan Temir yo‘l vokzallari (stansiyalari)da yo‘lovchilar va boshqa shaxslarning bo‘lishlari Qoidalariga rioya qilishlari shart.
6. Yo‘lovchi poyezdda yurishi, bagaj tashilishi (uni topshirganda), jo‘natuvchi esa — bagaj, yuk bagaji tashilishi uchun to‘lovlarni belgilangan tariflarga asosan to‘lashi shart.
7. Yo‘lovchi tashish shartnomasi tuzilganligi temir yo‘lda harakatlanish hujjati (chipta) bilan, yo‘lovchi bagaj topshirganligi — bagaj kvitansiyasi bilan tasdiqlanadi. Yuk bagaj tashish shartnomasi tuzilganligi va uni tashuvchiga topshirilganligi yuk bagaj kvitansiyasi bilan tasdiqlanadi.
8. Temir yo‘llarda yo‘lovchilar tashish sohasida umumiy va umumiy bo‘lmagan foydalanish joylarida ishlar (xizmatlar) bajarilishi bilan bog‘liq tariflar, yig‘imlar va to‘lovlar, shuningdek ularni joriy qilish (o‘zgartirish) tartibi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Vokzallarda va chipta kassalarida yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan, chiptalar sotilishi bilan bog‘liq bo‘lmagan xizmatlar uchun barcha turdagi qo‘shimcha yig‘imlarni undirish, tashuvchi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan Qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladi.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1014-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 20.12.2019-y., 09/19/1014/4173-son)
10. Xizmatlar ko‘rsatishda mazkur Qoidalarda ko‘zda tutilmagan tashuvchi va foydalanuvchilarning o‘zaro munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi “Temir yo‘l transporti to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, O‘zbekiston Respublikasi temir yo‘l Ustavi va boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
abonement chiptasi — vaqtning belgilangan davri mobaynida shaharlararo qatnovchi poyezdda yo‘lovchini ko‘p marta harakatlanishi uchun chipta;
bagaj — yo‘lovchiga shaxsan tegishli bo‘lgan, unga poyezdda yurishi tugagach zarur bo‘lgan va tashish uchun bagaj vagonida chipta bo‘yicha qabul qilinuvchi buyumlar;
to‘g‘ri olib boradigan vagon — ikki va undan ortiq poyezdlar tarkiblarida qayta ulanib qatnovchi vagon;
chipta — umumiy foydalaniladigan temir yo‘l transportida yo‘lovchi tashish shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi tashish hujjati;
chipta kassasi — yo‘lovchilar harakatlanishini va foydalanilmagan chiptalar uchun to‘lovlar qaytarilishini rasmiylashtirish uchun maxsus jihozlangan xona;
ichki temir yo‘l aloqalari — O‘zbekiston Respublikasi hududida yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish;
yuk bagaji — yo‘lovchilar va pochta-bagaj poyezdlarida tashiladigan temir yo‘l tashishlari obyektlari;
yuk jo‘natuvchi (jo‘natuvchi) — o‘z nomidan yoxud yuk yoki bagaj yoki yuk bagaji egasi nomidan harakat qiluvchi va tashish hujjatlarida ko‘rsatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
yuk qabul qiluvchi (qabul qiluvchi) — yuk, yuk bagajni qabul qilib olishga vakolatli bo‘lgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar — pasport yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjat, harbiy bilet, tug‘ilganlik haqida guvohnoma, fuqaroligi bo‘lmagan shaxs guvohnomasi, istiqomat uchun berilgan guvohnoma;
ko‘zdan kechirish — noqonuniy aralashuv harakatini sodir etishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan, temir yo‘l tashishlarida taqiqlangan moddalar va buyumlarni aniqlash uchun mo‘ljallangan, maxsus texnik vositalarini qo‘llagan holda amalga oshiriladigan tadbirlar kompleksi;
temir yo‘l stansiyasi — poyezdlar va boshqa transport vositalari bilan texnologik operatsiyalar (qabul qilish va jo‘natish, manyovr ishlari va shu kabilar)ni, shuningdek bagaj, yuk bagajini qabul qilish va taqdim etish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi umumiy foydalanish temir yo‘l transporti bo‘linmasi;
temir yo‘l vokzali — temir yo‘l stansiyasidagi yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, poyezdlar harakatini boshqarish va xizmat xodimlarini joylashtirish uchun mo‘ljallangan bino yoki binolar, inshootlar va qurilmalar kompleksi;
temir yo‘l transporti (temir yo‘l) — umumiy foydalanish transporti turlaridan biri bo‘lgan, boshqa davlat temir yo‘llari va boshqa transport turlari bilan o‘zaro hamkorlikda tashishlardagi ehtiyojni ta’minlovchi, o‘z tarkibiga ishlab chiqarish va ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlari kiradigan yagona ishlab chiqarish-texnologik kompleks;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti — har qanday jismoniy va yuridik shaxs murojaati bo‘yicha ularni bajarish majburiyatiga asoslangan, transport ishlari va xizmatlarini amalga oshiruvchi temir yo‘l transporti;
umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar — poyezdlarni qabul qilish va jo‘natish, yuklar, bagaj va yuk bagajlarini qabul qilish va berish hamda yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, manevr ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tegishli operatsiyalarni bajarish uchun ochilgan temir yo‘l stansiyalari bo‘ylab joylashgan temir yo‘l liniyalari;
to‘xtash punkti — faqat yo‘lovchilarni o‘tqazish va tushirish uchun mo‘ljallangan to‘xtash amalga oshiriladigan punkt;
yo‘lovchi — temir yo‘l transportida yurishni amalga oshirish uchun chiptaga ega bo‘lgan fuqaro (jismoniy shaxs);
yo‘lovchi tashish poyezdi — temir yo‘l qatnovi aloqalarining barcha turlarida yo‘lovchilarni tashish uchun mo‘ljallangan poyezd. O‘z tarkibida bagaj, pochta va (yoki) pochta-bagaj vagonlari bo‘lishi mumkin;
tashuvchi — yo‘lovchilarni tashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaga ega bo‘lgan va umumiy foydalanishdagi temir yo‘l transporti bilan yo‘lovchini, jo‘natuvchi tomonidan unga ishonib topshirilgan bagaj, yuk bagajni jo‘nash punktidan belgilangan manzilga yetkazish, shuningdek bagaj, yuk bagajini uni qabul qilib olishga ishonchli shaxsga (qabul qiluvchiga) topshirish majburiyatini shartnoma bo‘yicha zimmasiga olgan yuridik shaxs;
tashish hujjatlari — yo‘lovchilar, bagaj, yuk bagaj va harakatdagi tarkibni tashishlar rasmiylashtiriladigan hujjatlar (yuk hujjatlari (nakladnoy), yo‘l vedomosti, jo‘natish yuk hujjatlari, jo‘natish vedomosti, chipta, bagaj kvitansiyasi, yuk bagaj kvitansiyasi);
chiptaning to‘liq qiymati — poyezdda yurish qiymati (chipta va platskarta qiymati), shuningdek chiptani rasmiylashtirishda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lov;
shaharlararo chipta — shaharlararo yo‘lovchi tashish poyezdida chiptada ko‘rsatilgan stansiyalar (hududlar) orasida harakatlanish huquqini beradigan belgilangan manzilgacha bir marotaba poyezdda yurish, borish va kelish uchun chipta;
chiptani zaxiraga qo‘yish (band qilish) — yo‘lovchi tashish poyezdlarida joylarni taqdim qilish bo‘yicha yo‘lovchilar buyurtmalarini rasmiylashtirishning avtomatlashtirilgan texnologik jarayoni va elektron tizimlar yordamida chiptalarni rasmiylashtirish;
qo‘l yuki — o‘z o‘lchamlari va vazniga ko‘ra (uchta o‘lchovi yig‘indisi bo‘yicha 180 sm dan, qoidaga ko‘ra vazni 36 kg dan, ikki yotoq o‘rinli vagonlar uchun esa — 50 kg dan oshmaydigan bo‘lishi kerak) o‘ram turi va xilidan qat’i nazar, yengil ko‘tarib yuriladigan, yo‘lovchi vagonlarida ularni joylashtirish uchun mo‘ljallangan joylarga qiyinchiliksiz joylashtiriladigan yuklar va buyumlar;
chipta qiymati — yo‘nalish bo‘yicha yo‘lovchi tashiganlik uchun hisoblangan to‘lovlar summasi sifatida belgilanadigan chiptaning to‘liq qiymatidan bir qismi;
platskarta qiymati — yo‘lovchi tashishning umumiy masofasi uchun belgilanadigan hamda vagondan foydalanish va yo‘lovchiga yo‘nalish davrida xizmat ko‘rsatganlik uchun o‘z ichiga oladigan chiptaning to‘liq qiymatidan bir qismi.
Mazkur Qoidalarda foydalaniladigan boshqa tushunchalar, temir yo‘l transporti to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan mazmunlarda qo‘llaniladi.
12. Chipta kassalari sutkasiga 50 ta va undan ortiq chiptalar sotiladigan barcha stansiya va to‘xtash punktlarida ochilgan bo‘lishi kerak. Sutkasiga 50 tadan kam chiptalar sotishda — chiptalarni sotish tashuvchi tomonidan mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda tashkil etiladi.
13. Yirik temir yo‘l uzellaridagi temir yo‘l tarmog‘ida chiptalar sotish avtomatlashtirilgan chipta sotish tizimi yordamida amalga oshiriladi. U mavjud bo‘lmagan joylarda, chipta sotish, qoidaga ko‘ra, jo‘nashni kutib turgan yo‘lovchilar mavjud bo‘lganda yo‘lovchi tashish poyezdlarining bo‘sh o‘rinlar bilan jo‘natilishi hollariga yo‘l qo‘ymasdan, yo‘lovchi tashish poyezdlaridagi mavjud o‘rinlar hisobini aniqlash va chiptalar sotish bo‘yicha xizmatlarni keng miqyosda rivojlantirish imkonini beruvchi yo‘lovchi tashish poyezdlarida joylarni taqsimlashni markazlashtirilgan boshqaruv asosida tashkil etiladi.
14. Chipta kassalari tomonidan yo‘lovchilarga quyidagi xizmatlar ko‘rsatiladi: yo‘lovchi tashish poyezdlariga chiptalar sotish, imkoniyat darajasida orqaga qaytish va boshqa stansiyadan ketish uchun chiptalar sotish; o‘tish punktlarida tranzit yo‘lovchi tashish poyezdlariga chiptalarni rasmiylashtirish bo‘yicha buyurtmalarni qabul qilish. Chiptalarga buyurtmalar aloqa vositalari orqali yoki shaxsan hozir bo‘lganda qabul qilinadi. Tashuvchi tomonidan Qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq tariflar bilan belgilangan qo‘shimcha to‘lov hisobiga chiptalar, buyurtma tushgan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida buyurtmachi joylashgan joyga yetkazilishi mumkin.
15. Chiptalar sotishning avtomatlashtirilgan tizimlari bilan jihozlanmagan kassalarda chiptalar sotish, yo‘lovchi tashish poyezd jo‘nashiga qadar quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
a) oldindan sotish — chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq tashuvchi tomonidan belgilangan, lekin chiptada ko‘rsatilgan jo‘nash stansiyasidan yo‘lovchi tashish poyezdining jo‘nab ketishidan 45 sutkadan oshmagan muddatlarda;
b) yo‘lovchilardan “borish”ga, “kelish”ga, boshqa stansiyadan ketishga, uyga yetkazib berishga buyurtmalar, korxona va tashkilotlar buyurtmalarini qabul qilish — chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq tashuvchi tomonidan belgilangan, lekin yo‘lovchi tashish poyezdlarida bo‘sh joylar mavjud bo‘lganda, yo‘lovchi tashish poyezdining jo‘nashidan 5 sutkadan kam bo‘lmagan muddatlarda. Chiptalarni sotishning tugash vaqti chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoni bilan aniqlanadi va bu ma’lumot yo‘lovchilar e’tiboriga yetkaziladi.
Temir yo‘l chiptalarini sotishi markazlashtirilgan boshqaruvi amalga oshiriladigan uchastkalarda, oraliq stansiyalarida, tranzit yo‘lovchi tashish poyezdlari joylariga chiptalar sotilishi va buyurtmalar qabul qilinishi chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq to‘xtatiladi.
Ichki temir yo‘l aloqalarida qatnashga chiptalar sotish uchun ochiq stansiya va to‘xtash punktlarida, yo‘lovchi tashish poyezdlarining yo‘nalishlarida joylashgan, to‘xtab turish mavjud bo‘lgan barcha stansiyalargacha chiptalar sotilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Yo‘lovchi oqimi hajmi va xususiyatiga ko‘ra vokzallarda bolali yo‘lovchilar, harbiy xizmatchilar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar, yo‘llanma bo‘yicha ketayotgan yo‘lovchilar (yoz mavsumida), ta’til berilgan davrida — temir yo‘lchilar va talabalar uchun ixtisoslashtirilgan chipta kassalari ajratiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
17. Shaharlararo qatnovchi poyezdlarga chiptalar sotish kassalari hamda ichki temir yo‘l yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlariga chipta sotish kassalari ish vaqti tashuvchi tomonidan mahalliy sharoitlarni va shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlari jadvallarini hisobga olgan holda belgilanadi.
18. Tashuvchining xodimi yo‘lovchilar, bagaj, yuk bagaji jo‘natuvchilari va qabul qiluvchilariga nisbatan xushmuomalali va iltifotli bo‘lishi, ularga g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatishi, temir yo‘l transporti xodimlaridan qay birining aybi bilan sodir etilganidan qat’i nazar, yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishda yo‘l qo‘ygan nuqsonlarni bartaraf etish choralarini ko‘rishlari kerak.
Tashuvchi quyidagi axborotlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bilan yo‘lovchilar, yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilarni o‘z vaqtida va ishonchli ta’minlashi kerak:
v) yo‘lovchi chiptasining to‘liq qiymati, ortiqcha qo‘l yukini tashish, shuningdek bagaj va yuk bagajini tashish qiymatlari;
d) yo‘lovchi tashish poyezdlarida tashish taqiqlangan va chegaralangan xavfli moddalar va buyumlar ro‘yxati;
j) yo‘nalish bo‘yicha borish yo‘lida qayta ortishsiz bagajni ko‘zda tutilgan stansiyaga yetib kelish vaqti;
z) vokzal xonalari, temir yo‘l stansiyalari umumiy foydalanish joylari, qo‘l yukini tarozida bepul tortish joylarining joylashishi;
m) yuqori darajadagi qulaylik vagonlarida harakatlanish uchun chiptaning to‘liq qiymatiga kiruvchi qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxati;
Ko‘rsatilgan ma’lumotlar yo‘lovchilar, bagaj, yuk bagaj jo‘natuvchilar va qabul qiluvchilar, yuk jo‘natuvchilar, yuk qabul qiluvchilarga temir yo‘l stansiyalari, temir yo‘l vokzallari, poyezdlar va boshqa xizmat ko‘rsatish joylarida davlat tilida, shuningdek mahalliy aholi manfaatlaridan kelib chiqqan holda boshqa tillarda ham taqdim qilinishi mumkin (qulay va ko‘rinarli joylarda), bunday sharoit bo‘lmagan taqdirda, foydalanuvchilarning birinchi talabiga binoan taqdim qilinishi kerak.
Ushbu ishlarni tashkil etish uchun avtomatlashtirilgan tizimlar, turli xildagi informatsiya tashuvchilar, bepul ma’lumotlar byurosi, baland so‘zlashuvchi aloqa va yo‘lovchilarni xabardor qilishning boshqa vositalaridan foydalaniladi.
Tashuvchi temir yo‘l transporti xizmatlari foydalanuvchilari so‘rovlariga binoan mazkur Qoidalarni tanishish uchun taqdim qilishi shart. Yo‘lovchilar shuningdek, temir yo‘l transporti korxona va tashkilotlari ishlari haqidagi boshqa zarur ma’lumotlar bilan ta’minlanishi kerak.
19. Vokzal xonalarida, shuningdek yo‘lovchilarni o‘tqazish va tushirish uchun mo‘ljallangan perron va platformalarda, kino va foto suratga tushirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
20. Temir yo‘llarda yurish huquqini beruvchi hujjat bo‘lib belgilangan tartibdagi chipta xizmat qiladi, uning old qismida familiyasi, shaxsni tasdiqlovchi hujjat tartib raqami va seriyasi, yo‘lovchi tashish poyezd, vagon va joy tartib raqamlari, jo‘nash sanasi va vaqti ko‘rsatiladi. Chiptani rasmiylashtirish shaxsni tasdiqlovchi hujjat asosida amalga oshiriladi. Xizmat transport talablari bo‘yicha chipta rasmiylashtirilganda, yo‘lovchi tomonidan qo‘shimcha ravishda xizmat guvohnomasi taqdim qilinadi.
Temir yo‘l transportida chiptalar yo‘lovchilarga to‘liq qiymatida sotiladi, qonun hujjatlari bilan imtiyozli harakatlanish belgilangan fuqarolar bundan mustasno. Imtiyozli harakatlanish kompensatsiyasi qonun hujjatlari bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
21. Chipta naqd pulga, plastik kartochkalar bo‘yicha sotiladi yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan chipta olish huquqini beruvchi hujjatlar taqdim qilinganda, bepul yoki rozilik berilgan to‘lov topshiriqnomasi va qonun hujjatlari bilan belgilangan boshqa to‘lov turlari orqali taqdim qilinadi.
a) 10 yoshgacha (bu yoshga to‘lgan) bolali yo‘lovchilarga, shuningdek yo‘llanmalar chipta kassasiga taqdim qilingan holda yo‘llanmalar bo‘yicha sanatoriya-kurort davolanishiga borayotgan 10 yoshdan katta kasal bolalarni kuzatib borayotgan yo‘lovchilarga;
Oldingi tahrirga qarang.
b) O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining mas’ul xodimlariga;
(22-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 13-maydagi 397-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat xavfsizlik xizmati xodimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, prokuratura, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi xizmatchilariga, xizmat ko‘rsatish hududlari doirasida yoki xizmat safari guvohnomalarida ko‘rsatilgan stansiyalargacha xizmat ishlari yuzasidan kechiktirib bo‘lmaydigan yo‘lga chiqishlarda tibbiyot xodimlariga, veterinariya va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlariga;
(22-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)
d) avariya yoki yong‘inni bartaraf etish uchun safarbar qilingan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, “O‘zdavneftgazinspeksiya”, gaz nazorati, gaz, kimyo, neft, neftni qayta ishlash va neft-kimyo sanoati, geologiya xizmatchilariga taqdim qilinadi.
23. Mazkur Qoidalarning 22-bandida ko‘rsatilgan shaxslar uchun (“a” kichik bandida ko‘rsatilgan shaxslardan tashqari) bo‘sh joylar mavjud bo‘lmaganda, ularning roziligi bilan umumiy vagonlarga mavjud joylardan ortiq chiptalar beriladi.
24. To‘g‘ri olib boradigan yo‘nalish vagonlariga chiptalar birinchi navbatda, asosiy yo‘nalishdan chetga og‘ish uchastkalarida joylashgan stansiyalargacha ketayotgan yo‘lovchilarga sotiladi, boshqa yo‘lovchilarga esa — faqat unda bo‘sh joylar yo‘lovchi tashish poyezdlari jo‘nash kunida mavjud bo‘lganda chiptalar sotiladi.
25. Chipta kassalarida navbatsiz chipta olish bilan, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim qilinganda quyidagilar foydalanadi:
a) Sovet Ittifoqi Qahramonlari va uch darajadagi Shon-shuhrat, “O‘zbekiston Qahramoni”, “Sog‘lom avlod uchun” ordenlari va “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
b) urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar;
(25-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Joylari raqamlangan vagonlar (platskart, kupe)ga chiptalar sotishda, ikki va undan ortiq chipta sotib oladigan yo‘lovchilarga, teng miqdorda pastki va yuqori joylar taqdim etiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslar, kasal yoki katta yoshdagilar bundan mustasno bo‘lishi mumkin.
(26-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Umumiy, platskart, kupe vagoni kuzatuvchisi chiptalarni saqlash uchun yig‘ib olganda, yo‘lovchilardan chiptalarda ko‘rsatilgan joylar soniga mos keladigan miqdorda chiptalar olishi shart.
28. Yo‘lovchilarning ayrim guruhlarini tashish uchun yuridik shaxslarga chiptalar sotish ularning buyurtmanomalariga ko‘ra amalga oshiriladi. Yo‘lovchilarning ayrim guruhlari (10 kishi va undan ortiq) yo‘lga chiqishini ta’minlash uchun yuridik shaxslardan joylarga yozma buyurtmanomalar, yo‘lovchi tashish poyezdlar jo‘nashidan 20 kun oldin tashuvchi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Buyurtmanoma yuridik shaxs rahbari va bosh hisobchisi tomonidan imzolangan hamda muhr bilan tasdiqlangan (tadbirkorlik subyektlaridan muhr bilan tasdiqlash talab qilinmaydi) bo‘lishi kerak. Unda yuridik shaxs nomi, talab qilinadigan joylar soni, yo‘lovchi tashish poyezdi tartib raqami, jo‘nash sanasi hamda jo‘nash va yetib kelish stansiyasi ko‘rsatiladi.
(28-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 10-avgustdagi 661-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2019-y., 09/19/661/3571-son)
Yo‘lovchi tashish poyezdlari va vagonlarida buyurtmanomada ko‘rsatilgan joylarning yetishmasligi holatlarida, yuridik shaxs roziligi bilan boshqa yo‘lovchi tashish poyezdlari yoki boshqa toifa vagonlarida joylar berilishi mumkin. Guruhiy buyurtmanomalarga, jo‘nayotgan guruh a’zolarining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami, tug‘ilgan yili ko‘rsatilgan ro‘yxati 2 nusxada ilova qilinishi kerak.
Agar buyurtmanomada yo‘lovchi tashish poyezdlarida alohida vagon taqdim qilinishi ko‘rsatilgan bo‘lsa, vagon joylari soniga muvofiq ravishda vagondagi barcha joylarga yo‘l haqi to‘lanishi kerak. Yuridik shaxs joylar qismiga yo‘l haqi to‘lashni rad etganda, bu joylar chipta kassalariga umumiy sotish uchun belgilangan muddatlarda beriladi.
Yo‘lovchilar guruhi yo‘lda boshqa poyezdga o‘tish bilan ketayotganlarida, jo‘nash stansiyasi unga chiptalarni o‘tish stansiyasigacha rasmiylashtirishi shart.
Yuridik shaxs yoki alohida shaxslar telegrammalariga binoan yo‘lovchi tashish poyezdlarida joylarni taqsimlash va foydalanish bo‘yicha birlashgan yo‘l byurosi va stansiya (vokzal) boshlig‘i tomonidan yo‘lovchi tashish poyezdlarida joylarni zaxiraga qo‘yishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yo‘lovchi tashish poyezd jo‘nashidan 10 kun oldin yuridik shaxs buyurtma qilingan chiptalarni to‘liq yo‘l haqi to‘lagan holda sotib olishi kerak.
Agar jo‘nash oldidan belgilangan muddatda chiptalar sotib olinmagan bo‘lsa, buyurtmanoma bekor qilinadi va joylar sotishga beriladi.
29. Yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan jamoaviy chiptalar uchun pullar, vokzallardagi chipta kassalari tomonidan qaytarilmaydi. Yuridik shaxslarga foydalanilmagan chiptalar uchun to‘lovlarni qaytarish masalasi, tashuvchi tomonidan da’vo tartibida chiptalarni sotish avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq ko‘rib chiqiladi.
30. Yo‘lovchi, yo‘lovchi tashish poyezdi yo‘nalish bo‘yicha har qanday stansiyagacha, har qanday toifadagi vagon va yo‘lovchi tashish poyezdiga chipta sotib olish huquqiga ega. Manzil stansiyasigacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri poyezd bo‘lmaganda, yo‘lovchiga yo‘lovchi tashish poyezdida joylar mavjud bo‘lganda hamda bu stansiya shakllantirish punkti va tarkib (vagon) aylanishi punkti hisoblangan shartlarda ikkinchi chipta rasmiylashtirilishi mumkin.
Boshqa poyezdga o‘tish bilan ketayotgan va imtiyozlar huquqqa ega bo‘lgan yo‘lovchiga yurish rasmiylashtirilganda, dastlabki jo‘nash stansiyasi chipta kassiri, bunday yo‘lovchining imtiyozli yoki bepul chiptasida dastlabki stansiyadan oxirgi stansiyagacha, o‘tishni hisobga olgan holda to‘liq yo‘nalishda yetib borishi to‘g‘risida belgi qo‘yadi. Bunda poyezdga o‘tirish yo‘lovchi tashish poyezdlari borishining eng qisqa yo‘nalishi bo‘ylab uchtadan ortiq bo‘lmagan o‘tish mavjud bo‘lgan yo‘nalish bo‘yicha rasmiylashtiriladi. O‘tish punktida keyingi jo‘nash yo‘liga imtiyozli yoki bepul chipta, o‘tish punktigacha foydalanilgan imtiyozli yoki bepul chipta o‘rniga rasmiylashtiriladi.
31. Yo‘lovchi o‘zi bilan birga yo‘lovchi tashish poyezdida yo‘l haqi to‘lamasdan 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bitta bolani alohida joy berilmasdan olib yurish huquqiga ega. 5 yoshgacha bolaga chipta rasmiylashtirish yo‘l haqi to‘lamasdan ota-onalar birining chiptasiga asosan amalga oshiriladi.
Yo‘lovchi bilan bittadan ortiq 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bolalar ketayotgan bo‘lsa, ulardan biri yo‘l haqi to‘lanmasdan, qolganlari – tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy taqdim qilinib tashiladi.
5 yoshdan 10 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bolalarga ham tarif qiymatidan ellik foiz chegirma bilan alohida joy beriladi.
32. 5 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) ikkinchi bolani yo‘l haqi to‘lamasdan yurishiga, alohida joy taqdim qilinmasdan, poyezdda yurish ikkala ota-ona tomonidan amalga oshirilayotganda yo‘l qo‘yiladi. Bunday holatda bolaga yo‘l haqi to‘lanmaydigan chipta har bir ota-ona chiptasiga bittadan rasmiylashtiriladi.
33. 10 yoshgacha (jo‘nash vaqtiga yoshi to‘lgani ham) bolalar poyezdda yurishlari uchun bolalar chiptalari beriladi.
16 yoshgacha bolalarning ota-onalari hamrohligisiz yo‘lovchi tashish poyezdlarida yurishlariga yo‘l qo‘yilmaydi, maktab, litsey, kollejga borish uchun temir yo‘l transportidan foydalanuvchi o‘quvchilar bundan mustasno.
O‘tirish joylariga ega umumiy vagonda, bolalar chiptasiga ega bo‘lgan har bir bolaga katta yoshdagi yo‘lovchilar kabi joy taqdim qilinishi kerak.
b) turli xildagi abonement chiptalari, shu jumladan imtiyozli va yuridik shaxslarga — abonement chiptalar.
35. Abonement chiptalari tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda sotiladi. Shaharlararo yo‘lovchi tashish poyezdlariga imtiyozli-abonement chiptalari sotish amalga oshiriladigan stansiya va to‘xtash punktlari ro‘yxati tashuvchi tomonidan belgilanadi.
36. Ichki temir yo‘l yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlarida yo‘lovchi iltimosiga binoan yo‘qotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan chiptalar o‘rniga dublikat taqdim etiladi. Dublikat faqat O‘zbekiston Respublikasi hududida qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlariga va tashuvchining shakllantirilgan yo‘lovchi tashish poyezdlariga beriladi. Xalqaro yo‘nalishlarda rasmiylashtirilgan chiptalar qayta tiklanmaydi.
Dublikat taqdim etilgani uchun Qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq belgilangan miqdorda yig‘im undiriladi, tashuvchi aybi bilan yo‘qotilgan va yaroqsiz holga kelgan holatlar bundan mustasno. Yig‘im miqdori tashuvchi tomonidan chiptalarni sotishning avtomatlashtirilgan tizimidan foydalanish texnologik jarayoniga muvofiq belgilanadi.
37. To‘g‘ri olib boradigan yo‘nalishda ketayotgan yo‘lovchilarga berilgan chiptalar, yo‘lovchining belgilangan punktgacha, to‘g‘ri olib boradigan yo‘nalishdagi yo‘lovchi tashish poyezdi va vagonda harakatlanish vaqti mobaynida amal qiladi.
38. Shaharlararo jo‘nashga qatnov chiptalari ularni chipta kassalari tomonidan berilgan kun mobaynida haqiqiy hisoblanadi.
Agar, shaharlararo qatnov (bir martalik, kelish yoki abonement) chiptasining amal qilish muddati yo‘lda tugasa, chipta yo‘lovchining yetib kelish stansiyasigacha yaroqli hisoblanadi.
39. Abonement chiptasining amal qilish muddati chiptalarda ko‘rsatiladi va uning amal qilish sanasidan boshlab, tegishli oy va yilning xuddi shu sanasigacha (bu sanani hisobga olmasdan) hisoblanadi.
40. Har bir yo‘lovchi chipta (shu jumladan abonement chiptasi)ga ega bo‘lishi, uni butun poyezdda yurish vaqti mobaynida saqlashi va nazorat qiluvchi shaxslar talabiga binoan ko‘rsatishi shart.
41. Yo‘lovchini vagonga o‘tqazganda vagon kuzatuvchisi chiptani, unda ko‘zdan kechirishdan o‘tganligi to‘g‘risida belgining mavjudligini, shuningdek yo‘lovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatni tekshirishi shart.
Taqdim qilinayotgan hujjatda familiyasi mos kelmaganda, chiptada familiya yo‘qligi yoki o‘zgartirilgan (to‘g‘rilangan)da, shuningdek ko‘zdan kechirishdan o‘tganligi to‘g‘risidagi belgi mavjud bo‘lmaganda, yo‘lovchining yo‘lovchi tashish poyezdiga chiqishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Vagon kuzatuvchilari yo‘lovchilarni vagonga o‘tqazganda, chiptalarni kuzatib qoluvchilarda unutib qoldirmasliklari haqida ularni ogohlantiradilar.
Yo‘lovchi tashish poyezdidan qolib ketgan yo‘lovchining vagonda qo‘l yuki yoki chiptasi qolib ketgan hollarda, stansiya (vokzal) boshlig‘i zudlik bilan yo‘lovchi tashish poyezdi yo‘nalishidagi poyezd to‘xtash davomiyligi 10 daqiqadan kam bo‘lmagan eng yaqin stansiya (vokzal) boshlig‘ini telegramma yoki telefonogramma orqali qoldirilgan qo‘l yuki yoki chiptani olib qolish haqida xabardor qiladi.
Stansiya (vokzal) boshlig‘i ko‘rsatib o‘tilgan xabarnomani olgan zahoti, poyezd brigadasi bilan hamkorlikda poyezddan qolib ketgan yo‘lovchi qo‘l yuki yoki chiptasini olib qolish va saqlash choralarini ko‘radi. Yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri ularni stansiya (vokzal)ga qoldirilgan qo‘l yuki yoki chipta soni va miqdori ko‘rsatilgan dalolatnoma bo‘yicha topshiradi. Dalolatnoma yo‘lovchi tashish poyezdi boshlig‘i (mexanik-brigadiri), vagon kuzatuvchisi va ikki yo‘lovchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomada yo‘lovchi tashish poyezdini shakllantirgan temir yo‘l tashkiloti shtampi bo‘lishi kerak.
Stansiya (vokzal) boshlig‘i yo‘lovchi turgan stansiyani yo‘lovchi tashish poyezdidan qo‘l yuki yoki chiptani olib qolinganligi to‘g‘risida xabardor qiladi. Ushbu xabarnoma asosida yo‘lovchiga, agar uning chiptasi vagonda qolib ketgan bo‘lsa, o‘tirish yoki yotoq o‘rinlari mavjud vagonga bepul yangi chipta, qo‘l yuki yoki chipta olib qolingan stansiyagacha joy taqdim qilmasdan beriladi.
Poyezdda yurishni boshlashdan oldin va yurish yo‘nalishida vagon kuzatuvchisi chiptasiz yo‘lovchilar yurishi va belgilangan miqdordan ortiqcha qo‘l yuki tashilishini bartaraf etish choralarini ko‘radi.
Yo‘lovchilar barcha stansiyalarda, jo‘nash punktlaridan tashqari, chiptalar bilan yo‘lovchi tashish poyezdining har qanday vagoniga kirishiga qo‘yiladi. Kuzatuvchilar yo‘lovchilarga, ular chipta sotib olgan vagonlarga o‘tishlarida yordam berishlari kerak.
42. Yo‘lovchi yo‘lovchi tashish poyezdida ketayotganida, vagonda uning chiptasida ko‘rsatilgan joyni egallashi kerak.
43. Agar chipta oraliq stansiyada sotib olingan bo‘lsa, vagondagi joylar raqami ko‘rsatilmasligi mumkin. Bunday chiptali yo‘lovchilarni kuzatuvchi bo‘sh joylarga joylashtirishi kerak.
44. Agar yo‘lovchiga chipta kassasi tomonidan chipta noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa yoki vagondagi bo‘sh joylar mavjud bo‘lmaganda unga chipta berilgan bo‘lsa yoki bir joyga ikki va undan ortiq chipta sotilganligi yo‘lovchi tashish poyezdida aniqlansa, poyezd brigadiri chipta sotish texnologiyasi buzilganligi holati haqida 2 nusxada dalolatnoma tuzib, yo‘lovchiga joy taqdim qilishi shart, dalolatnomaning bir nusxasi tekshiruv o‘tkazish uchun tashuvchiga yuboriladi.
45. Yotoq o‘rinlari mavjud to‘rt va ikki joyli kupe vagonlarda, yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘natilgach vagon kuzatuvchisi yo‘lovchilardan chiptalarni (yillik xizmat, talonli va bir martalik chiptalardan tashqari) yig‘ib olishi, ularga foydalanganlik belgisi qo‘yishi va yo‘lovchining oxirgi manziligacha saqlashi kerak.
46. Yo‘lovchidan saqlash uchun qabul qilib olingan chipta yo‘lovchi tashish poyezdi kuzatuvchisi yoki brigadiri tomonidan yo‘qotilganda, yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri uch nusxada dalolatnoma tuzadi, bu dalolatnoma undan tashqari yo‘lovchi va vagon kuzatuvchisi tomonidan ham imzolanadi. Dalolatnomada yo‘lovchi tashish poyezdi raqami, poyezdni shakllantirish temir yo‘li ko‘rsatiladi va u yo‘lovchi tashish poyezd brigadiri shtempeli bilan tasdiqlanadi. Ushbu dalolatnoma asosida yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri eng yaqin stansiyada yo‘lovchi ishtirokisiz chipta kassasida yangi chiptani o‘tqazish stansiyasidan manzil stansiyasigacha, yo‘lovchidan chipta va platskarta qiymatini undirmasdan, ushbu chipta orqa tomoniga “Temir yo‘l aybi bilan yo‘qotilgan chipta o‘rniga” belgisi bilan rasmiylashtiradi.
47. Yo‘lovchilar yotoq o‘rinlaridan sutkaning istalgan vaqtida foydalanishlari mumkin. Yuqorigi tokchalarni ko‘tarish va tushirish yo‘lovchilar iltimosiga ko‘ra vagon kuzatuvchilari tomonidan bajariladi.
48. Vagon kuzatuvchilari yo‘lovchilarni 30 daqiqadan kechiktirmasdan yo‘lovchi tashish poyezdi belgilangan manzil yoki boshqa poyezdga o‘tish stansiyasiga yaqinlashayotgani haqida ogohlantirishi shart.
Yotoq o‘rinlari mavjud vagon kuzatuvchilari yo‘lovchilarning chiptasida ko‘rsatilgan manzil yoki boshqa poyezdga o‘tish stansiyasidan o‘tib ketganliklari uchun mas’uldirlar. Belgilangan manzil yoki boshqa poyezdga o‘tish stansiyasidan o‘tib ketishning har bir holati bo‘yicha yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri, vagon kuzatuvchisi va yo‘lovchi tomonidan imzolangan, stansiya shtempeli bilan tasdiqlangan dalolatnoma tuziladi. Bu dalolatnoma yo‘lovchiga manzil yoki o‘tish stansiyasigacha yo‘l haqi to‘lamasdan qaytib borish huquqini beradi.
49. Agar yo‘lovchi tashish poyezdidan qolib ketgan yo‘lovchidan vagonda uning buyumlari (yoki chiptasi) qolib ketgan bo‘lsa, stansiya boshlig‘i shu zahoti yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiriga qoldirilgan buyumlarni olib qolish yoki chiptani yo‘lovchi ko‘rsatmasiga binoan qaysi stansiyaga jo‘natish haqida xabar berishi shart. Yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri xabarni olgan zahoti zudlik bilan qolib ketgan yo‘lovchi buyumlari va chiptasini saqlash choralarini ko‘radi hamda ularni dalolatnoma bo‘yicha xabarda ko‘rsatilgan stansiyaga topshiradi, bu haqda yo‘lovchi turgan stansiyani ogohlantiradi.
Yo‘lovchi tashish poyezdidan qolib ketgan yo‘lovchi bu haqda stansiya (vokzal) boshlig‘iga tezlik bilan xabar berishi kerak.
Kuzatuvchi, u xizmat ko‘rsatayotgan vagon yo‘lovchisi yo‘lovchi tashish poyezdidan qolib ketganligini payqagan zahoti, bu haqida zudlik bilan poyezd brigadiriga ma’lum qilishi va qoldirilgan qo‘l yuki joylari soni va nomini ko‘rsatgan holda dalolatnoma tuzishi shart. Dalolatnoma yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri, kuzatuvchi va ikki yo‘lovchi tomonidan imzolangan bo‘lishi kerak.
50. Yo‘lovchi tashish poyezdiga tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadigan kasallik yoki baxtsiz hodisa oqibatida kechikkanda, yo‘lovchiga poyezd jo‘natilgan vaqtdan boshlab 3 sutka mobaynida chipta to‘liq qiymati, platskarta qiymatidan tashqari, to‘lab beriladi.
51. Yotoq joylari mavjud bo‘lgan yo‘lovchi tashish poyezdlaridagi vagonlarda yurilganda yo‘lovchi, qiymati platskarta qiymati tarkibiga kiritilgan yotarjoy buyumlari komplekti bilan ta’minlanadi. Yotarjoy buyumlari komplekti ikkita choyshab, bitta yostiq jild, bitta sochiqdan iborat. Yotarjoy buyumlari komplekti yo‘lovchiga butun yo‘l davomida foydalanish uchun beriladi.
Yo‘lovchi xohishiga ko‘ra kuzatuvchi yo‘nalish davomida ishlatilgan yotarjoy buyumlarini qo‘shimcha haq hisobiga almashtirib berishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Kuzatuvchilar yotarjoy buyumlari komplektini yo‘lovchilar joylariga yetkazishlari, nogironligi bo‘lgan, kasal, katta yoshdagi shaxslar, yosh bolali yo‘lovchilar, shuningdek ikki joyli yotoq kupelarida ketayotgan yo‘lovchilarga yotoqlarini to‘shab berishlari shart. Yo‘lovchi manzil yoki boshqa poyezdga o‘tish stansiyasiga yetib kelishiga 30 daqiqa qolganda, kuzatuvchi yotarjoy buyumlarini yig‘ishtirib oladi.
(51-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Matras, yostiq va ko‘rpadan foydalanish uchun to‘lov platskarta qiymati tarkibiga kiritilgan va qo‘shimcha ravishda yo‘lovchidan undirib olinmaydi.
52. Yotarjoy buyumlarini yo‘qotganligi, ziyon yetkazganligi uchun, shuningdek vagonning ichki jihozlari buyumlarini qisman, to‘liq buzganligi yoki yo‘qotganligi uchun yo‘lovchi qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi. Bu holatlarda bunday zarar (buzish yoki yo‘qotish) yetkazgan yo‘lovchi, yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri va vagon kuzatuvchisi ishtirokida ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomada buzilgan yoki yo‘qotilgan buyumlar va yo‘lovchi shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar to‘g‘risida ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Dalolatnomaga temir yo‘l tashkiloti shtampi qo‘yilishi kerak. Dalolatnomaning bir nusxasi yo‘lovchiga beriladi.
53. Barcha toifadagi yo‘lovchi tashish poyezdlarining yotoq joyli vagonlari, shuningdek o‘tirish joylariga ega tezkor yo‘lovchi tashish poyezdlarining vagonlari kuzatuvchilari, yo‘lovchilarni ularning iltimosiga ko‘ra tashuvchi belgilagan narxlarda kuniga kamida uch marta choy bilan ta’minlashi kerak. Yo‘lovchi tashish poyezdining barcha yo‘lovchilari butun yo‘nalish davomida sovutilgan qaynatilgan ichimlik suv bilan bepul ta’minlanishi kerak.
54. Yo‘lovchi yo‘lda o‘zining yo‘lovchi tashish poyezdida yurish shartlarini o‘zgartirishi va agar unda bo‘sh joy bo‘lsa, oliy toifadagi vagonga o‘tishi mumkin. Yo‘lovchi vagon kuzatuvchisi orqali yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiriga bu to‘g‘risida yozma ravishda murojaat qilishi kerak.
55. Yo‘lovchining oliy toifadagi vagonga o‘tish to‘lovi uning tomonidan amalga oshirilishi va poyezdning to‘xtash vaqti bo‘yicha imkoniyati bo‘lsa, yo‘lovchi tashish poyezdi yo‘nalishidagi stansiyalarining biridagi chipta kassasida rasmiylashtirilishi kerak. Ortiqcha to‘lanadigan joyni band qilish uning qiymati to‘langandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
56. Oliy toifadagi vagonga o‘tishda to‘lov miqdori, tegishli toifali vagonlarda yurish uchun, yo‘lovchi vagonda joy egallagan stansiyadan u tanlagan toifadagi vagonda yetib borishni xohlagan stansiyagacha bo‘lgan masofa uchun to‘liq chipta qiymatining tafovuti sifatida aniqlanadi.
Yo‘lovchining yozma arizasiga binoan yo‘nalish davomida past baholanuvchi toifa vagoniga o‘tishiga, qandaydir qayta hisoblarni amalga oshirmasdan va muqaddam bajarilgan to‘lovlarni qaytarmasdan yo‘l qo‘yiladi.
57. Sotib olingan chiptaga binoan vagonda yo‘lovchiga joy taqdim qilinmagan taqdirda, tashuvchi yo‘lovchiga uning roziligi bilan boshqa vagonda, yuqoriroq toifadagi joy bo‘lsa ham, qo‘shimcha haq undirmasdan berishi kerak. Agar yo‘lovchiga u sotib olgan chiptadan past baholanuvchi joy berilgan bo‘lsa, unga mazkur Qoidalarning 227-bandida ko‘zda tutilgan tartibda chipta to‘liq qiymatining farqi qaytarib beriladi.
58. Yo‘lovchi tomonidan unga taklif etilgan joyni almashtirish rad etilganda, tashuvchi yo‘lovchiga chiptaning to‘liq qiymatini qaytarib beradi. Ushbu yo‘lovchi tashish poyezdida joy berish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda, tashuvchi yo‘lovchi talabiga binoan boshqa yo‘lovchi tashish poyezdidagi mos joyni taqdim qilishi, bunda yo‘lovchida mavjud bo‘lgan chiptani qayta rasmiylashtirishi shart.
59. Texnik nosozligi tufayli yo‘lda yoki shakllantirish va aylanish punktida vagonni uzish hollarida, stansiya boshlig‘i uzilgan vagon o‘rniga boshqa vagonni ulash va unga yo‘lovchilarni o‘tkazish choralarini ko‘rishi, agar ulash imkoniyati mavjud bo‘lmasa – yo‘lovchilarni shu yo‘lovchi tashish poyezdining bo‘sh joylariga, yuqoriroq toifada bo‘lsa ham, joylashtirishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuqori toifadagi vagonlarga o‘tkazishda afzalliklar bolali yo‘lovchilarga, kasal, katta yoshdagi shaxslar, urush qatnashchilari va nogironligi bo‘lgan shaxslarga beriladi.
(59-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Ushbu yo‘lovchi tashish poyezdida joylashtirilmagan yo‘lovchilar, ulardagi mavjud chiptalarga muvofiq vaqt bo‘yicha eng yaqin muddatda ketadigan poyezdda jo‘natilishi kerak.
60. Vagonlar uzilganda, yo‘lovchi yotarjoy buyumlarini uzilgan vagon kuzatuvchisi tomonidan tuzilgan yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri imzosi va stansiya shtempeli bilan tasdiqlangan dalolatnomaga asosan bepul oladi. Dalolatnoma kuzatuvchi uchun yotarjoy buyumlarini bepul berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
61. Temir yo‘l aybi bilan yo‘lovchilarni boshqa vagon yoki yo‘lovchi tashish poyezdiga majburiy o‘tishining har bir holatida yo‘lovchi tashish poyezd brigadiri va boshqa poyezdga o‘tish amalga oshirilgan stansiya (vokzal) ma’muriyatining mansabdor shaxsi imzosi bilan dalolatnoma rasmiylashtiriladi. Ushbu dalolatnoma yo‘lovchi tashish poyezdi reysi oxiriga yetgach, poyezd shakllantirish temir yo‘l tashkilotiga beriladi.
62. Yo‘lovchilarni uzilgan vagondan boshqa vagonlarga o‘tkazishda yo‘lovchilarning qo‘l yukini tashib o‘tish va ularga tashib o‘tishda yordam ko‘rsatish tashuvchi xodimlarining majburiyati hisoblanadi va yo‘lovchi tashish poyezd brigadiri tomonidan stansiya yoki vokzal boshlig‘i bilan birgalikda zarur ehtiyot choralarini ko‘rgan va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlagan holda tashkil qilinadi.
63. Tashuvchi yo‘lovchi tashilishini rad etish yoki yo‘lovchini yo‘lovchi tashish poyezdidan chiqarib yuborish huquqiga quyidagi hollarda haqli:
a) yo‘lovchi ko‘zdan kechirishdan o‘tmaganda, bu chiptada belgi yo‘qligidan va (yoki) ko‘zdan kechirishdan o‘tganligi to‘g‘risida qo‘l yuki va bagajda shtampning yo‘qligidan ma’lum bo‘ladi. Bunda chiptaning to‘liq qiymati qaytarilmaydi;
b) yo‘lovchi mast holatda, giyohvand va zaharli moddalar ta’siridan mast holatda yoki psixotrop moddalarni iste’mol qilishi natijasida yuzaga kelgan holatda, mazkur Qoidalarni va jamoat tartibini buzayotganda. Bunday yo‘lovchini yo‘lovchi tashish poyezdiga o‘tqazishni rad etish yoki uni yo‘lovchi tashish poyezdidan tashuvchi tomonidan, bo‘ysunmagan hollarda esa — transportdagi ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan chiqarib yuboriladi. Bunday shaxs chiptasiga quyidagi qayd qo‘yiladi: “Tashishga rad etildi”. Bunda chiptaning to‘liq qiymati (bosib o‘tilmagan masofa uchun) va bagaj tashish qiymati qaytarib berilmaydi;
v) yo‘lovchi atrofdagilar tinchini buzuvchi kasalmand holatda bo‘lgan va bunda uni alohida joylashtirish imkoniyati mavjud bo‘lmaganda. Yo‘lovchi yo‘lovchi tashish poyezdidan tegishli davolash-tibbiy muassasalari mavjud bo‘lgan stansiyalarda chiqariladi. Bunda yo‘lovchiga bosib o‘tilmagan masofa uchun chipta to‘liq qiymati qaytariladi.
64. Agar harakat yo‘nalishida tashish rad etilgan yo‘lovchi, uning bagaji belgilangan manzil stansiyasigacha yo‘lovchi tashish poyezdida ketishini xohlamasa, kvitansiya ko‘rsatilgan taqdirda yo‘lovchini poyezddan chiqarib yuborilgan stansiyada bagajni beradi, bagajni tushirish imkoniyati bo‘lmaganda — bagaj eng yaqin joylashgan stansiyagacha boradi va u birinchi qaytish poyezdi bilan yo‘lovchi chiqarib yuborilgan joyga bepul qaytariladi. Yo‘lovchini kasalligi tufayli yo‘lovchi tashish poyezdidan chiqarilganda, vokzal boshlig‘i xabariga asosan, yo‘lovchi tashish poyezdni tark etgan joyga bagaj bepul qaytariladi.
Qo‘l yukini yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan joylarga, shuningdek o‘tirg‘ichlar o‘rtasidagi o‘tish joylari, yo‘laklar, vagon maydonchalari (tamburlar)ga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Uch o‘lchami summasiga ko‘ra 180 sm dan ortadigan yirik gabaritli buyumlarni qo‘l yuki sifatida tashish taqiqlanadi.
66. Har bir yo‘lovchi (to‘liq yoki bolalar chiptasiga) o‘zi bilan birga 36 kg dan oshmagan qo‘l yuki olib yurish huquqiga ega. Ikki o‘rinli kupe vagonlarida 50 kg qo‘l yuki olib yurilishiga ruxsat etiladi.
Shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlarida yo‘lovchilar tomonidan bepul me’yordan ortiq (lekin 50 kg dan oshmagan) qo‘l yukining tashilishi bagaj tarifiga binoan to‘lanishi kerak. Shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlari tamburlarida qismlarga ajratilmagan bittadan ortiq velosipedni tashishga ruxsat etiladi.
Yo‘lovchiga qo‘l yuki belgilangan me’yordan (36 kg) ortiqcha quyidagilarni tashishga ruxsat etiladi: portfel, ayollar sumkachasi, durbin, chang‘i va unga tayoqchalar, qarmoqlar, fotoapparat, soyabon, shuningdek uch o‘lchamiga ko‘ra 100 sm dan oshmaydigan boshqa kichik buyumlar.
Shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlarida bepul qo‘l yuki tashish me’yori hisobiga, shuningdek bolalar aravachasi, o‘simliklar, yuqori qismi boylangan va ildizlari o‘ralgan ko‘chatlar hamda boshqa ekin materiallarini tashishga ruxsat etiladi. Bunday qo‘l yukining har bir joy vazni 18 kg dan va balandligi 1,5 m dan oshmasligi kerak.
Karantin e’lon qilingan hududlarda, ushbu tashishlar qo‘l yuki egasining karantin hujjatlarini taqdim etgandagina amalga oshirilishi mumkin. O‘zi bilan birga o‘z o‘lchamlariga ko‘ra vagonlarda qo‘l yuki uchun mo‘ljallangan joylarda joylashishi mumkin bo‘lgan yo‘lovchi qo‘l yuki me’yori hisobidan qismlarga ajratilgan holdagi bolalar aravachasi, baydarkalarni tashishga ruxsat etiladi.
Yo‘lovchilar tomonidan tashilayotgan qo‘l yukini tortish uchun stansiyalar (vokzallar)da tarozilar o‘rnatiladi. Yo‘lovchilar tomonidan bunday tarozilardan bepul foydalaniladi.
67. Qo‘l yuki sifatida ko‘zdan kechirishdan o‘tmagan hamda vagon va yo‘lovchilarga zarar yetkazishi yoki ularni ifloslantirishi mumkin bo‘lgan buyumlar, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdan 314-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘lovchilar tashish poyezdlarida tashish taqiqlangan xavfli moddalar va buyumlar ro‘yxatiga kiritilgan buyumlar tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
68. Yo‘lovchilarning ortiqcha qo‘l yukini tashish uchun yo‘lovchi tashish poyezdlari tarkibiga qo‘shimcha bagaj vagonlari kiritilishi mumkin. Bunday vagonlarda qo‘l yuki tashilishi uchun tariflar bagaj tarifi bo‘yicha, tashuvchi tomonidan belgilangan imtiyozlarni qo‘llagan holda undiriladi. Tashish belgilangan shakldagi kvitansiya bilan rasmiylashtiriladi.
69. Istisno tariqasida, faqat yotoq o‘rinli yo‘lovchi tashish poyezdi vagonlarida, shuningdek shaharlararo qatnovchi poyezdlarning barcha vagonlarida bir chiptaga bittadan oshmagan miqdorda maishiy va tashkiliy texnikalar tashilishiga (yo‘lovchida qo‘l yukining mavjudligidan qat’i nazar) ruxsat etiladi.
Yo‘lovchi yoki shaharlararo qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdida tashilayotgan maishiy va tashkiliy texnikalarning har bir donasi uchun, uning vaznidan qat’i nazar, (kichik gabaritli portativlaridan tashqari) bagaj tarifi bo‘yicha 30 kg yuk uchun tarif undiriladi. Yo‘lovchi tashish poyezdlarida yirik gabaritli maishiy texnika va tashkiliy texnikalarni, shuningdek o‘z o‘lchamlariga ko‘ra ko‘zdan kechirishdan o‘tish imkoni bo‘lmaydigan boshqa apparaturalarni tashishga yo‘l qo‘yilmaydi.
70. Yo‘lovchi tashish poyezdlarida kichik uy hayvonlari va qushlarni, agar bu veterinariya qoidalari bilan taqiqlanmagan bo‘lsa (veterinariya ma’lumotnomasi mavjud bo‘lganda) barcha vagonlarda tashishga yo‘l qo‘yiladi.
Kichik uy hayvonlari qutilar, savatlar, qafaslarga joylashtirilgan bo‘lishi va qo‘l yuki tashilishi uchun ajratilgan joylarda bemalol joylashishi kerak.
71. Yo‘lovchi tashish poyezdlarida katta zotli itlarni, shu jumladan xizmat itlarining tashilishi (veterinar ma’lumotnomasi mavjud bo‘lganda) quyidagi holatlarda amalga oshiriladi:
a) ushbu poyezdda ketayotgan egalari yoki kuzatuvchilari nazorati ostida, bagaj vagonlarida poddonli maxsus konteyner yoki qutilarda;
b) ushbu vagonda ketayotgan egalari yoki kuzatuvchilari nazorati ostida, lokomotiv orqasidan birinchi ulangan platskart vagoni ishlamaydigan tamburda (ko‘pi bilan ikkita it);
g) egasining ixtiyoriga ko‘ra it uchun to‘liq qiymatli chipta sotib olinishi yoki yo‘lovchi tashish poyezdlari kupe vagonlarida butun kupe sotib olinishi mumkin.
Kichkina zotli itlarni va kuchuk bolalarini o‘zi bilan birga ularni tara (sumka, savat, qafas va boshqalar)ga joylashtirgan holda yo‘lovchi tashish poyezdlarining barcha vagonlarida olib yurish mumkin. Itlar, taralarga joylashtirilganidan tashqari, burunbog‘ bilan va yetaklash arqonida (jumladan shaharlararo qatnovchi poyezdlarda ham) tashiladi.
Yovvoyi hayvonlar, kemiruvchilar, yirik va mayda shoxli mollar va otlar tashilishiga ruxsat etilmaydi.
Bir guruh itlarni tashishga, faqat tashuvchi nomiga yo‘lovchi tashish poyezd jo‘nashidan 5 sutka oldin taqdim qilinadigan buyurtmanomalarga asosan alohida vagonlarda ijara shartlarida yo‘l qo‘yiladi.
Itlarni tashish to‘lovi mazkur Qoidalarning 161-bandida ko‘zda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. Ko‘zi ojiz bo‘lgan shaxslar kuzatuvchi itlarini o‘zi bilan birga barcha vagonlarda bepul olib yuradilar.
72. Kichik uy hayvonlari va qushlarni yo‘lovchi o‘zi bilan birga yo‘lovchi tashish poyezdlarida olib yurishi belgilangan tariflar bo‘yicha, yo‘lovchiga (shaharlararo qatnovchi poyezdlardan tashqari) old qismida “Yo‘lovchi qo‘lidagi bagaj” yozuvli bagaj kvitansiyasi taqdim etilishi bilan rasmiylashtiriladi.
73. Yo‘lovchi tashish poyezdlarida unutib qoldirilgan yoki yo‘qotilgan buyumlar aniqlangan barcha holatlarda topilgan buyumlarning tashqi ko‘rinishi va ularni aniqlash holatlari batafsil bayon etilgan umumiy shakldagi dalolatnoma tuziladi.
Dalolatnoma yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri tomonidan buyumni aniqlagan shaxs va transportdagi ichki ishlar organlari xodimlarining majburiy ishtirok etgan holda vagon kuzatuvchisi bilan birga tuziladi.
Vokzalda yoki oxirgi manzil punktiga yetib kelgan yo‘lovchi tashish poyezdi tarkibida aniqlangan unutib qoldirilgan buyumlar, ushbu vokzal boshlig‘iga topshiriladi.
Topshirishdan oldin buyumlar transportdagi ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokida ochib ko‘riladi.
Ochib ko‘rish natijalari to‘g‘risida ikki nusxada alohida dalolatnoma va buyumlar ro‘yxati tuziladi, ushbu ro‘yxatning bir nusxasi vokzal boshlig‘iga, ikkinchisi — transportdagi ichki ishlar organi xodimiga beriladi.
Yo‘nalishda harakatlanayotgan yo‘lovchi tashish poyezdida qoldirilgan buyumlarni yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri, ushbu poyezdning oxirgi manzil punkti vokzali boshlig‘iga dalolatnoma bilan birga tilxat orqali topshiradi.
74. 30 kun o‘tgandan keyin topib olingan va talab qilib olinmagan buyumlarni vokzal boshlig‘i dalolatnoma va ro‘yxat bilan hujjatsiz yuklar omboriga jo‘natadi. Yo‘lovchilar tomonidan yuk saqlash xonalaridan olinmagan buyumlar chiqarib olinganda, buyumlar ro‘yxati bilan birga dalolatnoma tuzilishi kerak. Yuk egasining joylashgan joyini aniqlash mumkin bo‘lgan ma’lumotlar mavjud bo‘lganda, unga zudlik bilan buyumlar joylashtirilgan joy haqida xabarnoma jo‘natiladi.
75. Topilgan buyumlarni talab qilib oluvchi shaxs, o‘zining buyumlari egasi ekanligini, buyumlarning aniq alomatlarini, ular nimadan iborat ekanligini yozma ravishda ko‘rsatgan yoki buyumlarni qulflovchi qulflarga kalitni taqdim qilgan holda isbotlab berishi kerak. Agar buyumlar ular topib olingan yoki topshirilgan vokzalda saqlanayotgan bo‘lsa, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar tekshirilgandan keyin, vokzal boshlig‘i farmoyishiga asosan egasiga topshiriladi.
Buyumlarni qabul qilib olishda uning egasi tashuvchiga lozim bo‘lgan barcha to‘lovlarni (saqlash, o‘rash, bagaj tarifi bo‘yicha tashish va e’lonni chop etish, agar bu qilingan bo‘lsa) to‘lashi, shuningdek buyumlarni qabul qilib olganlik haqida tilxatni, unda o‘zining shaxsini tasdiqlovchi hujjati ma’lumotlarini ko‘rsatib taqdim qilishi kerak. Buyumlarni saqlash uchun barcha to‘lovlar belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
76. Agar yo‘lovchi vagondan chiqib, uning tomonidan vagonda buyumlar unutib qoldirilganligini o‘zi aniqlasa, u vokzal boshlig‘iga murojaat qilishi kerak. Vokzal boshlig‘i yo‘lovchi yozma arizasiga binoan bu haqdagi xabarni, ushbu xabarda yo‘lovchi egallagan vagon va joy raqami, unutib qoldirilgan buyumlar bayonini hamda ularning egasi joylashgan manzilga yetkazilish talabini ko‘rsatgan holda zudlik bilan yo‘lovchi tashish poyezdining harakatlanayotgan yo‘nalishdagi birinchi yirik stansiya yoki yo‘lovchi tashish poyezdi yetib kelish stansiyasi boshlig‘iga yo‘llaydi.
Bunday holatlarda, buyumlarni qaytarish bilan bog‘liq barcha xarajatlar (xabar yo‘llash, o‘rash, tashish va boshqalar) buyum egasi hisobiga amalga oshiriladi.
77. Tashishga o‘z o‘lchamlari, o‘rami va xususiyatlariga ko‘ra belgilangan tartibda ko‘zdan kechirish tartibotlaridan o‘tishi, yo‘lovchi bagajlariga zarar yetkazmasdan, qiyinchiliksiz bagaj vagoniga yuklanishi va joylashtirilishi mumkin bo‘lgan yuklar va buyumlar qabul qilinadi. Bagaj bagajni qabul qilish va berish operatsiyalarini amalga oshiradigan stansiyalargacha tashiladi. Yo‘lovchi bagajni tashishga oldindan, lekin yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nashidan 2 soatdan kechiktirmasdan topshirishi mumkin, bunda bagajni saqlaganlik uchun to‘lovlar Qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Har bir bagaj joyi uni ortish, qayta ortish va tushirishda olib yurish imkonini beruvchi qurilmaga ega bo‘lishi yoki moslashtirilishi kerak. Jamadonlar, sandiqlar, savatlar, yashiklar, quti va toylar mahkam bog‘langan bo‘lishi kerak. Tara va o‘ram buyumlar saqlanishini butun tashish mobaynida ta’minlashi kerak.
Televizor va boshqa shunga o‘xshash maishiy texnika o‘ramiga talablar mazkur Qoidalarning 111-bandida keltirilgan.
Velosipedlar, aravachalar va bolalar karavotlari, protez aravachalari va hokazolar o‘rami bilan va o‘ramsiz qabul qilinishi mumkin. Bagajni tashishga bir joy og‘irligi 80 kg dan ziyod, uzunligi esa 3 m dan ortiq yuk va buyumlar qabul qilinmaydi. Vazni 80 kg dan ortiq bo‘lgan bo‘linmaydigan joylar (muzlatgich, gaz plitalari va boshqalar) bagaj tashishga, ya’ni yo‘lovchi tashish poyezdida har bir rasmiylashtirilgan joyga bir birlik miqdoridagi chipta bo‘yicha qabul qilinadi. Bu miqdordan ortiqcha qabul qilingan bo‘linmaydigan buyumlar tashilishi yuk bagaj tarifi bo‘yicha to‘lanadi. Ularni tashish tartibi mazkur Qoidalarning 111-bandida bayon etilgan.
78. Bagaj tashishga nosoz o‘ramda taqdim etilganda, tashuvchi uni tashishga qabul qilishni rad etadi.
O‘rami bagajning yo‘qolishi yoki buzilishi xavfini vujudga keltirmaydigan bunday kamchiliklarga ega bo‘lgan bagaj, tashish hujjatlarida ushbu kamchiliklar ko‘rsatilgan holda tashishga qabul qilinishi mumkin.
79. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 314-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘lovchilar tashish poyezdlarida tashish taqiqlangan va cheklangan xavfli moddalar va buyumlar ro‘yxatiga kiritilgan yuklar va buyumlar bagaj sifatida tashishga ruxsat etilmaydi.
80. Tashuvchi yo‘lovchi tomonidan bagajning boshqa buyumlari orasida o‘ragan sinuvchi va mo‘rt buyumlar, tez buziladigan mahsulotlar, shuningdek alohida o‘ralgan sinuvchi va mo‘rt buyumlar (oyna, chinni, televizorlar, priyomniklar) qoniqarsiz holati yoki shikastlanganligi uchun, agar bunda bagaj shikastlanishini keltirib chiqaruvchi o‘ramning bironta tashqi buzilishlari mavjud bo‘lmasa, bagaj egasi oldida javob bermaydi.
81. Bagaj yo‘lovchi jo‘nash stansiyasida ham, harakat yo‘nalishidagi bagaj operatsiyalari uchun ochiq bo‘lgan har qanday oraliq stansiyasida ham tashish uchun topshirilishi mumkin. Manzil stansiyasi sifatida faqat yo‘lovchi boradigan oxirgi stansiya emas, balki harakat yo‘nalishida joylashgan va bagaj operatsiyalarini bajarish uchun ochiq bo‘lgan har qanday stansiya xizmat qilishi mumkin. Jo‘nash dastlabki stansiyada chipta bo‘yicha bagaj qabul qilish, uning vazniga bog‘liq ravishda bir yoki bir nechta bagaj kvitansiyalarini taqdim qilish bilan rasmiylashtirilishi mumkin.
82. Yo‘lovchi tomonidan chipta ko‘rsatilganda tashuvchi bagajni tashish uchun qabul qilishi va uni tegishli manzil bo‘yicha tarkibida bagaj vagoni bo‘lgan birinchi yo‘lovchi tashish poyezdida yoki pochta-bagaj poyezdida jo‘natishi shart.
83. Tashishga topshirilayotgan bagajning har bir joyi, belgilangan markirovkalash qoidalariga muvofiq markirovkalanadi. Tashuvchi tomonidan tashishga topshirilayotgan bagaj joyi markirovkalangan holatlarda, jo‘natuvchidan Qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq belgilangan yig‘im undiriladi.
Markirovkalash yorliq taqib qo‘yish yoki yozuv yozish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Alohida bagaj joyining vazni 5 kg dan kam bo‘lmasligi kerak.
84. Bagajni tashishga qabul qilinishini tasdiqlash uchun yo‘lovchiga bagaj kvitansiyasi taqdim etiladi. Bagaj kvitansiyasida chipta raqami, yo‘lovchi xohishiga ko‘ra, bagaj yetib kelganligi haqida xabar yo‘llanishi mumkin bo‘lgan pochta manzili ko‘rsatiladi, bunda tashish hujjatlarining “alohida qaydlar” ustuniga jo‘nash stansiyasida “xabar yo‘llanishi bilan” degan qayd kiritiladi.
85. Bagajga o‘ralmagan velosiped va hokazolar qabul qilinganda, bagaj kvitansiyasida albatta velosiped raqami, rusumi (erkaklarniki, ayollarniki, bolalarniki va boshqalar) va u bilan birga qanday anjomlar (qo‘ng‘iroq, nasos, fonar, sumka va boshqalar) mavjudligi ko‘rsatilishi kerak.
Avtomobil shinalari bagaj va yuk bagaj tashishlariga bagaj kvitansiyasidagi “kamera bilan” yoki “kamerasiz”, “yangi” yoki “ishlatilgan” qaydlari bilan faqat o‘ralmagan holda qabul qilinadi. Bunda e’lon qilingan qiymat uchun yig‘imlarning oshishi avtomobil shinalariga tatbiq qilinmaydi.
86. Yo‘lovchi bagajni topshirayotgan vaqtda belgilangan tarifga muvofiq yig‘imni to‘lagan holda uning qiymatini e’lon qilishi mumkin. Agar tashishga bir nechta bagaj joyi taqdim qilinayotgan bo‘lsa, yo‘lovchi har bir joy qiymatini alohida yoki barcha joylar umumiy qiymatini e’lon qilishi mumkin. Qiymatni e’lon qilish og‘zaki tarzda amalga oshiriladi. Agar yo‘lovchi bagaj qiymatini e’lon qilgisi kelmasa, yo‘lovchi imzolayotgan bagaj kvitansiyasining “E’lon qilingan qiymat” ustunida “Qiymat e’lon qilishni rad etaman” degan qayd kiritilishi kerak.
E’lon qilingan qiymat umumiy miqdori bagaj kvitansiyasida raqamlar va yozuvlarda ifodalanadi, agar tashishga bir nechta bagaj joylari taqdim qilinayotgan bo‘lsa, har bir alohida joy qiymati va vazni raqamlar bilan yoziladi. E’lon qilingan bagaj qiymati umumiy miqdori yo‘lovchi tomonidan so‘mlarda aytilishi va bagajdagi buyumlar haqiqiy narxlaridan kelib chiqishi kerak.
Tashuvchi tomonidan bagajning e’lon qilingan qiymati uchun jo‘natuvchidan belgilangan tartibda qo‘shimcha yig‘im undiriladi.
87. Agar yo‘lovchi o‘z bagaj qiymatini e’lon qilganda, bagaj bo‘limi xodimida uning to‘g‘riligiga shubha tug‘ilsa, u tekshirish uchun yo‘lovchidan bagajni ochishni talab qilishi mumkin.
Bagaj bo‘limi xodimi va jo‘natuvchi o‘rtasida e’lon qilingan qiymat bo‘yicha nizolar yuzaga kelganda nizoni bagaj bo‘limi boshlig‘i, vokzal boshlig‘i hal qiladi.
Yo‘lovchi bagajni tekshirish uchun ochishdan yoki vokzal boshlig‘i taklif etgan e’lon qilingan qiymatdan norozi bo‘lganda, bagaj e’lon qilingan qiymat bilan tashishga qabul qilinmaydi.
88. Bagaj vagonida tashish uchun itlar, mayda uy hayvonlari, arilar va qushlar harakatlanayotgan yo‘nalishda qayta yuklanmaydigan holatda qabul qilinadi.
89. Itlar, mayda uy hayvonlari va qushlar vagondagi mavjud boshqa bagajga zarar yetkazmaslikni kafolatlovchi, vagonni esa ifloslanishdan saqlovchi maxsus konteynerlarda yoki jo‘natuvchining poddonli tarasida (qafaslar, savatlar, qutilarda) tashilishi mumkin. Ushbu tara tashilayotgan hayvonlar o‘lchami va miqdoriga mos kelishi va haddan tashqari qo‘pol bo‘lmasligi kerak. Nizoli holatlarda tara masalasini bagaj bo‘limi boshlig‘i hal etadi.
Itlar, qushlar va mayda uy hayvonlarini boqish va parvarishlash majburiyati ularning egalari va kuzatuvchilari zimmasiga yuklanadi, ularni tashishda tashuvchi aybi bilan kechiktirish hollari bundan mustasno.
90. Arilar bagaj vagonida tashishga tashqi havo temperaturasi +10o S dan ortiq bo‘lmagan holatda qabul qilinadilar. Arilar ari uyalarida yoki fanerli paketlarda, shu yo‘lovchi tashish poyezdida ketishi lozim bo‘lgan kuzatuvchi nazorati ostida tashiladi. Vagonda ari uyalari va paketlar shunday o‘rnatiladiki, ari uyalarini shamollatish tirqishlari to‘silib qolmasligi va ularga erkin borilishi ta’minlanishi lozim.
91. Mayda uy hayvonlari, qushlar va arilarni tashishga tegishli yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nashiga kamida uch soat vaqt qolganda qabul qilinadi. Yovvoyi hayvonlarni bagaj bilan tashishga qabul qilinmaydi. Bagaj bilan itlar, qushlar, mayda hayvonlar va arilar tashilishiga bagaj kvitansiyasi taqdim etiladi, unda: “It qafasda”, “Qush qafasda” va shu kabi qaydlar, uning tara bilan umumiy vazni hamda tashilayotgan hayvon va qushlar soni ko‘rsatiladi.
92. Qushlar, mayda hayvonlar va arilar yo‘lovchi tashish poyezdining belgilangan manzil stansiyasiga yetib kelgandan keyin 12 soatdan kechiktirmasdan yo‘lovchi tomonidan qabul qilib olinishi kerak.
93. Hayvonlar, qushlar va arilar tashiladigan bagaj kvitansiyasi yo‘qotilgan holatlarda, yo‘lovchi ularni o‘ziga tegishli ekanligini isbotlagach, qabul qilib oluvchining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar ma’lumotlari ko‘rsatilgan tilxat bilan yo‘lovchiga berilishi mumkin.
94. Bagaj vagonlarida mayda uy hayvonlari, itlar va arilarni tashish, tegishli shakldagi veterinariya guvohnomalari taqdim qilinishi bo‘yicha amalga oshiriladi.
95. Yo‘lovchi o‘z bagajini harakat yo‘nalishida olishni xohlasa, u dastlab, bu manzil stansiyasiga yetib kelishidan 30 daqiqa oldin, yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri orqali yoki shaxsan bagaj vagoni qabul qiluvchi-topshiruvchisini ogohlantirishi kerak. Agar bagaj vagonini ortish va yo‘lovchi bagajini olishni ixtiyor qilgan stansiyada poyezdning to‘xtash sharoitlariga ko‘ra buning iloji bo‘lsa — qabul qiluvchi-topshiruvchi bagajni beradi, yo‘lovchidan olingan kvitansiyani yo‘l vedomosti bilan birga bagaj topshirilgan stansiyaga stansiya shtempelini qo‘yish va navbatdagi topshirish hisoboti bilan tashuvchiga jo‘natish uchun beriladi.
Yo‘lovchi tashish poyezdlaridagi bagaj va yuk bagaj qabul qiluvchi-topshiruvchisi kvitansiyada “Bagaj vagondan yo‘lovchiga berildi” degan belgini stansiya qabul qiluvchi-topshiruvchisi xuddi shunday ma’nodagi belgini topshirish ro‘yxatiga kiritishi lozim. Bagajning bosib o‘tilmagan masofasi uchun chipta to‘liq qiymati bu hollarda qaytarilmaydi.
96. Bagajni tashish xizmatlari uchun to‘lovlar jo‘natish vaqtida amalga oshiriladi. Kvitansiyada ko‘rsatilgan vaznga qarshi nomuvofiqliklar aniqlangan har bir holatda, manzil stansiyasi tijorat dalolatnomasi tuzadi va uni tegishli choralar ko‘rish uchun jo‘natish stansiyasiga yuboradi, yo‘lovchi bilan esa bagaj tashish bo‘yicha xizmatlar uchun qayta hisob-kitoblar amalga oshiriladi.
97. Bagajni berish faqat qabul qiluvchida bagaj kvitansiyasi va chipta mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Qabul qiluvchida chipta bo‘lmaganda, agar u harakat yo‘nalishida boshqa poyezdga o‘tish bilan yurgan bo‘lsa va boshqa poyezdga o‘tish stansiyasidan manzil stansiyasigacha bilet bo‘lmasa, u holda undan yuk bagaji tarifi bo‘yicha qo‘shimcha haq undiriladi. Bagaj kassasi bagaj kvitansiyasini olib qo‘yadi, uni yo‘l vedomostiga yopishtiradi va tashuvchiga jo‘natadi.
Yo‘lovchi xohishiga ko‘ra, manzil stansiyasi sutkalik muddat o‘tgach (kelish kunini hisoblamasdan) qabul qiluvchiga telefon, buyurtma xati yoki boshqa yo‘llar bilan uning nomiga bagaj yetib kelganligi to‘g‘risida xabar beradi. Qabul qiluvchining nomiga bagaj yetib kelganligi to‘g‘risidagi xabarnomasi uchun qabul qiluvchi tomonidan tashuvchi belgilagan tarif bo‘yicha haq to‘lanadi. Agar manzil stansiyasi yo‘lovchini yetib kelgan bagaj haqida belgilangan muddatda ogohlantirmasa, xabarnoma jo‘natilgunga qadar bagaj saqlangan kunlarga to‘lanmaydi.
98. Etib kelgan bagajni, stansiya yo‘lovchi tashish operatsiyalari uchun ochiq bo‘lgan butun vaqti mobaynida beriladi. Tashuvchi oraliq stansiyalarda yo‘lovchi tashish poyezdi o‘tganidan keyin bir soatdan kechiktirmasdan, oxirgi stansiyalarda bagaj vagoni tushirilgandan keyin yetib kelgan bagajni berish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirishi shart. Stansiyada transport vositalari mavjud bo‘lganda, yo‘lovchi xohishiga ko‘ra bagaj u ko‘rsatgan manzilga belgilangan tariflar bo‘yicha qo‘shimcha haq to‘lash bilan yetkazilishi mumkin.
99. Manzil stansiyasi yo‘lovchi tomonidan berilishi talab etilgan bagaj yetib kelmaganda, bagaj kvitansiyasining orqa tomoniga yetib kelish muddati tugagach “Bagaj yetib kelmadi” degan belgi, yil, oy va sanani ifodalovchi shtempelni qo‘yishi va yo‘lovchidan unga bagaj yetib kelishi haqida xabarnoma jo‘natish manzili ko‘rsatilgan arizani qo‘shimcha yig‘imlarni undirmasdan olishi shart.
100. Bagaj yetkazish muddati bagaj qo‘shib jo‘natilgan yo‘lovchi tashish poyezdining manzil stansiyasigacha yetib kelish vaqtidan kelib chiqib aniqlanadi. Agar bagaj qayta ortish mavjud harakat yo‘nalishida ketib borsa, bagajni yetkazish muddati ushbu yo‘nalish bo‘yicha kelishilgan poyezdlarning yurishi vaqtiga har bir qayta yuklash uchun bir sutkadan qo‘shish bilan hisoblanadi.
101. Qidirilgan bagajning yetib kelishi haqida manzil stansiyasi uni yetib kelish kunida yo‘lovchiga telefon, buyurtma xati yoki boshqa yo‘l bilan xabar berishi kerak.
102. Agar bagaj stansiyaga yetib kelish muddatidan 10 kundan keyin yetib kelmasa, bagaj yo‘qotilgan hisoblanadi va yo‘lovchi uning qiymatini tiklab berishni talab etish huquqiga ega. Yo‘qotilgan bagaj uchun pul kompensatsiyasi mazkur Qoidalarning 105-bandiga muvofiq to‘lanadi.
Yo‘qotilgan bagaj uchun pul kompensatsiyasi to‘langan vaqtda berilgan tilxatda, yo‘lovchi topilgan bagajni unga temir yo‘l stansiyalaridan biriga bepul yetkazilishi to‘g‘risida ma’lum qilishi mumkin. Bagaj qidirish va yetkazish holatida bagaj egasi uni bagaj yetib kelganligi to‘g‘risida xabardor qilingan kundan boshlab 30 kun mobaynida olishi shart. Bagaj olayotganida u pul kompensatsiyasini qaytarib berishi shart.
103. Tashish amalga oshirilgan chipta, bagaj kvitansiyasi yo‘qotilganda, yo‘lovchiga bagaj undan yuk bagaji tarifi bo‘yicha tashish to‘lovi farqini undirilgandan keyin yozma arizaga binoan (jo‘natma unga tegishliligi isbotlari taqdim etilganda) shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar ma’lumotlari ko‘rsatilgan tilxat bilan beriladi. Yo‘l vedomostida yo‘lovchi va stansiya boshlig‘i imzolari bilan tasdiqlangan chipta, bagaj kvitansiyasi taqdim etilmasdan bagajni berish sabablari to‘g‘risida belgi kiritiladi.
104. Vazni yoki joy qismi yetishmaganda, shuningdek bagaj shikastlanganda uch nusxada tijorat dalolatnomasi tuziladi. Agar yo‘lovchi uni shu ahvolda olishga rozi bo‘lsa, bagaj beriladi, bagaj kvitansiyasi temir yo‘l stansiyasida qoladi, yo‘lovchiga uning talabiga binoan bagaj joyi ochilgandan va bagaj tarkibi tekshirilgandan keyin (yo‘lovchi taqdim qilgan ro‘yxatga binoan), yetishmaslik va shikastlanish ma’lumotlaridan tashqari, shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlari hamda agar e’lon qilingan qiymat miqdori ko‘rsatilgan bo‘lsa, uning to‘g‘risidagi ma’lumotlar ifodalangan tijorat dalolatnomasining ikkinchi nusxasi beriladi. Ushbu dalolatnoma bo‘yicha yo‘lovchi tashuvchiga da’vo qilishi, shuningdek izlab topilgan yetishmayotgan bagaj joylarini olishi mumkin.
105. Qiymati e’lon qilingan bagaj yo‘qolgan taqdirda yo‘qotilgan bagaj uchun pul kompensatsiyasi sutka mobaynida e’lon qilingan qiymat va to‘langan yo‘l haqi miqdorida stansiya boshlig‘i tomonidan stansiya tushumidan to‘lanadi. Qiymati e’lon qilingan bagaj yoki yuk bagaj yo‘qotilganda temir yo‘l pul kompensatsiyasi sifatida yo‘qotilgan bagajning e’lon qilingan qiymati miqdorini to‘laydi. Bagaj yoki yuk bagaj qisman yo‘qotilganda temir yo‘l yetishmayotgan e’lon qilingan qiymat miqdorining har bir kilogrammi uchun tegishli ulushini to‘laydi.
Qiymati e’lon qilinmasdan tashishga topshirilgan bagaj to‘liq yoki qisman yo‘qotilganda, tashuvchi yo‘lovchiga yetishmayotgan har bir kilogrammi brutto og‘irligi uchun 2 (ikki) shveysariya frankidan oshmagan miqdorda yo‘qotilgan bagaj yoki uning yo‘qotilgan qismi haqiqiy qiymatini to‘laydi.
Bagaj shikastlangan yoki buzilganda, yo‘lovchiga o‘tkazilgan ekspertizada aniqlangan baholashga muvofiq, biroq yo‘lovchi qiymatni e’lon qilgan bo‘lsa, e’lon qilingan bagaj qiymati miqdoridan oshirmasdan to‘liq bagaj yoki uning qismi uchun qiymat qaytariladi. Agar bagaj buzilishi uning yetkazish muddatidan o‘tib ketganligi sababli yuzaga kelgan, u esa qiymati e’lon qilinib topshirilgan bo‘lsa, e’lon qilingan qiymat yo‘lovchiga buzilgan bagaj vazniga mutanosib ravishda to‘lanadi.
106. Agar qidirib topilgan bagaj egasiga uning da’vosiga binoan muqaddam kompensatsiya to‘langan bo‘lsa, bagaj olingan mablag‘larni qaytarish sharti bilan beriladi.
Agar bagaj olinishi bilan da’vo batamom tugatilsa, tijorat dalolatnomasi bagaj taqdim qilgan tashuvchida, faqat da’vo qismi hal etilganda, dalolatnoma nusxasida stansiya boshlig‘i imzosi bilan bagaj qidirib topilgan joylarni berish to‘g‘risida belgi kiritiladi va da’vo batamom hal qilinganligi to‘g‘risida dalolatnoma tuziladigan stansiyaga yuboriladi.
107. Manzil stansiyasiga yetib kelgan bagaj, yetib kelish kuni hisobga olinmasdan bir sutka mobaynida bepul saqlanadi.
108. Bagaj bir sutkadan ortiq saqlanganda, yo‘lovchilar tomonidan saqlanganlik uchun to‘lovlar belgilangan tariflarga muvofiq to‘lanadi.
109. Yuk bagajini tashishga o‘z o‘lchamlari, o‘rami va xususiyatlariga ko‘ra belgilangan tartibdagi ko‘zdan kechirish tartibotlaridan o‘tishlari mumkin bo‘lgan yuklar va buyumlar qabul qilinadi. Fuqarolardan yuk bagaji yozma arizalarga binoan temir yo‘l chiptasi taqdim qilinmasdan qabul qilinadi. Yuridik shaxslardan yuk bagaji stansiya (vokzal) bagaj bo‘limi boshlig‘i yoki uning o‘rinbosari ruxsati bilan qabul qilinadi. Jismoniy va yuridik shaxslardan qabul qilib olingan yuk bagajini tashish to‘lovi yuk bagaj tarifi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Yuk bagaji tashishga mazkur Qoidalarning 79-bandida ko‘zda tutilgan yuklar va buyumlar, bir bagaj joyiga vazni 80 kg dan va uzunligi 3 m dan ortiq bo‘lgan buyumlar, shuningdek shisha idishlardagi suyuqliklar qabul qilinmaydi.
Tez buziladigan yuklar harakat yo‘nalishida qayta yuklanmasdan mazkur Qoidalarning 113-bandida nazarda tutilgan talablarga muvofiq tashiladi.
Stansiya boshlig‘i yo‘lovchi tashish poyezdi to‘xtab turish vaqti yoki bagaj vagonidagi mavjud joylarga bog‘liq ravishda bir vaqtning o‘zida tashish uchun qabul qilinayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining vazni va miqdorini chegaralash huquqiga ega. Bunday hollarda uning jo‘natilishi bir nechta jo‘natmalar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Shishali yoki oynali buyumlar barcha yo‘lovchi tashish poyezdlarining bagaj vagonlarida tashishga harakat yo‘nalishida qayta ortishsiz qabul qilinadi.
Yuk bagaji tashishga, agar yuk bagajini jo‘natish va yetkazish manzil stansiyasida yo‘lovchi tashish poyezdi to‘xtab turishi 5 daqiqadan kam bo‘lmasa, qabul qilinadi.
Yuk bagaji oldindan qabul qilinishi mumkin. Oldindan qabul qilingan yuk bagaji saqlanishi uchun belgilangan tariflarga muvofiq to‘lanadi.
110. Yuk bagajini tashishga o‘ralgan va o‘ralmagan holda qabul qiladilar. Yuk bagajini o‘rami bilan qabul qilish, o‘ram mavjud bo‘lmaganda uni saqlanishi kafolatlanmaganda yoki ushbu yuk bagaj bilan birga tashilayotgan boshqa buyumlarga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hollarda majburiydir. Bu hollarda o‘ram, mazkur Qoidalarning 77 va 78-bandlarida bagajga qo‘yilgan talablariga javob berishi kerak. Yog‘och yashiklar temir hoshiyalarga ega bo‘lishi kerak.
Shishali yoki oynali buyumlarni tashishga qabul qilish, shisha yoki oyna butunligi yuklash va tushirishda kafolatlovchi o‘ramlarda amalga oshiriladi. Har bir bagaj joyida “Ehtiyot bo‘ling, shisha” yozuvi bo‘lishi kerak.
Televizor va shunga o‘xshash maishiy texnikani harakat yo‘nalishida qayta ortishsiz tashishda ularning saqlanishini ta’minlovchi o‘ramlarda, qayta yuklash bilan tashishlarga — faqat qattiq o‘ramlarda (yashik yoki panjarada) qabul qilinadi. Televizor va shunga o‘xshash maishiy texnikani tashish rasmiylashtirilganda o‘ramga tepasida yoki yon devorlarining birida “Ehtiyot bo‘ling, maishiy texnika” yozuvi yoziladi.
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yashiklar, savatlar, qoplarga, asal esa — metall flyagalar yoki yog‘och bochkachalarga joylashtirilishi kerak. O‘ram tashilayotgan mahsulotning saqlanishini kafolatlashi kerak.
Motorli velosipedlar, mototsikllar, motorollerlar, moped va motorli aravachalar baklari yonilg‘i va moydan tozalangan bo‘lishi kerak. Mototsikllar (vazni 165 kg li), motorollerlar va mopedlar tashishga zavod o‘ramida yoki boshqa qattiq o‘ram (panjarasimon o‘ram)da qabul qilinadi.
111. Jismoniy va yuridik shaxslardan yuk bagaji bagaj operatsiyalari uchun ochiq temir yo‘l stansiyalari oraliqlarida vazni bir bagaj joyiga 80 kg dan oshmaydigan alohida bagaj joylarida tashishga qabul qilinadi.
Jismoniy va yuridik shaxslardan yuk bagaj tashishga vazni 165 kg gacha bo‘lgan bo‘linmaydigan joylar (gaz plitalari, muzlatgichlar va boshqalar)ni qabul qilish, harakat yo‘nalishida qayta ortishsiz yuk bagaj operatsiyalari uchun ochiq stansiyalardan va stansiyalargacha amalga oshiriladi.
112. Tez buziladigan yuklar harakat yo‘nalishida yo‘lovchi tashish poyezdining bagaj vagonlarida harorat rejimini bir maromda saqlamasdan (yuk jo‘natuvchi javobgarligida) tashiladi.
113. Tez buziladigan yuklar stansiya boshlig‘ining ularni aynan qaysi yo‘lovchi tashish poyezdi bilan jo‘natish mumkin bo‘lishini aniqlagandan keyin, jo‘natish stansiyalari tomonidan qabul qilinadi.
Qabul qiluvchining tez buziladigan yuklarini qabul qilish uchun kelishi vaqti haqida xabardor qilish majburiyati jo‘natuvchi zimmasidadir.
114. Tashuvchi tez buziladigan yukning tabiiy xossalari yoki iqlim sharoitlari natijasida buzilishi uchun, agar yuk taqdim qilish muddati mobaynida yetkazilgan va qabul qiluvchiga topshirilishi mumkin bo‘lsa va tashuvchi aybi bilan yuk buzilishini keltirib chiqaruvchi o‘ram shikastlanishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lsa, javobgar emas.
115. Yuk bagajni jo‘natish haqida jo‘natuvchi bagaj bo‘limi boshlig‘iga ariza topshiradi, unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
g) qabul qiluvchining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va pochta indeksi ko‘rsatilgan uning manzili;
d) jo‘natuvchining nomi (familiyasi, ismi, otasining ismi) va pochta indeksi ko‘rsatilgan uning manzili.
Tashuvchi belgilangan tariflarga muvofiq jo‘natuvchini ushbu arizalar blankasi bilan ta’minlashi va ularni to‘ldirish bo‘yicha qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatishi mumkin.
Yuk bagajni tashishga qabul qilishda bagaj bo‘limi boshlig‘i yuk bagaj qabul qilish vaqtini (sana, oy, soat) belgilaydi, bu arizada qayd qilinadi.
116. Yuk bagajni jo‘natishga qabul qilish arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq belgilangan shakldagi tashish hujjatlarini rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
Jo‘natuvchiga jo‘natuvchi va qabul qiluvchi nomi va manzillari ko‘rsatilgan kvitansiya taqdim etiladi.
Jismoniy shaxslardan yuk bagaj qabul qilib olinganda bagaj kvitansiyasida chiptalar raqami o‘rniga “Ariza bo‘yicha” belgisi ko‘rsatiladi. Yuk bagaj to‘g‘ri nomlanishiga shubha tug‘ilsa, tashuvchi yuk bagajni ko‘rishi uchun o‘ram ochilishini talab qilishi mumkin. Agar jo‘natuvchi o‘ram ochilishiga rozilik bermasa, yuk bagaj tashishga qabul qilinmaydi.
117. Jo‘natuvchi barcha yuk bagaj joylarini talab qilinayotgan markirovkalash yozuvlari bilan taqdim qilishi kerak. Tashishga topshirilayotgan yuk bagaj tashuvchi tomonidan markirovkalansa, jo‘natuvchidan belgilangan tarif bo‘yicha yig‘im undiriladi.
118. Jo‘natuvchiga bagaj uchun belgilangan tartib va shartlarda tashilayotgan yuk bagaj qiymatini e’lon qilish huquqi taqdim etiladi. E’lon qilingan qiymat uchun yig‘im va tashish haqi jo‘natilish vaqtida belgilangan tarif bo‘yicha to‘lanadi.
Jo‘natuvchi yuk bagaj qiymatini e’lon qilishni rad etsa, jo‘natuvchi imzolaydigan yuk bagaj kvitansiyasida “Qiymatni e’lon qilishni rad etaman” degan qayd qilinadi.
119. Fuqarolardan tashishga o‘simliklar, ko‘chatlar va boshqa ekiladigan narsalar, agar ularning o‘rami tashish saqlanishini kafolatlasa va ular boshqa yo‘lovchilar bagajini ifloslantirmasa, qabul qilinadi. Bu holda bagajning har bir joy vazni 25 kg dan va balandligi 2 m dan oshmasligi kerak. Ko‘rsatib o‘tilgan jo‘natmalar karantin e’lon qilingan hududlarda joylashgan stansiyalarda, yuk egasi tomonidan belgilangan qoidalarga muvofiq tashish huquqini beruvchi karantin hujjati taqdim etilganda qabul qilinadi.
120. Manzil stansiyasi qabul qiluvchini uning nomiga yuk bagaj yetib kelganligi to‘g‘risida telefon, buyurtma xat yoki boshqa yo‘llar bilan xabardor qilishi shart. Xabarnoma uchun tashuvchi tomonidan belgilangan tarif bo‘yicha yig‘im undiriladi.
121. Yuridik shaxslar manziliga yetib kelgan yuk bagaji, yuk bagaj qabul qilib olishga vakolatlangan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarini taqdim qilgan va yo‘l yuk bagaj vedomosti orqa tomonida imzo chekkan holda qonun hujjatlariga muvofiq rasmiylashtirilgan ishonch qog‘ozi bo‘yicha beriladi.
Yuk bagaj qabul qilib olishda yuk bagaj kvitansiyasini ko‘rsatishi shart emas. Yuk bagaj qabul qilib olishga vakolatlangan shaxs, yo‘l yuk bagaj vedomostidan nusxa ko‘chirib olish huquqiga ega, bagaj kassasi uni imzo va stansiya shtempeli bilan tasdiqlashi kerak.
Alohida shaxslar manziliga yetib kelgan yuk bagaj qabul qilib oluvchiga (yoki uning ishonch qog‘ozi bo‘yicha boshqa shaxsga) shaxsni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinganda, yo‘l yuk bagaj vedomosti orqa tomonida imzo chekkan va shaxsni tasdiqlovchi hujjat ma’lumotlarini ko‘rsatgan holda beriladi.
Qabul qiluvchi yuk bagaj qabul qilganda uning vaznini tekshirish huquqiga ega. Stansiya vaznni tekshirganligi uchun belgilangan tarifga muvofiq yig‘im undiradi, agar tekshirilganda vazn yetishmovchiligi aniqlanmasa.
122. Manzil stansiyasiga yetib kelgan yuk bagaj bir sutka mobaynida (yuk bagaj tushirib olingan kun hisoblanmaydi) bepul saqlanadi. Keyingi saqlash uchun belgilangan tarif bo‘yicha haq to‘lanadi.
123. Yuk bagajni yetkazish muddati, u tashilayotgan yo‘lovchi tashish (pochta-bagaj) poyezdining harakat yo‘nalishi vaqti bilan belgilanadi.
124. Buyumlarni saqlash uchun qabul qilinganda omborchi yo‘lovchiga jeton taqdim qiladi va maxsus kitobning “Berish” ustuniga uning tartib raqamini yozib qo‘yadi. Yo‘lovchi tomonidan qo‘l yuki qaytarib olinganda omborchi ushbu jeton tartib raqamini “Olish” ustuniga yozib qo‘yadi.
125. Buyumlarni saqlaganlik uchun belgilangan tariflar bo‘yicha haq to‘lanadi. Yuk saqlash xonalarida buyumlar jeton ko‘rsatuvchiga beriladi. Bunda jeton qaytarib beriladi.
126. Jetonlar bo‘yicha saqlashga topshirilgan buyumlar yo‘qotilganda, isbot qilish uchun taqdim qilingan da’volar tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
Buyumlar topilgan taqdirda, ular egasiga, yo‘qotilgan bagajni topshirish uchun belgilangan qoidalarga ko‘ra, yuk egasining zararni qoplash uchun olingan mablag‘ni tashuvchiga qaytarish shartlarda beriladi.
127. Jeton yo‘qotilganda yuk saqlash xonasiga qabul qilingan buyumlar egasiga ushbu buyumlarning unga tegishliligi dalillarini bagaj uchun belgilangan tartibda taqdim qilganda beriladi. Yo‘lovchi tomonidan yo‘qotilgan jeton qiymatining miqdori tashuvchi tomonidan belgilanadi.
128. Yuk saqlash xonalariga topshirilgan buyumlar u erda 30 kalendar kun mobaynida saqlanadi. Agar ko‘rsatilgan muddat tugagach, qandaydir sabablarga ko‘ra buyum egasi o‘z buyumlarini olib ketmasa, tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.
129. Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashishlarini amalga oshirish nazorati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
130. Temir yo‘l transportida yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashishlari nazoratini amalga oshirishda quyidagilar tekshiriladi:
v) poyezd brigadasi tomonidan vagonlarni talab darajasida tutish va yo‘lovchilarga madaniy xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash;
e) yo‘lovchi tashish poyezdlari, vokzallarda yo‘lovchilar, shuningdek temir yo‘l transporti xodimlari tomonidan jamoat tartibining saqlanishi va ular tomonidan mazkur Qoidalarning bajarilishi;
z) yo‘lovchi tashish poyezdlaridagi bo‘sh va bo‘shayotgan joylar hisobi hamda joylar haqida ma’lumotlar berish tartibi;
131. Stansiya hamda yo‘lovchi tashish poyezdlarida chiptalar sotishni va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni tashkil qilishda kamchiliklarni aniqlagan tekshirishlar o‘tkazayotgan nazoratchi shaxslar, ularni bartaraf etish choralarini ko‘radilar.
132. Bepul yoki bolalar chiptasi bilan tashilayotgan bolalar yoshiga nisbatan shubhalar tug‘ilganda, nazorat qiluvchi shaxs yo‘lovchidan bola yoshini tasdiqlovchi tegishli hujjatlarni (tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma, ota-onalari pasportidagi yozuv va hokazolar) taqdim qilinishini talab qilishi mumkin.
Agar chiptalarni birinchi marta tekshirish vaqtida nazorat qiluvchi shaxsda bunday shubhalar tug‘ilmagan bo‘lsa, keyingi tekshirishlarda nazorat qiluvchi shaxslar va yo‘lovchilar orasidagi bolalar yoshi borasida bahslarga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shaharlararo qatnash uchun imtiyozli abonement chiptalari tekshirilganda, nazorat qiluvchi shaxs yo‘lovchidan uning shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
133. Yo‘lovchi tashish poyezdini nazorat qilishda chiptasiz yoki familiyasi shaxsni tasdiqlovchi hujjatga mos kelmaydigan yoki o‘zgartirilgan (to‘g‘rilangan) chipta bilan, shuningdek undan foydalanish huquqini taqdim qiluvchi tegishli hujjatlarsiz imtiyozli chiptasi bilan aniqlangan yo‘lovchi belgilangan tartibda jarima to‘lashi kerak.
Yo‘lovchi tashish poyezdlarida ketayotgan chiptasiz yo‘lovchidan, to‘langan jarima bilan bir vaqtda, belgilangan shakldagi kvitansiya bo‘yicha yo‘lovchi o‘tqazilgan joydan manzil yoki boshqa poyezdga o‘tish punktigacha chiptaning to‘liq qiymati undiriladi. Yo‘lovchi yo‘lovchi tashish poyezdini tark etish to‘g‘risida ma’lum qilganda, u jarimadan tashqari, o‘tqazish joyidan eng yaqin stansiyagacha chiptaning to‘liq qiymatini to‘lashi kerak. Shaharlararo qatnovchi poyezdlarda chiptasiz ketayotgan yo‘lovchidan jarima to‘lanishi bilan birga belgilangan shakldagi kvitansiya berilgan holda chiptaning to‘liq qiymati undiriladi.
Chiptalar rasmiylashtirish texnologiyasi buzilganda, chipta yo‘lovchidan olib qo‘yiladi va yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri tomonidan tuzilgan dalolatnoma bilan birgalikda xizmat tekshiruvini o‘tkazish uchun tashuvchiga yuboriladi, yo‘lovchi esa manzil stansiyasigacha ketadi.
Yo‘lovchi tashish poyezdlaridan yo‘lovchilarni aholi punktlaridan yiroqda joylashgan stansiyalarda chiqarib yuborishga yo‘l qo‘yilmaydi.
134. Yo‘lovchi tashish poyezdida shaharlararo qatnovchi poyezd chiptasi bilan aniqlangan yo‘lovchi chiptasiz yo‘lovchi hisoblanadi.
135. Yo‘lovchi chiptasida ko‘rsatilgan yo‘nalishdan boshqa noto‘g‘ri yo‘nalish poyezdiga adashib chiqqan yo‘lovchi, poyezdni eng yaqin stansiyada tark etishi kerak. Bu holatda, yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri o‘tqazish asosiy stansiyasiga yo‘lovchini bepul qaytish huquqini beruvchi dalolatnoma tuzadi. Boshqa noto‘g‘ri yo‘nalish poyezdiga adashib chiqqan yo‘lovchidan jarima undirilmaydi.
136. Chiptada ko‘rsatilgan muddatdan oldin yo‘lovchi tashish poyezdiga o‘tirgan yo‘lovchi tashish poyezdidan chiqarilmaydi. Yo‘lovchi poyezd yetarli to‘xtash vaqtiga ega bo‘lgan yo‘ldagi birinchi stansiyada o‘z chiptalarini qaytarishga topshirishi va ushbu poyezdga chiptalar rasmiylashtirishi kerak. Foydalanilmagan chipta qaytarilishi umumiy asosda amalga oshiriladi.
137. Yuqori baholanuvchi toifa vagoniga unda ketish huquqini bermaydigan chiptalar bilan kirib qolgan yo‘lovchidan jarima undirilmaydi. Yo‘lovchi bu holda uning chiptasiga mos keluvchi vagonga o‘tishi shart yoki bo‘sh joylar mavjudligida ushbu vagonda belgilangan tartibda tegishli qo‘shimcha to‘lab qolishi mumkin.
138. Yo‘lovchi tashish poyezdida qalbaki yoki unga tegishli bo‘lmagan chipta bilan aniqlangan yo‘lovchi, undirilgan jarimadan qat’i nazar, poyezd harakat yo‘nalishi bo‘yicha eng yaqin stansiyadagi transport ichki ishlar organlariga topshiriladi, bu haqda poyezd brigadiri tomonidan dalolatnoma tuziladi.
139. Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan berilgan, qo‘lda yozilgan ma’lumotlarga ega chipta haqiqiy deb hisoblanmaydi. Qo‘lda yozish usuli bilan kompostersiz manzil stansiyasi ko‘rsatilmasdan, stansiyalarning nomlari xato va tashuvchining boshqa xodimlari aybi bilan yo‘l qo‘yilgan noaniqliklar bilan rasmiylashtirilgan chiptalar nuqsonli deb topiladi va olib qo‘yiladi. Bu haqda dalolatnoma tuziladi, yo‘lovchiga esa yangi chipta beriladi. Bunday chiptalar tashuvchi tomonidan belgilagan tartibda almashtiriladi.
140. Nuqsonli chipta vokzalda poyezdda yurish boshlanishdan oldin yoki nuqsonli chipta bilan yo‘lovchi chipta kassasida aniqlanganda, 3 nusxada dalolatnoma rasmiylashtirilishi kerak. Dalolatnoma vokzal boshlig‘i, chipta kassasi mudiri, chipta kassiri tomonidan imzolanishi kerak, dalolatnomaning birinchi nusxasi chiptalar bilan birga chipta kassasiga nuqsonli chipta almashtirilishi uchun, ikkinchi nusxasi stansiya boshlig‘iga choralar ko‘rish uchun topshiriladi, uchinchi nusxasi chipta kassasi mudirida saqlanadi.
141. Yoshi 5 yoshdan 10 yoshgacha bo‘lgan bolalarni bolalar chiptasisiz yoki ikki va undan ortiq 5 yoshgacha bolalarni katta yoshdagi bir yo‘lovchi bilan poyezdda olib yurilganda, undan bunday holatlar uchun belgilangan miqdorda jarima undiriladi, bunda mazkur Qoidalarning 31-bandiga muvofiq yo‘lovchi keyinchalik yo‘lida davom etishi uchun bolalar chiptalari sotib olishi kerak.
142. 10 yoshdan oshgan bolalarning bolalar chiptasi bilan poyezdda yurganda yo‘lovchilarni kuzatib kelayotgan shaxslarga belgilangan miqdorda jarima solinadi. Bundan tashqari, ular dastlabki jo‘nash stansiyasidan manzil stansiyasigacha to‘liq va bolalar chiptasi o‘rtasidagi farqni to‘lashi shart. Bunday holatda chiptalar bahosining farqi chipta kassasi yoki belgilangan shakldagi kvitansiya taqdim etgan holda nazorat qiluvchi shaxs tomonidan undiriladi.
143. Kuzatuvchilarsiz ketayotgan va chiptasiz bo‘lgan bolalar, eng yaqin joylashgan yirik stansiyada transportdagi ichki ishlar organlari xodimlariga topshirilishi kerak.
144. Yo‘lovchi tashish poyezdlarini nazorat qiluvchi shaxslar yo‘lovchi tomonidan belgilangan me’yordan ortiq qo‘l yuki tashilayotganini aniqlaganda, unga jarima va bagaj tarifi bo‘yicha butun harakat yo‘nalishi bo‘yicha (boshlanish stansiyasidan) chiptaning to‘liq qiymatini to‘lashni taklif etishi kerak.
145. Yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘natilgach, kuzatuvchi yo‘lovchilardan chiptalarni olib qo‘yishi va foydalanganlik belgisini qo‘yishi kerak. Harakat yo‘nalishida to‘xtashni xohlagan yo‘lovchilar bundan mustasno. Bunday chiptalarga foydalanganlik belgisi yo‘lovchilarni bevosita manzil stansiyasiga yetib kelishidan oldin qo‘yiladi.
Blankli chiptalarga foydalanganlik belgisini qo‘yish tashuvchi tomonidan belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
146. Tashuvchi tomonidan quyidagi yo‘lovchi tariflari qo‘llaniladi: umumiy yo‘lovchi — yo‘lovchi tashish poyezdlarida yurishda; shaharlararo qatnash — shaharlararo yo‘lovchi tashish poyezdlarida yurishda (shahar atrofi hududi chegarasida 150 km gacha, ushbu masofa ham hisobga olinadi). Shaharlararo qatnash tariflari zonaviy va abonementliga bo‘linadi.
147. Shaharlararo yo‘lovchi tashish poyezdlaridagi chiptaning to‘liq qiymati, ushbu poyezdlarni tashkil qilish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq amaldagi xarajatlarni hisobga olgan holda belgilanadi, O‘zbekiston Respublikasi viloyatlari va Toshkent shahar moliya boshqarmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
148. Yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashishlari bilan bog‘liq qo‘shimcha yig‘imlar shartnoma asosida to‘lanadi.
149. Yo‘lovchi tashish poyezdlarini amaldagi jadval bilan belgilangan harakat yo‘nalishidan vaqtinchalik og‘ish hollarida (texnik sabablarga ko‘ra 15 kundan ko‘p emas), qo‘shimcha bosib o‘tilgan masofa uchun yo‘lovchi haq to‘lamaydi.
150. Chiptaning to‘liq qiymatini aniqlash uchun tarif stavkalari qo‘llanilganda haqiqiy tarif masofasi poyezdda yurish qiymati jadvallarida nazarda tutilgan tarif zonalari bo‘yicha yaxlitlanib olinadi.
151. Yo‘lovchi tashish poyezdlarida yo‘lovchilarning poyezdda yurish qiymati, poyezdda yurish uchun yaratilayotgan qulaylik sharoitlari bilan aniqlanadigan vagon turiga, shuningdek poyezd toifasiga ko‘ra: yuqori tezlikdagi yuqori qulaylik, tezkor, yo‘lovchi, firma, shuningdek qatnash masofasiga bog‘liq ravishda aniqlanadi.
152. Temir yo‘l transportida chiptalar yo‘lovchilarga to‘liq qiymatda sotiladi, qonun hujjatlari bilan poyezdda imtiyozli yurish belgilangan fuqarolar bundan mustasno.
Temir yo‘llarda yiliga bir marta bepul yurish huquqi (borish va kelishga) quyidagilarga taqdim qilingan:
Sovet Ittifoqi Qahramonlari va Shon-shuhrat ordenining uchta darajasi bilan taqdirlangan shaxslarga;
Oldingi tahrirga qarang.
yarador bo‘lgan harbiy xizmatchilar, ishchilar va xizmatchilardan 1 va 2-guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga tenglashtirilgan shaxslarga;
(152-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Chernobil AES dagi avariyani bartaraf etuvchilari-nogironligi bo‘lgan shaxslarga (O‘zbekiston Respublikasi hududida).
(152-bandning beshiinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
o‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek ularni kuzatuvchi shaxs;
(152-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son)
Temir yo‘llarda chiptaning to‘liq qiymatidan ellik foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta yurish huquqi (borish va kelishga) talonlarga almashtirish va guvohnoma taqdim etish bo‘yicha quyidagilarga berilgan:
Oldingi tahrirga qarang.
(152-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Temir yo‘llarda chipta to‘liq qiymatidan ellik foiz chegirmalar bilan yiliga bir marta (borish va kelishga) yurish huquqiga ega shaxslarga, ularning xohishiga ko‘ra ikki yilda bir marta ikki yillik talonlar (joriy va oldingi yoki joriy va keyingi yilgi) o‘rniga yiliga bir marta bepul yurish (borish va kelishga) taqdim qilinadi. Bu holda to‘g‘ri yo‘nalishda bunday yurish “borish” ikki taloni o‘rniga, qaytishga esa — “Kelish” ikki taloni o‘rniga rasmiylashtiriladi. Ushbu tartib 3-guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslarga ham tatbiq etiladi.
(152-bandning to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1-guruh urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslarni kuzatib kelayotgan shaxslarga (bittadan ko‘p bo‘lmagan kuzatuvchiga), talonlar o‘rniga yiliga bir marta (borish va kelishga) chiptaning to‘liq qiymatidan ellik foiz chegirma beriladi. Kuzatuvchi shaxsga chipta rasmiylashtirilayotganda faqat joriy yil talonlari hisobga qabul qilinadi. O‘tgan va keyingi yil talonlari hisobga qabul qilinmaydi. Kuzatuvchi shaxsga talonlar o‘rniga bepul chipta rasmiylashtirish amalga oshirilmaydi.
(152-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Imtiyozli chipta olish uchun chipta kassasiga chegirma olish huquqini beruvchi quyidagi tegishli hujjatlar taqdim qilinishi kerak: “Urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxs guvohnomasi”, “Urush qatnashchisi guvohnomasi”, “Imtiyozga huquqi to‘g‘risida guvohnoma” yoki Inson markazining O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestriga kiritish to‘g‘risidagi qarori.
(152-bandning o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-martdagi 123-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2024-y., 09/24/123/0201-son)
“Faxriy temiryo‘lchi” nishoni bilan taqdirlangan temir yo‘l transporti xodimlari yil mobaynida MDH bo‘ylab bepul yurish huquqiga (borish va kelishga) egadir, buning uchun xizmat guvohnomasi va yozib berilgan temir yo‘l chiptasi taqdim qilinishi zarur.
10 va undan ortiq odamlar sonidan iborat tashkil qilingan guruhlar chiptalarining umumiy qiymatidan jamoaviy chipta bo‘yicha quyidagi miqdorda chegirmalar taqdim qilinadi:
a) harakat yo‘nalishining umumiy masofasi 2000 km gacha bo‘lganda (boshqa poyezdga o‘tishni hisobga olib):
guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 10 foiz;
b) harakat yo‘nalishining umumiy masofasi 2000 km dan ortiq bo‘lganda (boshqa poyezdga o‘tishni hisobga olib):
guruhdagilar soni 10 nafardan 24 nafargacha bo‘lganda chiptalarning umumiy to‘liq qiymatidan 20 foiz;
Ekskursiyaga guruh bilan poyezdda yurish qiymatini naqd pul va to‘lov topshiriqnomalari bo‘yicha to‘lashga ruxsat etiladi.
O‘quvchilarning shaharlararo qatnovchi poyezdlarda va ichki temir yo‘l aloqalarida qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlarida yolg‘iz yurganda chipta kassalari belgilangan tartibdagi imtiyozli chiptalarni, ularda taqdim qilingan hujjatlar raqamini, zarur hollarda — belgilangan shakldagi qo‘shimcha to‘lovlar kvitansiyasini ko‘rsatib beradi.
Imtiyozli chiptalar bilan poyezdda yurayotgan shaxslar, vagonga o‘tirayotganlarida va poyezdda yurish vaqtida, kuzatuvchilar va nazorat qiluvchi shaxslar talabiga binoan chipta sotib olingan hujjatini taqdim qilishi shart.
Imtiyozli chiptalarni tekshirishda tegishli hujjatlarni taqdim qilmagan yo‘lovchilar chiptasiz deb hisoblanadilar va belgilangan miqdorda jarimaga tortiladilar. Bundan tashqari, ulardan chiptalar berilgan stansiyadan manzil stansiyasigacha chipta qiymatining farqi (imtiyozli va to‘liq tarif o‘rtasidagi) undiriladi.
Imtiyozli tarif bo‘yicha chiptalar noto‘g‘ri berilgan har bir holat to‘g‘risida nazorat qiluvchi shaxslar dalolatnoma tuzishlari va uni choralar ko‘rish uchun tashuvchi rahbariyatiga jo‘natishlari shart.
153. Temir yo‘l transporti yo‘lovchilari poyezdda yurish va stansiya (vokzal)da bo‘lishlari vaqtida baxtsiz hodisalardan qonunchilikda ko‘zda tutilgan tartibda majburiy shaxsiy sug‘urta qilinadilar.
Foydalanilmagan chiptalar bo‘yicha pullar qaytarilganda sug‘urta tarifi to‘liq to‘lanadi, qisman foydalanganlari uchun — sug‘urta tarifi to‘lanmaydi.
Sug‘urta holati vujudga kelish joyiga qarab, stansiya (vokzal) boshlig‘i yoki yo‘lovchi tashish poyezdi brigadiri dalolatnoma tuzishi va uni yo‘lovchi yoki uning qarindoshlariga taqdim qilishi shart.
154. Shaharlararo chipta kassalarida, bir martalik chiptalardan tashqari, turli xildagi abonement chiptalari, shu jumladan imtiyozli abonement chiptalarini sotish ham amalga oshiriladi. Barcha turdagi abonement chiptalari qiymatlari va ularni sotish tartibini tashuvchi belgilaydi.
Abonement chiptalari ularda ko‘rsatilgan yo‘nalishlar bo‘yicha barcha shaharlararo qatnovchi poyezdlarda yurish huquqini beradi. Yo‘lovchi tashish poyezdlarida shaharlararo qatnash chiptalari bilan yurishga, tashuvchi ko‘rsatmasiga binoan yo‘l uchastkasida shaharlararo qatnash harakati mavjud bo‘lmaganda 150 km gacha masofada ruxsat etiladi.
Abonement chiptalari sotish oldindan, biroq ularni amal qilish muddatidan 30 sutkadan ko‘p bo‘lmagan muhlatda amalga oshiriladi. Bunday hollarda chiptalarga chipta amal qilish muddati sanasi ko‘rsatilgan komposter qo‘yiladi.
Shaharlararo qatnash bir yo‘nalishdagi to‘xtash punktidan shaharlararo qatnash boshqa yo‘nalishdagi to‘xtash punktigacha (shu jumladan bir vokzalga kelish va boshqasidan jo‘nash bilan) uzel punktlari orqali yurishlar uchun bir dona abonement (imtiyozli-abonement) chiptasini sotilishiga ruxsat etiladi. Bu holatda poyezdda yurish umumiy masofasi 150 km dan oshmasligi kerak. Bunday chipta narxi uzel punktigacha va undan ketish tariflari yig‘indisi bo‘yicha belgilanadi.
Imtiyozli abonement chiptalarida: yo‘lovchining familiyasi, jo‘nash to‘xtash punkti, manzil va uzel punktlari nomlari, agar bular mavjud bo‘lsa, shuningdek chipta qiymati ko‘rsatiladi.
155. Nomiga berilgan abonement (imtiyozsiz) chiptalar yuridik shaxslarga, kimga sotib olinayotgan bo‘lsa, o‘sha shaxs familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatilib sotiladi. Abonement chiptasi: oylik chipta uchun — 50-marta poyezdda yurish qiymati, mavsumiy — tegishli ravishda 200-marta poyezdda yurishning, yarim yillik — 300-marta poyezdda yurishning va yillik — 600-marta poyezdda yurishning qiymati hisobidan, bu uchastkada shaharlararo qatnash yo‘nalishida qo‘llaniluvchi tarif (kilometrli, umumiy) bo‘yicha to‘lanadi. Zonaviy tarif qo‘llaniluvchi uchastkalarda abonement chiptalari qiymatini hisoblash kilometrli tarif stavkalari bo‘yicha amalga oshiriladi.
156. Umumiy bagaj va yuk bagaj tariflari, umumiy foydalanish uchun ochiq bo‘lgan doimiy foydalanishga kiritilgan barcha temir yo‘l liniyalarida qo‘llaniladi.
157. Bagaj va yuk bagaj jo‘natishning hisoblangan eng kam og‘irligi – 10 kg. Yuk bagajining vazni 10 kg gacha bo‘lgan bagaj va yuk bagajning qiymatini tashish uchun hisoblashda yuk bagaj vazni 10 kg gacha deb to‘liq yaxlitlanadi. Bagaj vazni barcha holatlarda 10 kg gacha to‘liq yaxlitlanadi. Eng kam vazni 5 kg bo‘lgan bagaj va yuk bagajni 10 kg kabi to‘lagan holda jo‘natiladi.
158. Bagaj vagonida tashilayotgan donabay hisoblangan buyumlar (motorsiz va motorli velosipedlar, protez aravachalar, bolalar aravachalari va bolalar avtomobillari) 20 kg li bagaj yoki yuk bagaj sifatida to‘lanadi. Velosiped, bolalar aravachasi va boshqalar bilan birga boshqa buyumlar taqdim qilingan taqdirda, unda ularning barchasi birga tarozida tortilishi va umumiy vazn uchun to‘lov bitta kvitansiya bo‘yicha amalga oshirilishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
159. Nogironligi bo‘lgan shaxslar tomonidan bittadan ortiq bo‘lmagan uch, to‘rt g‘ildirakli aravachalarni yo‘lovchi tashish poyezdida tashishga, istisno tariqasida, faqat yo‘lovchi ketayotgan poyezd tarkibini shakllantirish va aylanma stansiyasidan stansiyasigacha yo‘l qo‘yiladi.
(159-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Aravachaning amaldagi butun vazni bagaj tarifi bo‘yicha to‘lanadi. Yuridik shaxslardan yo‘lovchi tashish poyezdlari bagaj vagonida aravachalarni tashish uchun qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
160. Yo‘lovchi o‘zi bilan birga yo‘lovchi vagonlarida, shuningdek yo‘lovchi tashish poyezdlarining bagaj vagonlarida itlar, mayda hayvonlar va qushlarni olib yurishlari donasi yoki joyi uchun 20 kg bagaj sifatida haq to‘lanadi. Shahar atrofiga qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlarida yo‘lovchi bilan birga itlar va boshqa mayda hayvonlar, shaharlararo qatnash chipta kassalarida sotiladigan chiptalar bo‘yicha tashiladi.
Shahar atrofiga qatnovchi yo‘lovchi tashish poyezdlarida uy hayvonlari, qushlar, velosipedlar va qo‘shimcha vaznli qo‘l yukini tashish tarif stavkalari miqdorlari tashuvchi tomonidan Qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq belgilanadi.
161. Yuk bagajning e’lon qilingan qiymati uchun yuk bagaj jo‘natuvchisidan tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda qo‘shimcha yig‘im undiriladi.
162. Etib kelgan bagaj va yuk bagajni har bir joyidan sutkasiga saqlaganlik uchun, bepul saqlash vaqti va oldindan qabul qilishni hisobga olmasdan, tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda quyidagi yig‘imlar undiriladi:
v) bagajni bagaj jo‘natiladigan yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nashidan 2 sutka oldin, oldindan qabul qilinganlik uchun;
g) yuk bagajini ham jismoniy, ham yuridik shaxslardan oldindan qabul qilinganligi uchun birinchi kalendar va keyinchalik har bir sutkalar uchun.
163. Bagaj vaznini qo‘shimcha ravishda tekshirishga haq to‘lanmaydi. Yuk bagaj vazni tekshirilganligi uchun tashuvchi tomonidan belgilanadigan miqdorda yig‘im undiriladi. Ushbu operatsiyaning to‘lov kvitansiyasida qayta tortilgan butun yuk bagaj vazni ko‘rsatiladi. Bagaj yetishmagan va tijorat dalolatnomasi tuzilgan taqdirda tarozida tortilganligi uchun pul undirilmaydi.
164. Yo‘lovchiga yuk saqlash xonasida bir kalendar sutkasi muddatiga joy taqdim qilish xizmati omborchilar yoki vokzal boshlig‘ining navbatchi yordamchisi tomonidan ko‘rsatiladi va yo‘lovchi tomonidan unga belgilangan shakldagi kvitansiya taqdim qilgan holda belgilangan tariflar bo‘yicha har bir saqlash joyi uchun haq to‘lanadi.
Kalendar sutkasi muddati tugagach yuklarni saqlash keyingi har bir sutkasi uchun yo‘lovchilar tomonidan tashuvchining belgilagan tariflari bo‘yicha haq to‘lanadi.
165. Aholiga chiptalar sotish va joylarni zaxiraga qo‘yishda ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun vositachilik yig‘imlari har bir rasmiylashtirilgan joy uchun shartnomaviy narxlar bo‘yicha tashuvchi tomonidan belgilangan miqdorlarda undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Vositachilik yig‘imlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi senatorlari va deputatlari, maxsus ijaraga olingan vagonlar va yo‘lovchi tashish poyezdlarida ketayotgan shaxslarga, bepul xizmat va bir martalik chiptalar bo‘yicha temir yo‘lchilar, urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilari hamda ularga tenglashtirilgan shaxslar chiptalarini rasmiylashtirishda undirilmaydi.
(165-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Oldindan sotishda ko‘rsatiladigan boshqa xizmatlar (chiptani uyga, ish yoki dam olish joyiga yetkazib berish, qatnovchi kassir tomonidan chiptani bevosita yo‘lovchi tashish poyezdida rasmiylashtirish va hokazolar) Qo‘shimcha ishlar va xizmatlar ro‘yxatiga muvofiq shartnomaviy narxlar bo‘yicha tashuvchi tomonidan tasdiqlagan stavkalari bo‘yicha to‘lanadi.
166. Foydalanilmagan chipta to‘lovlarini qaytarilishini rasmiylashtirish bo‘yicha operatsiyalar uchun vositachilik yig‘imi har bir chipta uchun tasdiqlangan kalkulatsiyaga asosan tashuvchi tomonidan belgilangan miqdorda undiriladi. Guruhiy chiptalarni qaytarishda vositachilik yig‘imi yo‘lovchilar soniga muvofiq undiriladi.
167. Chipta sotish kassasiga oldindan va sutkalik sotilgan chiptalar uchun to‘langan vositachilik yig‘imi ular qaytarib berilganda qaytarilmaydi.
168. Quyidagilar bo‘yicha rasmiylashtirilgan foydalanilmagan chiptalar uchun to‘lovlar qaytarilishini rasmiylashtirish bo‘yicha operatsiyalar uchun vositachilik yig‘imi undirilmaydi:
Oldingi tahrirga qarang.
(168-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
169. Tashuvchi bagaj va yuk bagaj jo‘natuvchini talabiga binoan unga talabnoma blanki va yorliq berishi kerak. Yorliq, talabnoma berganlik, yorliqni to‘ldirganlik (jo‘natuvchi iltimosiga ko‘ra) yoki jo‘natish markirovkasini qayd etganlik uchun jo‘natuvchi tomonidan tashuvchi belgilagan miqdorda haq to‘lanadi.
170. Qabul qiluvchini uning manziliga bagaj yoki yuk bagaj yetib kelganligi to‘g‘risida xabarnoma berganlik uchun tashuvchi tomonidan belgilangan tariflar bo‘yicha haq to‘lanadi.
171. Stansiyalarda va vokzallarda majburiy tartibda keng miqyosda, shu jumladan yo‘lovchilar uchun avtomatik ma’lumotlar qurilmalari, turli xildagi tablo va ko‘rsatkichlar yordamida, radio va telefon orqali, shuningdek ma’lumotlar byurosi orqali ko‘zdan kechirishdan o‘tish tartibotlari bo‘yicha axborot ishlari tashkil qilinadi.
173. Yozma ma’lumotlar faqat yo‘lovchi va shaharlararo yo‘lovchi tashish poyezdlarining kechikishi to‘g‘risida beriladi.
174. Yo‘lovchilar va yuridik shaxslar iltimosiga ko‘ra qo‘shimcha yozma ma’lumotlar berilsa tashuvchi tomonidan belgilangan tarif bo‘yicha haq to‘lanadi.
175. Dam olish xonalari hamda ona va bola xonalaridan, “VIP- zal”dan, “Biznes — zal”dan foydalanish, shuningdek yo‘lovchilarga ko‘rsatiladigan boshqa majburiy bo‘lmagan operatsiyalar va xizmatlar (chipta va bagaj yetkazilishi, xabarnomalar jo‘natish, bagaj aravachalaridan vokzal hududidan tashqarida foydalanish, o‘ram o‘rash, stansiya radiosi orqali e’lon berish, mototsikllar, mopedlar, velosipedlarni bagaj omborlarida saqlash va hokazolar) yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tashuvchi tomonidan belgilangan stavkalari bo‘yicha to‘lanadi.
176. Ona va bolalar xonalarida 10 yoshgacha bolalarning yashashi, katta yoshdagi yo‘lovchilar uchun belgilangan tariflarning 50 foizi miqdorida to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
177. Urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar va urush qatnashchilariga, shuningdek “Faxriy temir yo‘lchi” nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga dam olish xonalarida joylar birinchi navbatda taqdim qilinadi.
(177-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
178. Yo‘lovchi tashish poyezdi tarkibidagi boshqa vazirlik va idoralar tasarrufidagi vagonlarning (bagaj vagonlaridan tashqari) harakatlanishi jo‘nash stansiyasi tomonidan yo‘l vedomosti bilan, bagaj vagonlari esa yuk bagaj vedomosti bilan jo‘natuvchi talabnomasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga muvofiq, tashuvchining ulashga ruxsati, tashish uchun to‘lov hujjatlari mavjud bo‘lganda rasmiylashtiriladi.
179. Tashish hujjatlari tuzilganda vagon bosib o‘tgan yo‘li va haqiqiy ketayotgan shaxslar soni bo‘yicha yo‘lovchi tashish poyezdi turiga ko‘ra (poyezd toifasidan qat’i nazar) chiptalar qiymati uchun tarif undiriladi. Qo‘l yukini tashish umumiy belgilangan me’yorlar va tashish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
180. Agar harakat yo‘nalishida yoki jo‘natishda tashish hujjatlarida ko‘rsatilgandan ko‘proq yo‘lovchilarning poyezdda yurish zarurati yuzaga kelsa, yo‘lovchi tashish poyezdi umumiy vagonining tarifi bo‘yicha tegishli miqdordagi chiptalar qo‘shimcha ravishda sotib olinishi kerak.
181. Boshqa vazirlik va idora tasarrufidagi yo‘lovchi parki vagoni bosib o‘tgan yo‘li uchun to‘lovlar tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda to‘lanadi.
182. Yo‘lovchi parki vagonlari ijara shartlarida vaqtincha foydalanish uchun berilishi mumkin. Yo‘lovchi parki vagonlari ijaraga berilishining har bir holatida shartnoma tuziladi. Shartnoma tuzilgandan va zarur to‘lovlar to‘langandan keyin ijarachiga ijara muddati doirasida vagonlardan foydalanish huquqiga guvohnoma beriladi.
a) yo‘lovchilarning poyezdda yurishi, bagaj va yuk bagaj tashish qiymatlari bazaviy jadvallar bo‘yicha aniqlanadigan, yo‘lovchi tashish poyezdi vagoni turiga mos keladigan (ulanish amalga oshiriluvchi poyezd toifasidan qat’i nazar) tarif bo‘yicha vagondagi joylar soniga muvofiq miqdorda yo‘lovchi chiptalari qiymati;
184. Yo‘lovchilar chiptasining to‘liq qiymati vagonning to‘xtashsiz yo‘nalishi har bir uchastkasi bo‘yicha alohida mustaqil yurish sifatida aniqlanadi. To‘xtash punkti ijarachi talabiga muvofiq vagon uzilishi amalga oshiriladigan, shuningdek vagonning o‘sha uchastkalar bo‘ylab qayta (takror) harakat boshlanadigan yo‘nalishni o‘zgartiruvchi punkti stansiyasi hisoblanadi.
185. Bolalar tashish uchun yuridik shaxslarga alohida yo‘lovchi tashish poyezdlari yoki vagonlari taqdim etilganda, quyidagi qiymatlari (vagon turi va poyezd toifasiga ko‘ra) undiriladi:
b) 10 yosh va undan katta bolalar ketayotgan hamda kuzatib keluvchilar soni bo‘yicha, shuningdek yo‘lovchi tashish poyezdi yoki vagonida band bo‘lmagan barcha joylar uchun chiptalarning to‘liq qiymatlari;
v) korxonalarga turar joy sifatida vaqtinchalik taqdim qilingan yo‘lovchi vagonlari qiymati aniq vagonning saqlanishi bilan bog‘liq amaldagi xarajatlardan kelib chiqib aniqlanadi.
186. Yo‘lovchi vagonlaridagi to‘lanishi kerak bo‘lgan joylar soni yotoq o‘rinlar soniga qarab aniqlanadi.
Ijara xizmat vagonida (vagon-salonida) ketish uchun ijara qiymatidan tashqari, 11 ta yotoq joyi (hisob-kitob miqdor) uchun to‘lov, tezyurar yo‘lovchi tashish poyezdining ikki o‘rinli kupe vagoni tarifi bo‘yicha amalga oshirilishi kerak. Xizmat vagoni (vagon-saloni)ni bo‘sh holatda boshqa joyga o‘tkazilishi belgilangan tariflar bo‘yicha to‘lanadi.
Ijarachilarga xizmat vagoni (vagon-saloni)dan foydalanish huquqini beruvchi guvohnoma berish lozim bo‘lgan to‘lovlar to‘langandan keyin amalga oshiriladi.
187. Barcha harakat yo‘nalishi uchun (borish va kelish) ijara haqi va tashish to‘lovlari undirilishi, ijaraga beruvchi tomonidan poyezdda yurish boshlangunga qadar tasdiqlangan yo‘nalishlar bo‘yicha tashish to‘lovlarini qabul qilishni rasmiylashtirgan va ijarachiga har bir to‘langan yo‘nalish uchastkasi uchun belgilangan tartibda kvitansiyani taqdim qilingan holda amalga oshiriladi. Kvitansiyada yo‘lovchi vagonida haqiqiy ketayotgan yo‘lovchilar soni ko‘rsatiladi. Ijarachiga taqdim qilinadigan vagonlardan foydalanish huquqini beruvchi guvohnomaning orqa tomonida barcha yo‘nalish uchastkalari, belgilangan shakldagi tegishli kvitansiyalar raqami ko‘rsatilishi kerak. Yo‘l vedomostining “Jo‘natishda undirilgan” ustunida “Tashish uchun ... miqdorida tarif belgilangan shakldagi ... – son kvitansiya bo‘yicha ... temir yo‘lining ... stansiyasida undirildi” qaydi ko‘rsatiladi.
Belgilangan shakldagi kvitansiya yo‘l vedomosti koreshogiga biriktiriladi, ijarachiga uning o‘rniga yo‘l vedomostidan kvitansiya beriladi. Agar yo‘lovchi vagoniga vagon ulash yo‘nalishdan og‘ish bilan ruxsat etilgan bo‘lsa, belgilangan to‘lovlar ulash stansiyasida tashish hujjatlarini tuzishda yangi tashish hujjatlari kabi to‘liq undiriladi.
Yo‘lovchi tashish poyezdi bilan ijara vagonini tashish uchun yo‘l vedomosti stansiya tomonidan ushbu vagon harakatlanadigan poyezd brigadiriga topshiriladi.
188. Izolatsiyalash talab etiladigan bemorlarni tashish izolatsiya qilingan kupeda ketayotganlarning sonidan qat’i nazar, band qilingan kupedagi barcha joylar qiymati to‘langan holda kuzatuvchilar hamrohligida amalga oshiriladi. Ushbu bemorlarni jo‘natuvchi jismoniy va yuridik shaxslar, oldindan, lekin 5 kundan kechiktirmasdan alohida kupeni tayyorlash uchun talabnomani berishlari shart.
Ushbu toifa yo‘lovchilarini tashish joylardagi sanitariya-epidemiologiya xizmatlarining qat’iy nazorati ostida sanitariya-epidemiologiya me’yorlarga rioya qilingan holda amalga oshirilishi kerak.
Bemorlar uchun ajratiladigan kupe vagonning ishlamaydigan tamburi tomonidan eng chekkada bo‘lishi, bemor va kuzatuvchi uchun vagonning o‘sha tarafidagi sanitariya uzeli biriktirilgan bo‘lishi kerak.
Harakat yo‘nalishida bemorning kupedan chiqishi, uni kuzatuvchi shaxsning — vagondan tashqariga chiqishi (vagon-restoranga, kupe-bufetga va boshqa joylarga borishi) taqiqlanadi.
190. Aloqa korxonalari tomonidan yuk bagajni yoki pochta vagonlarini nazorat qilishda aniqlangan pochta jo‘natmalari bo‘lmagan, temir yo‘l tashish hujjatlari bilan zarur darajada rasmiylashtirilmagan yuklar qiymatini to‘lash yuk bagaji tarifi bo‘yicha uning haqiqiy vazni va vagonni tashish butun masofasi uchun amalga oshiriladi.
191. Vagon-restoranlar va kupe-bufetlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladigan yo‘lovchi tashish poyezdlari tarkibida qatnovchi ularning harakatlanish shartlari, shuningdek majburiyatlarni talab darajasida bajarmaganliklari uchun mulkiy javobgarlik choralari tashuvchi bilan tuzilgan ijara shartnomalarida belgilanadi. Yo‘lovchi tashish poyezdlarining vagon-restoranlari va kupe-bufetlarida xizmat ko‘rsatish faqat yo‘lovchi xohishiga ko‘ra amalga oshiriladi.
192. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining yuk bagajini tashish uchun tashuvchi tomonidan tashish shartnomasi bilan belgilangan tariflar bo‘yicha yo‘lovchi, bagaj yoki maxsus vagonlar berilishi mumkin.
193. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligining tasarrufida bo‘lgan yoki ijaraga olingan vagonlarda ularning yuk bagajini tashish, yuk bagaj ortish (shu jumladan bo‘sh holatda ham) va kuzatuvchilar sonidan qat’i nazar, 1 vagon-km uchun, O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalariga muvofiq, e’lon qilingan indeksatsiya koeffitsiyentlarini hisobga olgan holda to‘lanadi.
194. Yo‘lovchi tashish poyezdlariga O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi vagonlarini (o‘z tasarrufidagilarni ham, ijaradagilarni ham) ulash, tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Vagonni kuzatuvchi shaxslarga qo‘l yuki belgilangan me’yor doirasida – bir shaxsga 36 kg ruxsat etiladi. Bu miqdordan ortiq qo‘l yukini tashish bagaj tarifi bo‘yicha to‘lanishi kerak.
196. Har bir tashilayotgan yuk bagaj joyi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki va Moliya vazirligi plombalari bilan bo‘lishi kerak. Yuk bagajni joylar soni va har bir joy vazni ko‘rsatilgan ilova xat bo‘yicha topshiradilar.
Nakladnoyning “Yuk bagaj nomi” ustunida “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yuk bagaji” yoki “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi yuk bagaji” qaydlari ko‘rsatilgan, yuk bagaj joylar soni, vazni va kuzatuvchilar soni ko‘rsatilmagan bo‘lishi kerak.
Shu asnoda to‘ldirilgan nakladnoy asosida yo‘l vedomosti tuziladi, vagonning katta kuzatuvchisiga esa chipta bo‘lib xizmat qiluvchi kvitansiya beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki inkassatori tomonidan alohida kupeda yuk bagaj tashilishi amaldagi joylar soni va vaznidan qat’i nazar, bagaj tarifi bo‘yicha 300 kg uchun haq to‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki talabnomasiga binoan oraliq stansiyadan yuk bagaj jo‘natishda tashuvchi birlamchi jo‘nash punktidan alohida kupeni band qiladi.
Talabnoma topshirilganda alohida kupeni berish vagon va yo‘lovchi tashish poyezdi toifasiga tegishli kupedagi joylar soni bo‘yicha band qilingan kupe harakat yo‘nalishining butun masofasi uchun chipta qiymati kabi to‘lanadi.
Alohida kupe berilganlikni tasdiqlash uchun stansiya tomonidan belgilangan shakldagi kvitansiya beriladi.
Qimmatbaho buyumlar tashilishi uchun tashish hujjatlari va kuzatuvchilarning yurishi uchun kupedagi joylar soniga mos chiptalar, yuk bagaj ketayotgan stansiyagacha beriladi.
197. Yo‘lovchi tashish poyezdlarida matbuot asarlarini tashish yuk bagaj uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
198. Matbuot asarlari yo‘lovchi tashish poyezdlari orqali boshqa yuk bagaj jo‘natmalariga nisbatan ustunlik bilan tashishga qabul qilinadi.
199. Yo‘lovchi tashish poyezdlarida biopreparatlarni tashishga, yuk bagaj tarifi bo‘yicha tashishlar to‘langan holda tashuvchi tomonidan belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Alohida kupe berish uchun yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nashiga qadar 5 kundan kechiktirmasdan yozma talabnoma berilishi kerak. Bu kupega chiptalar boshqa yo‘lovchilarga sotilmaydi.
Yuk kuzatuvchining poyezdda yurishi umumiy tartibda chipta berish bilan rasmiylashtiriladi. Kupeda band qilinmasdan qolgan joylar to‘liq tarif qiymati bo‘yicha to‘lanadi va belgilangan shakldagi kvitansiya, unda “biopreparatlar” qaydi bilan haqi to‘langan joylar soni va raqamlari bergan holda rasmiylashtiriladi.
Yo‘lovchi vagonlarida tashishga beriladigan biopreparatlar, ularning saqlanishini ta’minlaydigan, shuningdek vagonni shikastlanishi yoki ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaydigan o‘ramga va ko‘zdan kechirish tartibotlaridan o‘tish imkonini beradigan hamda vagonga bemalol va tez yuklanishi va joylanishini ta’minlaydigan o‘ram gabaritlariga ega bo‘lishi kerak. Biopreparatlar yo‘lovchilar o‘tqazilishidan oldin yuklanishi kerak.
Tranzit yo‘lovchi tashish poyezdlaridagi kupeda bo‘sh joylar bo‘lmaganda oraliq stansiyalaridan biopreparatlarni jo‘natishni ta’minlash uchun mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan shartlarda ularni band qilishga ruxsat etiladi.
200. Feldeger xizmati xodimlarining poyezdda yurishlari, o‘zi bilan birga 150 kg qo‘l yukini bepul tashish huquqini beradigan chiptalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Feldeger xizmati xodimlari yo‘lovchi tashish poyezdlariga yo‘lovchilar umumiy o‘tqazilishlaridan oldin o‘tqazilishni amalga oshirish huquqiga egadirlar.
201. Temir yo‘llar bo‘yicha mayitlar solingan tobutlarni tashish bagaj va pochta-bagaj vagonlarida yoki ular bo‘lmalarida harakat yo‘nalishida qayta ortishsiz, tobutni topshiruvchi shaxs tomonidan jo‘nash stansiyasida tegishli vakolatli organlarning tashishga ruxsatini taqdim etish bilan amalga oshiriladi. O‘lgan odamning jasadini yog‘och qutiga joylashtirilgan, puxta kavsharlangan metall tobutda tashilishi, qutining bo‘sh joylari qipiq yoki ko‘mir, torf, ohak va hokazolar bilan to‘ldirilishi kerak.
202. Mayitlar solingan tobutlar faqat kuzatuvchilar bo‘lganda tashiladi. Agar kuzatuvchi yo‘lda qandaydir sabablarga ko‘ra, mayit solingan tobut olib ketilayotgan yo‘lovchi tashish poyezdidan qolib ketsa, tobutning manzilga yetkazilishi ushlanib qolinmaydi. Kuzatuvchi yo‘lovchi tashish poyezdida ketadi va chipta olishi kerak.
203. Mayit solingan tobutning bagaj va pochta-bagaj vagonlarida yoki ularning maxsus jihozlangan bo‘lmalarida tashilishi 300 kg bagaj tashish kabi haq to‘lanadi.
204. Yo‘lovchi tashish poyezdlarida temir yo‘l transporti tashkilotlari ehtiyojlari uchun xizmat tashishlari mazkur Qoidalarga muvofiq umumiy asoslarda amalga oshiriladi.
205. Temir yo‘l transporti tashkilotlariga tegishli bo‘lgan xizmat va maxsus vagonlarda tashishlar rasmiylashtirilishi va to‘lovi mazkur Qoidalarda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
206. Yo‘lovchi tashish poyezdlari tarkibida borayotgan xizmat vagonlarida bo‘lgan shaxslar talab darajasida rasmiylashtirilgan bepul yoki belgilangan shakldagi pulli chiptalarga, bagaj uchun esa — tegishli tashish hujjatlariga ega bo‘lishi kerak.
207. Yo‘lovchi tashish poyezdida (shaharlararolardan tashqari) yo‘lovchiga sotib olingan chiptaga binoan joy taqdim qilinmaganda, yo‘lovchi talabiga binoan jo‘nash stansiyasi tomonidan dalolatnoma tuziladi va bu dalolatnoma asosida unga zudlik bilan chipta uchun, amalga oshirilmagan bagaj tashilishi uchun esa dalolatnoma orqa tomonida qo‘l qo‘ydirib, pullar to‘liq qaytariladi. Yo‘lovchiga o‘sha yo‘lovchi tashish poyezdining o‘zida quyi toifa vagonida joy taqdim qilinganda, stansiya poyezdda yurish uchun olingan summa va o‘sha vagonda taqdim etilgan joyning haqiqiy qiymati orasidagi farqni qaytaradi.
Temir yo‘l stansiyasi chipta kassasiga foydalanilmagan chiptalar yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nashiga qadar 24 soat kechiktirmasdan qaytarilganda chipta to‘liq qiymati, foydalanilmagan chiptalar 24 soatdan kamroq, biroq yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nashiga qadar 6 soatdan kechiktirmasdan qaytarilganda chipta qiymati va platskartaning ellik foiz qiymati, foydalanilmagan chiptalar 6 soatdan kamroq, biroq yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nagandan keyin 3 soatdan kechiktirmasdan qaytarilganda chipta qiymati qaytariladi, platskartaning qiymati qaytarilmaydi. Chiptalar qaytarilganda vositachilik yig‘imi qaytarilmaydi.
Qo‘lda rasmiylashtirilgan foydalanilmagan chiptalar uchun pullar qaytarilishi, yo‘lovchining og‘zaki murojaatiga asosan vokzal boshlig‘i yoki navbatchi ma’mur farmoyishi bo‘yicha tilxat bo‘yicha amalga oshiriladi. Yo‘lovchi tomonidan chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimlari bilan jihozlangan chipta qaytarish maxsus kassasiga ushbu tizim orqali rasmiylashtirilgan foydalanilmagan chiptalar qaytarilganda, ma’murning belgisi shart emas.
Kassir (ma’mur belgisidan keyin) yo‘lovchiga tashish to‘lovlarini bir vaqtning o‘zida faqat uchta chipta uchun qaytarish huquqiga ega. Bu miqdordan ortiq, biroq 9 tadan oshmagan chiptalar pullarining qaytarilishiga stansiya (vokzal) boshlig‘i, uning o‘rinbosarlari yoki vokzal boshlig‘i navbatchi yordamchisi roziligi bilan ular tomonidan chiptalar tekshirilgandan keyin ruxsat etiladi. Guruhlar uchun olingan chiptalar bo‘yicha pullar qaytarilishi (10 kishi va undan ortiq) tashuvchi ma’muriyati orqali da’vo tartibida amalga oshiriladi. Guruhiy chiptalar bo‘yicha (10 kishi va undan ortiq) o‘quvchilarning poyezdda yurishi uchun naqd pulga sotib olingan chiptalar uchun pul qaytarilishi guruh rahbarining shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar ma’lumotlari ko‘rsatilgan holda beriladigan arizasiga muvofiq amalga oshiriladi.
208. Yo‘lovchi yo‘lovchi tashish poyezdini kasalligi tufayli tark etganda, yo‘lovchi tashish poyezdida yurishini to‘xtatgan stansiya dalolatnoma tuzishi va yo‘lovchi talabiga binoan ushbu dalolatnoma asosida unga platskarta qiymati va yo‘lovchi tomonidan bosib o‘tilgan masofa qiymatini ayirib, chiptalar uchun pullarni qaytarishi kerak.
209. Yo‘lovchining poyezdda yurishini rad etishini keltirib chiqargan yo‘lovchi tashish poyezdlari harakati uzilishida, yo‘lovchi tashish poyezdlari harakati tanaffusiga bog‘liq holda yo‘lovchi turgan stansiya, yo‘lovchi arizasiga tegishli bosib o‘tilmagan masofa uchun barcha chiptalarga pullarni qaytaradi.
210. Poyezdda yurish harakat yo‘nalishida bekor qilinganda bosib o‘tilmagan masofa uchun chiptalar qiymatini qaytarish (platskarta qiymatidan tashqari) va bosib o‘tilmagan masofa uchun poyezdda yurish qiymatini qaytarish faqat amal qilish muddati manzil stansiyasiga yetib olish imkonini beruvchi chiptalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Poyezdda yurishni bekor qilish vaqti stansiya (vokzal) boshlig‘i tomonidan chiptada “Chipta amal qilish muddati tugadi” degan qaydni, sanani va stansiya shtempelini ko‘rsatib tasdiqlanishi kerak. Poyezdda yurish bekor qilinganda pullarni qaytarish yo‘lovchi arizasiga binoan, mazkur bobda belgilangan tartibda, stansiya (vokzal) boshlig‘i farmoyishi bilan amalga oshiriladi.
211. Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali berilgan chiptalar bo‘yicha to‘lov qaytarish, ular qaysi stansiyada rasmiylashtirilganligidan qat’i nazar, har qanday stansiyada amalga oshiriladi.
212. Chiptalar amal qilish muddati tugaganligi to‘g‘risida belgilarni, berilgan chiptaga nisbatan bir yo‘lda bo‘lgan jo‘natish yoki orqaga qaytish stansiyalari bo‘lib xizmat qila olmaydigan stansiyalarda amalga oshirilishi taqiqlanadi.
213. Yuridik shaxslar tomonidan mazkur Qoidalarning 28-bandida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha sotib olingan chiptalar temir yo‘l chipta kassasiga kamida 7 sutka, biroq yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nashiga qadar 3 kundan kechiktirmasdan qaytarilsa, platskarta 50 foiz qiymati ushlab qolinadi, chiptalar (shu jumladan qaytib ketishga ham) yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nashiga qadar 3 sutkadan kamroq vaqt qolganda qaytarilganda esa, platskarta qiymati ushlab qolinadi.
214. Chipta to‘liq qiymatidan ushlab qolishlar, yo‘lovchi poyezdlari jo‘nashiga qadar chiptalarni qaytarish muddatlaridan qat’i nazar, chiptada ko‘rsatilgan poyezd bekor qilinganda yoki uning yo‘lovchilarni harakat yo‘nalishi punktidan jo‘nashi 1 soatdan ortiq ushlanib qolinganda, yo‘lovchilar ketishi ularga chiptalarda ko‘rsatilgan joylar taqdim qilinmaganligi va boshqa joylardan foydalanish rad etilishi sababli amalga oshmaganda, yo‘lovchi kasal bo‘lib qolganda amalga oshirilmaydi.
Yo‘lovchi tashish poyezdlarining harakat jadvalida nazarda tutilmagan uzilishiga bog‘liq bo‘lgan harakat yo‘nalishida poyezdda yurish to‘xtatilganda, bosib o‘tilmagan masofa uchun poyezdda yurish qiymati qaytariladi.
215. Pochta orqali jo‘natilgan foydalanilmagan chiptalar bo‘yicha to‘lovlar qaytarilishi, da’vo tartibida amalga oshiriladi. Bu holda ariza berish muddati uni tashuvchi tomonidan dastlab ro‘yxatdan o‘tkazilish sanasidan boshlab hisoblanadi.
216. Foydalanilmagan chiptalar uchun yo‘lovchilarga pullar tashuvchi tomonidan chiptalarda stansiyalar yoki vokzallar tomonidan foydalanganlik qaydlari qo‘yilishi vaqti (sanasi, soati) va foydalanilmagan joylarni berilishi to‘g‘risida qaydlar mavjud bo‘lganda qaytariladi.
217. Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali naqd pulsiz rasmiylashtirilgan chiptalar bo‘yicha to‘lovlarning qaytarilishi, tashuvchi tomonidan da’vo tartibida, joylarni tizimga qaytarish sharti bilan amalga oshiriladi. Ularning haqiqiy ekanligiga shubha uyg‘otadigan chiptalar bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish masalasi barcha holatlarda tashuvchi tomonidan da’vo tartibida hal etiladi.
218. Boshqa stansiyalardan rasmiylashtirilgan foydalanilmagan chiptalar bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish, qaytib ketish uchun rasmiylashtirilgan chiptalar bo‘yicha to‘lovlarni qaytarish shartlarida amalga oshiriladi.
219. Kelishilgan yo‘lovchi tashish poyezdlari kechikkan holatda boshqa stansiyadan rasmiylashtirilgan yo‘lovchiga berilgan chiptaning amal qilinishi saqlanib qolinadi va chiptada ko‘rsatilgan manzil stansiyasiga ketayotgan eng yaqin poyezdga qayta komposter qilinishi kerak.
Tashuvchi aybi bilan yo‘lovchi tashish poyezdlari kechikish tarzida yo‘lovchi poyezdda ketishni va unga chiptalar qaytarilishini rad etganda, tashish to‘lovlari va vositachilik yig‘imlari to‘liq qaytariladi. Bunda qaytarish operatsiyasi bo‘yicha vositachilik yig‘imi undirilmaydi. Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali taqdim qilingan bepul chiptani almashtirilishiga ruxsat etiladi. Poyezdda yangidan yurishni rasmiylashtirish uchun bepul chipta egasi ilgari sotib olingan chiptani chipta qaytarish kassasiga yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nashidan oldin qaytarishi kerak.
Chiptalar sotish avtomatlashtirilgan tizimi orqali qaytarish operatsiyasidan keyin kassir chipta egasiga “komposter yechildi, sana, soat” degan qayd bilan bepul chiptani va poyezdda yangidan yurishni rasmiylashtirish huquqini beruvchi maxsus qaytarish blankasini qaytaradi.
220. Guruhiy chipta bo‘yicha guruhning qatnashchilari soni to‘liq bo‘lmasdan jo‘naganda, guruh rahbari yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nashidan oldin jo‘nash stansiyasi (vokzali) boshlig‘iga guruhiy chiptaga bu haqda qayd kiritish uchun berishi kerak. Foydalanilmagan joylar chipta kassasiga berilishi kerak.
Harakat yo‘nalishida (vokzallarda va yo‘lovchi tashish poyezdlarida) guruhiy chiptalarda, ularda ko‘rsatilgandan kamroq yo‘lovchilar ketayotgani haqida qaydlar qilinmaydi va bosib o‘tilmagan masofa uchun pullar qaytarilmaydi.
Guruhiy buyurtmanoma bo‘yicha naqd pulsiz sotib olingan chiptalar uchun to‘lovlar da’vo tartibida chiptalarni sotib olgan yuridik shaxs hisob raqamiga va naqd pul bilan olingan (o‘quvchilar guruhidan tashqari) chiptalarga esa guruh rahbari pochta manziliga qaytariladi.
Boshqa poyezdga o‘tish punktida to‘liq guruhning poyezdda yurishi rad etilganda, stansiya (vokzal) boshlig‘i kelishilgan yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nashidan 5 soatdan kechiktirmasdan, guruhiy chiptaning amal qilinishini to‘xtash huquqiga ega.
221. Bosib o‘tilmagan masofa uchun to‘lovlar tashuvchi tomonidan da’vo tartibida, chipta amal qilinishi to‘xtatilganligi haqida qaydning mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi.
Foydalanilmagan chiptalar uchun to‘lovlar ularni to‘lovga berish kuni (soat 24-00 ga qadar) qaytariladi.
222. Foydalanilmagan shaharlararo chiptalar uchun pullar, shaharlararo yo‘lovchi tashish poyezdlari qatnashi bekor qilingan hollardan tashqari, qaytarilmaydi.
223. Stansiya, vokzal va to‘xtash punktlari chipta kassalari tomonidan foydalanilmagan chiptalar bo‘yicha to‘lovlar qaytarilishi, tashuvchi aybi bilan yo‘lovchi tashish poyezdlari uzilishi 3 soat va undan ortiqni tashkil qilgan holatda amalga oshiriladi.
224. Chiptalar qaytarilganda (shaharlararo yo‘nalishlardagi chiptalardan tashqari, shuningdek mazkur Qoidalarning 207, 209 va 214-bandlarida ko‘rsatilgan holatlarda) yo‘lovchidan qaytarish operatsiyalari uchun belgilangan yig‘im undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Urush oqibatida nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush qatnashchilari va temir yo‘l transporti xodimlariga chiptalar qaytarilishi holatlarida, qaytarish operatsiyasi uchun yig‘im undirilmaydi.
(224-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
225. Harakat yo‘nalishida poyezdda yurish bekor qilingan holatda yo‘lovchiga pul qaytarilishida, qaytarilishi kerak bo‘lgan tashish to‘lovlarining bir qismi quyidagicha aniqlanadi: to‘liq to‘langan chiptalar qiymatidan bosib o‘tilgan masofa uchun poyezdda yurish qiymati chiqarib tashlanadi. Hisoblangan farqdan platskarta qiymati chiqarib tashlanadi, so‘nggi hosil bo‘lgan summa yo‘lovchiga qaytarilishi kerak.
226. Yo‘lovchini tashuvchining aybi bilan to‘lovi past vagonga o‘tkazilganda, yo‘lovchi xohishiga ko‘ra chiptaning to‘liq qiymatidagi farqni to‘lash yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘nash yoki manzil stansiyasida dalolatnoma yoki tegishli ma’lumotnoma (poyezd, vagon, chipta raqami, sana, oy, boshqa poyezdga o‘tish stansiyasi va yo‘lovchi familiyasi ko‘rsatilgan holda) taqdim etilganda amalga oshiriladi. Dalolatnoma yoki ma’lumotnomani yo‘lovchi tashish poyezdi boshlig‘i taqdim qiladi va stansiya shtempeli bilan tasdiqlaydi. Yo‘lovchilar to‘lovi past vagonga o‘tkazilganda, chiptaning to‘liq qiymatidagi farqni to‘lash jo‘nash stansiyasida yo‘lovchi tashish poyezdi jo‘natiladigan kunda, manzil stansiyasida — poyezd yetib keladigan kunda amalga oshiriladi.
Chiptaning to‘liq qiymatidagi farqni jo‘nash yoki manzil stansiyasida olish huquqidan foydalana olmagan yo‘lovchi, uning to‘lanishini da’vo tartibida talab qilishi mumkin.
227. Stansiya tomonidan foydalanilmagan chiptalar va amalga oshirilmagan bagaj tashishlari uchun pullarni qaytarishning barcha holatlarida yo‘lovchidan barcha chiptalar olib qo‘yiladi hamda stansiya tushumidan pullarni to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
228. Yo‘lovchilarga pul qaytarishning mazkur qoidalarda nazarda tutilmagan boshqa barcha holatlarida faqat tashuvchi tomonidan da’vo tartibida amalga oshirilishi mumkin. Bu holatlarda pullarni qaytarish to‘g‘risida murojaat qilinganda foydalanilmagan chiptalar, tegishli holatlarda esa yana boshqa hujjatlar va ma’lumotnomalar taqdim qilinishi kerak.
Ijaraga berilgan vagonlarda poyezdda yurish amalga oshmaganligi uchun pullarni qaytarish to‘g‘risidagi da’vo vagon ijarasi shartnomasi tuzilgan ijara beruvchi tomonidan ko‘rib chiqiladi.
229. Yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashishlaridan kelib chiqadigan da’volar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi va ko‘rib chiqiladi.
e) yo‘lovchining poyezdga tibbiyot muassasasi hujjatisiz kechikishi 3 soat va undan ortiqni tashkil qilganda.
231. Plastik kartochkalar bo‘yicha sotilgan chiptalarga to‘lovlarni qaytarish, tashuvchi tomonidan naqd pulsiz asosda, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
232. Temir yo‘l transporti xizmatlaridan foydalanuvchi shaxslar va o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan temir yo‘l xodimlari o‘rtasida nizoli holatlar yuzaga kelganda, temir yo‘l transporti xizmatlaridan foydalanuvchi shaxslar temir yo‘lning tegishli mansabdor shaxslariga murojaat qilishga haqlidir.
Yo‘lovchilar va o‘z xizmat vazifalarini bajarayotgan tashuvchi xodimlari o‘rtasida yuzaga keladigan barcha nizo va bahslar:
233. Yo‘lovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar mazkur Qoidalar, shuningdek temir yo‘l transporti vositalaridan foydalanish, harakat xavfsizligi, yong‘in xavfsizligi qoidalarini, temir yo‘l transportida sanitariya-gigiyena va sanitariya-epidemiyaga qarshi qoidalarni buzganliklari, qurilmalar, transport vositalari va ularning ichki jihozlarini shikastlaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda javob beradilar.
234. Tashuvchi yo‘lovchilar, bagaj va yuk bagaj tashishlari bo‘yicha majburiyatlarini bajarmaganligi yoki zarur darajada bajarmaganliklari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorda javob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
235. Mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishining davlat nazoratini O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, davlat boshqa organlari qonun hujjatlari bilan berilgan o‘z vakolatlari doirasida amalga oshiradilar.
(235-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 15-dekabrdagi 668-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.12.2023-y., 09/23/668/0945-son)