Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020 15.09.2010 yildagi PQ-1404-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.09.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011 YIL HOSILI UChUN KUZGI BOShOQLI DON EKINLARINI EKISh, NAVLARNI JOYLAShTIRISh VA XARID QILIShNING TAShKILIY ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Don yetishtirishni yanada oshirish, boshoqli don ekinlari navlarini oqilona joylashtirishni taʼminlash, kuzgi ekin ekishni maqbul agrotexnik muddatlarda sifatli oʻtkazishda fermer xoʻjaliklarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklarining gʻallakor xoʻjaliklar bilan don mahsulotlari korxonalari oʻrtasida tuzilgan kontraktatsiya shartnomalarini umumlashtirish asosida tayyorlangan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil hosili uchun boshoqli don ekinlari ekiladigan maydonlar hamda navlar boʻyicha ularning tezpishar va serhosil navlarini joylashtirish toʻgʻrisidagi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan 2011-yilda yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urugʻligi tayyorlash hajmlari toʻgʻrisidagi 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi korxonalari tomonidan sugʻoriladigan yerlar uchun 2011-yil hosilidan yuqori sifatli boshoqli don ekinlari urugʻligi yetkazib berish hajmlari toʻgʻrisidagi 3-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshoqli don ekinlari navlarini joylashtirish hamda sugʻoriladigan yerlarda Don va dukkakli don ekinlari ilmiy-tadqiqot instituti va uning filiallari, shuningdek Qashqadaryo boshoqli don ekinlari seleksiyasi va urugʻchilik ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan 2011-yil hosilidan superelita urugʻligini tayyorlash toʻgʻrisidagi 4-ilovaga* muvofiq takliflari qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1—4-ilovalar berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va tumanlar hokimlari, Oʻzbekiston Respublikasi qishloq va suv xoʻjaligi vaziri, “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi raisi zimmasiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bahorgi ekishga yetarli hajmda sifatli, kalibrlangan, dorilangan va sertifikatlangan boshoqli don ekinlari urugʻlarini, shuningdek qishloq xoʻjalik ekin texnikasini tayyorlash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻoriladigan yerlarda asosan birinchi va ikkinchi reproduksiyali birinchi-ikkinchi klassdan past boʻlmagan urugʻlar va lalmi yerlarda uchinchi reproduksiyadan past boʻlmagan urugʻlar ekilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
don yetishtiruvchilar mazkur Qaror bilan tasdiqlangan boshoqli don ekinlari navlarining joylashtirilishiga qatʼiy amal qilishlari uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarbop don, navlashtirilmagan, sifatsiz tayyorlangan va dorilanmagan urugʻlarni ekish, respublika hududida ekish tavsiya qilinmagan navlarni joylashtirish, shuningdek boshoqli don ekinlarini ishlov berish qiyin boʻlgan yerlarga ekish qatʼiyan taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri (Sh.M. Mirziyoyev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshoqli don ekinlari navlarining tasdiqlangan tarzda joylashtirilishi va moddiy resurslarni yetkazib berish boʻyicha shartnoma majburiyatlariga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yaxshi fermer xoʻjaliklari tomonidan toʻplangan ijobiy tajribaning umumlashtirilishi va tatbiq etilishi, navning biologik xususiyatlariga muvofiq ravishda boshoqli don ekinlariga ishlov berish boʻyicha agrotexnika tadbirlariga rioya etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshoqli don ekinlari ekishni har bir hudud uchun maqbul boʻlgan muddatlarda – sugʻoriladigan yerlarda 2010-yilning 25-oktabrigacha va lalmi yerlarda 15-noyabrgacha tugallanishini taʼminlash ustidan tizimli nazoratni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. 2011-yilgi boshoqli don hosilidan boshlab, urugʻchilik xoʻjaliklari va boshqa xoʻjaliklardan davlat resurslariga xarid qilinadigan urugʻlik don uchun amaldagi preyskurant xarid narxlariga 5-ilovaga* muvofiq miqdorda nav ustamalari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 5-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining hisob-kitob jamgʻarmasi xizmat koʻrsatuvchi banklar bilan birgalikda 2011-yil hosili doniga xarid narxlari tasdiqlangunga qadar 2010-yil hosili doniga oʻrtacha shakllangan narxlar boʻyicha texnologiya kartalariga muvofiq muddatlar va kutilayotgan xarajatlar (shu jumladan urugʻlik qiymati)ga binoan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan boshoqli don ekinlari yetishtirishga kredit bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi 2010-yilning 28-sentabrigacha respublikaning elita-urugʻchilik xoʻjaliklari buyurtmanomalari boʻyicha 2010-yilda kuzgi ekish uchun xorijiy ilmiy muassasalardan 240 tonna hajmida boshoqli don ekinlarining superelita urugʻlari keltirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi olib kelinayotgan 240 tonna boshoqli don ekinlarining superelita urugʻlari uchun istisno tariqasida bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Boshoqli don ekinlarini xarid qilish narxlari toʻgʻrisida” 2008-yil 15-maydagi PQ-867-sonli qarori 3-bandining uchinchi xatboshi va uning ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 15-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1404-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-y., 9-son, 377-modda)