11.11.2010 yildagi 250-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING AYRIM QARORLARIGA OʻZGARTIRISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING “TIBBIY-MEHNAT EKSPERTIZA XIZMATI FAOLIYATINI TAShKIL ETIShNI TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA” 2010 YIL 2 SENTYABRDAGI 193-SON QARORI)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-mehnat ekspertiza xizmati faoliyatini tashkil etishni takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2010-yil 2-sentabrdagi 193-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moliya vazirligi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga Nogironni reabilitatsiya qilish individual dasturining takomillashtirilgan shakli loyihasini koʻrib chiqish uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 11-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 11-noyabrdagi 250-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 431-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “Nogironlarni sogʻlomlashtirish va protezlash milliy markazini tashkil etish toʻgʻrisida” 2006-yil 17-maydagi 89-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarni tibbiy, ijtimoiy, kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish va protezlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlik, nogironlarni tibbiy-ijtimoiy va kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish, protezlash muammolari boʻyicha chuqur ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogiron qiladigan asosiy kasalliklarga chalingan nogironlarni reabilitatsiya qilishning individual dasturlarini ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqaviy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlikning holati va sabablarini tizimli asosda chuqur tahlil qilish, uning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reabilitatsiya qilish markazlari va davolash-profilaktika muassasalari bilan birgalikda nogironlarni tibbiy-ijtimoiy hamda kasb boʻyicha reabilitatsiya qilish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlarga faol hayot faoliyati, oʻqish va mehnat faoliyati imkoniyatini olishda koʻmaklashish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Belgilab qoʻyilsinki, Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nogironlarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazining hamda Tayanch-harakat qilish tizimi buzilgan nogironlarni reabilitatsiya qilish respublika markazining huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nogironlikning holati va sabablarini tizimli asosda chuqur tahlil qilish, uning oldini olish boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqish va joriy etish maqsadida tegishli vazirliklar, idoralardan nogironlik masalalari boʻyicha zarur maʼlumotlarni olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-fevraldagi 62-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Sotib olingan reabilitatsiya texnik vositasi yoki koʻrsatilgan xizmatlar uchun kompensatsiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2009-yil 17-iyundagi 166-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 6-son, 48-modda) 2-ilovadagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Nogironlarni tibbiy-ijtimoiy ekspertiza va reabilitatsiya qilish respublika inspeksiyasi boshligʻi” soʻzlari “Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshligʻi” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 19-fevraldagi 30-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi toʻgʻrisida nizomda (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 2-son, 11-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 29-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“29. Jamgʻarmaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari Jamgʻarma ijro etuvchi direktorining taqdimnomasiga binoan Jamgʻarmaning Kuzatuvchi kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi boshligʻining oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh tibbiy-mehnat ekspert komissiyalari raislari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri qarori bilan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod etiladilar”;
Oldingi tahrirga qarang.
(5-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 714-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 997-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 387-modda; 2011-y., 27-son, 283-modda; 2015-y., 26-son, 340-modda; 2017-y., 37-son, 997-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son; 06.08.2022-y., 09/22/431/0716-son)