Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 17.10.2006 yildagi PQ-493-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-YIL HOSILI UChUN ShUDGORLASh IShLARINI OʻTKAZIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil hosili uchun shudgorlash ishlarini oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazilishini taʼminlash, qulay agrotexnik shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasining 2007-yil hosili uchun shudgorlash hajmi va muddatlari boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishilgan takliflari ilovaga* muvofiq qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlarning hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzagromashservis” uyushmasining rahbarlari zimmasiga quyidagilar shaxsiy javobgarlik sifatida yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnikani taʼmirlashni nihoyasiga yetkazish, mashina-traktor parklari, shirkat va fermer xoʻjaliklarining buyurtmanomalari boʻyicha haydov agregatlariga ehtiyot qismlar tayyorlash va yetkazib berish hamda belgilangan muddatlarda shudgorlashni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan agrotexnologiya normalaridan kelib chiqqan holda shudgorlash sifati, shudgorlashning zarur chuqurligi va bir tekisligi, mineral va organik oʻgʻitlar solinishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi shudgorlash ishlari ushbu qaror bilan tasdiqlangan hajm va muddatlarga muvofiq oʻtkazilishi ustidan nazorat oʻrnatsin, hisobotni buzib koʻrsatish va boshqa qoidabuzarlik faktlari aniqlangan hollarda aybdor shaxslarga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qatʼiy javobgarlik choralari koʻrilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzagromashservis” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikmash-xolding” xolding kompaniyasi bilan birgalikda quyidagilarni taʼminlasin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch kun muddatda shudgorlashning borishi va sifatini nazorat qiluvchi hududiy komissiyalar tuzsin va ularga shudgorlash ishlarining hajmlari, muddatlari va sifatini baholash natijalariga koʻra tanlov asosida keng muhokama va oshkoralikni taʼminlagan holda har bir tuman boʻyicha xoʻjaliklar va mashina-traktor parklarining alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlariga ragʻbatlantiruvchi mukofotlar joriy etish huquqini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir hafta muddatda, yer resurslaridan yanada samarali foydalanishni hisobga olgan holda, tumanlar va xoʻjaliklar doirasida shudgorlashni oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnika va ustaxonalar ikki smenada toʻlaqonli ishlashini tashkil qilish hamda shudgorlash ishlarida qatnashayotgan mexanizatorlar va operatorlar uchun maishiy va boshqa barcha zarur shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqalarda joylashgan sanoat, qurilish korxonalari hamda boshqa tegishli tashkilotlar bilan shudgorlashni oʻtkazish va koʻchma taʼmirlash ustaxonalari uchun haydov traktorlarini jalb etish boʻyicha belgilangan tartibda shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjaliklar va mashina-traktor parklari buyurtmalariga asoslanib ehtiyot qismlarni yetkazib berish, shuningdek koʻchma taʼmirlash ustaxonalarining uzluksiz ishlashini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Oʻzkimyosanoat” kompaniyasi belgilangan tartibda tuzilgan shartnomalar va toʻlovlarga muvofiq shudgorlash davrida mineral oʻgʻitlar solinishini taʼminlaydigan muddatlarda respublikaning barcha mintaqalariga oʻgʻitlar bir maromda yetkazib berilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Oʻzneftmahsulot” kompaniyasi yonilgʻi-moylash materiallarining zarur zaxirasini yaratsin hamda shudgorlashda ishtirok etuvchi qishloq xoʻjalik korxonalari, mashina-traktor parklari va boshqa tashkilotlarga tasdiqlangan texnologik normalar doirasida yetkazib beriladigan dizel yonilgʻisini belgilangan tartibda uzluksiz yetkazib berilishini tashkil qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 17-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-493-son