Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
2006 YIL HOSILI UChUN KUZGI BOShOQLI DON EKINLARINI EKISh, NAVLARNI JOYLAShTIRISh VA XARID QILIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Mamlakatimizda gʻalla mustaqilligi milliy Dasturini bajarish borasida kompleks ishlar izchillik bilan amalga oshirilmoqda. Yuqori sifatli urugʻlik materiallar oʻzimizda yetishtirilishi yoʻlga qoʻyildi, agrotexnologiyaning ilgʻor usullari va qishloq xoʻjaligi xodimlari mehnatini ragʻbatlantirish tizimi joriy etilmoqda. Natijada boshoqli ekinlar yetishtirish muttasil koʻpayib, hosildorligi ortib bormoqda, don sifati va uning isteʼmol xususiyatlari yaxshilanmoqda.
Masalan, joriy yilda Izboskan, Paxtaobod, Romitan, Doʻstlik, Kasbi, Oqdaryo, Sariosiyo va Toshloq tumanlarida oʻrtacha hosildorlik gektariga 65—75 sentnerni tashkil qildi, bir qator xoʻjaliklarda esa bundan ham yuqori koʻrsatkichlarga erishildi, bu esa ularning yuksak rentabellik bilan ishlashlarini taʼminlamoqda.
Shu bilan birga mahalliy tuproq iqlim sharoitlariga moslashmagan navlarni tanlashdan, yerlarni ekin ekishga sifatsiz tayyorlash, boshoqli ekinlarni oqilona joylashtirmaslik, ekish muddatlariga hamda agrotexnika tadbirlari kompleksiga rioya etmaslikdan boshlab ekinni parvarish qilish agrotexnikasini qoʻpol ravishda buzishdan iborat mavjud faktlarni qatʼiyan qoralamoq lozim. Qonlikoʻl, Konimex, Mirzaobod, Ohangaron, Oxunboboyev va boshqa tumanlarning bir qator xoʻjaliklarida mavjud boʻlgan mana shunday notoʻgʻri amaliyot oqibatida sugʻorma yerlarning har gektaridan atigi 10—15 sentnerdan olingan hosil xoʻjaliklarning sarf-xarajatlarini qoplamayapti, ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli yomonlashib bormoqda.
Kuzgi boshoqli don ekinlari ekishni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish, ularning navlarini oqilona joylashtirish, shuningdek kontraktatsiya shartnomalarining bajarilishini taʼminlash maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda serhosil va tezpishar navlarni tanlashga, ekishni eng maqbul muddatlarda oʻtkazish hamda agrotexnika tadbirlarining butun kompleksini tashkil qilishga alohida eʼtibor qaratgan holda xoʻjaliklarning toʻplangan ijobiy tajribasini umumlashtirsin va tatbiq qilsin.
2. Boshoqli don ekinlarini parvarish qilishda qoʻpol xatoliklar va agrotexnika tadbirlarini oʻtkazishni sust tashkil etish hollari aniqlangan Qonlikoʻl (Ibrohimov), Konimex (Istamov), Mirzaobod (Boboqulov), Ohangaron (Mirzaboyev) va Oxunboboyev (Omonov) tumanlari hokimlarining ishi qoniqarsiz deb topilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari boshoqli don ekinlarini parvarish qilish agrotexnikasini buzish hollarini amaliy ravishda koʻrib chiqib, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish va bundan buyon shunday xatoliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun taʼsirchan choralar koʻrsin.
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining gʻallakor xoʻjaliklar bilan don mahsulotlari korxonalari oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida tayyorlangan:
2006-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlar hamda ularning tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish toʻgʻrisida 1-ilovaga muvofiq;
2006-yil hosilidan 2 va 3-ilovalarga muvofiq yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urugʻligi tayyorlash va yetkazib berish hajmlari toʻgʻrisidagi;
boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish hamda Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari tomonidan 2006-yil hosilidan superelita urugʻlik tayyorlanishi toʻgʻrisida 4-ilovaga muvofiq takliflari qabul qilinsin.
4. Kuzgi ekishga boshoqli don ekinlarining sifatli, kalibrlangan, sertifikatlangan urugʻlarini tayyorlash hamda sugʻoriladigan yerlarda asosan birinchi klassdan past boʻlmagan birinchi-ikkinchi reproduksiyali urugʻlar va lalmi yerlarda uchinchi reproduksiyadan past boʻlmagan urugʻlar ekilishi uchun shaxsiy javobgarlik Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi zimmasiga yuklansin.
Tovarbop don, kalibrlanmagan, sifatsiz tayyorlangan va dorilanmagan urugʻlarni ekish, nazarda tutilmagan navlarni joylashtirish hamda ularni ishlov berishga yaroqsiz yerlarga ekish taqiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev:
boshoqli don ekinlari navlarini tasdiqlangan tarzda joylashtirishga muvofiq agrotexnika tadbirlariga rioya etilishi, sugʻoriladigan yerlarda kuzgi don ekinlari ekishni 2005-yil 20-oktabrgacha va lalmi yerlarda 15-noyabrgacha tugallanishi tashkil qilinishi ustidan nazoratni;
tuzilgan shartnomalardan kelib chiqqan holda, gʻalla ekadigan xoʻjaliklarga boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli urugʻligi, neft mahsulotlari, mineral oʻgʻitlar va kimyoviy preparatlarni oʻz vaqtida yetkazib berish borasidagi ishlar muvofiqlashtirilishini;
yerlarning sifatli tayyorlanishini, moddiy resurslarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlariga, nazarda tutilgan navlar joylashtirilishi va kuzgi don ekish muddatlariga rioya etilishini taʼminlamayotgan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining mansabdor shaxslariga nisbatan qattiq intizomiy javobgarlik choralari koʻrilishini taʼminlasin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi xizmat koʻrsatuvchi banklar bilan birgalikda 2006-yil hosili doniga xarid narxlari tasdiqlangunga qadar 2005-yil hosili doniga oʻrtacha shakllangan narxlar boʻyicha texnologiya kartalariga muvofiq muddatlar va kutilayotgan xarajatlar (shu jumladan urugʻlik qiymati)ga binoan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlari yetishtirishga kredit bersin.
Belgilansinki, qishloq xoʻjalik korxonalariga boshoqli don ekinlari yetishtirish sarf-xarajatlarini moliyalashtirishga ajratiladigan kreditlar oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlash uchun qishloq xoʻjalik tovar ishlab chiqaruvchilari birinchi navbatda davlat ehtiyojlari uchun gʻalla xarid qilish boʻyicha shartnoma majburiyatlarini bajarishlari zarur.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzstandart” agentligi ikki oy muddatda don ekinlarining yanada takomillashtirilgan texnikaviy koʻrsatkichlar va yuqori isteʼmol xususiyatlariga ega boʻlgan serhosil, tezpishar, issiqqa chidamli navlarini joriy etganlik uchun topshiriladigan don sifatiga qarab haq toʻlashning tabaqalashtirilgan stavkalarini nazarda tutgan holda qishloq xoʻjalik korxonalarini ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
8. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi shu yilning 10-sentabrigacha respublikaning elita-urugʻchilik xoʻjaliklari buyurtmanomalari boʻyicha 2005-yilda kuzgi ekish uchun xorijiy ilmiy muassasalardan 240 tonna hajmida boshoqli don ekinlarining superelita urugʻlari keltirilishini taʼminlasin.
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi olib kelinayotgan bugʻdoyning superelita urugʻlari uchun istisno tariqasida bojxona toʻlovlaridan (bojxonada rasmiylashtirish uchun yigʻimlardan tashqari) ozod qilinsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 23-avgust,
PQ-160-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 23-avgustdagi PQ-160-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
2006-yil hosili uchun boshoqli don ekinlarining tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish
| | | | | | | | | |
(ming ga) | |
| Mintaqalarda | Ekin maydoni | Shu jumladan sugʻoriladigan yerlarda: | ||||||||
| hammasi | shu jumladan | Kroshka | Polovchanka | Chillaki | Kupava | Umanka | Krasnodar - 99 | Pal-Pich | ||
| sugʻoriladigan yerlarda | lalmi yerlarda | |||||||||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 53,0 | 53,0 | — | 15,5 | 34,2 | — | — | — | 0,7 | 1,8 |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | |
| Andijon | 74,0 | 74,0 | — | 28,8 | 26,8 | 8,8 | — | — | 6,4 | 1,6 |
| Buxoro | 61,0 | 61,0 | — | 24,5 | 12,5 | — | — | — | — | 0,2 |
| Jizzax | 176,0 | 106,0 | 70,0 | 52,8 | 32,1 | 11,5 | 2,5 | — | 2,8 | 2 |
| Qashqadaryo | 205,0 | 142,0 | 63,0 | 26,3 | 39,8 | 20,3 | 18,1 | 20,7 | 2,8 | 2,5 |
| Navoiy | 40,8 | 38,0 | 2,8 | 15,4 | 18,5 | — | 2,2 | — | 0,2 | 0,6 |
| Namangan | 74,0 | 74,0� | — | 44,1 | 1,1 | 19,5 | — | — | — | — |
| Samarqand | 152,0 | 103,0 | 49,0 | 67,4 | 3,1 | 11,4 | 6,2 | 5,6 | 1,2 | 2,7 |
| Surxondaryo | 99,2 | 95,0 | 4,2 | 36,3 | 47,9 | — | — | 1,1 | 4,3 | 2,4 |
| Sirdaryo | 85,0 | 85,0 | — | 49,4 | 13,1 | 16,1 | — | — | 1,5 | 2,6 |
| Toshkent | 129,5 | 115,5 | 14,0 | 66,9 | 32,8 | 2,2 | — | — | 1,5 | 2,2 |
| Fargʻona | 105,5 | 105,5 | — | 30,5 | 25,5 | 25,0 | — | — | 0,2 | 2,4 |
| Xorazm | 31,0 | 31,0 | — | 15,7 | 5,5 | — | 5,2 | — | — | — |
| Jami | 1286,0 | 1083,0 | 203,0 | 473,6 | 292,9 | 114,8 | 34,2 | 27,4 | 21,6 | 21,0 |
Davomi
| | | | | | | | | |
(ming.ga) | |
|
Mintaqalar |
Shu jumladan sugʻoriladigan yerlarda: | |||||||||
| Selyanka | Hosildor | Mars-1 | Starshina | Intensiv | Gʻayrat | Yonbosh | Boshqa navlar | Yangi navlar | Arpa | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | — | — | — | 0,1 | — | — | 0,1 | — | — | 0,5 |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | |
| Andijon | — | — | — | — | — | — | — | — | 0,5 | 1,0 |
| Buxoro | 15,8 | — | — | 5,8 | — | — | 0,3 | 0,8 | 1,0 | |
| Jizzax | — | — | 1,2 | — | — | — | — | — | — | 1,0 |
| Qashqadaryo | — | 2,4 | — | 2,2 | 2,6 | — | — | 0,6 | 1,4 | 2,1 |
| Navoiy | — | — | — | — | — | — | — | — | — | 1,0 |
| Namangan | — | — | — | — | — | 6,0 | — | — | 1,4 | 1,0 |
| Samarqand | — | 0,1 | 3,1 | — | — | — | — | 0,4 | 0,7 | 1,0 |
| Surxondaryo | — | — | 1,5 | — | — | — | — | — | 0,4 | 1,0 |
| Sirdaryo | — | 1 | — | — | — | — | — | — | 0,2 | 1,0 |
| Toshkent | — | 1 | 0,8 | 0,8 | 3,5 | — | — | — | 2,7 | 1,0 |
| Fargʻona | 0,9 | 10,1 | 2,1 | — | — | — | 4,4 | — | 3,3 | 1,0 |
| Xorazm | — | — | 0,8 | — | 1,8 | — | — | 0,3 | 1 | 0,5 |
| Jami | 16,7 | 14,6 | 9,5 | 8,9 | 7,9 | 6,0 | 4,5 | 1,5 | 12,4 | 13,9 |
Davomi
| | | | | | | | | |
(ming. ga) | |
|
Mintaqalar |
Shu jumladan sugʻoriladigan yerlarda: | |||||||||
| Roj | Surxak-5688 | Krasnovodopad | Sanzar-4,6,8 | Mars-1 | Tezpishar | Koʻkbuloq | Intensivnaya | Boshqa navlar | Arpa | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 0,1 | — | — | — | — | — | — |
— |
— |
— |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | |
| Andijon | 0,1 | — | — | — | — | — | — | — | — |
— |
| Buxoro | 0,1 |
— |
— | — |
— |
— | — | — |
— |
— |
| Jizzax | 0,1 | 41,7 | 9,0 |
— |
— | 4,4 | — | — | 1,6 | 13,3 |
| Qashqadaryo | 0,2 | — | 14,4 | 17,4 | 6,8 | 1,7 | — | — | 3,3 | 19,4 |
| Navoiy | 0,1 | 0,4 | 2,4 | — | — | — | — | — | — |
— |
| Namangan | 0,1 | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Samarqand | 0,2 | 2,1 | — | — | — | 4,1 | 8,7 | 0,4 | 24,7 | 9,0 |
| Surxondaryo | 0,1 | — | — | — | 3,8 | — | — | — | 0,4 | — |
| Sirdaryo | 0,1 | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Toshkent | 0,1 | — | — | 5,4 | — | — | — | 7,0 | 0,6 | 1,0 |
| Fargʻona | 0,1 | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Xorazm | 0,2 | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Jami | 1,6 | 44,2 | 25,8 | 22,8 | 10,6 | 10,2 | 8,7 | 7,4 | 30,6 | 42,7 |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 23-avgustdagi PQ-160-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
2006-yilda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli urugʻini tayyorlash hajmi
| | |
(ming tonna) | |
| Mintaqalar | Boshoqli don ekinlari urugʻi tayyorlash, hammasi | Shu jumladan: | |
| sugʻoriladigan yerlar uchun urugʻlik tayyorlash | lalmi yerlar uchun urugʻlik tayyorlash | ||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 3,0 | 3,0 | — |
| viloyatlar: | | | |
| Andijon | 98,0 | 9,8 | — |
| Buxoro | 14,2 | 14,2 | — |
| Jizzax | 19,1 | 10,0 | 9,1 |
| Qashqadaryo | 40,6 | 32,4 | 8,2 |
| Navoiy | 4,4 | 4,0 | 0,4 |
| Namangan | 18,5 | 18,5 | — |
| Samarqand | 27,1 | 20,7 | 6,4 |
| Surxondaryo | 17,2 | 16,7 | 0,5 |
| Sirdaryo | 3,0 | 3,0 | — |
| Toshkent | 18,8 | 17,0 | 1,8 |
| Fargʻona | 25,4 | 25,4 | — |
| Xorazm | 7,8 | 7,8 | — |
| Jami | 297,1 | 270,7 | 26,4 |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 23-avgustdagi PQ-160-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
2006-yilda “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan sugʻoriladigan yerlar uchun boshoqli don ekinlarining yuqori sifatli urugʻi yetkazib berilishi hajmi
| | | |
(ming tonna) |
| Mintaqalar |
Hammasi |
Shu jumladan: | |
| “Andijondon-mahsulot” korxonalaridan yetkazib berish | boshqa viloyatlarning xoʻjaliklari tomonidan urugʻlik sifatida qaytarilgan holda ekish konditsiyalariga yetkazish maqsadida “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimi korxonalariga yetkazib berish | ||
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 13,2 | 10,2 | 30 |
| viloyatlar: | | | |
| Andijon | 18,5 | 18,5 | — |
| Buxoro | 15,2 | 1,0 | 14,2 |
| Jizzax | 26,5 | 16,5 | 10 |
| Qashqadaryo | 35,5 | 3,1 | 32,4 |
| Navoiy | 9,5 | 5,5 | 4,0 |
| Namangan | 18,5 | — | 18,5 |
| Samarqand | 25,8 | 5,1 | 20,7 |
| Surxondaryo | 23,7 | 7,0 | 16,7 |
| Sirdaryo | 21,3 | 18,3 | 3 |
| Toshkent | 28,8 | 11,8 | 17 |
| Fargʻona | 26,4 | 1,0 | 25,4 |
| Xorazm | 7,8 | — | 7,8 |
| Jami | 270,7 | 98,0 | 172,7 |
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 23-avgustdagi PQ-160-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari tomonidan 2006-yil hosilidan boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish va superelita urugʻlik tayyorlash
| | | | | | | | | | | |
(maydon-ga, urugʻlik-tonna) | |||
| Mintaqalar | Shu jumladan sugʻoriladigan yerlarda navlar boʻyicha: | |||||||||||||
| Hammasi | Polovchanka | Kroshka | Chillaki | Umanka | Andijon-1 | Andijon-2 | ||||||||
|
ga |
tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | 90 | 270 | 10 | 30 | — | — | — | — | — | — | 10 | 30 | 10 | 30 |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | | | | | |
| Andijon | 100 | 300 | 10 | 30 | 10 | 30 | 10 | 30 | 10 | 30 | 5 | 15 | 10 | 30 |
| Buxoro | 90 | 270 | 10 | 30 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Jizzax | 1285 | 855 | 10 | 30 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Qashqadaryo | 785 | 855 | 10 | 30 | 10 | 30 | 10 | 30 | 10 | 30 | 5 | 15 | 5 | 15 |
| Navoiy | 70 | 210 | 10 | 30 | — | — | 5 | 15 | — | — | — | — | 20 | 60 |
| Namangan | 115,5 | 346,5 | — | — | 32 | 96 | 15 | 45 | — | — | — | — | — | — |
| Samarqand | 503 | 510 | 10 | 30 | 5 | 15 | — | —� | — | — | 5 | 15 | — | — |
| Surxondaryo | 200 | 600 | 35 | 105 | 45 | 135 | — | — | 10 | 30 | — | — | — | — |
| Sirdaryo | 55 | 165 | 10 | 30 | 10 | 30 | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Toshkent | 78 | 234 | 5 | 15 | 16 | 48 | 2 | 6 | — | — | — | — | — | — |
| Fargʻona | 120 | 360 | — | — | — | — | — | — | — | — | 10 | 30 | 20 | 60 |
| Xorazm | 50 | 150 | 1 | 3 | 1 | 3 | — | — | — | — | — | — | 3 | 9 |
| Jami | 3541,5 | 5125,5 | 121 | 363 | 129 | 387 | 42 | 126 | 30 | 90 | 35 | 105 | 68 | 204 |
Davomi
| | | | | | | | | | | | | | | | | |
(maydon-ga, urugʻlik-tonna) | |||
| Mintaqalar | Shu jumladan sugʻoriladigan yerlarda navlar boʻyicha: | |||||||||||||||||||
|
Andijon-4 |
Mars-1 | Bobur | Shavkat | Yonbosh | Zomin-1 | Gʻayrat | Boʻzqalʼa | Madaniyat | Yangi navlar | |||||||||||
| ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | — | — | — | — | 5 | 15 | — | — | 20 | 60 | 10 | 30 | — | — | 25 | 75 | — | — | — | — |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Andijon | 10 | 30 | 10 | 30 | 10 | 30 | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | 15 | 45 |
| Buxoro | — | — | — | — | — | — | 15 | 45 | — | — | 25 | 75 | — | — | — | — | 40 | 120 | — | — |
| Jizzax | — | — | — | — | — | — | 20 | 60 | 15 | 45 | 30 | 90 | — | — | — | — | — | — | 10 | 30 |
| Qashqadaryo | 5 | 15 | — | — | 5 | 15 | 20 | 60 | — | — | 40 | 120 | — | — | — | — | 40 | 120 | 25 | 75 |
| Navoiy | — | — | 10 | 30 | 5 | 15 | 10 | 30 | — | — | 10 | 30 | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Namangan | — | — | — | — | — | — | 10 | 30 | 5 | 15 | 20 | 60 | 25 | 75 | — | — | — | — | 8,5 | 25,5 |
| Samarqand | — | — | 15 | 45 | — | — | 15 | 45 | — | — | 20 | 60 | ?? — | — | — | — | — | — | 33 | 100 |
| Surxondaryo | — | — | — | — | — | — | 20 | 60 | — | — | 30 | 90 | — | — | — | — | 40 | 120 | 20 | 60 |
| Sirdaryo | — | — | — | — | — | — | 10 | 30 | 5 | 15 | 20 | 60 | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Toshkent | — | — | — | — | — | — | 25 | 75 | — | — | 30 | 90 | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Fargʻona | — | — | — | — | 10 | 30 | 40 | 120 | — | — | 40 | 120 | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Xorazm | — | — | — | — | — | — | 10 | 30 | — | — | 10 | 30 | — | — | 25 | 75 | — | — | — | — |
| Jami | 15 | 45 | 35 | 105 | 35 | 105 | 195 | 585 | 45 | 135 | 285 | 855 | 25 | 75 | 50 | 150 | 120 | 360 | 111,5 | 335,5 |
Davomi
| | | | | | | | | | | | |
(maydon-ga, urugʻlik-tonna) | ||||
| Mintaqalar | Shu jumladan sugʻoriladigan yerlarda navlar boʻyicha: | |||||||||||||||
| Oq bugʻdoy | Sanzar-6 | Mars-1 | Tezpishar-512 | Surxak 5688 | Zumrad | Marvarid | Leukurum-3 | |||||||||
| ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | ga | tonna | |
| Qoraqalpogʻiston Respublikasi | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| viloyatlar: | | | | | | | | | | | | | | | | |
| Andijon | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Buxoro | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Jizzax | 100 | 50 | 100 | 50 | — | — | 300 | 150 | 500 | 250 | 100 | 50 | 60 | 30 | 40 | 20 |
| Qashqadaryo | 50 | 25 | 200 | 100 | 300 | 150 | 50 | 25 | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Navoiy | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Namangan | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Samarqand | 100 | 50 | — | — | — | — | 200 | 100 | 100 | 50 | — | — | — | — | — | — |
| Surxondaryo | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Sirdaryo | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Toshkent | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Fargʻona | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Xorazm | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — | — |
| Jami | 250 | 125 | 300 | 150 | 300 | 150 | 550 | 275 | 600 | 300 | 100 | 50 | 60 | 30 | 40 | 20 |