28.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2187
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 28.01.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2187
Kuchga kirish sanasi
07.02.2011
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MAXSUS SUYUQLIKLAR (BENZIN, BENZOL, SULFAT KISLOTA, ISHQORLAR, TEXNIK MOYLAR) BILAN ISHLASHDA MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2187]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlarining toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) va 2010-yil 20-iyuldagi 153-son “Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 28-29-son, 234-modda) qarorlariga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Maxsus suyuqliklar (benzin, benzol, sulfat kislota, ishqorlar, texnik moylar) bilan ishlashda‎ mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 6-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199-B-son

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 6-dekabrdagi 199-B-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus suyuqliklar (benzin, benzol, sulfat kislota, ishqorlar, texnik moylar) bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.

Mazkur Qoidalar maxsus suyuqliklar (benzin, benzol, sulfat kislota, ishqorlar, texnik moylar) bilan ishlashda mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 18-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3689, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3689/0924-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar maxsus suyuqliklar (benzin, benzol, sulfat kislota, ishqorlar, texnik moylar) bilan ishlovchi tashkilotlar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi) uchun taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 18-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3689, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3689/0924-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 18-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3689, 09.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3689/0924-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 18-2025/B-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3689, 09.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3689/0924-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari ishlab chiqiladi va xodimlar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 18-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3689, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3689/0924-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Sanitariya va gigiyenaga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tashkilot xonalaridagi harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini SHNQ 2.04.05-22 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” shaharsozlik normalari va qoidalari” talablariga muvofiq tashkil qilish lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 18-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3689, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3689/0924-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ishlab chiqarish xonalari tabiiy va sunʼiy yorugʻliligi darajasi SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 18-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3689, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3689/0924-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishlab chiqarish binolarida mikroiqlim SanQvaM 0203-06 “Ishlab chiqarish binolari mikroiqlimi sanitariya meʼyorlari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ish joylari ishlab chiqish jarayonlari xususiyatlariga muvofiq tik turib va oʻtirib ishlash uchun GOST 12.2.032-78 va GOST 12.2.033-78 talablariga muvofiq moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xodimlarni xavfli va zararli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish belgilangan standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari xonadagi barcha xodimlarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamoaviy himoya vositalari xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda yakka tartibdagi himoya vositalari qoʻllanilishi lozim. Bunday hollarda yakka tartibdagi himoya vositalarisiz xodimlarning ishga jalb qilinishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanadigan xodimlar ularni qoʻllashi, himoya xususiyatlari va amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sulfat kislotasi, ishqorlar va ularning aralashmalari maxsus kiyimga tekkan zahoti suv bilan yuvib tashlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Maxsus kiyimning sirtiga sulfat kislotasi va ishqor quyilib ketganda uni oʻsha zahoti almashtirish kerak. Maxsus kiyimni yechish ehtiyotkorlik bilan rezina yoki xlorvinil qoʻlqop yordamida iliq suv bilan yuvib tashlangandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sulfat kislotasi, ishqorlar toʻkilgan maxsus kiyim yogʻsizlantiruvchi aralashmada boʻktiriladi, suvda yuviladi va yuvishga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Maxsus suyuqlik aralashmalarini tayyorlovchi xodimlar maxsus kiyimlarning tozaligini kuzatib borishlari va haftada bir marta yuvishga berishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Maxsus kiyimni tashkilotdan tashqariga olib chiqish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Barcha himoya vositalari belgilangan muddatlarda sinovlardan oʻtkazib borilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Himoyalanmagan qoʻl bilan maxsus suyuqliklarga tegish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda yuqori samarali ventilyatsiya tizimlari va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash (respirator) lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) asosida amalga oshirilishi lozim.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 18-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3689, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3689/0924-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ish beruvchi majburiy tibbiy koʻrikdan oʻtmagan yoxud majburiy tibbiy koʻrik natijalariga koʻra tibbiy komissiyalar tomonidan berilgan tavsiyalarni bajarishdan boʻyin tovlagan shaxslarni ishdan chetlashtirishi shart.
(25-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 18-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3689, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3689/0924-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Xodim holsizlanib, zaharlanganligiga gumon boʻlganda tashkilotning tibbiy muassasasiga, u mavjud boʻlmagan hollarda davolash-profilaktika muassasalariga murojaat qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Maxsus suyuqliklar bilan ishlovchi xodimlar oʻz-oʻziga va oʻzgalarga yordam koʻrsatish dasturi boʻyicha oʻqitilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Maxsus suyuqliklar bilan ishlovchining ish joyida koʻrinib turadigan joyda zaharlanganda va kuyganda birinchi yordam koʻrsatish qoʻllanmasi boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Sulfat kislotasi, ishqor yoki ularning aralashmasi bilan zararlangan joyni toza suv bilan yuvib, zararsizlantiruvchi vosita bilan ishlov berish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Xodim sulfat kislotasi, ishqor yoki uning aralashmasi bilan zararlanganda uni darhol yechintirish, iliq suvda yuvintirish va tibbiyot muassasasiga yetkazish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Koʻzga sulfat kislotasi, ishqor yoki uning aralashmasi tushganda oʻsha zahoti maxsus suv quvuridagi favvorachada yoki rezina naychali butilkada 10—15 minut davomida yuvish hamda toza bogʻich qoʻyib bogʻlash va tibbiy muassasaga murojaat etish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Sulfat kislotasi bugʻi bilan zaharlangan xodimni darhol zararlangan atmosferadan toza havoga olib chiqish va erkin nafas olishi uchun xalaqit berayotgan kiyimini yechish, osoyishta dam olishiga imkon berish va nam kislorod bilan uzoq vaqt nafas oldirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Yoritishga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy va sunʼiy yoritish SHNQ 2.01.05-24 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga mos boʻlishi lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 18-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3689, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3689/0924-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Yoritish vositalarida koʻzni qamashtirishdan saqlovchi choralar koʻrilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Uchastkalarda va xonalarda portlash boʻyicha xavfli gaz va changlar konsentratsiyasi yigʻilib qolish ehtimoli boʻlsa, elektr yoritish tizimi portlashdan alohida bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Koʻchma yoritish vositalari sifatida 36 V dan yuqori boʻlmagan elektr yoritqichlar ishlatilishi kerak. Koʻchma yoritish vositalarini ishlatishda rezina shlangli egiluvchan oʻtkazgichdan foydalanish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Yoritish vositalarini taʼmirlash va uning ichki elementlarini koʻzdan kechirish, kuygan lampa va himoya shishalarini almashtirish ishlari elektr tarmogʻidan oʻchirilgan holda bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Yoritish vositalari toza va soz holatda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Yoritish vositalarini nazorat qilish va taʼmirlash ishlari shu ishlarni amalga oshirishga masʼul boʻlgan xodimlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Elektr yoritish oʻtkazgichlari poldan 2,5 m dan past boʻlmagan balandlikda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Evakuatsiya yoʻlaklari va zinapoyalarda avariya yoritqichlari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Avariya yoritqichlari boshqa yoritqichlardan turi, oʻlchamlari va maxsus tushirilgan belgilari bilan ajralib turishi va vaqti-vaqti bilan changdan tozalab turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ishlab chiqarish (texnologiya) jarayonlariga boʻlgan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§.Texnologiya jarayonlariga boʻlgan umumiy xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tashkilotlarda maxsus suyuqliklardan foydalanish bilan bogʻliq boʻlgan texnologik hujjatlar mehnat muhofazasi boʻyicha GOST.SSBT.12.3.002-91 talablariga muvofiq ishlab chiqilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Yangi texnologik jarayonlarni ishlab chiqish va yangitdan ishlatiladigan maxsus suyuqliklarni joriy qilishda tegishli texnologiyalarda va texnologiya yoʻriqnomalarida bayon etilgan mehnat muhofazasi talablari inobatga olinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ishlab chiqilayotgan talablar amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablari va texnologik jarayonlariga muvofiq ishlab chiqilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Maxsus suyuqliklarni qoʻllovchi tashkilot sex va uchastkalarda ish vaqti, tanaffuslar koʻrsatilgan ish grafigini ishlab chiqqan holda xodimlarga zararli omillarning taʼsir qilishini kamaytirishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Maxsus suyuqliklarni qoʻllashda ularni kamroq zaharlovchi xususiyatga ega boʻlgan turlari bilan almashtirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Ishlab chiqarish jarayonlariga qoʻyiladigan yongʻin va portlash xavfsizligi boʻyicha talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ishlab chiqarish jarayonlari yongʻin va portlash xavfsizligi, ularni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va olib borishda GOST 12.1.004-91 “Yongʻin xavfsizligi. Umumiy talablari” va GOST 12.1.010-90 “Portlash xavfi. Umumiy talablari”ga va ushbu Qoidalarga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ishlab chiqarishda sinalmagan yongʻin va portlash xavfi mavjud hamda toksik xususiyatlarga ega boʻlgan moddalar va materiallarni qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhitni uning chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va boshqalar) bilan ifloslanishi ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Ishlab chiqarish binolari va xonalari dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Ventilyatsiya tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Ishlab chiqarish binolari va xonalari hududiy yongʻin xavfsizligi xizmati bilan kelishilgan holda yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma ishlab chiqilishi va koʻrinadigan joyga osib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Xodimlar bilan yongʻin xavfsizligi boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazilishi va yongʻinning oldini olish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Bino va yongʻin suv manbai yoʻlaklari hamda yongʻin vositalari va uskunalariga boradigan yoʻlaklar doimo boʻsh boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ish joylari GOST.SSBT. 12.4.026-85 talablariga muvofiq ogohlantiruvchi va taqiqlovchi belgilar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Maxsus suyuqliklardan boʻshagan idishlar zararsizlantirilgan va yuvilgan holda omborxonaga yoki bostirma ostiga qoʻyilishi kerak. Yengil alangalanuvchi moddalardan boʻshagan idishlarni ishchilar ishlayotgan xonalarda saqlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§.Ishlab chiqarish qurilmalarining avariya holatida oʻchirilishini taʼminlovchi texnologik jarayonlarni nazorat qilish va boshqarish tizimiga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Texnologik jarayonlarning xavfsizligi texnologik hujjatlarga hamda mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarga muvofiq taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Ish hududida zararli moddalarning konsentratsiyasi nazoratini amalga oshiruvchi hamda qurilmalarning avariyaviy oʻchirilishini taʼminlovchi gaz tahlil qilish apparatlari oʻrnatilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Maxsus suyuqliklar bilan bajariladigan ishlar maxsus jihozlangan xonalarda, yoki xonalarda oʻrnatilgan maxsus kameralar (stendlar)da bajarilishi kerak. Xonalarga kirishda “Yongʻindan xavfli”, “Chekilmasin”, “Begonalar kirishi taqiqlanadi” kabi ogohlantiruvchi va taqiqlovchi xavfsizlik belgilari oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Alohida olingan texnologik jarayon (operatsiya)larda ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillarining vujudga kelganligi toʻgʻrisida oʻz vaqtida xabar berishni taʼminlash maqsadida, gaz tahlil qilish apparatlaridan tashqari, gaz tahlil qilish apparatlarida ishlaydigan yorugʻlik va ovoz beruvchi signalizatorlar koʻzda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari yuzaga kelishi bilan bogʻliq boʻlgan texnologik jarayonlar va operatsiyalar vaqtida, ushbu hududda xodimga bevosita xavfli va zararli omillarning taʼsirini chegaralovchi himoya ekrani oʻrnatilgan maxsus stendlar boʻlishi yoki ushbu operatsiyalar mexanizatsiyalangan (avtomatlashtirilgan) qurilmalardan foydalangan holda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Texnologik jarayon buzilgan hollarda xodimlarga zararli va xavfli omillarning taʼsir etishi istisno qilinishi va ular uchun ish bajarilayotgan joyni zudlik bilan va hech qanday qiyinchiliksiz tark etish imkoniyati taʼminlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Elektr qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Tashkilotlarda elektr qurilmalarini oʻrnatish va ulardan foydalanishda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-noyabrdagi 712-son qarori bilan tasdiqlangan Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini texnik ekspluatatsiya qilish qoidalari va Isteʼmolchilar elektr qurilmalarini ekspluatatsiya qilishda xavfsizlik texnikasi qoidalari talablariga rioya qilish kerak.
(64-band Oʻzbekiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirining 2025-yil 23-sentabrdagi 18-2025/B-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3689, 09.10.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2025-y., 10/25/3689/0924-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Barcha tok oʻtkazuvchi qismlar, taqsimlovchi qurilmalar, apparatlar va oʻlchash asboblari, shuningdek turli saqlovchi qurilmalar, rubilniklar va boshqa ishga tushirish apparatlari va moslamalari faqat yonmaydigan asoslarda montaj qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Yoritish va elektr tarmoqlarining tuzilishi xonalardagi muhit sharoitlariga va ulardagi ishlab chiqarishning xususiyatiga mos boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Yuqori namlik va issiqlik ajralib chiquvchi xonalarda elektr yoritqichlar namlikdan elektr dvigatellari esa suyuqlik sachrashidan himoyalangan yoki yopiq ijroda boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Yongʻin xavfi mavjud xonalar, binolar va omborxonalardagi yoritqichlar yopiq va chang oʻtkazmaydigan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Xavflilik darajasi yuqori boʻlgan xonalarda kuchlanishi 220 V dan yuqori boʻlmagan elektr asbobi, oʻta xavfli xonalarda va xonalardan tashqarida kuchlanish 42 V dan yuqori boʻlmagan elektr asboblari qoʻllanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Elektr tarmogʻidagi va elektr qurilmalaridagi uchqun, qisqa tutashuv, kabellar va simlar izolyatsiyasining haddan tashqari qizishiga olib keluvchi nosozliklar bartaraf etilishi yoki oʻchirib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Kabellar va simlarning izolyatsiyasi, tashqi birikmalar, elektr dvigatellarning ishlash rejimi tashkilot elektr xoʻjalik boʻyicha masʼul shaxs tomonidan tashqi koʻrikdan oʻtkazish va asboblar bilan oʻlchash orqali tekshirib turilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Nosoz elektr qurilma va jihozlaridan hamda shikastlangan elektr kabellar va simlardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Qisqa tutashuv toklaridan himoyalash uchun nostandart saqlagichlardan va elektr isitgichlaridan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Tashkilotning barcha turdagi bino va inshootlari yashin qaytargichlar oʻrnatilgan holda toʻgʻridan-toʻgʻri yashin urishidan himoyalangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda chiqindilarni yoʻq qilish va zararsizlantirishga boʻlgan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Barcha qoʻllanilayotgan maxsus suyuqliklar haqida ularning nomlanishi, tarkibi, xavflilik (zaharlilik) darajasi, qoʻllanish sohasi, ularni qoʻllashda himoyalanish choralari toʻgʻrisida maʼlumot boʻlishi lozim. Ushbu maʼlumotlarga ega boʻlmagan maxsus suyuqliklarni ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Maxsus suyuqliklar bilan ishlarni bajarish jarayonida ishlatilgan materiallar yonmaydigan maxsus idishga yigʻilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Maxsus suyuqliklar polga (yerga) toʻkilgan hollarda suyuqlik toʻkilgan joyga zudlik bilan qum sepilishi va shundan soʻng qum toʻplanib, yopiladigan maxsus idishga solinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Ishlatilgan maxsus suyuqliklar qayta ishlatilmasligi va ushbu suyuqliklar ish jarayoni tugaganidan keyin yopiladigan maxsus idishga yigʻilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Ishlab chiqarish chiqindilari uchun idish maxsus ajratilgan joyda turishi va ish tugaganidan keyin esa utillashtirish uchun maxsus jihozlangan joylarga chiqarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ishlab chiqarish qurilmalariga boʻlgan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Qurilmalarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda qoʻllaniluvchi qurilmalar GOST.SSBT. 12.2.003-91, SanQvaM-0011-94 talablariga muvofiq boʻlishi kerak. Barcha qurilmalarga, shu jumladan elektr qurilmalariga ulardan foydalanish boʻyicha texnik pasportlar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Qurilmalarning harakatlanuvchi qismlari toʻsiqlarga hamda ularning ajratib olinuvchi va ochiluvchi qismlari esa bexosdan ochilib ketishini istisno qiluvchi moslamalarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Qurilmalarni boshqarish organlarining joylashishi, unda oʻrnatilgan nazorat-oʻlchov apparatlari qurilmalarga bemalol yaqinlashish imkonini berishi, shuningdek ularning oʻz-oʻzidan yoqilishi va oʻchishini istisno qilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda qoʻllaniladigan asosiy va yordamchi qurilmalar uchqun chiqazmaydigan materiallar (aluminiy, mis qotishmalar)dan yasalgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Ishlab chiqarish qurilmalarini joylashtirishdagi xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Qurilmalarning joylashtirilishi ularga xizmat koʻrsatish va avariya holatlarida xodimlarni xavfsiz evakuatsiya qilish uchun zarur qulayliklarni taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Qurilmalarni joylashtirishda ularda mavjud boʻlgan xavfli va zararli omillarning xodimlarga taʼsir koʻrsatishini istisno qilish uchun bir-biridan 2,5 m dan kam boʻlmagan masofada oʻrnatish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Qurilmalar orasida transport vositalarining harakatlanishi uchun moʻljallangan oʻtish oraligʻi 2,5 m dan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Qurilmalar va xona konstruksiyalari orasidagi masofaga muvofiq ravishda devordan — 1.5 m, kolonnadan — 1,2 m masofada boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Ish joylariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Maxsus suyuqliklarni qoʻllashda ish joylari umumiy havo almashish va mahalliy havo oqimini kiritish-tortib chiqarish, shamollatish tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Ish joylarida texnologik jarayonlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlmagan predmetlar boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Stendlarning ish zonasi, vannalar va boshqa jihozlarning balandligi polning yuzasidan 1 m dan baland boʻlmasligi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Ish joylaridagi maxsus suyuqlik idishlari zich yopilgan va yerga ulangan holda boʻlishi, idishlardagi maxsus suyuqliklarning miqdori ularning smenaga moʻljallangan meʼyoridan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Ish joylarida zararli modda bugʻlarining konsentratsiya darajasi ularning yoʻl qoʻyilgan chegaraviy miqdori darajasidan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda ish joylari ularni polga toʻkmasdan bir idishdan boshqa idishga quyish moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Maxsus suyuqliklardan foydalanish bilan bogʻliq ish joylarida kuniga kamida bir marta pol yuvilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Maxsus suyuqliklarni ishlatish bilan bogʻliq ishlarni balandlikda bajarishda ish joylari himoya moslamalari bilan jihozlangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda xodimlar maxsus bilaguzuklar orqali yerga ulash konturlariga ulanishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Taʼmirlash ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Taʼmirlash ishlarini bajarishda umumiy xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda qoʻllaniluvchi qurilmalarni taʼmirlash ishlari GOST.SSBT. 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish jihozlari. Xavfsizlik talablari”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda qoʻllaniluvchi qurilmalarni taʼmirlash ishlarini bajarishga taalluqli texnik hujjatlar mehnatni muhofaza qilish boʻlimi, zaruriyat boʻlganda esa bosh energetik bilan kelishilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Texnik hujjatlarni ishlab chiqishda maxsus suyuqliklar bilan ishlashda qoʻllaniluvchi qurilmalarni taʼmirlash vaqtida ishlatiluvchi birlamchi materiallar va yarim tayyor mahsulotlar xodimlarga zararli yoki xavfli taʼsir koʻrsatmasligi hisobga olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda qoʻllaniluvchi qurilmalarni taʼmirlash rejali-ehtiyot taʼmirlash rejasiga muvofiq bu ishlarni bajaruvchi tegishli tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda qoʻllaniluvchi qurilmalarni taʼmirlash ishlarini bajarishda bu ishlarni bajaruvchi tegishli tashkilot yozma ravishda taʼmirlash ishlari bajarilishi lozim boʻlgan qurilma joylashgan boʻlinma rahbarini ogohlantirishi va ushbu boʻlinma rahbarining yozma ravishda bergan roziligi olinganidan soʻng taʼmirlash ishlari amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Taʼmirlash ishlarining bajarilishi toʻgʻrisidagi ogohlantirishda taʼmirlash ishlarining boshlanishi, tugashi va ishlarni bajarish vaqtlari hamda ushbu ishlarning bajarilishi uchun masʼul shaxs koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Taʼmirlash ishlari bajarilishi lozim boʻlgan qurilma joylashgan boʻlinma rahbari taʼmirlash ishlarining oʻtkazilishiga yozma ravishda bergan roziligida bu ishlarning bajarilishi uchun masʼul shaxs tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Maxsus suyuqliklar bilan ishlashda qoʻllaniluvchi qurilmalarni taʼmirlash ishlariga mehnat muhofazasi boʻyicha tegishli yoʻriqnomalardan oʻtgan, bilimlari sinovdan oʻtkazilgan va oʻn sakkiz yoshdan kichik boʻlmagan xodimlar qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Taʼmirlash ishlarini bajarishni boshlashdan oldin qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Taʼmirlash ishlarining boshlanishidan oldin ishlarni bajarish joyi birlamchi materiallar, yarim tayyor mahsulotlar va detallardan tozalanishi kerak. Zararli omillar boʻlgan hollarda qurilmalarni taʼmirlash ishlari faqat yakka tartibdagi himoya vositalaridan foydalanilgan holda, atrofdagilarga zararli omillar taʼsir etishi ehtimoli boʻlgan hollarda esa ish bajarish joyi toʻsilgan va tegishli xavfsizlik belgilari oʻrnatilgan holda bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin taʼmirlanuvchi qurilmaga xodimlar bemalol oʻtishlari uchun joylar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Taʼmirlash ishlari amalga oshirilishidan oldin qurilma elektr manbaidan oʻchirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Ishlarni ochiq maydonchalarda bajarishda ishlarni bajarish hududi ajratilishi va u toʻsilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Taʼmirlash ishlarini bajarishda xodimlarning ishlayotgan qurilmaga toʻsatdan tegib ketish ehtimolini istisno etuvchi toʻsiqlar oʻrnatilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Taʼmirlash ishlarini boshlashdan oldin ish zonasida zararli moddalarning konsentratsiya miqdorlari yoʻl qoʻyilgan chegaraviy miqdordan yuqori boʻlsa, xona shamollatilishi kerak. Bunda barcha taʼmirlanuvchi qurilmalar maxsus suyuqliklardan tozalanishi va maxsus suyuqliklar taʼmirlash ishlarini bajarish hududidan olib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Taʼmirlangan qurilmalar foydalanishga qabul qilinishidan oldin dalolatnoma bilan rasmiylashtirilishi va qurilmaning texnik pasportiga tegishli yozuvlar kiritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonunchilik hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
(113-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, Oʻzbekiston Havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-dekabr

Oʻzbekiston Havo yoʻllari milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” inspeksiyasi boshligʻi B. GULYAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktori A. ABDUVALIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 1-dekabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 11-yanvar
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 4-5-son, 40-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 13.10.2025-y., 10/25/3689/0924-son)