28.12.2010 yildagi 318-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Oldingi tahrirga qarang.

Davlat notariusi tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq va oʻz kasb majburiyatlarini bajarishda notariuslarning javobgarligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Davlat notariusi tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri R.A. Muhitdinov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 28-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
318-son

Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 318-son qaroriga
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat notariusi tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom “Notariat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 19-moddasiga muvofiq davlat notariusi (keyingi oʻrinlarda notarius deb ataladi) tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yuridik va jismoniy shaxslarga yetkazilgan zararning (keyingi oʻrinlarda “zarar” deb ataladi) davlat tomonidan qoplanishi tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-iyuldagi 464-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Zarar davlat tomonidan keyinchalik notariusga toʻlangan qoplash miqdorida aksincha talab (regress) qoʻyilgan holda budjetdan tashqari Adliya organlari va muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Jamgʻarma” deb ataladi) mablagʻlari hisobiga qoplanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Zararni qoplash bilan bogʻliq masalalarni koʻrib chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Yuridik va jismoniy shaxs oʻziga yetkazilgan zarar qoplanishi huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sudning zararni qoplash toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarori zarar qoplanishi uchun asos hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarmadan mablagʻ ajratish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar adliya boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda “adliya boshqarmasi” deb ataladi) sudning zararni qoplash toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarori adliya boshqarmasiga tushgandan keyin ikki kun muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga sudning qarorini ilova qilgan holda tegishli buyurtmanomani kiritadi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi buyurtmanoma tushgan kundan boshlab ikki kun mobaynida buyurtmanomada koʻrsatilgan mablagʻlarni adliya boshqarmasining shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga oʻtkazadi.
(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mablagʻlar shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga tushgan kundan boshlab bir kun mobaynida adliya boshqarmasi ushbu mablagʻlarni zararni qoplash uchun yuridik va jismoniy shaxslarning tegishli bank hisob raqamlariga oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sudning zararni qoplash toʻgʻrisida qonuniy kuchga kirgan qarori asosida adliya boshqarmasi tomonidan notariusni intizomiy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi masala hal qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Toʻlangan qoplash miqdorida notariusga aksincha talab (regress) qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Adliya boshqarmasi tomonidan qoplangan summa keyinchalik aksincha talab (regress) tartibida notariusdan undirib olinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius adliya boshqarmasi tomonidan zararni qoplash uchun yuridik va jismoniy shaxslarga oʻtkazilgan mablagʻlarning toʻliq summasini qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Yuridik va jismoniy shaxsga zarar qoplangandan soʻng ikki kundan kechikmay adliya boshqarmasi notariusga toʻlangan qoplash miqdorida aksincha talab (regress) bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius oʻzi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga yetkazilgan zarar summasini adliya boshqarmasiga belgilangan tartibda ixtiyoriy ravishda qoplash huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius tomonidan zararni qoplash adliya boshqarmasining shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga pul mablagʻlari kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zararning notarius tomonidan boshqa shaklda qoplanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 207-moddasiga muvofiq notariusdan oʻrtacha oylik ish haqidan ortiq boʻlmagan yetkazilgan zarar summasini undirish adliya boshqarmasi rahbarining yetkazilgan zararni notariusdan undirish toʻgʻrisidagi buyrugʻiga binoan amalga oshiriladi. Buyruq adliya boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga zarar qoplangan kundan boshlab bir oydan kechikmay qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar notariusdan undirilishi kerak boʻlgan yetkazilgan zarar summasi uning oʻrtacha oylik ish haqidan ortiq boʻlsa yoki adliya boshqarmasi tomonidan yuridik va jismoniy shaxsga zarar qoplangan kundan soʻng bir oylik muddat tamom boʻlsa, undirish sud tartibida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sudning toʻlangan qoplash miqdorida yetkazilgan zararni notariusdan undirish toʻgʻrisidagi qarori belgilangan tartibda ijro etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Zararni qoplash hisobiga notariusdan adliya boshqarmasining shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga tushgan mablagʻ ikki kundan kechikmay Jamgʻarmaning shaxsiy gʻaznachilik hisob raqamiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash sxemasi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Yuridik va jismoniy shaxslarga zararni qoplash toʻgʻrisidagi ishlar sudlarda koʻrib chiqilishi munosabati bilan adliya boshqarmasi tomonidan sarflangan xarajatlar ham ushbu Nizomga muvofiq aksincha talab (regress) tartibida notariusdan undirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Notarius bilan mehnat shartnomasining toʻxtatilishi uni zarar va tegishli xarajatlarni qoplash majburiyatidan ozod qilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Sudning notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi qarori majburiy ijro etilgan hollarda ham zarar qonunchilikda belgilangan tartibda Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoplanishi kerak.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ushbu Nizomni buzishda aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notarius tomonidan oʻz kasb majburiyatlari buzilishi oqibatida yetkazilgan zararni qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 25-oktabrdagi 873-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 23-avgustdagi PQ-3240-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 35-son, 922-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 52-son, 520-modda; 2017-y., 35-son, 922-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2017-y., 09/17/873/0180; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2021-y., 09/21/464/0710-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)