Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2020 29.10.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2151
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 29.10.2010 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2151
Kuchga kirish sanasi
08.11.2010
Hujjat kuchini yo‘qotgan 26.06.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI, VILOYATLAR VA TOShKENT ShAHAR ADLIYA BOShQARMALARI HUZURIDAGI MALAKA KOMISSIYALARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2010-yil 29-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2151]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 26-iyundagi 147-mh-sonli “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3250, 26.06.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Adliya organlari va muassasalari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 37-son, 313-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 270-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-5, 10.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2151-5/1195-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Hayʼatining 2006-yil 8-noyabrdagi 27-son “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari qoshidagi notariat boʻyicha malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori Adliya vazirligi Hayʼatining 2010-yil 28-oktabrdagi 26/10-son qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi (B. Boliyev) Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) va Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. MUHITDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2010-yil 29-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232-mh-son

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2010-yil 29-oktabrdagi 232-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 42-modda) 31-moddasiga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari (bundan keyingi oʻrinlarda malaka komissiyasi deb yuritiladi) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Malaka komissiyalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarial idorada kamida bir yil stajirovka oʻtagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyalik lavozimida kamida besh yil ishlagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
notarius yordamchisi lavozimida kamida uch yil ishlagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlarining notarial faoliyatga rahbarlik qilish va ushbu faoliyatni nazorat qilish bilan bogʻliq lavozimlarida kamida uch yil ishlagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonini topshirgan, lekin notarius lavozimida uch yil mobaynida ishlamagan shaxslardan (talabgorlardan) malaka imtihonini qabul qiladilar.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Malaka komissiyalari oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Malaka komissiyalari oʻz vakolatlari doirasida qarorlar qabul qiladi. Davlat organlari va boshqa manfaatdor shaxslarning malaka komissiyalari faoliyatiga aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Malaka komissiyalarining moddiy-texnika va moliyaviy taʼminoti Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan keyingi oʻrinlarda adliya boshqarmasi deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Malaka komissiyasi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Malaka komissiyasi tarkibi uch yil muddatga tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka komissiyalari adliya boshqarmalari rahbarlarining buyruqlari bilan tajribali notariuslar va adliya organlarining boshqa xodimlari orasidan teng miqdorda, 7 yoki 9 kishidan iborat tarkibda tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka komissiyasi majlislarining xolisligi va odilligini taʼminlash maqsadida, zaruratga qarab, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi xodimlari ovoz berish huquqisiz ishtirok etishi mumkin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 270-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-5, 10.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2151-5/1195-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Adliya boshqarmasi rahbarining oʻrinbosarlaridan biri malaka komissiyasi raisi hisoblanadi. Malaka komissiyasi raisi vaqtincha boʻlmaganda (xizmat safari, mehnat taʼtili, kasallik va h. k.) adliya boshqarmasining rahbari yoki uning boshqa oʻrinbosari rais etib tayinlanadi. Malaka komissiyasi raisi oʻrinbosari komissiya tarkibidan tayinlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bir shaxs bir vaqtning oʻzida malaka komissiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasining (bundan keyingi oʻrinlarda Oliy malaka komissiyasi deb yuritiladi) aʼzosi boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Malaka komissiyasi aʼzosi boʻlgan adliya boshqarmasining notariat boʻyicha mutaxassis xodimlaridan biri malaka komissiyasining masʼul kotibi etib tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Malaka komissiyasining majlislari zaruratga qarab oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka komissiyasining raisi majlis oʻtkazilishidan kamida yetti kun oldin majlisning sanasi, vaqti va joyini belgilaydi va bu haqda talabgorlar haqidagi maʼlumotlarni taqdim etgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasini xabardor qiladi.
(9-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka komissiyasining majlisi, agar unda malaka komissiyasi aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashsa, vakolatli (kvorumga ega) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Malaka komissiyasining qarori ochiq ovoz berish yoʻli bilan majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlganda, komissiya raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Malaka komissiyasining majlisi bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bayonnoma komissiya aʼzolari tomonidan imzolanadi va muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka komissiyasining qaroridan norozi boʻlgan malaka komissiyasining aʼzosi komissiya majlisining bayonnomasiga oʻzining fikr-mulohazalarini yozma shaklda bayon etishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bayonnomada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlis oʻtkaziladigan sana va joy, uning boshlanish va yakunlanish vaqti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlisda qatnashgan komissiya aʼzolarining roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlisda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Huquqiy xizmat koʻrsatishni davlat tomonidan tartibga solish boshqarmasi xodimi qatnashganda, uning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi;
(12-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 10-maydagi 270-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-5, 10.05.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 10/18/2151-5/1195-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
majlisda hozir boʻlgan va hozir boʻlmagan talabgorlar roʻyxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir talabgor tomonidan olingan bilet raqami va undagi savollar mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan biletdagi savollarga javob bergan yoki javob bera olmaganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida komissiya aʼzolari tomonidan berilgan savollar va talabgorning unga bergan javoblari mazmuni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish natijalari boʻyicha ovoz berish yakunlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan qarorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya qarorlari ustidan shikoyat qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonini qabul qilish (stajirovka oʻtagan talabgorning hisobotini eshitish) jarayoniga taalluqli boʻlgan boshqa maʼlumotlar aks ettiriladi.
(12-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirmalar qaror qabul qilingan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay manfaatdor shaxslarga yuboriladi yoki tilxat olingan holda topshiriladi. Malaka komissiyasi majlisining bayonnomasidan koʻchirmalar adliya boshqarmasining muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka komissiyasi majlisi bayonnomasidan koʻchirmalarda majlis oʻtkazilgan sana va joy toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, qabul qilingan qaror va ushbu qaror ustidan shikoyat qilish tartibi bayon etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Malaka komissiyasining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Malaka komissiyasi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning murojaatlarini koʻrib chiqishda zaruratga qarab, manfaatdor shaxslar va tegishli tashkilotlardan adliya boshqarmasi orqali qoʻshimcha hujjatlarni soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 33-bandi talablari buzilganda, talabgorni malaka imtihoni oʻtkazilayotgan xonadan chiqarib yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Malaka komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonlarini xolisona oʻtkazishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy malaka komissiyasining qarorlarini bajarishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qonun hujjatlariga muvofiq malaka komissiyasi boshqa huquq va majburiyatlarga ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Stajirovkani oʻtagan talabgorni malaka imtihoniga qoʻyish
(IV bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Stajirovkani oʻtagan talabgor malaka imtihonini topshirgunga qadar Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) muvofiq stajirovka natijalari boʻyicha malaka komissiyasiga hisobot beradi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Hisobot eshitilgandan keyin malaka komissiyasi stajirovka oʻtagan talabgorning hisobotini maʼlumot uchun qabul qiladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Malaka komissiyasi stajirovkani oʻtagan talabgorning hisobotini eshitish davomida Notarius stajorining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2149, 2010-yil 20-oktabr) talablari buzilganlik holatini aniqlasa, bu toʻgʻrisida komissiya majlisining bayonnomasida qayd etib oʻtadi. Malaka komissiyasi raisi ushbu holat yuzasidan tegishli choralar koʻrish, shu jumladan aybdor shaxslarni qonun hujjatlariga muvofiq tegishli javobgarlikka tortish toʻgʻrisida adliya boshqarmasi rahbariga taklif kiritadi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Stajirovka natijalari boʻyicha hisoboti eshitilgan talabgordan malaka komissiyasining aynan shu majlisida malaka imtihoni qabul qilinadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Malaka imtihonini topshirish uchun zarur boʻlgan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Talabgor malaka imtihonini topshirish uchun adliya boshqarmasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
malaka imtihonini topshirish toʻgʻrisidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan shaklda toʻldirilgan shaxsiy varaqa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy yuridik maʼlumot toʻgʻrisidagi diplom (nusxasi olinib, asli qaytariladi);
(21-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 10-mh-sonli (roʻyxat raqami 2151-4, 06.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2151-4/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat daftarchasi (nusxasi olinib, asli qaytariladi) yoki ish joyida tasdiqlangan nusxasi;
(21-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 6-yanvardagi 10-mh-sonli (roʻyxat raqami 2151-4, 06.01.2018-y.) buyrugʻi tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2151-4/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
stajirovka oʻtash natijasi toʻgʻrisida talabgorning hisoboti, stajirovka rahbari tomonidan berilgan tavsifnoma va xulosa;
(21-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) asosan chiqarilgan — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(21-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom 1-bandining uchinchi — oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan shaxslardan (talabgorlardan) mazkur bandning yettinchi xatboshisida nazarda tutilgan hujjatlar talab etilmaydi.
(21-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Hujjatlarni qabul qilish, roʻyxatga olish, ularni tayyorlash va yigʻish masʼul kotib tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Malaka komissiyasiga taqdim etilgan hujjatlar masʼul kotib tomonidan hujjatlar roʻyxatini tuzgan holda qabul qilib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Malaka imtihonini qabul qilish uchun materiallarni tayyorlab boʻlganidan keyin masʼul kotib ularni malaka komissiyasining raisiga masalani komissiya majlisining kun tartibiga kiritish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Hujjatlar quyidagi hollarda talabgorga qaytarib beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor malaka imtihonini topshira olmagan kundan eʼtiboran olti oy oʻtmasdan takroran malaka imtihonini topshirish uchun murojaat qilsa;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 21-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq topshirilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor taqdim etgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, qasddan sodir etgan jinoyati uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan, shuningdek, oʻz kasbiy faoliyatiga mos kelmaydigan qilmishlar sodir etganligi uchun notarius, advokat, tergovchi, prokuror, sudya yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarning boshqa xodimi sifatidagi vakolati belgilangan tartibda tugatilgan shaxs boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar talabgor oʻz hujjatlarini qaytarib berish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat etsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Mazkur Nizomning 25-bandida nazarda tutilgan holatlar mavjud boʻlsa, asoslantirilgan sabablari koʻrsatilgan holda taqdim etilgan hujjatlar talabgorga qaytarib beriladi. Hujjatlarni qaytarib berishning sabablari bartaraf etilsa, hujjatlar takroran taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Malaka imtihonini qabul qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Malaka imtihoni talabgorlardan zarur hujjatlar qabul qilib olingan kundan eʼtiboran bir oy muddat ichida oʻtkaziladi. Bunda hujjatlar adliya boshqarmasining devonxonasida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim.
(27-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor malaka komissiyasi majlisining oʻtkazilishidan kamida besh kun oldin majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy toʻgʻrisida xabardor qilinadi.
(27-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Talabgor malaka komissiyasining majlisiga uzrli sabablarga koʻra (kasallik, homiladorlik va tugʻish taʼtillari, bola parvarishlash taʼtillari, harbiy yigʻinlarga chaqirilganlik va shu kabi holatlarda) kela olmasa, malaka komissiyasi talabgor malaka imtihonini komissiyaning keyingi majlisida topshirishi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Majlis oʻtkaziladigan sana, vaqt va joy haqida qoʻshimcha ravishda maʼlum qilinadi.
(28-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-sentabrdagi 245-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-2, 26.09.2014-y.) tahririda — R QHT, 2014-y., 40-son, 501-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor malaka komissiyasining majlisida uzrli sabablarsiz hozir boʻlmasa, u tomonidan taqdim etilgan hujjatlar adliya boshqarmasida koʻpi bilan bir oy muddat saqlanadi. Ushbu muddat oʻtgandan keyin masʼul kotib koʻrsatilgan hujjatlarni talabgorga qaytarib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Malaka imtihoni barcha talabgorlar uchun bitta xonada, ogʻzaki va yozma shakllarda oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Malaka imtihoni oʻtkazilayotgan xonada begona shaxslarning boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Talabgorlarga imtihon varaqlari beriladi, ularning har biri adliya boshqarmasi rahbarining imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Talabgorning imtihon biletidagi savollarga javoblar tayyorlashi uchun sakson daqiqa vaqt beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Malaka imtihoni adliya boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatdagi savollardan tuzilgan imtihon biletlari asosida oʻtkaziladi.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Imtihon biletidagi savollarga javoblar tayyorlashda talabgorga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa talabgorlar bilan suhbatlashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uyali telefon va boshqa aloqa hamda telekommunikatsiya vositalari, kitob va shpargalkalardan foydalanish;
(33-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtihon biletini topshirmasdan oldin, xonadan chiqish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning mazkur qoidaga amal qilmasligi uni malaka imtihoni topshirishdan chetlashtirish uchun asos boʻladi. Ushbu holat komissiya majlisining bayonnomasida aks ettiriladi.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 26-dekabrdagi 567-mh-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2151-6, 26.12.2018-y.) asosan beshinchi xatboshisi toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Talabgor oʻzining imtihon biletidagi savollarga ogʻzaki javob beradi. Malaka komissiyasining aʼzolari ayrim javoblarni aniqlashtirish maqsadida talabgorga savollar berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Savollarga javob berib boʻlgan talabgorga oʻz imtihon varaqasini topshirgandan soʻng xonadan chiqishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Imtihon varagʻi malaka komissiyasi majlisining bayonnomasiga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Malaka imtihonini topshirish natijalari boʻyicha malaka komissiyasi quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorni malaka imtihonini topshirgan deb topish toʻgʻrisida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorni malaka imtihonini topshira olmagan deb topish toʻgʻrisida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Talabgor tomonidan malaka imtihonini topshirish uchun taqdim etilgan hujjatlar malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilgan kundan boshlab uch yil davomida adliya boshqarmasi arxivida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Malaka komissiyasining qarori ustidan apellatsiya malaka komissiyasining qarori manfaatdor shaxsga topshirilgan kundan eʼtiboran bir oylik muddat ichida Oliy malaka komissiyasiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Apellatsiya Oliy malaka komissiyasiga bevosita yoki adliya boshqarmasi orqali yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Apellatsiya adliya boshqarmasi orqali berilganda, adliya boshqarmasi uch kunlik muddat ichida apellatsiyani u bilan bogʻliq barcha hujjatlarni ilova qilgan holda Oliy malaka komissiyasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Malaka komissiyasi qarorlari ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 390-modda; 2011-y., 40-son, 438-modda; 2014-y., 40-son, 501-modda; 2015-y., 52-son, 653-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.01.2018-y., 10/18/2151-4/0522-son, 11.05.2018-y., 10/18/2151-5/1195-son, 27.12.2018-y., 10/18/2151-6/2379-son)