“Oʻzdavenergonazorat” Elektr energetikada nazorat boʻyicha davlat inspeksiyasi boshligʻining
buyrugʻi
ELEKTR USKUNALARINING TUZILIShI QOIDALARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA VII BOʻLIM
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda texnik hujjat deb topilgan, 2006-yil 18-iyul 20-15-143/14-son]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 1-martdagi 96-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energetikada nazorat boʻyicha “Oʻzdavenergonazorat” davlat inspeksiyasi toʻgʻrisida nizom”ga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 29-apreldagi 210-sonli “Sobiq SSSR Ittifoqining qonun osti hujjatlarini qayta koʻrib chiqish ishini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarorini bajarish maqsadida, buyuraman:
1. Ilova qilinayotgan “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari” (VII boʻlimi) tasdiqlansin*.
Qoidalar matni rus tilida berilgan
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtgan kunidan boshlab 10 kun oʻtgandan keyin kuchga kiritilsin.
3. Ushbu buyruq kuchga kirgan kunidan boshlab SSSR Energetika va elektrlashtirish vazirligi Bosh texnik boshqarmasining 1985-yil 6 nashrdagi “Elektr uskunalarining tuzilishi qoidalari” 7-boʻlimi Oʻzbekiston Respublikasi hududida qoʻllanilmasin.
4. Mazkur buyruqning bajarilishi ustidan nazoratni oʻz zimmamda qoldiraman.
Inspeksiya boshligʻi B. GʻULOMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 23-iyun,
105-son