Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023 30.11.2011 yildagi 315-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.12.2023
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VAZIRLAR MAHKAMASINING “DAVLAT MULKINI IJARAGA BERISh TARTIBINI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2009 YIL 8 APRELDAGI 102-SON QARORIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-dekabrdagi 660-sonli “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini ijaraga berish tartibini yanada takomillashtirish hamda davlat mulkini ijaraga berishdan tushayotgan mablagʻlardan samarali foydalanish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 30-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
315-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-noyabrdagi 315-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Davlat mulkini ijaraga berish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarorida (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 26-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-bandning yettinchi xatboshidagi “respublika va viloyat”, “Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi” soʻzlari chiqarib tashlansin, “har chorakda eʼlon qilish” soʻzlari “joylashtirish” soʻzi bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-bandning toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“markazlarning tranzit hisob raqamlariga tushadigan ijara toʻlovi mablagʻlarining 50 foizi tegishli budjet daromadiga, 40 foizi — davlat mulkini balansida saqlovchiga va 10 foizi — tegishli markazga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara toʻlovi muddatini oʻtkazib yuborganlik uchun undirilgan penya summasining va shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun jarima summasining 50 foizi markazlar ixtiyorida qoladi, qolgan qismi esa tegishli budjet daromadiga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, tegishli markazning Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olinayotgan sof foydasining bir qismi yoki hammasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasida jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasining budjetdan tashqari jamgʻarmasida jamlanadigan mablagʻlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan budjetdan tashqari jamgʻarmaning daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq belgilangan tartibda sarflanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3-1-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari har yili koʻchmas davlat mulkidan foydalanganlik uchun ijara toʻlovining eng kam stavkalarini tasdiqlashda davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashgan budjet tashkilotlari uchun ijara toʻlovining nol stavkasini belgilashni nazarda tutsinlar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagi mazmundagi 4-1-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4-1. Belgilab qoʻyilsinki, ijaraga berilgan davlat mulkiga zarar yetkazganlik belgilari aniqlangan taqdirda yetkazilgan zarar summasi baholash tashkiloti tomonidan uni baholash yoʻli bilan aniqlanadi va aybdor shaxslardan belgilangan tartibda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarar summasi tegishli markazning tranzit hisob raqamida jamlanadi hamda markazning baholashni oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlari va sud xarajatlari chegirilgan holda davlat mulkini balansida saqlovchiga yoʻnaltiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) 6-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat mulkini ijara shartnomasi tuzmasdan ijaraga berish, ijara shartnomasida ijaraga berilgan mulkning parametrlari va soni ataylab notoʻgʻri qayd etilganligi, buning natijasi ijara toʻlovining yashirilishiga olib kelganligi holati aniqlangan taqdirda markaz buzilish aniqlangan sanadan boshlab uch ish kuni mobaynida, belgilangan tartibda davlat mulkidan foydalanganlik davri uchun ijara toʻlovini ikki baravar miqdorda hisoblab chiqadi va uni undirish uchun tegishli hujjatlarni balansida saqlovchiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisoblab yozilgan toʻlov summasi balansida saqlovchi tomonidan toʻlanmagan taqdirda davlat mulki joylashgan joydagi markaz hujjatlar balansida saqlovchiga taqdim etilgan sanadan boshlab oʻn ish kuni oʻtgach hisoblab yozilgan toʻlov summasini belgilangan tartibda undirish uchun materiallarni sudga topshiradi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ilova (Davlat mulkini ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom)da:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“davlat mulki — davlat korxonalari va budjet tashkilotlari balansidagi mol-mulk, shuningdek yuridik shaxslarning ommaviy mulkni boshqaruvchi yoxud vakolatli davlat organi tomonidan tasarruf etish huquqisiz ularga berilgan mol-mulki (davlat mulki obyektlarini investitsiya majburiyatlari va boshqa majburiyatlar bilan sotish hollari bundan mustasno)”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi—toʻrtinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi xatboshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovining eng kam stavkalari hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan har yili 1-noyabrgacha tayyorlanadi hamda kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligiga taqdim etiladi, ular oʻn ish kuni mobaynida ularni kelishadilar yoki qayta ishlash va keyinchalik Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligining mulohazalari va takliflari olingan sanadan boshlab oʻn ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda kelishishga kiritish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasiga qaytaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joriy yilning 15-dekabridan kechikmay binolar va inshootlar boʻyicha ijara toʻlovi eng kam stavkalarining kelishilgan hisob-kitoblari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga tasdiqlash uchun yuboriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi—beshinchi xatboshilar tegishli ravishda toʻrtinchi — yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“balansida saqlovchining rahbari va bosh buxgalteri ijaraga berilayotgan mol-mulkning tiklangan qiymati toʻgʻrisida taqdim etilgan axborotning ishonchliligi uchun javob beradilar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) quyidagi mazmundagi 10-1-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10-1. Ijara shartnomasini tuzishda isitish, sovutish, elektr energiyasi bilan taʼminlash, sovuq va issiq suv taʼminoti, yongʻin xavfsizligi va qoʻriqlash (hisoblagich, dizel generatori, sovutish mashinasi (chiller, fankoyl va boshqalar), tortish ventilyatorlari, nasoslar, transformator va taqsimlash kichik stansiyalari, yongʻin xavfsizligi va qoʻriqlash tizimlari, koʻtarish mexanizmlari (shu jumladan liftlar va boshqalar) zinapoya panjaralari, zinapoyalar, lift shaxtalari va boshqa shaxtalar, shuningdek balansida saqlovchi va ijaraga oluvchilarning xodimlari va/yoki oʻquvchilari oshxonalar va bufetlarda ovqatlanishi uchun foydalanadigan maydonchalar boʻyicha muhandislik tarmoqlari va kommunikatsiyalar, mexanik, elektr, sanitariya-texnik asbob-uskunalar va boshqa asbob-uskunalar va qurilmalar boʻyicha ijara toʻlovi belgilanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkining koʻrsatib oʻtilgan turlari boʻyicha shartnomada kommunal va foydalanish toʻlovlari, shu jumladan amortizatsiya ajratmalari (mavjud boʻlganda) nazarda tutiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) quyidagi mazmundagi 10-2-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“10-2. Turli sport, madaniy, oʻquv, tibbiyot tadbirlari va boshqa ijtimoiy tadbirlar (toʻgaraklar)ni tashkil etish, shuningdek darsdan tashqari (ishdan tashqari) vaqtda balansida saqlovchi va ijaraga oluvchilarning xodimlari ovqatlanishi va/yoki davolanishini tashkil etish maqsadida ijaraning ayrim obyektlari (oshxonalar va bufetlar, zallar (xonalar), sport inshootlari 270 ish kuni va 8 soatlik ish kuni hisobidan kelib chiqib ijara toʻlovining soatbay stavkasi toʻlangan holda ijaraga berilishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat mulki davriy nashrlarda, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasining veb-saytlarida foydalanilmayotgan davlat mulki ijaraga berilishi toʻgʻrisida majburiy tarzda eʼlon qilish sharti bilan (chorakda kamida bir marta) ijaraga beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sakkizinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijaraga oluvchi ijara shartnomasi muddatini uzaytirish toʻgʻrisida yozma murojaat qilgan taqdirda shartnoma ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan davlat mulki ijarasining eng koʻp muddatidan ortiq boʻlmagan muddatga, ushbu ijara obyekti boʻyicha majburiy eʼlon berilmasdan, belgilangan tartibda uzaytiriladi. Ushbu eng koʻp muddat tugagach davlat mulki umumiy asoslarda ijaraga beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 13-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“13. Har bir ijara shartnomasi boʻyicha buyurtmanomalar ijaraga beruvchi tomonidan foydalanilmayotgan davlat mulkini ijaraga berish toʻgʻrisida eʼlon berilgandan keyin birinchi buyurtmanoma roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan boshlab, har bir buyurtmanomaga tartib raqami berilgan hamda buyurtmanoma berilgan sana va vaqt koʻrsatilgan holda, besh ish kuni mobaynida maxsus daftarda roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan muddat tamom boʻlgandan keyin tushgan talabnomalarni (buyurtmanomalarni) koʻrib chiqish ikki ish kunidan oshmaydigan muddat mobaynida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar (talabgor) talabnomalarni (buyurtmanomalarni) koʻrib chiqishda qatnashishi mumkin. Buyurtmanomalarni koʻrib chiqishda qatnashmagan talabgor koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisida yozma ravishda (faks, elektron pochta, pochta orqali) xabardor qilinadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Talabgorlarning takliflari teng boʻlgan taqdirda ijara shartnomasi, agar talabgorlardan biri buyurtmanomalarni koʻrib chiqish jarayonida ijara toʻlovining dastlabki taklifidan ortiq boʻlgan miqdorda ijara toʻlovini taklif etmasa, boshqalardan oldin buyurtmanoma bergan talabgor bilan tuziladi. Ushbu holatda shartnoma ijara toʻlovining eng yuqori miqdorini taklif etgan talabgor bilan tuziladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshiga “tuziladi” soʻzidan keyin “yoxud unga ijara shartnomasi tuzishning sabablari asoslangan rad javobi yuboriladi” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi — oʻninchi xatboshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Bunda navbatma-navbatlik tartibida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari doirasida oʻz faoliyatini amalga oshiruvchi qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha guruhlar davlat mulki ijara shartnomasini tuzishning ustunlik huquqiga ega boʻladilar, ular Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari shartlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq davlat mulki boʻlgan binolar va xonalarda joylashtiriladi, ular uchun ijara toʻlovining nul stavkasi belgilangan, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
balansida saqlovchining yuritishida boʻlgan tashkilotlar, shuningdek balansida saqlovchining yuqori tashkiloti (muassasasi) hisoblangan vazirliklar (idoralar)ning tarkibiy boʻlinmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nodavlat notijorat tashkilotlari davlat mulki ijara shartnomasini tuzishning ustunlik huquqiga ega boʻladilar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) quyidagi mazmundagi 15-1-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“15-1. Amal qilish muddati navbatdagi yilga oʻtadigan koʻchmas davlat mulki ijara shartnomasi boʻyicha boʻlajak yil davri uchun ijara toʻlovi belgilangan tartibda boʻlajak yilga ijara toʻlovining eng kam stavkalariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizom 15-bandining birinchi va ikkinchi xatboshilarida koʻrsatilgan shartlarga muvofiq tuzilgan, amal qilish muddati keyingi yilga oʻtadigan koʻchmas davlat mulki ijara shartnomasi boʻyicha kelgusi yil davri uchun ijara toʻlovi oldingi va kelgusi yil uchun eng kam stavkalardan kelib chiqqan holda hisoblangan ijara toʻlovi tafovutiga mutanosib ravishda koʻpayadi yoki kamayadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijaraga oluvchi kelishmagan taqdirda ijara shartnomasi bekor qilinadi va ijara obyekti belgilangan tartibda ijaraga beriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi birinchi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Buyurtmanomalarni koʻrib chiqish natijalari toʻgʻrisidagi bayonnoma Komissiya tomonidan qaror qabul qilingan kunda Komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va uning raisi tomonidan tasdiqlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) 22-bandning uchinchi xatboshiga “toʻlovlari” soʻzidan keyin “shu jumladan amortizatsiya ajratmalari” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshiga “ijara toʻlovi summasini” soʻzlaridan oldin “balansda saqlovchiga ajratiladigan” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar quyidagi mazmundagi uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ijara toʻlovi, shuningdek bir ish kuni mobaynida ijaraga beruvchilarning tranzit hisob raqamlariga tushgan ijara toʻlovini toʻlash kechiktirilganligi uchun undirilgan penya summasi va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarima quyidagi tartibda taqsimlanishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara toʻlovi mablagʻlarining 50 foizi — tegishli budjet daromadiga, 40 foizi — davlat mulkini balansida saqlovchiga, 10 foizi — ijaraga beruvchiga yoʻnaltiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijara toʻlovini toʻlash kechiktirilganligi uchun undirilgan penya summasi va shartnoma majburiyatlari buzilganligi uchun jarimaning 50 foizi tegishli budjet daromadiga yoʻnaltiriladi va qolgan 50 foizi ijaraga beruvchining tasarrufida qoladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi va oltinchi xatboshilar tegishli ravishda oltinchi va yettinchi xatboshilar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) 25-bandga “ijara muddati tugagach” soʻzlaridan keyin “yoki ijara shartnomasi muddatidan oldin bekor qilinganda, haqiqiy emas deb hisoblanganda” soʻzlari qoʻshilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) 35-bandga quyidagi mazmundagi xatboshilar qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Balansida saqlovchi yil choragida kamida bir marta oʻzi uning yuritishida boʻlgan davlat mulkini xatlovdan oʻtkazishga va foydalanilmayotgan davlat mulki aniqlangan taqdirda 10 kun mobaynida ijaraga beruvchiga davlat mulki joylashgan joyni, miqdori, tarkibi va boshqa umumiy tavsiflarini koʻrsatgan holda uning haqidagi maʼlumotlarni taqdim etishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatib oʻtilgan maʼlumotlar yashirilganligi, oʻz vaqtida taqdim etilmaganligi, shuningdek ularning buzilganligi uchun balansida saqlovchi va aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) quyidagi mazmundagi 38-band qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“38. Qamrab olishning toʻliqligi, oʻz vaqtida va zarur tarzda hisoblanishi, ijaraga berilgan davlat mulki boʻyicha ijara toʻlovi toʻlanishini nazorat qilish ijaraga beruvchilar tomonidan, shuningdek belgilangan tartibda tekshirishlar amalga oshirilgan taqdirda — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 48-son, 494-modda)