O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
“ShARQ TARONALARI” XALQARO MUSIQA FESTIVALIGA TAYYORGARLIK KO‘RISh VA UNI O‘TKAZISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 26-fevraldagi PQ-4214-sonli ““Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Samarqand shahrida 1997-yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali qisqa muddatda jahondagi nufuzli musiqa anjumanlari qatoridan munosib o‘rin egalladi. Ko‘plab davlatlar, xalqaro madaniyat tashkilotlari, dunyo miqyosida tanilgan mashhur san’at namoyandalarining bu festivalga bo‘lgan qiziqishi va e’tibori ortib, ishtirokchi mamlakatlar safi kengayib borayotgani buning yaqqol dalilidir.
Asosiy g‘oyasi insonlarni go‘zallik, nafosat va ezgulikka da’vat etish, dunyo xalqlarining noyob musiqiy merosi va an’analarini asrab-avaylash va rivojlantirishdan iborat bo‘lgan “Sharq taronalari” musiqa festivali tili, madaniyati, milliy qadriyatlari rang-barang bo‘lgan turli millat va elatlarni san’at vositasida mushtarak maqsadlar yo‘lida yaqinlashtirishga, O‘zbekistonning jahon miqyosidagi obro‘-e’tibori ortishiga xizmat qilayotganini qayd etish zarur.
Ayniqsa, bugungi notinch va tahlikali zamonda yovuzlik va jaholatning har qanday ko‘rinishlariga qarshi ma’rifat asosida kurashish, xalqimiz ma’naviyati, uning ko‘p asrlik musiqa xazinasini boyitishda mazkur festivalning roli va ahamiyati yanada kuchayib bormoqda.
Shu munosabat bilan 2005-yilning 25 — 30-avgust kunlari Samarqand shahridagi Registon maydonida bo‘lib o‘tadigan “Sharq taronalari” 5-xalqaro musiqa festivalini yuksak g‘oyaviy-badiiy darajada, uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida:
2. Tashkiliy qo‘mita o‘n kun muddatda festivalga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish rejasini, anjumanning tantanali ochilish va yopilish marosimlari hamda uni o‘tkazish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarning badiiy ssenariylarini ishlab chiqsin.
3. Festivalga tayyorgarlik ko‘rish va badiiy dasturlarning ssenariylarini ishlab chiqishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:
Sharq musiqasi — Sharq sivilizatsiyasi va madaniyatining uzviy bir qismi, insoniyat tafakkurining bebaho xazinasi ekanini, uning ahamiyati va mohiyatini aks ettirish;
turli millat va elatlarni musiqa san’ati vositasida o‘zaro yaqinlashtirish g‘oyasini badiiy talqin etish;
xalqlar o‘rtasidagi do‘stlik, birodarlik va hamkorlikni, chin insoniy fazilatlarni ulug‘lash;
yurtimizning, jumladan, Samarqand shahrining jahon tarixida tutgan o‘rni va ahamiyati, umumbashariy madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasini. boy musiqiy merosimizni keng namoyon etish;
yosh avlod qalbida san’atga bo‘lgan mehr va ixlos tuyg‘ularini kamol toptirish;
mumtoz sharq musiqa san’ati insonlarni gumanizm va ezgulik ruhida tarbiyalashda, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashda ta’sirchan vosita bo‘lib xizmat qilishini yorqin ifoda etish.
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
5. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Bosh vazir Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 15-iyun,
PQ-103-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi PQ-103-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha tashkiliy qo‘mita
tarkibi
| Sh.Mirziyoyev | — | O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, rais |
| X.Sultonov | — | O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi (kelishuv asosida) |
| A.Azizxo‘jayev | — | O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vaziri, festival bosh direktori, rais o‘rinbosari |
| M.Nurmurotov | — | Samarqand viloyati hokimi, rais o‘rinbosari |
| B.Yo‘ldoshev | — | O‘zbekiston xalq artisti, bosh rejissor |
|
Komissiya a’zolari | ||
| A.Oripov | — | O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisi |
| V.Tyan | — | “O‘zbekiston havo yo‘llari” aviakompaniyasi raisi |
| A.Ramatov | — | “O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi raisi |
| M.Hazratqulov | — | Milliy axborot agentligi bosh direktori |
| A.Xo‘jayev | — | “O‘zteleradio” kompaniyasi raisi |
| B.Husanboyev | — | “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi raisi |
| A.Usmonov | — | “Xalq so‘zi” gazetasi bosh muharriri |
| A.Qo‘ldoshev | — | Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari |
| S.Rafiqov | — | Samarqand shahar hokimi |
| S.Ahrorov | — | “Sharq taronalari” Xalqaro musiqa festivalining ijrochi direktori |
| A.Ikromov | — | YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy komissiyasi mas’ul kotibi |
| T.Qo‘ziyev | — | Badiiy akademiya raisi |
| Maykl Barri Leyn | — | YUNESKOning Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha bosh maslahatchisi (kelishuv asosida) |
| T.Shirinov | — | Samarqand davlat universiteti rektori |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 15-iyundagi PQ-103-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivalining tantanali ochilish va yopilish marosimlari uchun badiiy dasturlar yaratish bo‘yicha ijodiy guruh
tarkibi
| Xurshid Davron | — | O‘zbekiston xalq shoiri |
| N.Qurbonova | — | “Tomosha” bolalar teatri badiiy rahbari, rejissor |
| V.Umarov | — | O‘zbekiston milliy akademik drama teatri bosh rejissori |
| E.Saitova | — | baletmeyster |
| A.Ismoilov | — | O‘zbekiston xalq artisti, bastakor |
| A.Mansurov | — | bastakor |
| D.Omonullayeva | — | bastakor |
| O.Abdullayeva | — | bastakor |
| M.Yo‘lchiyeva | — | O‘zbekiston xalq artisti |
| D.Qodirjonova | — | O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist |
| R.Yunusov | — | O‘zbekiston san’at arbobi, musiqashunos |
| K.Rasultoyev | — | san’atshunoslik fanlari doktori, musiqashunos |
| O.Matyoqubov | — | san’atshunoslik fanlari doktori, musiqashunos |
| D.Murodova | — | Davlat konservatoriyasi rektori |
| R.Shodiyev | — | rassom |
| A.Chernov | — | rassom |
| S.Zununova | — | liboslar bo‘yicha dizaynchi rassom |