Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaroriga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-iyundagi 384-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (“Davlat boji toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 7-fevraldagi PQ-1474-son qarori bilan tasdiqlangan “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturini bajarish yuzasidan, kichik biznes subyektlarining sudlarga murojaat qilishda xarajatlarini kamaytirish va qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2011-yil 18-may,
140-son
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-maydagi 140-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Davlat boji stavkalari haqida” 1994-yil 3-noyabrdagi 533-son qaroriga kiritilayotgan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar
Qarorga ilovada:
1. 1-bandda:
a) “a” kichik banddagi “daʼvo arizalaridan” soʻzlaridan keyin “mazkur bandning “a1” kichik bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno” soʻzlari qoʻshilsin;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-iyundagi 402-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 25-son, 547-modda)
v) “b” kichik banddagi “eng kam oylik ish haqining 5 baravari miqdorida” soʻzlari “eng kam oylik ish haqining 1 baravari miqdorida” soʻzlari bilan almashtirilsin;
g) quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning “d” va “z” kichik bandlarida koʻrsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydilar”.
2. 2-bandga quyidagi mazmundagi izoh qoʻshilsin:
“Izoh. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilishda ushbu bandning “a” — “g” va “e” kichik bandlarida koʻrsatilgan belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydilar”.
3. 4-bandda:
a) “v” kichik banddagi “shartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida” soʻzlari “shartnoma summasining 0,1 foizi miqdorida, biroq eng kam oylik ish haqining 50 foizidan koʻp emas” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) “k1” kichik banddagi “garov” soʻzi “garov (kredit tashkilotlari bilan garov shartnomasidan tashqari)” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. 8-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“sugʻurta va auditorlik tashkilotlari, soliq maslahatchilari tashkilotlari, birjalar, Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari bilan tashkil etiladigan aksiyadorlik kompaniyalari (shu jumladan davlat-aksiyadorlik kompaniyalari va xolding kompaniyalari) shaklidagi boshqaruv organlari, bozorlar — eng kam oylik ish haqining toʻrt baravari miqdorida”.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 233-modda; 2017-y., 25-son, 547-modda)