Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.02.2018 04.02.2011 yildagi 30-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.02.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PAXTA TOLASINI SOTIShNING IChKI VA AMALDAGI NARXLARI OʻRTASIDAGI IJOBIY TAFOVUTDAN TUShADIGAN MABLAGʻLARNING BIR QISMINI JAMLASh VA ULARDAN FERMER XOʻJALIKLARINING FOYDALANIShI TARTIBI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 17-oktabrdagi PF-5206-son Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxtachilik tarmogʻini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 28-noyabrdagi PQ-3408-son qarori)” qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun paxta xomashyosi yetishtiradigan fermer xoʻjaliklarini ragʻbatlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi;
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 56-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklari foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini (keyingi oʻrinlarda ijobiy tafovut deb ataladi) jamlash va keyinchalik fermer xoʻjaliklariga yoʻnaltirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasining maxsus hisob raqamini ochish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi rahbarlari zimmasiga — ijobiy tafovut toʻgʻri hisoblab chiqilishi uchun;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyati hududiy filiallari va paxta tozalash korxonalari rahbarlari zimmasiga — ijobiy tafovut fermer xoʻjaliklariga oʻz vaqtida toʻlanishi uchun;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzneftmahsulot” AK va “Oʻzagroservis” AJ, “Agrotexservis” MChJ, “Oʻzagrolizing” AJ, “Oʻzmashlizing” MChJ rahbarlari zimmasiga — fermer xoʻjaliklaridan tushgan ijobiy tafovut mablagʻlarining tarmoq korxonalarining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzlarini qoplashga maqsadli yoʻnaltirilishi uchun masʼuliyat yuklansin;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 593-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir oy muddatda oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 4-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-fevraldagi 30-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2011-yil 30-dekabrdagi PQ-1675-son qaroriga muvofiq paxta tolasini sotishning ichki (sotish boʻyicha xarajatlarni hisobga olgan holda) va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutning (keyingi oʻrinlarda ijobiy tafovut deb ataladi) 50 foizini jamlash va ulardan paxta xomashyosi yetishtirayotgan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-fevraldagi 56-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 8-9-son, 85-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ijobiy tafovut qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ijobiy tafovutning 50 foizi miqdoridagi mablagʻlarni jamlash va ulardan maqsadli foydalanish uchun xizmat koʻrsatuvchi bankda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat xaridi uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish va qishloq xoʻjaligini texnika bilan jihozlashni maqsadli moliyalashtirish jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb ataladi), “Oʻzpaxtasanoat” AJ hududiy filiallariga, “Oʻzkimyosanoat” AJ paxta tozalash korxonalari va tashkilotlariga, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzneftmahsulot” AK, “Oʻzagroservis” AJ, “Agrotexservis” MChJ, “Oʻzagrolizing” AJ, “Oʻzmashlizing” MChJ (keyingi oʻrinlarda xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar deb ataladi), shuningdek fermer xoʻjaliklariga 23226-son maxsus hisob raqami ochiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 593-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 23226-maxsus hisob raqamlarining ochilishiga qonun hujjatlarining xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisob raqamlaridagi pul mablagʻlari yetishmaganda ularning bank hisob raqamlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish tartibi toʻgʻrisidagi talabi tatbiq etilmaydi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ijobiy tafovut summasini jamlash va undan foydalanish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari hosil olingan yilning 5-dekabrigacha (2010-yil hosili boʻyicha 2011-yil 5-fevralgacha) ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha Jamgʻarmaga tayyorlangan paxta xomashyosi hajmining amaldagi qiymati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari paxta tolasini sotishdan mablagʻlar tushishiga qarab bir ish kuni mobaynida ijobiy tafovut summasining 50 foizini toʻlov topshirigʻi bilan Jamgʻarmaning 23226-son maxsus hisob raqamiga oʻtkazadilar.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamgʻarma tomonidan har oyda oyning 5-kunidan kechikmay 23226-maxsus hisob raqamida jamlangan mablagʻlar ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ijobiy tafovut summasini “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiali boʻyicha taqsimlash hisob-kitobiga muvofiq “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filialining 23226-son maxsus hisob raqamiga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiali bir ish kuni mobaynida ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ijobiy tafovut summasini paxta tozalash korxonalari boʻyicha taqsimlash hisob-kitobiga muvofiq paxta tozalash korxonalarining 23226-son maxsus hisob raqamiga oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tozalash korxonalari uch ish kuni mobaynida mablagʻlarni ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shakl boʻyicha ijobiy tafovutni fermer xoʻjaliklari boʻyicha taqsimlash hisob-kitobiga muvofiq fermer xoʻjaliklarining 23226-son maxsus hisob raqamiga oʻtkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi hosil boʻyicha ijobiy tafovutning jamlangan mablagʻlari fermer xoʻjaliklariga faqat ushbu Nizomning 5-bandiga muvofiq “Oʻzpaxtasanoat” AJ tomonidan maʼlumotlar taqdim etilgandan keyin ushbu bandda belgilangan izchillikda yuboriladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Fermer xoʻjaliklarining 23226-son maxsus hisob raqamiga tushgan mablagʻlar ikki ish kuni mobaynida toʻlov talablariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishilgan yoʻnalishlar boʻyicha fermer xoʻjaliklarining Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi, shuningdek yetkazib berilgan moddiy-texnika resurslari va xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tashkilotlari tomonidan koʻrsatilgan xizmatlar uchun qarzdorlikni qoplash uchun mutanosib ravishda yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Fermer xoʻjaliklarida Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldida, shuningdek xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlarning tashkilotlaridan qarzdorlik mavjud boʻlmagan taqdirda mablagʻlardan moddiy-texnika resurslari va xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar xizmatlariga oldindan haq toʻlash uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Fermer xoʻjaliklari ixtiyoridagi yer uchastkalari hajmini yanada maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 18-oktabrdagi F-3512-son Farmoyishiga muvofiq maqbullashtirish jarayonida tugatilgan fermer xoʻjaliklariga tegishli boʻlgan summa tugatilgan fermer xoʻjaliklarining majburiyatlarini qabul qilgan fermer xoʻjaliklariga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tashkilotlarining 23226-son maxsus hisob raqamiga tushgan mablagʻlar toʻlov topshiriqlari bilan Davlat budjeti va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldidagi qarzdorlikni qoplashga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzagrolizing” AJ, “Oʻzmashlizing” MChJning 23226-maxsus hisob raqamlariga tushadigan mablagʻlar Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xoʻjaligi texnikasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga muvofiq toʻlov topshiriqlari bilan toʻliq hajmda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va budjetdan tashqari fondlar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligini texnika bilan taʼminlashni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi oldidagi qarzlarni toʻlashga yoʻnaltiriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 28-iyundagi 442-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 26-son, 593-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet va budjetdan tashqari jamgʻarmalar oldida qarzdorlik mavjud boʻlmaganda mablagʻlar toʻlov topshirigʻi bilan keyinchalik Davlat budjetiga va budjetdan tashqari jamgʻarmalarga yoʻnaltirilgan holda kreditorlik qarzlarni, shu jumladan tizim ichki kreditorlik qarzlarini qoplashga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ob-havo sharoitlari yoki ekinlarning holati bilan bogʻliq agrotexnika tadbirlarini oʻtkazish zarur boʻlgan ayrim hollarda fermer xoʻjaliklari mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi ham Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining birgalikdagi yozma koʻrsatmalariga muvofiq xizmat koʻrsatuvchi tarmoqlar tashkilotlari oldidagi qarzdorlikni qoplashga yoki oldindan haq toʻlashga yoʻnaltirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu Nizom talablariga qatʼiy muvofiq ravishda toʻlovlar va hisob-kitoblar amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik ularni amalga oshirish jarayonida qatnashayotgan “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari, tijorat banklari filiallari va tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Banklarning xizmat koʻrsatuvchi filiallari tomonidan mablagʻlar oʻtishining kunlik monitoringi amalga oshiriladi va ularning markaziy apparatlari orqali Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga va Jamgʻarmaga axborot taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizomga muvofiq barcha hisob-kitoblar toʻgʻri amalga oshirilishi ustidan nazorat Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasiga va Davlat soliq qoʻmitasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201_ yil hosilidan tayyorlangan paxta xomashyosining amaldagi qiymati toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot

T/r “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari nomi Tayyorlangan paxta xomashyosining umumiy qiymati (mln soʻm) “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari ulushi ( %)

1‎

2‎

3‎

4‎

Jami:

Shu jumladan:
1.‎ ____________HAB
2.‎
3.‎ ____________HAB
4.‎ ____________HAB
5.‎ ____________HAB
6.‎ ____________HAB
7.‎ ____________HAB
8.‎ ____________HAB
9.‎ ____________HAB
10.‎ ____________HAB
11.‎ ____________HAB
12.‎ ____________HAB
13.‎ ____________HAB
“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori ‎________________‎ ‎________________________________

‎imzo

F.I.O.

Bosh buxgalter ‎________________‎‎ ________________________________‎‎

imzo

F.I.O.

M.Oʻ.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201_ yil ____ oyida jamlangan ______ mln soʻm miqdoridagi ijobiy tafovut summasini “Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari boʻyicha taqsimlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitobi
(2-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallarinomi

“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining hududiy filiallari ulushi ( %)

Ijobiy tafovutning tegishli boʻlgan summasi (mln soʻm)

1‎

2‎

3‎

4

1.‎ ______HAB
2.‎ ‎‎
3.‎ ______HAB
4.‎ ______HAB ‎‎
5.‎ ______HAB ‎‎
6.‎ ______HAB
7.‎ ______HAB ‎‎
8.‎ ______HAB ‎‎
9.‎ ______HAB
10.‎ ______HAB
11.‎ ______HAB
12.‎ ______HAB

13.‎

______HAB‎ ‎‎

Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻ�aligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi direktori

__________ ___________‎__________

imzo

F.I.O.

M.Oʻ.

Bosh buxgalter

__________‎ ___________‎__________‎‎

imzo

F.I.O.

“Oʻzpaxtasanoat” aksiyadorlik jamiyatining bosh direktori

__________ ___________‎__________‎‎

imzo

F.I.O.

M.Oʻ.

Bosh buxgalter

__________ ___________‎__________‎‎

imzo

F.I.O.

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklarining foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201_ yil ____ oyida ______________ viloyati (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) “Oʻzpaxtasanoat” hududiy filialiga tegishli boʻlgan ______ soʻm miqdoridagi ijobiy tafovut summasini paxta tozalash korxonalari boʻyicha taqsimlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Paxta tozalash korxonalari nomi

Tayyorlangan paxta xomashyosining umumiy qiymati (mln soʻm)

Paxta tozalash korxonalari ulushi (%)

Ijobiy tafovutning tegishli boʻlgan summasi* (mln soʻm)

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

Hammasi:

Shu jumladan paxta tozalash korxonalari boʻyicha
1.‎
2.‎
3.‎
4.‎
5.‎
6.‎
7.‎
8.‎
9.‎
10.‎
11.‎

“Oʻzpaxtasanoat” hududiy filiali direktori

____________ __________________________‎‎

imzo

F.I.O.‎‎

M.Oʻ.

Bosh buxgalter

____________ __________________________‎‎

imzo

F.I.O.‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ijobiy tafovut summasi viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi) boʻyicha tayyorlangan paxta xomashyosi umumiy qiymatida paxta tozalash korxonalarining ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 25-dekabrdagi 372-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2015-y., 52-son, 647-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tolasini sotishning ichki va amaldagi narxlari oʻrtasidagi ijobiy tafovutdan tushadigan mablagʻlarning bir qismini jamlash va ulardan fermer xoʻjaliklari foydalanishi tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201_ yil ____ oyida ______________ paxta tozalash korxonasiga tegishli boʻlgan ______ mln soʻm miqdoridagi ijobiy tafovut summasini fermer xoʻjaliklari boʻyicha taqsimlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisob-kitobi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Fermer xoʻjaliklari nomi

Tayyorlan-gan paxta xomashyosining umumiy qiymati (mln soʻm)

Fermer xoʻjaliklari ulushi ( %)

Ijobiy tafovutning tegishli boʻlgan summasi* (mln soʻm)

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

Jami:

Shu jumladan:
1.‎ _________ f/x‎
2.‎ _________ f/x‎
3.‎ _________ f/x‎
4.‎ _________ f/x‎
5.‎ _________ f/x‎
6.‎ _________ f/x‎
7.‎ _________ f/x‎
8.‎ _________ f/x‎
9.‎ _________ f/x‎
10.‎ _________ f/x‎
11.‎ _________ f/x‎

Paxta tozalash korxonasi rahbari

____________ __________________________ ‎

imzo

F.I.O.

M.Oʻ

____________ __________________________ ‎‎

Bosh buxgalter‎

imzo ‎ ‎

F.I.O. ‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Ijobiy tafovut summasi tuman boʻyicha tayyorlangan paxta xomashyosi umumiy qiymatida fermer xoʻjaliklarining ulushiga mutanosib ravishda taqsimlanadi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 6-son, 48-modda; 2012-y., 8-9-son, 85-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda)