Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI I.A. KARIMOVNING HINDISTON RESPUBLIKASIGA DAVLAT TASHRIFI DAVOMIDA ERISHILGAN AHDLASHUVLARNI AMALGA OSHIRISH VA IKKI TOMONLAMA HAMKORLIKNI YANADA RIVOJLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2011-yil 17-maydan 19-maygacha boʻlgan davrda Hindiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida erishilgan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha ikki tomonlama ahdlashuvlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2011-yil 17 — 19-may kunlari Hindiston Respublikasiga Davlat tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish boʻyicha tadbirlar rejasi 1-ilovaga* muvofiq;
*1-ilova berilmaydi.
Hindiston korporatsiyalari, kompaniyalari va banklari ishtirokida amalga oshiriladigan loyihalar roʻyxati 2-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
*2-ilova berilmaydi.
2. Vazirlar Mahkamasi komplekslari, vazirliklar, idoralar va xoʻjalik yurituvchi subyektlar — masʼul ijrochilar rahbarlari ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini taʼminlasinlar hamda ularning amalga oshirilishi toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga axborot taqdim etsinlar.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻn kun muddatda ushbu qarorga 2-ilovaga kiritilgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishning vazirliklar va idoralar, xoʻjalik yurituvchi subyektlar — masʼul ijrochilar tomonidan ishlab chiqilgan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi tashrif davomida imzolangan bitimlar va ahdlashuvlarning bajarilishi, masʼul ijrochilar tomonidan ushbu qaror bilan tasdiqlangan tadbirlarni bajarish boʻyicha aniq chora-tadbirlarning oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi, shuningdek, Hindiston korporatsiyalari va kompaniyalari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish tarmoq jadvallariga qatʼiy rioya etilishi ustidan tizimli nazorat oʻrnatsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 30-may,
156-son