Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2021 23.08.1994 yildagi PF-938-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.09.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KAM TAʼMINLANGAN OILALARNI IJTIMOIY HIMOYALAShNI KUChAYTIRIShGA OID TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekistan Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-avgustdagi PF-6277-sonli “Kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam koʻrsatish hamda kambagʻallik bilan kurashish koʻlamini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan 2021-yil 1-sentabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholini muayyan ijtimoiy himoyalashga oid tadbirlarni roʻyobga chiqarishda kam taʼminlangan oilalarga davlat madadini, fuqarolar oʻz-oʻzini boshqaruv organlarining keng va faol ishtirokini kuchaytirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoʻrgʻonlar, qishloqlar, ovullar va mahallalarning fuqarolar oʻz-oʻzini boshqaruv barcha organlarida kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam berish maxsus jamgʻarmalari tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu maqsadda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzjamgʻarmabank ikki hafta muddat ichida fuqarolar oʻz-oʻzini boshqaruv organlariga yuridik shaxs huquqi berib, jamgʻarma bankning tegishli boʻlimlarida maxsus hisobvaraqalari ochsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam berish maxsus jamgʻarmalarini tashkil etishning asosiy manbalari qilib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilovaga muvofiq miqdorda 1994-yilning IV choragiga moʻljallangan respublika budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— mahalliy budjetlarning mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
— budjetdan tashqari manbalar — jamoat va xayriya jamgʻarmalari, korxonalar va xoʻjaliklarning mablagʻlari, fuqarolarning ixtiyoriy xayr-ehsonlari va boshqalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qoʻrgʻonlar, qishloqlar, ovullar, mahallalarning, fuqarolar oʻz-oʻzini boshqaruv organlari 1994-yilning 1-oktabridan boshlab kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamning ana shu jamgʻarmalari mablagʻlaridan har oylik toʻlovlar toʻlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam qoʻrgʻon, qishloq, ovul, shaharlardagi mahallalar fuqarolar yigʻini, yigʻinni chaqirish imkoni boʻlmaganda esa qoʻrgʻonlar, qishloqlar, ovullar mahallalari, koʻchalar, turar joylar fuqarolari vakillari yigʻilishining qaroriga koʻra tayinlanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari bilan belgilanadi;
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoniga asosan ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻz-oʻzini boshqaruv organlariga ajratilgan va foydalanilmagan budjet mablagʻlari olib qoʻyilmaydi va fuqarolar yigʻini (yigʻilishi)ning qaroriga binoan aholi turar joylarini obodonlashtirish, gazlashtirish va suv bilan taʼminlashga, shuningdek boshqa ijtimoiy muammolarni hal etishga sarflanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Kam taʼminlangan oilaga moddiy yordam tayinlash va toʻlashga oid qaror qabul qilish chogʻida ijtimoiy adolat, roʻy-rostlik, keng oshkoralik qoidalariga rioya etilishi, ajratilgan mablagʻlar aniq maqsadni koʻzlab va samarali foydalanilishi uchun majburiy shartlar boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddat ichida kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam berish uchun mablagʻ topish va undan foydalanish yoʻllari toʻgʻrisida, ana shu mablagʻni qaysi maqsadlar uchun ajratish va toʻlash tartibi haqida qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddat davomida shaharlar, qoʻrgʻonlar, qishloqlar va ovullardagi mahallalarning joylashishini, ularning chegaralarini, shuningdek oilalar va aholi sonini aniqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu yilning 1-dekabrida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam berish uchun ajratiladigan mablagʻlarni taqsimlash va ulardan samarali foydalanish amaliyotini takomillashtirishga doir takliflarni taqdim etsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Kam taʼminlangan oilalarga toʻlash uchun moʻljallangan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlardan aniq maqsadni koʻzlab foydalanilishini nazorat qilish shaxsan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlarning hokimlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ajratilayotgan budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar fuqarolar oʻz-oʻzini boshqaruv organlarining maxsus hisobvaraqalariga toʻliq va oʻz vaqtida oʻtkazilayotganligini, ana shu mablagʻlardan aniq maqsadni koʻzlab foydalanilayotganligini muntazam tekshirib, taftish qilsin va har chorakda Hukumatga maʼlum qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari, vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, korporatsiyalar, korxonalar va tashkilotlar, xayriya jamgʻarmalari va tadbirkorlik tuzilmalari mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, oʻz mablagʻlari hisobidan kam taʼminlangan oilalarga butun choralar bilan qoʻshimcha ijtimoiy yordam bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir hafta muddat ichida kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordamning ana shu jamgʻarmalariga mablagʻ oʻtkazayotgan xoʻjalik tashkilotlari uchun imtiyozli soliq solish tartibini ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda 1995-yilgi budjetning loyihasini tuzish chogʻida shu yilning IV choragida budjet mablagʻlarini taqsimlash tajribasini hisobga olgan holda kam taʼminlangan oilalarga yordam berish uchun zarur mablagʻlarni va ana shu mablagʻlarni topish manbalarini aniqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ommaviy axborot vositalari kam taʼminlangan oilalarga har oylik moddiy yordam tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida televideniye, radio orqali va matbuotda tushuntirish ishlarini faol olib borsinlar, fuqarolar oʻz-oʻzini boshqaruv organlarining aholini ijtimoiy jihatdan himoyalashga oid faoliyati haqida jamoatchilikni keng xabardor qilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 23-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-938-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
1994-yil 23-avgustdagi
938-son Farmoniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yilda kam taʼminlangan oilalarga aniq maqsadni koʻzlab moddiy yordam berish uchun ajratiladigan respublika budjeti mablagʻlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎‎ bir oyga hisoblanganda ‎ umuman 1994-yilning IV choragida ‎

1‎‎‎

2‎ 3‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎‎‎ 7,6‎ 22,8‎
Andijon viloyati ‎‎‎ 10,8‎ 32,4‎
Buxoro viloyati ‎‎‎ 7,1‎ 21,3‎
Jizzax viloyati ‎‎‎ 4,7‎ 14,1‎
Qashqadaryo viloyati ‎‎‎ 10,3‎ 30,9‎
Navoiy viloyati ‎‎‎ 4,1‎ 12,3‎
Namangan viloyati ‎‎‎ 8,5‎ 25,5‎
Samarqand viloyati ‎‎‎ 13,1‎ 39,3‎
Surxandaryo viloyati ‎‎‎ 8,2‎ 24,6‎
Sirdaryo viloyati ‎‎‎ 3,3‎ 9,9‎
Toshkent viloyati ‎‎‎ 11,9‎ 35,7‎
Fargʻona viloyati ‎‎‎ 13,2‎ 39,6‎
Xorazm viloyati ‎‎‎ 6,5‎ 19,5‎
Toshkent shahri ‎‎‎ 11,3‎ 33,9‎
JAMI: 120,6‎ 361,8‎

(mln. soʻm)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eslatma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika budjetidan ajratiladigan mablagʻlar kam taʼminlangan oilalar soniga qarab mintaqalar boʻyicha har bir oilaga tabaqalashtirilgan yagona meʼyorga asosan belgilandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 8-9-son, 237-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 52-son, 586-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.08.2018-y., 06/18/5504/1629-son, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)