Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2025 30.06.2011 yildagi 193-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.02.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QISHLOQ XOʻJALIGI MAHSULOTLARI YETISHTIRUVCHILAR BILAN TAYYORLOV, XIZMAT KOʻRSATISH TASHKILOTLARI OʻRTASIDA SHARTNOMALAR TUZISH, ULARNI ROʻYXATDAN OʻTKAZISH, BAJARISH, SHUNINGDEK ULARNING BAJARILISHI MONITORINGINI OLIB BORISH TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-fevraldagi 67-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish va bajarish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-sentabrdagi 383-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 9-son, 81-modda) bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 30-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 30-iyundagi 193-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilar bilan tayyorlov, xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida shartnomalar tuzish, ularni roʻyxatdan oʻtkazish, bajarish, shuningdek ularning bajarilishi monitoringini olib borish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 5-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tuman (shahar)lar hokimliklari oʻz vakolatlari doirasida xoʻjaliklar bilan tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari oʻrtasida davlat ehtiyojlari uchun shartnomalar tuzilishi va bajarilishi boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradilar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 10-bandning oʻninchi xatboshi quyidagi mazmundagi oʻninchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat ehtiyojlari uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlari xarid qilish yuzasidan tuziladigan kontraktatsiya shartnomalarida quyidagilar ham koʻrsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan hamda xoʻjaliklar ixtiyorida qoladigan mahsulotlarning sorti va miqdori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulotlarning sifatiga qoʻyiladigan standartlar, texnik shartlar va boshqa talablar”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 24-bandning birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan taqdirda tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari shartnoma roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan boshlab ikki kun muddatda xoʻjaliklarga roʻyxatdan oʻtkazilgan shartnomaning bir nusxasini imzolangan holda berishlari shart”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 26-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“26. Taraflarda hamda tuman qishloq va suv xoʻjaligi boʻlimida qoladigan shartnoma nusxalari, shu jumladan unga kiritiladigan barcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar tomonlar shartnoma majburiyatlarining hammasini bajargan vaqtdan boshlab uch yil mobaynida tegishli tarzda saqlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 27-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“shartnomada nazarda tutilgan hollarda, tayyorlov tashkilotidan urugʻlik va ekish materiallari bilan oʻz vaqtida taʼminlashni talab qilish. Urugʻlik hamda ekish materiallarining navi, sifati va miqdori tuman (shahar) hokimliklari tomonidan belgilanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 39-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar xoʻjalik tomonidan tayyorlovchi tashkilotga shartnomada nazarda tutilganidan yuqoriroq sifat talablariga mos keladigan mahsulot yetkazib berilsa, u holda taraflarning kelishuviga koʻra bunday mahsulotga yuqori narx boʻyicha haq toʻlanadi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 70-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qoʻshilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xoʻjalik tomonidan sarflangan transport xarajatlarini toʻlamaganlik uchun tayyorlov va xizmat koʻrsatish tashkilotlari xoʻjalikka toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun belgilangan muddatda toʻlanmagan summaning 0,4 foizi, biroq toʻlov muddati oʻtkazib yuborilgan summaning 50 foizidan koʻp boʻlmagan miqdorda penya toʻlaydi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. 78-banddagi “oldindan koʻrish va bartaraf etish mumkin boʻlmagan holatlar (fors-major holatlar)” soʻzlari “yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 86-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“86. Kelishmovchiliklar va nizoli masalalar kelib chiqqan taqdirda tomonlar, qoidaga koʻra, mustaqil ravishda yoki tuman (shahar)lar hokimliklari huzurida tashkil etiladigan yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya ishtirokida ularni sudgacha hal etish chora-tadbirlarini koʻradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiyaga tuman (shahar)lar hokimlari rahbarlik qiladi. Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya tarkibiga Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Davlat statistika qoʻmitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi, Suv isteʼmolchilari uyushmasi hududiy organlarining va boshqa manfaatdor tashkilotlarning vakillari kiradi. Komissiyaning shaxsiy tarkibi tuman (shahar)lar hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major)ni tasdiqlash boʻyicha komissiya nizoni koʻrib chiqishda ishtirok etish paytida vakolatli davlat organlarining maʼlumotlari va axboroti asosida mahsulotning sifati pasaytirilishi yoki buzilishi hollari yuzasidan xulosa, shuningdek yengib boʻlmaydigan kuch holatlari (fors-major) oqibatida yoxud tayyorlovchining aybi bilan shartnomalar boʻyicha majburiyatlar bajarilmaganligi uchun xoʻjaliklarni javobgarlikdan ozod qilish yuzasidan xulosa berishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fors-major holatlarini aniqlashda shartnoma taraflari qatnashishi kerak”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 31-son, 326-modda)